Referat o’qituvchi: Toshkent 2022
Davlat byudjeti ijrosining buxgalteriya hisobini olib borishda qatnashuvchi organlar
Download 94.52 Kb.
|
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjeti ijrosi hisobining tashkiliy - uslubiy jihatlari
Davlat byudjeti ijrosining buxgalteriya hisobini olib borishda qatnashuvchi organlar.
Davlat byudjeti ijrosining buxgalteriya hisobi mamlakatdagi mavjud bo‘lgan byudjet tuzilmasi asosida amalga oshiriladi. Mamlakatning davlat byudjeti ijrosining buxgalteriya hisobi bevosita moliya organlari, bank muassasalari va byudjet tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Mamlakatning davlat byudjeti ijrosining hisobi ustidan umumiy uslubiy rahbarlik 0‘zbckiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuklatilgan. Moliya organlarining byudjet ijrosining buxgaltcriya hisobini olib borishdagi funksiyalari keyingi bobda yoritiladi. Mamlakat davlat byudjetining kassa ijrosi bank muassasalariga yuklatilgan. Ular respublika byudjetining kassa daromadlari va kassa xarajatlarini hamda mahalliy byudjetlar mablag‘larining hisobini olib boradi, respublika byudjetining kassa ijrosi bo‘yicha hisobotlami tuzadi, respublika byudjeti daromadlari va xarajatlarining analitik hisobini olib boradi. Byudjet tashkilotlari xarajatlar smetalari ijrosining buxgalteriya hisobini amalga oshiradi va bu smetalar ijrosi to‘g ‘risida hisobotlami tuzadi. Byudjet daromadlari va xarajatlari bo‘yicha rejaning bajarilishi haqida ma’lumotlar bilan ta’minlash moliya organiari byudjet hisobining asosiy vazifasi hisoblanadi. Bu m a’lumotlar asosida byudjet ijrosi jarayoni ustidan nazorat qilish va tezkor rahbarlik amalga oshiriladi. Bu maqsadlar uchun moliya organiari byudjet daromadlari va xarajatlari, bank muassasalaridagi byudjetning pul mablag‘lari, byudjet bo‘yicha ochilgan kreditlar va berilgan mablagMar, byudjetlar o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar, ssudalar va boshqalar hisobini yuritadi. Moliya organiari, shuningdek, bank muassasalari tomonidan umumdavlat daromadlari va soliqlarining alohida olingan byudjetlar bo‘yicha to‘g ‘ri taqsimlanishi, byudjet bo‘yicha tayinlanishiga qarab byudjet mablag‘larini tasarruf qiluvchilar tomonidan foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi hamda byudjet mablag‘ larining butligini ta’minlaydi. Moliya organiari byudjet ijrosi to‘g ‘risidagi oylik, chorak va yillik hisobotlami tuzadi va byudjet ijrosi natijalarini aniqlaydi. Moliya organiari o‘zlari ijro etayotgan byudjetlar ijrosining buxgalteriya hisobini bevosita amalga oshiradi. 0 ‘zbekiston Respublikasi M oliya vazirligi respublika byudjeti ijrosining buxgalteriya hisobini amalga oshiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti ijrosining buxgalteriya hisobini amalga oshiradi. Viloyatlar, shaharlar va tumanlar moliya organlari viloyatlar, shaharlar, tumanlar byudjetlari ijrosining buxgalteriya hisobini amalga oshiradi. Moliya organlari muayyan m a’muriy-hududiy birlikdagi barcha boshqa byudjetlar ijrosining buxgalteriya hisobini tashkil qiladi. Moliya organlari byudjet tashkilotlarining hisob va hisobotlarini tekshiradi va ularga tegishli ko‘rsatmalar beradi. Har bir moliya organi o‘zi ijro etayotgan byudjetning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni va muayyan ma’muriy-hududiy birlik byudjeti ijrosi to‘g‘risidagi yig‘ma hisobotni tuzadi. Davlat byudjeti ijrosining buxgalteriya hisobi bo‘yicha moliya organlarining vazifalariga: 1) byudjet daromadlari buxgalteriya hisobini yuritish va bank muassasalariga kelib tushgan daromadlaming byudjetlar o‘rtasida to‘g‘ri taqsimlanishi ustidan nazoratni olib borish; 2) bank muassasalarida saqlanilayotgan byudjetning naqd pulían buxgalteriya hisobini yuritish; 3) byudjet ijrosi bilan bog‘liq bo‘lgan turli operatsiyalar (byudjetlar o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar, byudjetlarga ssudalar berish va byudjetlardan ssudalar olish bo‘yicha operatsiyalar va boshqalar) buxgalteriya hisobini yuritish; 4) byudjetlarda tashkil qilinadigan fondlar va zaxiralar buxgalteriya hisobini yuritish; 5) o‘zlari ijro etayotgan byudjetlar ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlami tuzish; 6) quyi moliya organlarida va byudjet mablag‘larini tasarruf qiluvchilarda buxgalteriya hisobining yuritilishi, hisobotning tuzilishi va uslubi ustidan nazorat qilish; 7) buxgalteriya hisobi va hisobotini markazlashtirish va mexanizatsiyalashtirish bo'yicha tadbirlaming amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish kiradi. Yuqorida ko'rsatilgan vazifalar 0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida uning davlat byudjeti bosh boshqarmasiga, boshqa moliya organlarida esa moliya organining bosh buxgalteri boshqaradigan buxgalteriyaga yuklatilgan. Respublika byudjeti ijrosining buxgalteriya hisobini 0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat byudjeti bosh boshqarmasi Davlat byudjeti ijrosi va hisobi bolimi yuritadi. Mahalliy byudjetlar ijrosining buxgalteriya hisobini tegishli moliya organlarining buxgalteriya xizmatlari yuritadi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligini davlat byudjeti ijrosining hisobi bo‘yicha funksiyalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: 1) mamlakatning davlat byudjeti ijrosining buxgalteriya hisobini tashkil qilish va uning ijrosi to‘g‘risida hisobot tuzishga uslubiy rahbarlikni amalga oshirish; 2) byudjet ijrosining buxgalteriya hisobi va byudjet ijrosi to‘g‘risida hisobotlar tuzish bo‘yicha moliya organlari, byudjet tashkilotlari va boshqalar uchun yo‘riqnomalar va uslubiy ko‘rsatmalami ishlab chiqish; 3) joriy buxgalteriya hisobining schyotlar rejasini va schyotlar korrespondensiyalarini, buxgalteriya registrlari va boshlang‘ich hujjatlar shakllarini, hujjatlar aylanishi tartibini, hisobotlaming hajmlari va shakllarini belgilash; 4) respublika byudjeti ijrosini bevosita amalga oshirish; 5) rcspublika byudjeti ijrosi to‘g‘risida hisobot tuzish; 6) mamlakatning davlat byudjeti ijrosi to‘g‘risida hisobot tuzish. Bundan tashqari, 0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat byudjeti bosh boshqarmasi davlat byudjeti ijrosi va hisobi bo'limi mahalliy moliya organlarida byudjet ijrosining buxgalteriya hisobi tashkil qilinishi ustidan bevosita rahbarlikni amalga oshiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar moliya organlarining funksiyalari quyidagilardan iborat: 1) o‘zlari ijro etayotgan byudjetlaming hisobini bevosita yuritish va bu byudjetlar ijrosi to‘g‘risida hisobotlar tuzish; 2) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, shahar, turnan byudjeti ijrosi to‘g‘risida yig‘ma hisobotlami tuzish. Mahalliy moliya organlari tegishli byudjetlar daromadlarini va xarajatlarini, ulaming pul mablag‘larini, fondlarini, ssudalami, byudjetlar o‘rtasidagi hisob-kitoblami, boshqa byudjetlarga berilgan va ulardan olingan mablag‘larni va byudjet ijrosi natijalarini hisobga oladi hamda ular tomonidan moliyalashtirilayotgan byudjet tashkilotlarida hisob va hisobotni tashkil qilinishini tekshiradi. Mahalliy moliya organlari respublika byudjetini kassa ijrosining hisobi bo‘yicha va moliyalashtirishga doir operatsiyalami banklar tomonidan bajarilishini nazorat qiladi. Mahalliy moliya organlari mahalliy byudjetlaming daromadlari va xarajatlarini analitik hisobini olib boradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar ijrosining buxgalteriya hisobi 0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan yo‘riqnoma asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkcnt shahar moliya boshqarmalari, shaharlar va tumanlar moliya bo‘limlari tomonidan olib boriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar kassa ijrosi 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va 0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining « 0‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti kassa ijrosi bo‘yichayo‘riqnoma»siga muvofiq amalga oshiriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar, shaharlar va tumanlar byudjetlari hisobvaraqlaridagi hamda bu byudjetlardan moliyalashtirilayotgan tashkilotlaming hisobvaraqlaridagi byudjet mablag‘larining qoldig‘i to‘g‘risidagi m a’lumotni «0‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti kassa ijrosi bo‘yicha yo‘riqnoma»da belgilangan tartibda va muddatlarda 0‘zbekiston Respublikasi bank muassasalari tegishli moliya organlariga taqdim etadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlardan kapital qo‘yilmalami moliyalashtirish 0‘zbekiston Respublikasi bank muassasalarida ochilgan hisobvaraqlar orqali bu masala bo‘yicha 0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va 0‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining amaldagi me’yoriy hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 0‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari va 0‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki muassasalari belgilangan shaklda kapital qo‘yilmalami moiiyalashtirish bo‘yicha davriy va yillik hisobotni belgilangan tartibda va muddatlarda tcgishli moliya organlariga taqdim etadi. Davlat budjeti quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 1) respublika byudjeti; 2) QoraqaIpog‘iston Rcspublikasining byudjeti va mahalliy byudjetlar. Davlat byudjeti tarkibida davlat maqsadli fondlari ham jamlanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti Qoraqalpog'iston Respublikasining respublika byudjetini hamda respublikaga (Qoraqalpog‘iston) bo‘ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlarini o‘z ichiga oladi. Viloyatning byudjeti viloyat byudjetini, viloyat tarkibiga kiruvchi tumanlar va shaharlar byudjetlarini o ‘z ichiga oladi. Tumanlarga bolinadigan shahar byudjeti shahar byudjetini va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar byudjetlarini o‘z ichiga oladi. Tumanga bo‘ysunadigan shaharlari bo‘lgan tumanning byudjeti tuman byudjeti va tuman tarkibiga kiruvchi shaharlar byudjetlarini o‘z ichiga oladi. Demak, O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti o‘z ichiga respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarni oladi. Bundan tashqari Davlat byudjeti tarkibida Respublika yo‘l fondi, 0‘zbekiston Respublikasi Davlat mol-mulki qo‘mitasining maxsus hisobvarag‘i, Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi davlat fondi hamda 0‘zbekiston Respublikasi budjtdan tashqari Pensiya fondi mablaglari jamlanadi. Davlat byudjetiga kclib tushgan mablaglarning to‘g‘ri va o‘z vaqtida kirim qilinishini ta’minlash maqsadida 0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 23402 «Respublika byudjetining mablag'lari» hisobvarag‘i Markaziy bankning Toshkent shahar va hududiy Bosh boshqarmalarining Hisob-kitob kassa markazlarida hamda tijorat banklarida byudjet daromadlari tasnifiga asosan ochiladi. XULOSA Biz byudjet tashkilotlarini smeta asosida rejalashtirish va moliyalashtirish tartiblarini o‘rgandik, bu borada bugungi kunda olib borilayotgan islohotlarning mazmunmohiyatini ochib berishga harakat qildik, byudjet tashkilotlarini byudjetdan tashqari manbalar hisobidan mustahkamlash yo‘llarini tadqiq qilib, byudjet amaliyotida byudjetdan tashqari markazlashgan va markazlashmagan manbalardan foydalanish imkoniyatlari va shart-sharoitlarini o‘rganib chiqib, quyidagi xulosalarni shakllantirishga muvaffaq bo‘ldik. Download 94.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling