Referat reja: Kirish Ong va xotira. Ijtimoiy va individual ong Bilish va bilim, ularning falsafiy talqini


Download 217.97 Kb.
bet5/6
Sana13.04.2023
Hajmi217.97 Kb.
#1355427
TuriReferat
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Metralogiya Muhammad

Bilishning oliy darajasi - intuitiv bilish, qalban bilish, g’oyibona bilishdir. O’zining butun borlig’ini fan, din, siyosat va san’at soxasiga bag’ishlagan buyuk kishilar ana shunday bilish qobiliyatiga ega bo’ladilar.
Intuitiv bilish xissiy va aqliy bilishga tayanadi. Buyuk shaxslarning g’oyibona bilishi ularning doimiy ravishda fikrini band etgan, yechimini kutayotgan umumbashariy muammolar bilan bog’likdir. Ilmiy bilishning eng samarali usullarini aniqlash gnoseologiyada muxim o’rin egallab keldi. Xar bir fan o’ziga xos bilish usullaridan foydalanadi. Ilmiy bilish fakt va dalillarga, ularni kayta ishlash, umumlashtirishga asoslanadi.
BILISh HISSIY, EMPIRIK, NAZARIY, MANTIQIY VA INTUITIV DARAJALARI.
Hissiy darajadagi bilimning shakllari:
Sezish va idrok etish insontashqi dunyoga amaliy ta'sir ko‘rsatishi jarayonida, mehnatda, sezgi a'zolari faolishlashi natijasida amalga oshadiva rivojlanadi; masalan, harakatsiz ko‘z narsalar rangini farqlashga qodir emas.
Xotira o‘tmish hozirgi zamonni birlashtiradi, ularning bir-biriga o‘tishini ta'minlaydi.
Xayol tajribada mavjud obrazlarni nafaqat qayta chaqiradi,bir-biri bilan bog‘laydi va ularni tasavvurlar darajasiga ko‘taradi.
Tasavvurlar –bir paytlar insonning sezgi a'zolariga ta'sir ko‘rsatgan, miyada saqlanib qolgan aloqalar bo‘yicha gavdalanadigan narsalarning obrazlaridir.
Empirik bilim va uning shakllari:
Eksperiment – bu shunday tadqiqot metodiki, uning yordamida ob'ekt yo sun'iy tarzda yaratiladi, yo tadqiqot maqsadlariga mos keladigan ma'lum shart-sharoitlarda o‘rganiladi.
Dalil – bilimining tasdiqlangan boyligiga aylangan moddiy yoki ma'naviy dunyo hodisasi, biron-bir hodisa, xossa yoki munosabatni qayd etish.
Nazariy bilim va uning shakllari:
Ilmiy muammo – ob'ektiv tarzda yuzaga keladigan, yechimini topish muhim amaliy yoki nazariy ahamiyatga ega bo‘lgan masala yoki masalalar majmuidir.
Paradigma – fan rivojlanishini belgilovchi barqaror tamoyillar, umumiy me'yorlar, qonunlar, nazariyalar va metodlar majmui tushuntirish mumkin emasligini ifodalovchi vaziyatdir.
Nazariya – hodisalarning muayyan turkumi, bu turkumdagi hodisalarning mohiyati va ularga nisbatan amal qiladigan borliq qonunlari haqidagi bilimlarning mantiqiy asoslangan va amaliyot sinovidan o‘tgan tizimidir.
Kategoriyalar – borliqning eng muhim tomonlari, xossalari va munosabatlarini aks ettiruvchi umumiy tushunchalardir. Fan kategoriyalariga ham shunday ta'rif berish mumkin.
Gipoteza – yangi dalillarning mohiyatini tushuntiruvchi qonun mavjudligi haqidagi asosli taxmindir.
Tamoyillar deganda, asosiy nazariy bilim, ilmiy dalillarni tushuntirishda dasturilamal bo‘lib xizmat qiluvchi rahbar g‘oyalar tushuniladi.
Gusserlning fenomenologik intuitsiya (reduktsiya), Bergsonning intuitivizm, Freydning ong osti intuitsiyasi va boshqa yo‘nalishlar yuzaga keldi. Bu maktablar intuitsiyani bilishning instinkt, ong osti hodisasi, diniy e'tiqod va hokazolarni o‘zida uyg‘unlashtirgan irratsional harakati sifatida tushu-nadi. Bu yo‘nalishlarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular dunyoni ilmiy bilishda aqlning, tushunchalar vositasida tafakkurning rolini kamsitadi. Tafakkur o‘rniga predmetni keraksiz ratsionalistik mulohazalarsiz «asl holicha» qamrab olish imkonini beruvchi intuitsiya qo‘yiladi. Bugungi kunda irratsionalizm g‘oyalarini ekzistentsializm, neopozitivizm va hozirgi zamon falsafasining ayrim boshqa yo‘nalishlari rivojlantirmoqda. Masalan, ekzistentsialist Xaydegger fikriga ko‘ra, «ekzistentsiya»ni mantiqiy tushunish mumkin emas. Yaspersda e'tiqod, intuitiv tarzda qaraladigan mistik «vahiy» birinchi o‘ringa qo‘yiladi. Marselь «abstraktsiyalar ruhi»ga qarshi ayovsiz kurashni targ‘ib qiladi. Inglizlar Ross, Mur, Richard moddiy narsalarni bilishning sezgi va aql darajalarini chetlab o‘tib, qandaydir mistik intuitsiya yordamida, bevosita bilish mumkinligini isbotlashga harakat qiladi.
XULOSA
1.Inson bilimining jadal sur'atlarda rivojlanishi ijod qilishni o‘rganish vazi-fasini qo‘yadi. Ijodiy faoliyat hamda ta'lim metodlarini o‘rganish haqidagi fan evristika deb ataladi. Ilmiy davralardagi suhbatlar, fikrlar almashinuvi, munozaralar, muammoli vaziyatlar tahlili – shaxsning ma'naviy, ijodiy qobiliyati rivojlanishiga ko‘maklashadi.
2. Intuitsiya va ijodni formal mantiq vositalari yordamida tavsiflash mumkin emas, biroq evristik metodlar orqali sub'ektning iste'dodi, xotirasi, zehni, tasavvurini safarbar etishni talab qiluvchi yangilik ustida izlanishlar olib boriladi 3. Induktiv tafakkur – hodisalarning bir qismini o‘rganish orqali olingan bilimni hodisalarning butun turkumiga nisbatan tatbiq etish evristik usul hisoblanadi.O‘xshashlik bo‘yicha tafakkur ham evristik mushohada yuritishning haqiqatga erishishni kafolatlamaydigan, biroq oddiy faraz ham hisoblanmaydigan usulidir. Xulosa sifatida shuni aytib o’tishimiz mumkin-ki, kimda-kim olam va odam yaratilganligini tan olar ekan, ong xam yaratganning kudrati ekanligini tan olishi tabiiy. Ong moddiylikning miyada aks etishi deb tushunishda, uning moxiyati inson tanasi faoliyati bilan bog’lab talqin etiladi. Bilish esa insongagina xos bo’lgan shundayin ma’naviy extiyoj, xayotiy zaruriyatdir. Insoniyat ko’p asrlar davomida orttirgan bilimlarini umumlashtirib va keyingi avlodlarga berib kelganligi tufayli xam o’zi uchun kator kulayliklarni yaratgan. Inson faoliyatining xar kanday turi muayyan ilmga tayanadi va faoliyat jarayonida yangi bilimlar xosil qilinadi. Kundalik faoliyat jarayonida tajribalar orqali bilimlar xosil qilish butun insoniyatga xos bo’lgan bilish usulidir. Agar inson o’z sezgilari yordamida narsa va xodisalarning fakat tashqi xossa va xususiyatlarini bilsa, tafakkur vositasida narsa va xodisalarning ichki moxiyatini bilib oladi. Aqliy bilish esa ancha murakkab va ziddiyatli jarayondir. Aqliy bilishda narsa va xodisalarning tub moxiyatini bilish uchun ulardan fikran uzoqlashish talab etiladi. Masalan, insonning moxiyati uning sezgi a’zolarimiz qayd etadigan kelishgan qaddi-qomati, chiroyli qoshu ko’zi, ijodkor qo’li, oyoqlari bilan belgilanmaydi. Insonning moxiyati avvalo, uning aql va tafakkurga, yaratish qudratiga, mexr-shafqat xissiga, mexnat qilish, so’zlash qobiliyatiga ega ekanligida namoyon bo’ladi. Inson o’z hayotini yashab o’tishi uchun uni hayvonlardan ajratib turadigan ong, tafakkur, bilimlar kerak bo’lar ekan. Shunday ekan, hayotimiz davomida o’qib o’rganishimiz, izlanishimiz zarur. “Beshikdan to qabrgacha ilm izla” deyishgan bobolarimiz. Mustaqil yurtimizda bilim olish uchun eng qulay shroitlar yaratib qo’yilgan. Bizning yolg’iz ishimiz esa o’qib o’rganib kelajakda bu bilimlarni albatta Vatanimiz ravnaqi yo’lida qo’llash har birimizning burchimizdir.

Download 217.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling