Referat o’qituvchi: Toshkent 2023 r e j a


Boshqa pul mablag’lari va moliyaviy qo’yilmalar hisobi


Download 54.83 Kb.
bet3/3
Sana16.11.2023
Hajmi54.83 Kb.
#1778290
TuriReferat
1   2   3
Bog'liq
Referat shablon (4) — копия

2. . Boshqa pul mablag’lari va moliyaviy qo’yilmalar hisobi.
Budjet tashkilotlarida boshqa pul mablag‘lari bo‘yicha akkreditivlar, yo‘ldagi pul mablag‘lari va tashkilotlarning chet el valyutasidagi va boshqa pul mablag‘larining hisobi yuritiladi.
Akkreditiv shaklida hisob-kitob qilish tartibi Markaziy bank qoidalarida belgilab qo‘yilgan. Akkreditiv bankning shartli pul majburiyatnomasi bo‘lib, bank bu hujjatni mijozning topshirig‘iga ko‘ra shartnoma bo‘yicha uning kontragentiga beradi. Bu shartnomaga ko‘ra akkreditiv ochgan bank (emitent bank) mahsulot yetkazib beruvchiga pul to‘lashi yoxud shunday to‘lovlar o‘tkazish uchun boshqa bankka vakolat berishi mumkin. Bunda mijoz akkreditivda ko‘zda tutilgan hujjatlarni taqdim etishi va akkreditivning boshqa talablarini bajarishi shart qilib qo‘yiladi. Akkreditiv asosan mol yetkazib beruvchining taldabiga muvofiq ochilishi mumkin. Mol yetkazib beruvchi nomiga akkreditiv ochilganda yetkazib beriladigan tovarlar, ish va xizmatlar uchun to‘lov kafolatlanishi ta’minlanadi. 
Akkreditivlarning quyidagi turlari ochilishi mumkin:
- qoplangan (deponentlangan) yoki qoplanmagan (kafolatlangan);
- qaytarib olinadigan yoki qaytarib olinmaydigan.
Agar akkreditiv ochilayotgan vaqtda emitent bank to‘lovchining o‘z mablag‘larini yoki unga berilgan kreditni emitent bank majburiyatlari amal qiladigan butun muddatga «Akkreditivlar» degan alohida balans hisobvarag‘iga qo‘yish uchun mahsulot yetkazib beruvchi banki (ijrochi bank) ixtiyoriga o‘tkazsa, bu qoplangan (deponentlangan) akkreditiv hisoblanadn.
Banklar orasida korrespondentlik munosabatlari o‘rnatilgan hollarda qoplanmagan (kafolatlangan) akkreditiv ijrochi bankda unga emitent bankning ijrochi bankdagi hisobvarag‘idan butun akkreditiv summasini chiqarib olish xuquqini berish yo‘li bilan ochilishi mumkin.
Har bir akkreditivda u qaytarib olinadigan yoki qaytarib olinmaydigan shakldaligi aniq ko‘rsatilishi kerak. Agar shunday ko‘rsatma bo‘lmasa, akkreditiv qaytarib olinadigan deb hisoblanadi. Qaytarib olinmaydigan akkreditiv uning asosida pul oladigan mahsulot yetkazib beruvchining roziligisiz o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin emas.
Akkreditiv faqat bitta mahsulot yetkazib beruvchi bilan hisob-kitob qilish uchun ochilishi mumkin. Akkreditiv amal qiladigan muddat va hisob-kitob qilish tartibi to‘lovchi bilan mahsulot yetkazib beruvchi o‘rtasidagi shartnomada belgilab qo‘yiladi. Shartnomada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi zarur:
• emitent bank nomi;
• akkreditiv turi va uni ijro etish usuli;
• akkreditiv ochilgani to‘g‘risida mahsulot yetkazib beruvchiga xabar qilish usuli;
• akkreditiv bo‘yicha pul olish uchun mahsulot yetkazib beruvchi taqdim etadigan hujjatlarning to‘liq ruyxati va aniq tavsifi:
• tovar jo‘natilgandan keyin hujjatlarni taqdim etish muddati hamda ularni rasmiylashtirishga doir talablar;
• boshqa zarur hujjatlar va shartlar.
Emitent kafolatlangan akkreditivlarni xaridor bilan kelishuvga ko‘ra va boshqa bank bilan o‘rnatilgan korrespondentlik munosabatlari shartlariga muvofiq ochadi. Mahsulot yetkazib beruvchining banki bunday akkreditivlarni belgilangan tartibda ijro etadi.
Akkreditiv ochmoqchi bo‘lgan to‘lovchi o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bankka (emitent bankka) akkreditiv uchun elektron ariza beradi. Bu arizada to‘lovchi quyidagilarni ko‘rsatishi shart:
akkreditiv ochish uchun asos bo‘lgan shartnoma raqami;
akkreditiv amal qiladigan muddat (akkreditiv yopiladigan kun va oy);
mahsulot yetkazib beruvchining nomi;
akkreditivni ijro etuvchi bank nomi;
akkreditiv ijro etiladigan joy;
akkreditiv bo‘yicha to‘lovlar o‘tjazilishiga asos bo‘ladigan hujjatlarning to‘liq va aniq nomi, ularni taqdim etish muddati va rasmiylashtirish tartibi (to‘liq batafsil ro‘yxat arizaga ilova qilinishi mumkin);
akkreditiv turi va unga doir zarur ma’lumotlar;
akkreditiv qanday tovarlar yuklab jo‘natish (xizmatlar ko‘rsatish) uchun ochilayotgani, tovarlar yuklab jo‘natish (xizmatlar ko‘rsatish) muddati;
akkreditiv summasi;
akkreditivni amalga oshirish usuli.
Elektron to‘lov hujjatini to‘g‘ri rasmiylashtirish uchun to‘lovchilar mahsulot yetkazib beruvchidan akkreditiv bo‘yicha uning nomiga ochilgan hisobvaraq raqamini aniqlab olishlari kerak. Akkreditiv ochish to‘g‘risidagi ariza akkreditiv shartlarini bajarish uchun to‘lovchi bankiga zarur mikdordagi nusxalarda taqdim etiladi.Bank muassasasiga kelib tushgan akkreditivlar hisobini yuritish uchun to‘lovchi bankida «puli to‘lanadigan akkreditivlar» degan balansdan tashqari hisobvaraq ochiladi.
Mol yetkazib beruvchi akkreditiv ochilganligi to‘g‘risidagi xabarnomani olgandan keyin xaridorga maxsulotni jo‘natadi yoki ish va xizmatlani ko‘rsatadi. Maxsulot jo‘natilganligi yoki ish va xizmatlar ko‘rsatilganligini tasdiqlovchi hujjatlar mol yetkazib beruvchi tomonidan xizmat ko‘rsatuvchi bankiga taqdim etadi va bank akkreditiv qilingan summani mol yetkazib beruvchi hisob raqamiga o‘tkazib qo‘yadi.
Budjet tashkilotlarida akkreditiv hisob shakli asosan xorijiy tashkilotlar bilan hisoblashuvlarda qo‘llaniladi.
Pulni inkassatorlarga topshirish, pul o‘tkazmalari va boshqa hollarda yo‘ldagi pul jo‘natmalari hisobi yuritiladi. Hozirgi kunda budjet tashkilotlari asosan shaxsiy hisobvarag‘idan naqd pul olish uchun g‘aznachilik bo‘limlaridan olingan cheklarni banklar tomonidan to‘lab berilishi jarayonida yo‘ldagi pul mablag‘lari ko‘rinishida aks ettirmoqda. 
Pul hujjatlari bo‘yicha dam olish uylari, sanatoriylar, turistik bazalar uchun berilgan puli to‘langan yo‘llanmalar, pochta orqali jo‘natilgan pullar uchun xabarnomalar, pochta markalari, mehnat daftarchalari blankalari hamda ularga ilova qilingan varaqlar va boshqalar hisobi yuritiladi.
Boshqa pul mablag‘lari “Boshqa pul mablag‘lari” schyotida quyidagi subschyotlarda yuritiladi.
“Akkreditivlar”;
“Yo‘ldagi pul mablag‘lari”;
“Pul ekvivalentlari”.
“Akkreditivlar” subschyotida moddiy qimmatliklar yetkazib berganliklari, shuningdek ishlar, xizmatlar bajarilganligi uchun boshqa shaharlardagi mol yetkazib beruvchilar va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro tuzilgan shartnomalar asosida qo‘yilgan akkreditivlar summasi hisobga olinadi. Bu subschyotning debet tomonida akkreditiv qilingan mablag‘lar summasi , kredit tomonida akkreditiv qilingan mablag‘ni hisobdan chiqarilishi yoki qaytarilishi aks ettiriladi.
Akkreditivlar budjet mablag‘lari hisobidan ham, budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan ham qo‘yilishi mumkin. “Akkreditivlar” subschyoti bo‘yicha analitik hisob qo‘yilgan har bir akkreditiv bo‘yicha 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftari (kartochkasi)da yuritiladi.
“Yo‘ldagi pul mablag‘lari” subschyotida saqlash joyidan chiqib ketgan, ammo mo‘ljallangan joyiga yetib bormagan pul mablag‘lari (inkassatorga berilgan tashkilotlarning naqd pul mablag‘lari, pul o‘tkazmalari va boshqalar) hisobga olinadi. Ushbu subschyot tranzit subschyot hisoblanadi va pul mablag‘larining harakati ustidan uzluksiz nazoratni o‘rnatish uchun bog‘lovchi vazifasini bajaradi. Yo‘ldagi pul mablag‘larining analitik hisobi ularning turlari bo‘yicha yuritiladi.
“Pul ekvivalentlari” subschyotida dam olish uylari, sanatoriylar, turistik bazalar uchun berilgan puli to‘langan yo‘llanmalar, pochta orqali jo‘natilgan pullar uchun xabarnomalar, pochta markalari, mehnat daftarchalari blankalari hamda ularga ilova qilingan varaqlar va boshqalar hisobga olinadi.
Bunday hujjatlarni kassaga qabul qilish va kassadan berish kassa orderlari bilan rasmiylashtiriladi. Bu muomalalarning hisobi pul mablag‘lari bo‘yicha muomalalardan alohida holda yuritiladi.Bu schyotni debet tomonida pul ekvivalentlari tushumi, kredit tomonida hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
Analitik hisobi (mehnat daftarchalari blankalari va uning ilovalardan tashqari) ularning turlariga qarab 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftari (kartochkasi)da yuritiladi. Mehnat daftarchalari va uning ilovalari hisobi 448-son shakldagi qat’i hisobot blanklari bo‘yicha daftarda yurtiladi.
Budjet tashkilotlarida moliyaviy qo‘yilma sifatida vaqtincha bo‘sh turgan budjetdan tashqari mablag‘larini banklarga depozitga qo‘yilishi aks ettiriladi. Ular hisobiga olinadigan daromadlar tegishli tartibda buxgalteriyada hisobga olinadi. Buxgalteriya hisobida moliyaviy qo‘yilmalar 14 “Moliyaviy qo‘yilmalar” schyotining 140 “Depozitga qo‘yilgan pul mablag‘lari” subschyotida yuritiladi. Bu schyotning debet tomonida depozitga qo‘yilgan pul mablag‘lari, kredit tomonida depozitga qo‘yilgan pul mablag‘larini qaytarilishi aks ettiriladi.
“Valyuta hisobvarag’i” subschyotida chet el valyutasi bo’yicha operatsiyalarning hisobi olib boriladi. Ushbu subschyotning debet tomonida chet el valyutalarining kirimi, kredit tomonida esa, chet el valyutalarining chiqimi aks ettiriladi. Bu schyotning debet tomonida xorijiy valyutadagi pul mablag’lari tushimi yoki ijobiy kurs tafovuti aks ettiriladi, kredit tomonida xorijiy valyutadagi pul mablag’lari sarfi yoki salbiy kurs tafovuti aks ettiriladi. Valyuta hisobvarag’ida mablag’lar xarakati buxgalteriya o’tkazmalarida quyidagicha rasmiylashtiriladi



Muomalalar mazmuni

Dt

Kt

Asos bo’luvchi hujjat

1

Byudjet mablag’lari hisobiga xorijiy valyutani sotib olinishi

Xorijiy valyuta pul mablag’i

Byudjetdan moliyalashtirish

Valyuta hisobvaraqdan ko’chirma

2

Byudjet mablag’lari hisobiga sotib olingan xorijiy valyuta bo’yicha ijobiy kurs tafovuti aks ettirilganda

Xorijiy valyuta pul mablag’i

Byudjetdan moliyalashtirish

Buxgalteriya ma’lumotnomasi

3

Byudjet mablag’lari hisobiga sotib olingan xorijiy valyuta bo’yicha salbiy kurs tafovuti aks ettirilganda

Byudjet mablag’lari bo’yicha haqiqiy xarajatlar

Xorijiy valyuta pul mablag’i

Buxgalteriya ma’lumotnomasi

4

Xorijiy valyutada homiylik mablag’lari kelib tushganda

Xorijiy valyuta pul mablag’i

Rivojlantirish jamg’armasi daromadlari

Valyuta hisobvaraqdan ko’chirma

5

Xorijiy valyutada kelib tushgan homiylik mablag’lari bo’yicha ijobiy kurs tafovuti aks ettirilganda

Xorijiy valyuta pul mablag’i

Rivojlantirish jamg’armasi daromadlari

Buxgalteriya ma’lumotnomasi

6

Xorijiy valyutada kelib tushgan homiylik mablag’lari bo’yicha salbiy kurs tafovuti aks ettirilganda

Rivojlantirish jamg’armasi xarajatlari

Xorijiy valyuta pul mablag’i

Buxgalteriya ma’lumotnomasi

Chet valyutasi bo’yicha mablag’larning sintetik hisobi 381-son jamlanma qaydnomada (3-memorial orderda), analitik hisobi 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftarida (kartochkasida) chet el valyutasi turlari bo’yicha alohida holda yuritiladi.



3.

4.

X U L O S A

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI


Download 54.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling