Referat o’qituvchi: Toshkent 2022


Byudjet hisobining ob’yektlari


Download 94.52 Kb.
bet3/5
Sana23.09.2023
Hajmi94.52 Kb.
#1685785
TuriReferat
1   2   3   4   5
Bog'liq
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjeti ijrosi hisobining tashkiliy - uslubiy jihatlari

Byudjet hisobining ob’yektlari.

Byudjetning daromadlari va xarajatlari byudjet hisobining asosiy obyektlari bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun ham ulaming byudjet ijrosi jarayonining ayrim bosqichlaridagi hisobi muhim ahamiyatga ega. Davlat byudjeti daromadlari iqtisodiy mazmuni bo‘yicha: 1) yuridik shaxslardan tushgan mablag‘lar; 2) jismoniy shaxslardan tushgan mablagMarga boMinadi. Davlat byudjeti daromadlari byudjetga tushish tavsifi bo‘yicha: 1) soliqlar sifatidagi tushumlar; 2) nosoliq tushumlarga bo‘linadi. Davlat byudjeti daromadlari ulaming hisoblanish va kelib tushish davrlari bo‘yicha: 1) hisoblangan daromadlar; 2) kassa daromadlariga boMinadi. Davlat byudjetining hisoblangan darom adlari. Byudjetning kassa organiga kelib tushguniga qadar davlat soliq hamda moliya organlari tomonidan hisoblanishi kerak boMgan daromadlar davlat b u d jetin in g hisoblangan d arom adlari, deb ataladi. Davlat soliq va m oliya organlarida hisoblangan daromadlarning faqat tezkor hisobi olib boriladi. Davlat byudjetining kassa daromadlari. Byudjetning bankdagi schyotlariga haqiqatda kelib tushgan daromadlar davlat byudjetining kassa darom adlari, deb ataladi. Kassa daromadlari byudjetning daromad qismining bajarilish darajasini belgilaydi. Shuning uchun ham byudjet daromadlarining tushumida faqat kassa daromadlari bo‘yicha baho beriladi. D avlat byudjetining kassa xarajatlari. Byudjetning bankdagi schyotlaridan byudjetda ko‘zda tutilgan xarajatlargagina mablag‘ beriladi. Byudjet mablag‘ari naqd pul sifatida hamda pulsiz hisob-kitoblar yoki bilan berilishi mumkin. Byudjetning bankdagi schyotlaridan bank muassasalari tomonidan berilgan summalar davlat byudjetining kassa xarajatlari, deb ataladi. Davlat byudjetining haqiqiy x arajatlari. Byudjet mablag'lari hisobidan haqiqatda qilingan xarajatlar summasi hamda hisoblangan yoki haqiqatda qilingan, ammo hali to‘lanmagan xarajatlar davlat byudjetining haqiqiy xarajatlari deb ataladi. Byudjetning haqiqiy xarajatlari moliya organlarida hisobga olinmaydi. Haqiqiy xarajatlar hisobi faqat bu xarajatlarning paydo bo‘lish joylaridagina, ya’ni byudjet tashkilotlarida va xo‘jalik yurituvchi subycktlarda olib boriladi. Moliya organlari kassa xarajatlari haqidagi ma’lumotlarni bank muassasalaridan, haqiqiy xarajatlar haqidagi ma’lumotlarni esa byudjet tashkilotlaridan va xo'jalik yurituvchi subyektlardan oladi. Hisoblangan va kassa daromadlar, kassa va haqiqiy xarajatlar byudjet ijrosi jarayonining turli bosqichlarini tavsiflaydi. Moliya organlari byudjet ijrosini kassa daromadlari va xarajatlarida qayd etadi.


Davlat byudjeti ijrosida qatnashuvchi barcha organlarda davlat byudjetining daromadlari va xarajatlarini hisobga olish asosida byudjet tasnifi yotadi. Byudjet tasnifi davlat byudjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish hamda ijro etish maqsadida byudjet ma’lumotlarini bir tizimga solish uchun foydalanish va u byudjet ma’lumotlari xalqaro tasnif tizimlarining aynan shunday ma’lumotlari bilan qiyoslanishini ta ’minlash maqsadida davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar daromadlari va xarajatlarini, shuningdek uning taqchilligini moliyalashtirish manbalarini guruhlash hisoblanadi. Byudjet tasnifi hamma byudjetlami bir yagona davlat byudjetiga jamlash imkoniyatini yaratadigan asosiy tashkiliy funksiyani amalga oshirishuvchi hujjatgina bo‘lib qolmay, u katta iqtisodiy ahamiyatga ham egadir. Tasnifda davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari bir xil alomatlari bo‘yicha guruhlanadi va ular boMinmalar deb yuritiladi. Bo‘limlar, paragraflar, boblar va moddalar byudjet tasnifi bo‘linmalari hisoblanadi. Byudjet tasnifi qonunchilikda belgilangan tartibda 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Turli darajadagi byudjetlar yagona byudjet tasnifi k o ‘rsatkichlari doirasida shakllantiriladi va ijro etiladi, ya’ni tasnif obyektlariga berilgan guruhlashtirish kodlari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar guruhlanadi. Byudjet tasnifi:
1) byudjet daromadlari;
2) byudjet xarajatlarining vazifa jihatidan;
3) byudjet xarajatlarining tashkiliy;
4) byudjet xarajatlarining iqtisodiy;
5) davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasniflarini o‘z ichiga oladi.
Davlat byudjeti daromadlarining tasnifi deganda qonun hujjatlariga muvofiq davlat byudjeti daromadlarining turlari va manbalari bo‘yicha guruhlashtirish tushuniladi. Davlat byudjeti xarajatlarining vazifa jihatidan tasnifi deganda davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, boshqa byudjet tashkilotlari tomonidan ijro ctiladigan asosiy vazifalar bo‘yicha davlat byudjeti xarajatlarini guruhlashtirish tushuniladi. Davlat byudjeti xarajatlarining tashkiliy tasnifi deganda budjctdan ajratiladigan m ablaglar ulami bevosita oluvchilar o‘rtasida taqsimlanishini aks ettiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar va tadbirlar turlari bo‘yicha davlat byudjeti xarajatlarini guruhlashtirish tushuniladi. Davlat byudjeti xarajatlarining iqtisodiy tasnifi deganda to ‘lovlaming iqtisodiy vazifasi va turlari bo‘yicha davlat byudjeti xarajatlarini guruhlashtirish tushuniladi. Davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasnifi deganda Davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalarini moliyalashtirishning ichki va tashqi manbalari bo‘yicha guruhlashtirish tushuniladi. Byudjet taqchilligi deganda muayyan davrda byudjet xarajatlarining byudjet daromadlaridan ortiq boMganligi tushuniladi.

Download 94.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling