Referat o’qituvchi: Toshkent 2023 r e j a


Download 54.83 Kb.
bet2/3
Sana16.11.2023
Hajmi54.83 Kb.
#1778290
TuriReferat
1   2   3
Bog'liq
Referat shablon (4) — копия

Yuridik majburiyat - yuridik (jismoniy) shaxslarning ikkinchi tomon oldidagi tuzilgan shartnomalar, kelishuvlar va tegishli hokimiyat organlarining qarorlari bo‘yicha yuzaga kelgan majburiyatlaridir. 
Moliyaviy majburiyat - yuridik (jismoniy) shaxslarning ikkinchi tomon, tovar (ish va xizmat)lar yetkazib beruvchilar oldidagi yetkazib berilgan tovar (ish va xizmat)lar uchun xaq to‘lashni tasdiqlovchi hujjatlar, jumladan hisob-to‘lov hujjatlarida hisoblangan, ishchilarga ish haqi, to‘lov hujjatlari, sud qarorlari, hamda budjetdan mablag‘ oluvchilarni mol yetkazib beruvchi yoki to‘lovni qabul qiluvchiga mablag‘larning o‘tkazilish majburiyatini yuklovchi hujjatlardir.
Bu shuni anglatadiki budjet tashkilotlari nomidan majburiyatlar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish g‘aznachilik bo‘limlari tomonidan amalga oshirilmoqda.
Budjet tashkilotlarida moliyaviy aktivlar hisobini tashkil etishda buxgalteriya hisobi oldiga quyidagi vazifalar qo‘yiladi:
1. Budjet tashkilotlari moliyaviy aktivlar hisobini amaldagi me’yoriy xuquqiy hujjatlar talablari bo‘yicha tashkil etish;
2. Moliyaviy aktivlar hisobini buxgalteriya boshlang‘ich va yig‘ma hujjatlari, hisob regstirlarida o‘z vaqtida to‘g‘ri rasmiylashtirish;
3. Budjet va budjetdan tashqari pul mablag‘larini daromadlar va xarajatlar smetalari bo‘yicha maqsadli sarflanishi, saqlanishi ta’minlash;
4. Buxgalteriya schyotlarida moliyaviy aktivlar mavjudligi hamda harakatini aniq, to‘liq va o‘z vaqtida aks ettirish;
5. Tashkilot kassasida, shaxsiy hisobvaraqlardagi pul mablag‘lari, pul hujjatlari, moliyaviy qo‘yilmalar butligini nazorat qilish;
6. Chet el valyutasidagi pul mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasi markaziy banki tomonidan belgilagan xorijiy valyuta kurslari bo‘yicha kurs tafovutlarini aniqlab hisob registrlarida o‘z vaqtida aks ettirib borish;
7. Budjet tashkilotlarining budjet va budjetdan tashqari pul mablag‘lari mavjudligi xolati va xarakatiga oid buxgalteriya axborotlarini shakllantirib berish va boshqalar.
Tashkilotlar pul mablag‘lari hisobini yuritishda akkreditivlar, pul ekvivalentari, chet el valyutasidagi va boshqa pul mablag‘larini hisobga oladilar. Chet el valyutasidagi pul mablag‘lari va ularga tegishli muomalalar milliy valyutada - so‘mda, chet el valyutasini muomala amalga oshirilgan sanadagi (tegishli bank ko‘chirmasi va boshqa tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilgan sanadagi) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha qayta hisoblash orqali hisobga olinadi.
Budjet tashkilotlarida naqd pulsiz hisob shakllarini qo‘llagan xolda hisoblashuv muomalalari amalga oshiradi. Bunda asosan to‘lov topshiriqnomasi shakli qo‘llaniladi. To‘lov topshiriqnomasida to‘lovchi bo‘lib, G‘aznachilik va uning xududiy bo‘limlari nomi ko‘rsatiladi. Budjet tashkilotlari nomi, shaxsiy hisobvarag‘i nomeri, STIR to‘lov topshiriqnomasida alohida qatorda keltiriladi.
Budjet tashkilotlarida naqd pul muomalalarini amalga oshirish uchun kassa xizmati tashkil etiladi.
Moliyaviy aktivlarni hisobga olish uchun schyotlar rejasida quyidagi schyotlar belgilangan:
“Hisobvaraqlardagi budjet mablag‘lari”; 
“Hisobvaraqlardagi budjetdan tashqari mablag‘lar”; 
“Kassa”;
“Boshqa pul mablag‘lari”;
“Moliyaviy qo‘yilmalar”.



Download 54.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling