Referat sst-ts-02-22 guruh talabasi topshirdi: Xusanova Gulnoza Qabul qildi: F. Fayziyev toshkent-2023
Download 460.15 Kb.
|
Qo`qon xonligida amal qilgan soliq munosabatlari.
3 -rasm. Bozor rastalari.
Manjur amaldori Na Yanchen rahbarligida olib borilgan aholini ro‘yxatga olish jarayonida ularning barchasi kiritilmagan. Yuqorida keltirilgan raqamlar faqatgina 1818-1828-yillar oralig‘ida Sharqiy Turkistonga kelgan Qo‘qon xonligi fuqarolari soni deb hisoblangan. 1818-yildan avval kelib qolgan qo‘qonliklardan manjurlar hukumati soliq yig‘ib olishni maqsad qilgan. Shu maqsadda ularni Sharqiy Turkistonda istiqomat qiluvchi uyg‘urlar deb ro‘yxatga olgan va ularga yer, turar joy solig‘i kabi davlat soliqlari solgan. Bu vaqtda manjurlar imperiyasi uchun Sharqiy Turkiston tinch hudud sifatida kerak edi, xolos. Bunda Qo‘qon elchisi A’lam pochcha va Muhammad Dukarboylarning xizmati katta edi. Qo‘qon xonligi uchun faqat qo‘qon savdogarlardan soliq yig‘ib olish bilan cheklanmadi. Shu bois, 1833-yilda Muhammad Alixon Mirza Ayyub ismli elchini yuboradi. Elchi endi soliq faqat xonlik savdogarlaridan emas, Sharqiy Turkistondagi barcha xorijlik savdogarlardan ham soliq yig‘ib olishga ruxsat so‘ragan. Uchturfonga Isa ismli qo‘qonlik savdogar oqsoqol qilib tayinlangan. 1834-yilda Qo‘qondan yana bir elchi kelib, Sharqiy Turkistondagi qo‘qonlik savdogarlardan endi soliq olinmasligini iltimos qilib, Pekinga bormoqchi ekanligini aytgan. 1834-yilda Pekinga kelgan A’lam pochcha badaxshonlik, kashmirlik savdogarlardan savdo bojini olmaslikni ham iltimos qilgan. Sharqiy Turkiston o‘lkasidan har yili xonlik xazinasiga oqsoqol tomonidan 500 kumush yombu yuborilib turgan. Shu bois, bu lavozimga alohida e’tibor berilgan. Imom Ali Qunduziy va Cho‘qon Valixanovlarning yozishicha, “Mazkur mansab Qo‘qon hukmdorlari tomonidan ijara sharti bilan berilgan mansabdir. Dastlab mazkur mansabga savdogarlar toifasidan bo‘lgan odamlar tayinlanganlar, keyinroq esa bu mansabni ko‘proq harbiylar egallaganlar. Qo‘qon xonligi davrida tashkil etilgan oqsoqollik tizimi 1876-yilda xonlik tugatilgandan so‘ng ham o‘z faoliyatini to‘xtatmagan. Bu oqsoqollik tizimi XIX asr oxiri – XX asrning boshlarida Oqsuv, G‘ulja, Uchturfon, Yorkent, Xo‘ton, Kuchor, Qorashahar, Lobnor, Turfon, Xami, Keriya va Dunxuan kabi shaharlarigacha kengayib borgan. Xulosa Xulosa qilib aytganda Qoʼqon xonligi aholisining koʼpchiligi oʼzbeklar boʼlib, mamlakat shahar va qishloqlarida tojiklar ham yashagan. Xonlikda yana qirgʼizlar va qipchoqlar ham istiqomat qilganlar. Ular Sirdaryoning boshlanish joylaridan Balxash koʼligacha boʼlgan togʼli rayonlardan to Qashgʼar chegarasigacha boʼlgan yerlarda, Yettisuv, Talas vodiysi, Oloy togʼlari, Badaxshon, Fargʼona vodiysi hududlarida koʼchmanchi va yarim koʼchmanchi hayot kechirishgan. Bundan tashqari, Fargʼona vodiysida qoraqalpoqlar, Toshkent atroflarida qozoqlar, xonlikning sharqiy qismida, Qoʼqon xonligini Buxoro va Rossiyadan ajratib turadigan choʼllarda koʼchmanchi qozoqlar yashaganlar. Manbalarning maʼlumotlariga koʼra, XIX asrning boshlarida qirgʼizlar, qalmoqlar, uygʼurlar, qoraqalpoq, qozoq va qipchoqlar Xitoy hukumati tazyiqi ostida Sharqiy Turkistondan Fargʼona vodiysigacha koʼchib kelishga majbur boʼlganlar. Shuningdek, xonlikning ayrim shaharlarida loʼlilar, hindlar, afgʼonlar, arablar va boshqa Osiyo xalqlari istiqomat qilganlar. Turkiston general-gubernatorligi tashkil topganidan soʼng yahudiylar, armanlar va boshqa millat vakillari ham yashaganlar. Oʼzbeklarning ming qabilasi (urugʼi) boshliqlaridan biri Shohruhbiy asos solgan Qoʼqon xonligidagi davlat boshqaruv tizimi oʼrta asrlarda Movarounnahrda hukm surgan musulmon davlatlari boshqaruv tizimidan farq qilmas edi. Xonlikda Buxoro amirligida boʼlgani kabi Аmir Temur davrida shakllangan hamda Shayboniylar davrida qisman islohot qilgan davlat boshqaruvi va tizimi mavjud boʼlgan. Xonlikda eng oliy va markaziy unvon xon unvoni boʼlib, uning hukumati cheklanmagan. Farmon berish va uning bajarilishini nazorat etish salohiyatlari xonning qoʼlida boʼlgan. Xonlikning ming qabilasidan boʼlgan hokimlar turli yillarda Shahrisabz, Urgut, Mogʼiyon, Urmitan viloyatlari va bekliklarida ham hukm surganlar. Olimxon davrigacha (1798y.) ming urugʼi boshliqlari XIX asrning boshlarida biy unvoni bilan hokimiyatni boshqarganlar. Olimxon 1805 yilda oʼzini rasman xon deb eʼlon qildi. Xon unvoni bilan hokimiyatni boshqargan Umarxon (1810-1822yy.) 1818 yilda oʼzini “amir ul-muslimin” deb eʼlon qildi. 1822 yilda Muhammad Аlixon ham hon unvoni bilan taxga oʼtirgan. Xon avlodlari xonzoda, amirzoda, mirzoda, shahzoda, toʼra deb atalganlar. Xonlikdagi davlat nizomi mutlaq yakka hokimlik boʼlib, xonning oʼzi cheklanmagan hokimiyatga ega boʼlsa-da, maʼlum tarixiy davrlarda uning salohiyati va hokimiyati cheklanib, saroy amaldorlari hamda qoʼshin boshliqlarining xonga taʼsiri kuchli boʼlgan. Bunga Musulmonqulining mingboshi va otaliq boʼlgan davrini (Xudoyorxon davrida, 1844-1852yy.) yoki Аliqulining amirlashkarlik va vazirlik davrini (Sulton Sayidxon, 1863-1865 yy.) misol qilib keltirish mumkin. Bu holat xonning siyosiy kuch qudrati maʼlum iqtisodiy asoslarga hamda maʼlum ijtimoiy guruhlar faoliyatiga bogʼliq boʼlgan deyishga asos boʼladi. Mamlakatda xon eng katta va yirik mulkdor boʼlib, xonlik hududidagi barcha boyliklarga, yer, suv, qoʼriq yerlar, koʼlu anhorlarga egalik qilgan. Ulardan keladigan zakot, xiroj, tanobona va boshqa soliqlar shaklidagi daromadlar xon xazinasini muntazam ravishda toʼldirib turgan. Xon va uning qarindoshlari, saroy ahli va maʼmuriyat, qoʼshinlar va qoʼshin boshliqlari asosan soliqlar hisobidan ragʼbatlantirilgan. Manbalar maʼlumotlariga koʼra, xon saroyida mingboshi boshchilik qiladigan Kengash tuzilgan boʼlib, bu kengash saroydagi davlat ahamiyatiga molik muhim ishlarni koʼrib chiqqan. Dasturxonchi, risolachi va boshqa muhim amaldorlar aʼzo boʼlgan ushbu kengash davlat boshqaruvida muhim ahamiyatga ega edi. Qoʼqon xonligida asosan Olimxon, Umarxon va Muhammad Аlixonlar davrida (1798-1842 yy.) davlat boshqaruvi va davlatchilik ichki va tashqi siyosat ancha barqaror hamda nisbatan tinch rivojlangan. Аmmo XIX asrning oʼrtalariga kelib Qoʼqon xonligi inqirozga uchray boshlaydi. Tadqiqotchilar ushbu inqirozning asosiy sabablari sifatida oʼtroq xalq va koʼchmanchi aholi oʼrtasidagi qarama-qarshiliklarni, oʼzaro nizo va urushlarni, xon taxti uchun olib borilgan kurashlarni, Buxoro amiri bilan boʼlgan nizolar va dushmanliklar, saroy amaldorlarining xoinliklari kabilarni koʼrsatadilar. Bularning natijasida iqtisodiy hayotda taraqqiyot pasayib, ijtimoiy tarqoqlik kuchayib bordi va davlat inqirozga yuz tutdi. Download 460.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling