Referat reja: Psixologning tadqiqotchilik faoliyati


Maktab psixologining asosiy faoliyat turi


Download 52.36 Kb.
bet3/3
Sana05.10.2023
Hajmi52.36 Kb.
#1692953
TuriReferat
1   2   3
Bog'liq
Referat mavzu Psixologning tadqiqotchilik faoliyati. Maktab psi

2.Maktab psixologining asosiy faoliyat turi.
Maktab psixologik xizmatining predmetini aniqlashda aniq hamma tomondan tasdiqlangan bironta fikr mavjud emas. Lekin bu jarayon o’ zining ko’ p yillik tarixiga ega bo’ lishiga qaramasdan psixologiya fanlari qatorida yangi bir yo’ nalishni kasb etadi. Chunki bu faoliyatda 3ta bir-birlari bilan bog’lik bo’ lgan hodisalar uz mohiyatini topadi:
1.Maktab muammosiga kiradigan ilmiy psixologik muammo.
2.Amaliyotchi psixologning faoliyati.
3. Maktab psixologik xizmatini tashkil qilish jarayoni va uning tizimi.
Shulardan kelib chikkan holda maktab psixologik xizmatini ham 3ta yo’ nalishda ko’ rib chiqish uning predmetini tashkil qiladi.Ilmiy yo’ nalish maktab psixologik xizmat jarayonini metodologik asosini ishlab chiqishni taqozo qiladi. Asosiy vazifa ilmiy tadqiqot ishlari olib borish, psihodiagnostika jarayonini ishlab, ularni ham nazariy ham amaliy mohiyatlarini ochib berishga qaratilgan rivojlanuvchi uslublarni topish va maktab psixologik dasturini ishlab chiqish. Bu ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug’ullanuvchi ilmiy xodim maktab amaliyotchi psixolog ko’ rsatmalariga asosan ish tutishi kerak, ya’ni u buyurtma bajaruvchi sifatida borishi kerak. Amaliy yo’ nalish psixologik bilimlarni xalq ta`limi hodimlari tomonidan amaliyotda qo’ llanishini ko’ zda tutadi. Ko’ rinib turibdiki amaliy va amaliyotga qaratilgan yo’ nalishlarda psixologik xizmat to’ laligicha ilmiy yo’ nalishining rivojlanishi bilan bog‘liq. Ilmiy yo’ nalish nazariy konsepsiyani shakllantiradi va maktab psixologik xizmatining mazmunini, mohiyatini aniqlab beradi. Hozirgi davrda maktab psixologik xizmat faoliyatida 2 ta asosiy yo’ nalish mavjud. Ular zamonaviy va kelgusini ko’ zlagan.
Zamonaviy yo’ nalish hayotiy muammolarniy echishga qaratilgan bo’ lib, maktab ta`lim-tarbiya jarayonida uchraydigan qiyinchiliklarni bartaraf qilishga qaratilgan. Kelgusini ko’ zlagan yo’ nalishi har bir shahsni shahsiy xususiyatlari shakllantirishga, ularni jamiyat oldidagi psixologik tayyorgarlik hislarini shakllantirishga qaratilgan. Bu yo’ nalishlar o’ zaro bog‘lik bo’ lib kelgusini ko’ zlagan vazifalarni amalga oshirishda o’ quvchilarga ularni ota-onalariga yaqindan yordam beradilar. Amalda psixologlar tomonidan o’ quvchilarga nisbatan boshlangich va ohirgi maqsadlarni bir-birlari bilan to’ qnashish imkoniyatini hosil qilish zarur shart - sharoitdir.
Boshlangich maqsad-psixolog bilan o’ quvchilar ta`siridir ya`ni kerak ko’ zlagan bo’ lsa o’ quvchilarni maktabga tayyorlash shahsiy xususiyatlarini aniqlash ta`lim-tarbiya jarayonida muqobillashgan uslublarni izlab topishdan iboratdir.
Oxirgi maqsad - psixolog bilan o’ quvchilar ta`siridir, ya’ni ularni psixologik tarzda hayotga tayyorlash, hayotda o’ z-o’ zini anglash, ijtimoiy va kasbiy jihatdan o’ zlarini bilishdan iboratdir.Bu jarayon katta maktab yoshida shakllanib, o’ quvchilar uzlarini har tomonlama hayotga tayyorlanish hislarini ongli ravishda ifoda qiladilar. Natijada asta sekinlik bilan katta hayot bo’ sag’asi tomon yo’l oldilar. Bu inson psixologik tizimini to’la shakllanishi emas. Biroq shakllanishi uchun imkoniyatlar yaratib beradigan faoliyat turidir, yoshlarni to‘la shakllanishlari uchun turli imkoniyatlar yaratish maktab psixologi zimmasiga katta mas`uliyat yuklaydilar.
Manbalarda ko’rsatilishicha, maktab psixologik xizmat o’zida yoki maktabdan tashqaridagi muassasalarida ishlashlari bilan bog‘liq. Bu modullarni biri o’ziga hos xususiyatga ega. Birinchi modul psixologlar guruhini tuman, shahar xalq ta`limi bo‘limlari qoshida ishlashlarini nazarda tutadi. Ular o’qituvchilar va ota-onalar uchun foydali bo’lgan psixologik ma`ruzalar yig‘indisini tashkil qiladilar. Demak, tuman va shahar miqyosida o’qituvchilar va ota-onalarining psixologik bilimlar doirasini kengayishiga yaqindan yordam beradilar. Ma`ruzalar mavzulari ta`lim tarbiya jarayonini rivojlantirishga, o’qituvchilarga mavjud bo’lgan psihiatrik nuqsonlarni yuqotish usullarini diognostika turli maslahatlar berishiga mo’ljallangan bo’lishi kerak. Ma`ruza mavzulari psixologik guruh a`zolarining psixologik bilimlariga mos bo’ lishi kerak.
Misol sifatida tubandagi ma`ruza mavzularini tadbik qilish mumkin:
1. Psixologlar pedagogik muammolar haqida.
2.Psixologlar ukitish jarayonini mukobillashtirish uslublari haqida;
3.O’quvchilarning o’zaro munosabatlari psixolog nigohida;
4.Asosiy psixologik sindromlar;
5.Psixik kasalliklarning sabablari va klassifikaciyasi;
6.Shizofreniya va epilepciya nima?
7.Psihiatriya yordamini tashkil qilish;
8.Portlashni oldini olish mumkin;
9.Qiyin bolalar va qiyin ota-onalar;
10.Ko’chada yozilmagan qonunlar haqida;
11.Oz va ko’ p bolali oila tarbiyasi;
12.Yoshlar ma’naviy dunyosining go’zalligi;
13.Farzand-umr mevasi;
14. Oilaviy munosabatlar odobi va psixologiyasi;
15. Psixologiyaning umumiy masalalari;
16. Yordamchi va maxsus maktablarda ta`lim tarbiya nazariyasi;
17. Oiladagi baxtsizlikning kelib chiqish sabablari;
18. Psixologik kasalliklarni oldini olish;
19. Ota-onalar va bolalar o’rtasida psxologik muvozanat;
20. Hayotni 1/3 qismida ko’zlagan mavzularni tadbiq qilish mumkin;
Demak, asosiy faoliyat o’qituvchilar va ota-onalar talablarini qondirishga qaratilgan. Ular psixologiya fanidan ma`lum bir tushunchalarga ega bo‘lgan holda, faqat o’quvchilarga aniq namoyon bo’ ladigan ruhiy holatining kelib chiqishi, tartib buzarlik sabablarini bilishga bo’ lgan intilishlari bilan chegaralanib koladilar. Natijada bolalarni asosiy qismi psixolog nazoratidan chetga qoladilar. Psixologik xizmat jarayonida eng havfli element bu o‘quvilarni o‘zlariga turli yo’l bilan psixologning dikatini jalb kilayotgan bolalar bilan ko’ prok ishlash emas, aksincha psiholok naozoratidan uzlarini chetga oladigan bolalar havfli manba hisoblanib, ular bilan ko’ prok ish olib borish kerakligini tushinib etishdir.
Ikkinchi modul maktab psixologik xizmatini fakat maktabda amaliyotgan oshirishni talab qiladi. Ya`ni u bor imkoniyatni ishga solgan hoda turli tarbiyaviy jarayonlarga kirishib ketadi va o’ quvchildar qatoriga har bir o’ quvchini ruhuy holatlarini ularga ta`sir kiluvchi manbalarni bilib kolmasdan, har bir ota-ona bilan to’ g’ridan to’ g’ri yaqin munosabatda bo’ ladi. Demak, u o’ zining maslahatlari natijasini o’ quvchi hayotida qanday urin topganligi va yana nimalarga e`tiborini karatish kerakligiga reja tuzadi.

Masalan o’ spirin 16 yoshda. U har doim engil ta`sirlanuvchan, har narsadan qo’ rquv holatida, har qanday munosabatni o’ ziga salbiy kabul kiluvchan, tez hafa buluvchan ruhiyatda, kiyofasi o’ z o’ rnida, ko’ pgina tengqurlarini o’ ziga torta oladi. Suhbat turli mavzularga kuchadi. Shu payt ishdan otasi uyga kirib keldi. U charchagan, nimagadir homush holatda edi. Usmirlarni kulib, shuh suhbat ko’ rayotganlari uni ranjitdi. Natijada otaning holati ularga ta`sir kilmasdan kolmadi va uglining suhbatdoshlarini kuchaga haydab yubordi. Ugli bu holatni o’ ziga juda yaqin kabul kildi va ruhiy zurikish holati paydo buldi. Uzok vaqt yigi aralash bir nimalar haqida gapirib unda, uyku deyarli bulmadi. Ertasiga ota o’ ziga kelib, uglidan kechirim suraganday buldi. Bola 2 kun davomida maktabga bormadi. 3-kun maktabga kelganida uni yana bir ruhiy asabiylashish holati kutmokda edi. Yaьni ruhiy holatda otasi tomonidan uydan haydab yuborilgan dustlari undan yuz ugirgan edilar. Usmir bu holatdan chiqish uchun maktabga borishdan va ota bilan mulokotda bulishdan voz kechishga qaror qilgan edi. Keyin uni qayta maktabga borishga majbur qilishganlarida usmirning ung kulida titrash paydo ko’ zlagan to’ g’ri yoza olmas edi. Bundan tashkari nutqida ham duduklanish holatlari sezildi.



Demak, maktab psixologik xizmati o’ quvchini otasi va dustlariga, ukituvchisiga tegishli maslahatlar berib, o’ quvchini soglom hayotga qaytarishi mumkin. Bu modul bashariy vazifalarini hal qilishga qaratilganligi haqida turli misollarni keltirish mumkin.
Bunday misollar hayotda juda ko’ p uchraydi. Psixologik xizmat bahtli oila qurish asosiga aylanib bormokda. Oila kurishda 2-la yosh qatnashadilar. Demak, baxtli oilani qurish bu ikkala yoshni shahs sifatida shakllanishi bilan boglik.
Shulardan kelib chiqqan holda maktab psixologik xizmatini hal qiladigan yana bir vazifasi «Oilaviy hayot etikasi va psixologiyasi» kursini o’ qishdan iboratdir. Chunki bu predmetni specifik xususiyatini psixolog kasbiga ega bo’ lgan kishi boshqa fan o’ kituvchilariga nisbatan yaxshi tushunadi. Bulardan tashqari qarama-qarshi jinslar haqida umumiy fikrlar bildirgan holda turli muammoli vaziyatlarni echishga qobiliyatli kishi sifatida kiz bolalar va o’ spirin yigitlar munosabatlarini to’ g’ri yo’ lga yunaltiradi, ularda o’ rtoqlik, do’ stlik tushunchalarini hosil qilgan holda, sevgi-muhabbat, baxt kabi tuyg’ular mustahkam baxtli oila qurish ekanligini yoshlar ongiga singdirib borish qobiliyatiga egadir.
Maktab hayotiga endi qadam qo’ ygan psixolog xizmatchisiga birinchidan shoshilmasdan hamma jarayonga nazar tashlashni maslahat qilar edik. Amaliy faolyat qadamlarini birinchi davrining ko’ nikish (adaptaciya) davri deb ataymiz. Ya`ni psixolog maktabga, maktab psixologga ko’ nikishi kerak. Chunki, ular bir-birlarisiz juda yomon holatda bo’ ladilar. Shuning uchun maktab rahbariyati bilan suhbatdan ish faoliyatini boshlash kerak. Sungra o’ quvchilar, ularning ota-onalari bilan suhbat qilgandan keyin, darslarni kuzatish, sinfdan tashkari tadbirlarda ishtirok etish, maktab pedagogik kengashi ishlarida katnashish, ota-onalar majlislarida uz fikr mulohazalari bilan ishtirok etish hamda maktab hujjatlarini o’ rganish kerak. Maktab psixologik xizmat xodimining maktab sharoitiga ko’ nikish muddati 3 oydan 1 yilgacha davom etadi. Bu davrda imkoniyat bulsa, u malaka oshirish kursidan utib kelsa maqsadga muvofik bo’ ladi. Maktab o’ quvchilaridan farq qilgan holda maktab psixolog xizmati hodimi ham bolalar, pedagogik va ijtimoiy psixologiya sohasining mutahassisi sifatida maktabga keladi. U o’ zining faoliyatida kasbiy bilimlarga asoslangan holatda ish olib boradi. Bu jarayonda unga ukuv rejasiga asosan ajratilgan 0,5 shtat hajmidagi soatlar juda kamlik qiladi. Shuning uchun ta`lim tarbiya jarayonini yaqindan bilish o’ quvchilar bilan mulokot doirasini kengaytirish maqsadida unga boshqa fanlarni ham ukitish imkoniyati tugdirib berilsa, u uz faoliyati mavjud bo’ ladigan turli muammolarni echishga ega bo’ ladi. Chunki, psixolog maktabni hamma a`zolari qatorida teng hukukga ega bo’ lgan shahs hisoblanadi, ba`zi bir hollar u maktab rahbariyati vazifasini bajarib, maktab jamoasidagi ta`lim tarbiya jarayonini to’ g’ri rivojlantirish borasida davlat oldida javob beruvchi shahsdir ham. Faoliyat jarayonining foydali tomoni psixologik sharoitni yaratib bilish va o’ quvchilarni komil inson va soglom qilib tarbiyalash imkoniyatlarini izlab topishiga boglikdir. U o’ quvchilar faolyatidagi hali ochilmagan tomonlarni ocha bilishi kerak, o’ quvchilarni yosh va psixologik xususiyatlariga asoslangan holda kichik maktab yoshining ohiriga kelib, o’ quvchilar o’ qib bilimini, ukishga bo’ lgan havaslari hamda uzlarining imoniyatlariga hamda ishonch hislarini shakllantira olish kerak. O’ quvchilarning usmirlik davri senzitiv rivojlanish davri ko’ zlagan ular uchun psixologik yangiliklar, uzlarining hatti-harakatlarini ongli tarzda boshqarish, o’ zidagi hisiyotlar darajasini hisobga ola bilish, ishtiyoklari xarakter xususiyatlaridan xizmat hodimi urinli foydalana bilish kerak. Ular bilan o’ rnak namuna usublaridan foydalangan holda turli namunaviy uchrashuvlar kitobhonlar konferenciyalari, munozaralar utkazib turish kerak.


Psixolog oldida turgan asosiy muammoga psixologik fark qiladigan tomonlarning hamma xususiyatlari kiradi. Bir sinfdagi bolalar ham uzlarining sifatlari bilan bir-birlaridan fark qiladilar. Lekin shahsiy xususiyatlarni aniqlashda markaziy urinda qobiliyatlarining rivojlanish jarayoni kattalardan chidam va sabr tokat talab qiladi. Shuning uchun psixolog ular qobiliyatlarining rivojlanishidagi har bir intilishini kichkinagina bo’ lgan uzgarishni ham dikkat e`tiborida tutishi kerak. O’ quvchilar erishgan muvaffakiyatlar obьektiv (yani o’ ziga boglik holda) va subьektiv (o’ ziga boglik bulmagan) holatda sodir bo’ lishini psixolog tushinib etishi kerak. Maktabda hamma jamoa a`zolari uchun ijobiy psixologik mulokot muvozanatini tashkil qilish kerak. Buning uchun o’ quvchilarni yosh va shahsiy xususiyatlari dikkat markazida bo’ lishi kerak. Ba`zi bir hollarda aniq bulmagan, uzuk yo’ luk nolishlar bo’ lib qolishi mumkin. Ular asosida ko’ pincha ba`zi bir o’ quvchilar ota-onalariga, o’ qituvchilarga ukishni hohlamasliklarini izhor qilishlarini boshqalar bilan chiqisha olmasliklari kabi holatlar mavjud. Bulardan tashqari psixologga « tarbiyasi qiyin» bolalar bilan ishlash rejasini qanday to’ zish, qanday yo’ l bilan oilaviy munosatlarini to’ g’rilash qanday qilib oila maktab hamkorligini amalga oshirish mumkin degan talablar tushadi. Ko’ pgina talablar kasb tanlash ta`lim jarayonini muqobillashtirish, qanday yo’ l bilan ma`lum sinfda o’ qimasdan yukori sinfga utish mumkin degan muammolar bilan boglik. Ana shunday muammolarga duch kelgan maktab psixologi o’ quvchilar bilan turli mavzularda trening mashgulotlari o’ tkazib turishi tavsiya etiladi.

Kasb - inson ish faoliyatining ma’lum tajriba, tayyorgarlik ta- lab etadigan faoliyat turi, sohasi, hunardir. Kasbga umumiy yoki maxsus ma’lumot hamda amaliy tajriba yo’ li bilan erishiladi. Kasb ichida mehnat faoliyatining eng tor xarakteri bilan ajralib turuvchi ix- tisoslari bor. Ba’zi kasblarda bir qancha ixtisoslar masalan: chilan- gar kasbida - remontchi chilangar, asbobsoz chilangar, yig‘uvchi chi- langar kabi yo’ nalishlar mavjud. Demak, har bir kasbga xos bo’ lgan yo’ nalishlar mavjud bo’ ladi. Bu esa inson faoliyatini kengayib borayot- ganligini, har bir sohani o’ ziga xos tor jabhalari borligini tasdiqlaydi.


Hayotiyjarayonlar kasblami doimiy emasligini ko’ rsatadi. Kasb- lami ayrimlari pay do bo’ ladi ayrimlari yo’ q bo’ lib ketar ekan. Bu kasblami ayrimlari texnika va texnologiya sohalarini taraqqiyo- ti bilan bog‘liq holda takomillashib boradi, yangi ko’ rinishga ega bo’ lgan kasblami paydo qiladi, eskilarini yanada takomillashtiradi. Misol uchun hozirgi zamon to’ quvchisining ishini ilgari zamondagi to’ quvchi mehnati bilan taqqoslab bo’ lmaydi. Hozirda to’ quvchi sta- noklami avtomatlashganligi tufayli bir qancha to’ quv stanoklarini bir vaqtda boshqaradi. Albatta bu jarayonlarni taqqoslab bo’ lmaydi, ulardagi mehnat sharoiti, stanoklami boshqarishga va to’ qishga bog‘liq bo’ lgan yangi bilimlar tizimi va shu kabilar ulaming farqini ko’ rsatib turadi.
Kasblami o’ zgarib borishiga ijtimioiy - iqtisodiy tuzum ham o’ z ta’sirini o’ tkazib boradi. Deylik, hozirda boshqaruvchi - mas­ter yoki inspektorlar mavjud bo’ lib ular boshqa sohalardan tub- dan farqlanib turadi. Bunga misol qilib shifokorlik kasbini olishi- miz va uni jamiyatdagi rolini ko’ rsatib berish mumkin. Jamiyat- dagi “erkin tadbirkorlik” jarayoni shifokorni endi nafaqat davo- lovchi, balki tadbirkorlik ishi bilan shug'ullanuvchi qilib qo’ ydi. Endi tadbirkor shifokor o’ z ustida ishlash, davolashning yangi va samarador tomonlari ustida bosh qotirishga, o’ z kapitalini o’ stirib borishga intilishi kerak bo’ ladi. Bu jarayon hamma kasblarga ham taalluqlidir. Jamiyatda yashayotgan har bir insonga qulaylik yara­tish, uning ehtiyojlarini qondirish, yaxshi yashashi uchun sharoitlar yaratish bor kasblami takomillashtirishga va yangi kasblarni paydo bo’ lishiga olib keladi.
Insoniyat hayot faoliyati uchun zamr bo’ lgan ehtiyojlami qondirish davomida yangi kasblar ham paydo bo’ lib bormoqda. Du- nyoda 60 ming (qiyoslash uchun Rossiyada 20 ming) 0‘zbekistonda 6 mingdan ziyod kasblar mavjud. [22, 62. ]
Shuni aytish joizki, jamiyat rivojlangan sari kasblar ham ko’ payib boradi. Shu bilan birga kasb bu jamiyatdagi qabul qilingan huquq- iy - normotiv Qonunlarga amal qilishi zarur bo’ ladi. Jamiyatda man qilingan va uning ahloqiga to’ g‘ri kelmaydigan kasblar jamiyat to- monidan taqiqlanadi va jazolanadi. 0‘zbekistonda uning taraqqiyoti bilan bog‘liq holda ko’ pgina kasblar hayotga kirib kelmoqda. Bular haqida esa maktabda va boshqa o’ quv maskanlaridagi o’ qituvchilar, psixolog-lar talabalarga ma’lumotlar berib ularni tanishtirib borish- lari kerak bo’ ladi.
Jamiyatdagi har qanday mehnatga layoqatli inson o’ zining mehnati bilan jamiyat taraqqiyotiga o’ z ulushini qo’ shib boradi. In­son o’ zining mehnatida jismoniy, aqliy, psixologik imkoniyatlarini sarflab, o’ z qobiliyatlarini, ijodiy imkoniyatlarini sarf qiladi. Bular uni ijodiy mehnatdan qoniqishini ta’minlaydi.
Shuni aytish kerakki, kasb -hunar va uni egalari azaldan xalqimiz tomonidan e’zozlanib kelingan. 0‘zbekistonda hozirda bilimdon, o’ z kasbini yaxshi egallagan, mustaqil fikrlovchi, o’ z kasbiga ijodiy yon- doshuvchi, yuqori malakali, madaniyatli, izlanuvchan, intiluvchan mohir ustalar, kasb egalari ko’ proq talab qilinmoqda. Shunga asosan, 0‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning asar- larida va Vazirlar mahkamasi qarorlarida (Nizomlarida) mutaxassis kadrlar tayyorlash masalasi dolzarb va katta e’tibor berilayotgan ma- salalardan biri bo’ lib turibdi.
0‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar bilan bog‘liq xalq ta’limini tubdan islohot qilish to’ g‘risida I.A Karimov o’ zining “Barkamol avlod - 0‘zbekiston taraqqiyotining poydevori” asarida fikr bildirib shunday deydilar: “Shu tariqa yoshlaming biron bir shaklda bilimlarini takomillashtirish, muayyan kasb - hunar egasi bo’ lib yetishishlari uchun sharoit yaratiladi”. [9, 17. ]
Bu bilan davlatimiz yoshlami kasb - hunar egasi boiishlari uchun barcha imkoniyatlami yaratib berayotganligi yaqqol ko’ zga tashlanadi. Yoshlar bu jamiyatning kelajagi, ulami o’ zlari qiziqqan kasblami egal- lashi, hayotda o’ z o’ rinlarini topa olishlari zaruriy jarayon hisoblanadi.
Kasb - hunarli boiish inson uchun zarur bir ehtiyoj ekanligini buyuk avlodlarimiz o’ z asarlarida aytib o’ tganlar. Kaykovus o’ zining “Qobusnoma” asarida shunday yozadi “Bas, agar aqling boisa hunar o’ rgang‘il, nedinkim hunarsiz aql -boshsiz tan, suratsiz badandekdir... Ey farzand, ogoh bo’ lki, hunarsiz kishi hamisha foydasiz bo’ lur va hech kishiga naf’ ep ko’ rmas.”[25, 26. ]
Hozirda o’ sib kelayotgan yoshlar o’ z qiziqishlaridan kelib chiqib minglab kasblar ichidan o’ zi uchun qiziqarli bo’ lgan kasbni tanlab olishlari va o’ z hayotlarini mazmunli, yaxshi o’ tkazishlari uchun inti- ladilar. Ularga bu kasblami tanlashlarida kasb psixologiyasining o’ mi va ahamiyati juda katta. “ Men kelajakda kim bo’ laman?”, “Yaxshi yashashim uchun qaysi kasbni tanlashim kerak?”, “Mendagi iqti- dor shunga yetadimi?”, “Kelajagimdan qoniqamanmikan?” degan ko’ plab savollar yoshlami o’ ylantiradi. Bu savollarga javob olish uchun ular atrofdagilami kuzatadilar, hayotdan ma’lum bir ma- lakalar olishga intiladilar. Kattalami maslahatlarini o’ ylaydilar va ikkilanib yuradilar. Kasb psixologiyasi esa ulami to’ g‘ri yo’ lga so- lishga harakat qiladi. Kasb tanlovchilarga o’ zlarini beg‘araz masla­hatlarini berib, ulami o’ zlari qiziqqan kasblariga ega bo’ lishlari uchun yo’ l - yo’ riqlar berib boradilar.

Izlanuvchi yoshlar kasb - hunar va uni egallash, hayotlarini, ke- lajaklarini hal qiluvchi omil ekanligini bilib boradilar. Shulardan kelib chiqib kasb - bu inson hayoti uchun zarur bo’ lgan, jami- yatdagi huquqiy nor malar ga javob beradigan, insonni kelajagini belgilab beradigan o’ ziga xos murakkab bo’ lgan jarayon deb bel- gilashimiz mumkin. Kasb - bu insonni ma’lum bir ehtiyojlarini va manfaatlarini o’ zi tanlagan kasb faoliyatidagi bilimlari, layoqati, malakalariga xos xususiyatlari orqali namoyon bo’ lishidir. Kasb­ga xos bo’ lganjarayonlar, ularni egallash, tanlash inson psixologiyasi bilan bog‘liq. Kasb psixologiyasi aynan shunday murakkab jarayon- larni o’ rganish orqali yoshlarni o’ zlari qiziqqan kasbga yo’ nalish be- ruvchi murakkab fan hisoblanadi. Har bir kasbning o’ ziga xos bo’ lgan tomonlari, insonlarni o’ ziga jalb qila oladigan qirralari mavjud bo’ lib, inson bu jarayonlami kuzatib borib shu kasbni egallashga intiladi. Bu jarayonlarda inson o’ zini ruhiyati bilan shu kasbga xos bo’ lgan psi- xologik tomonlami ham shakllantirib boradi.


Jamiyatda bo’ layotgan o’ zgarishlar yoshlarni ham kasb tanlash- da o’ ylantirib qo’ ymoqda. Jamiyatda ko’ plab yangi kasblar paydo bo’ lmoqda, ularni fan yangiliklari, texnika va texnologik yangiliklar asosida shakllanib borishi yoshlarda ko’ plab yangi mutaxassisliklar bilan tanishishlarini talab qilmoqda va bu ularni kasb tanlashlarini qiyin, murakkab ahvolga solib qo’ ymoqda. Bundan tashqari jamiyatni olg‘a rivojlanib borishi yoshlarni olayotgan kasblarini raqobatbardoshligini, kerakligini va yashashlari uchun imkoniyatlar yaratib bera olishlariga ishontira bilishini ham talab qilib bormoqda. Hayotiy jarayonlar, ya- shashga beriladigan imkoniyatlar, kasbga bo’ lgan intilishlar tabiiy ra- vishda amaliy psixologiyaning bir bo’ lagi boigan kasb psixologiyasi- ga bo’ lgan talabni zaruriy qilib qo’ ydi va bu fanni paydo bo’ lishiga olib keldi. Hozirda 0‘zbekistonda bu fan endi rivojlanishi kerak bo’ lgan va yoshlarni tarbiyalashda, ularga kasb tanlashlariga yordam beruvchi asosiy mutaxassislik fani boiib bormoqda. Kasb psixologiyasini mohi- yati bu insonni kasbga xos xatti - harakatini va kasb tarixi bilan bog‘liq tomonlami ko’ rsatib berish, shuningdek yoshlarni, kasb tanlovchilami o’ zlari qiziqqan kasbni tanlashlarida yo’ l - yo’ riqlar berish, maslahatlar bilan o’ z layoqatlarini, imkoniyatlarini sinab olishlariga, shuningdek keyinchalik kasbdan ketishlariga, ya’ni nafaqaga chiqishlarida ham yordam berish kabi tomonlarini o’ rganib borish hisoblanadi.
Dunyoga kelgan bola haqida, uning kelajagi haqida, qanday kas­bni egallashi haqida ko’ proq uning ota - onasi bosh qotiradi. Bolani maktabga chiqqanidan boshlab uning ota - onasi “Mening bolam ke- lajakda vrach bo’ ladi”, yoki ma’lum bir kasbni oldindan orzu qilib tayyorlab qo’ yadilar. Lekin hayotning o’ zi bolani shaxs sifatida rivojlanishi, biologik taraqqiyoti, psixologik imkoniyatlari asosida o’ ziga xos bo’ lgan kasbni tanlashlariga imkoniyat yaratadi. Dun­yoga kelgan bolada xuddi daraxt kurtagi tarzida o’ ziga xos bo’ lgan imkoniyatlar mavjud bo’ ladi. Ya’ni bola o’ sib, rivojlanib borgan sari unda ma’lum bir kasbga qiziqish paydo bo’ Iadi va taraqqiy etib boradi.
Shaxs bo’ lib borayotgan bolada psixologik xususiyatlar yuzaga chiqib, uni borliqqa bo’ lgan qiziqishini orttirib boradi. Ayrim bola­lar yosh davrlaridanoq o’ simliklarga, ulaming tuzilishiga qiziqa- dilar, ayrimlari harakatdagi hasharotlarga, hayvonlarga qiziqadilar. Qo’ ng‘izni ko’ rgan bola uni harakatlanishini kuzatib uni nima hara- katlantirmoqda degan savol bilan tekshirib ko’ radi. Uni bo’ laklarga ajratadi. Bunday bolalardan tarbiyalab borish orqali ko’ plab yax­shi vrachlar, injenerlar, konstruktorlar yoki qassoblar chiqadi. Ke- yinchalik bunday shaxslar o’ zida shu kasbga xos bo’ lgan xususiyat- lami rivojlantirib boradilar. Bu ulaming qiziqishlaridan kelib chiqadi. Shu sohaga xos bilimlar ulami kasbiy imkoniyatlarini orttirib boradi.
Shaxs sifatida bolada shu sohani bilishga ehtiyojlar rivojlanadi. Tanlagan mutaxassisligi bo’ yicha bilimlar to’ plab boradi. Bu mak- tabda, oliygohda, atrofdagilarning avtib berishlari va o’ zining mus- taqil o’ rganishlari bilan shakllanib boradi. Maktabda bolalarga kasb bilan bog‘liq bo’ lgan tanishtirish darslarini ham tashkil etish zamr bo’ ladi. Bunda bolalar ko’ pchilik kasblar haqida bilib oladilar va kasb tanlashlari uchun imkoniyatlar kengayadi. Ulami yuqori sinfga o’ tib borishlari bilan birga keyingi bosqichlarda qaysi kollejga va
litseyga kirishlari ham aniq bo’ lib boradi. Ular o’ zlari qiziqqan kasb­ni egallashga mustaqil qaror qabul qilgan holda intiladilar.

Psixodiagnostning kasbiy-etikaviy tamoyillari. Psixodiagnostika – bu psixologning kasbiy faoliyatidagi murakkab va juda ma'suliyatli sohadir. Shuning uchun ham psixodiagnostikaga bir qator ijtimoiy-axloqiy talablar qo’ yilgan bo’ lib, ular quyidagilardir: Psixodiagnostika sirlarini saqlash
.Psixodiagnostik metodikalarning ilmiy asoslanganligi.
 Sinaluvchiga ziyon etkazmaslik.
 Xulosalarning ob'ektivligi.
 Taklif qilingan tavsiyalarning samaradorligi.
Yuqorida qayd qilib o’ tilgan talablarning, har birini psixodiagnostikaning tamoyillari sifatida alohida ko’ rib chiqamiz. Psixodiagnostikaning sir saqlash tamoyili– sinaluvchining ruxsatisiz olingan natijalarni e'lon qilmaslik, bu birinchi navbatda balog‘at yoshiga etgan odamlarga taalluqlidir. Agar sinaluvchilar balog‘at yoshiga etmagan bo’ lsa hamda psixodiagnostik natijalarni e'lon qilish uchun ota-onalarning, bolalar uchun ma'naviy va huquqiy mas'ul bo’ lgan shaxslarning ruxsati bo’ lishi shart. Faqat ba'zi hollarda ilmiy maqsadda, ya'ni eksperimental tadqiqotning bir qismi sifatida e'lon qilish bundan mustasno, ammo sinaluvchilarning aniq ismi-shariflarini bayon etish tavsiya qilinmaydi. Psixodiagnostik metodikalarning ilmiy asoslanganlik tamoyilida metodikaga validlik, ishonchlilik talabi qo’ yiladi, ya'ni olingan natijalarga to’ liq ishonch imkonini bersin. Ziyon etkazmaslik tamoyilida psixologik tashxis natijalaridan hech qachon tadqiqotda qatnashgan odamlarga nisbatan zarar etkazish maqsadida foydalanmaslik nazarda tutiladi.Xulosalarning ob'ektivlik tamoyili test o’ tkazayotgan odamning sub'ektiv ustanovkalarga tobe bo’ lmasligi, test olingan natijalardan kelib chiqqan holda ilmiy asoslangan bo’ lib, validli va ishonchli metodika yordamida o’ tkazilgan bo’ lishi shart.Taklif qilinayotgan tavsiyalarning samaradorlik tamoyilida tavsiyalar albatta taklif qilinayotgan odamga yordam berishi shart. Test natijalari asosida taklif qilinayotgan tavsiyalar befoyda tasodifiy holatlarni keltirib chiqarmasligi kerak. Shunday qilib, ushbu mavzuda psixodiagnostika va eksperimental psixologiya fanining predmeti, vazifalari, bosqichlari, eksperimentator shaxsiga qo’ yiladigan talablar, psixologik tadqiqotning asosiy metodologik tamoyillari bilan tanishdik.
3. Dubrovina I.V. Psixologiya. Oliy maktablar uchun darslik. - M .: Knorus, 2003. - 464 b.
4. Lukatskiy M.A. Ostrenkova M.E. Psixologiya. Darslik. - M.: Eksmo, 2007. - 416s.
5. Maklakov A.G. Umumiy psixologiya. Darslik. - M.: UNITI - DANA, 2001. - 592s.
6. Nemov R. S. Psixologiyaning umumiy asoslari. Oliy maktablar uchun darslik. - M.: Norma, 2008. S. 23.
7. Umumiy psixologiya. Darslik / ed. Tugusheva R.X. - M.: KNORUS, 2006. - 560-yillar.
8. Psixologiya. Darslik / ed. V.N. Drujinina - M .: UNITI, 2009. - 656s.
9. Psixologik entsiklopediya / Ed. R. Korsini. - Sankt-Peterburg: Peter, 2003. - 1064 p.
10. Sorokun P.A. Psixologiya asoslari. Darslik. - M.: Spark, 2005. - 312p.
11. Stolyarenko L.D. Psixologiya. Oliy maktablar uchun darslik. - Sankt-Peterburg: Peter, 2004. - 592s.
Download 52.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling