Referat shakliga namuna Mavzu: Yer tuzishning tarixiy bosqichlari
Download 118 Kb.
|
Реферат намуна
Хo‘jalikda ichki yer tuzish bo‘yicha bajarilgan
ishlarning hajmi va qiymati*
*(Sobiq SSSRda o’tkazilgan yer tuzish ishlari misolida) Dehqonchilik madaniyatini va qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi -samaradoligini o‘stirish zarurati sababli, respublikalar Giprozemlari 1984 yildan 1988 yilgacha bo‘lgan davrda kolxozlar va sovxozlarda dehqonchilik tizimlarini joriy etish, buzilgan almashlab ekishlarni tuzatish, erroziyaga qarshi tadbirlarni loyihalash, almashlab ekishlarni yiriklashtirish bilan bog‘liq yer tuzish ishlarini olib bordilar. Yer tuzish xizmati yer - baholash ishlarining bir necha turlarini o‘tkazishda bevosita ishtirok etdi va yerlarni xo‘jalikda ichki baholashni amalga oshirishga kirishdi. Yer tuzish chizmalarini ishlash va xo‘jaliklararo yer tuzish bo‘yicha ishlar ham davom ettirildi. Shunday qilib mamlakatda yer tuzish ishlarining yerdan foydalanishni rejalashtirish, bashoratlash va loyihalash, hududni tashkil etish, tuproqlar unumdorligini oshirish bilan bog‘liq masalalarni bajarish imkoniyatiga ega ma’lum tizimi tarkib topdi. 1980 yillar oxirida yuzaga kelgan buyruqbozlik iqtisodiyotining umumiy tangligi sharoitida tub islohotlarni o‘tkazish zaruratini keltirib chiqardi va bu avvalambor yer munosabatlari sohasidan boshlandi. Sovet davlati hukmronligi, uning repressiv siyosati davom etayotgan bir davrda ya’ni 1989 yil 17avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloqda yashovchi har bir oilani tamorqa bilan ta’minlash, ularga yakka tartibda uy-joy qurish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berish haqida” qarori qabul qilinadi. Ushbu tarixiy xujjatda qishloqda yashovchi har bir oilaga o‘rtacha 0,25 gektardan yer ajratib berish va tomorqa maydonlarini qariyib 4,5 barobar ko‘paytirish ko‘zda tutilgan. Bu borada amalga oshirilgan ishlar natijasida 1989-1990 yillarda bir yarim milliondan ko‘proq oilaga Yer tuzuvchilar orqali qo‘shimcha yer ajratildi, 700 ming oilaga yangi tomorqa yerlari berildi. Bugun to‘la ishonch bilan aytish mumkinki, bu murakkab masalaga ana shunday oqilona yondashuv tufayli O‘zbekiston bo‘yicha ming-minglab odamlar uy-joyli, ishli bo‘ldi, bozorlarda mahsulot ko‘payib narx-navo arzonlashdi, eng muhimi, ijtimoiy keskinlikning oldi olindi.
Download 118 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling