Referat ta’lim yo’nalishi: Sport gimnastikasi Guruh: gm 51-22 Bajardi: Azzamov Abbos
Download 1.8 Mb.
|
Azzamov Abbos
Yurakning o’tkazuvchi sistemasi (Systema conducens cardiacum). Bu sistema o’tkazuvchi (atipik) yurak mushak hujayralari (myocyti conducens cardiacum) dan iborat bo’lib, ular impulslarni (qo’zg’alishni) vujudga keltiradi va uni qisqaruvchi (tipik) yurak mushak hujayralariga o’tkazadi. Yurakning o’tkazuvchi sistemasi tarkibiga sinus-bo’lmacha yoki sinus (Kis-Flak) tuguni, bo’lmacha-qorincha yoki atrioventrikulyar (Ashof-Tovar) tuguni hamda qorinchalararo tutam (Gis tutami) va uning qisqaruvchi miotsitlarga qo’zg’alishni o’tkazuvchi tarmoqlari kiradi. Gis tutami o’ng va chap oyoqchalarga bo’linadi. Ulardan esa yurakning maxsus atipik tolalari – Purkine tolalari boshlanadi (138-rasm, I).
O’tkazuvchi sistemada uch xil hujayralar tafovut qilinadi. Impulslar cinus tugunida vujudga keladi. Tugunning markazida asosan o’z – o’zidan qisqaruvchi I tip hujayralar, ya’ni ritmni boshlovchilar yoki Peysmeker hujayralari joylashadi (138-rasm, II A). Ular ko’p burchak shaklidagi kichik (diametri 8–10 mkm) hujayralar bo’lib, sitoplazmasida oz miqdorda tartibsiz joylashgan miofibrillalar tutadi. Miofibrillalar tarkibida miofilamentlar ancha siyrak joylashadi, A va I disklar unchalik aniq bilinmaydi. Mitoxondriyalar juda oz, yumaloq yoki oval shaklda va mayda bo’ladi. Sarkoplazmatik to’r sust rivojlangan. T-sistema bo’lmaydi, ammo sitolemma bo’ylab juda ko’p pinotsitoz pufakchalar va kaveolalar joylashgan bo’lib, ular hujayra membranasining yuzasini deyarli ikki marta oshiradi. Sitoplazmasida kalsiy ionlari ko’p, qisqarish uchun kerakli energiya asosan glikoliz jarayoni orqali ta’minlanadi. 138 - rasm. Yurakning o’tkazuvchi sistemasi kardiomiotsitlari (P. P. Rumyansevdan). I – yurakning o’tkazuvchi sistemasi elementlarining joylanish sxemasi; II – sinus va atrioventrikulyar tugunlarining kardiomitsitlari; a – peysmeker (P) hujayralari; b – oraliq hujayralar; III – Gis tutami kardiomiotsiti; IV – Gis tutami oyoqchasining kardiomiotsiti (Purkine tolasi); 1 – yadro; 2 – miofibrillalar; 3 – mitoxondriyalar; 4 – sarkoplazma: 5 – glikogen parchalari; 6 – oraliq filamentlar; 7 – miofilamentlar komplekslari. Sinus tugunining chetlarida oraliq hujayralar joylashadi. Oraliq hujayralar ayniqsa atrioventrikulyar tugunda ko’p bo’lib, Peysmeker hujayralari, aksincha, bu tugunda juda kamchilikni tashkil qiladi. Oraliq (II tip) hujayralar ingichka, cho’zinchoq shaklda bo’lib, ularning ko’ndalang kesimlari tipik kardiomiotsitlarnikidan kichikdir (138-rasm, II B). Oraliq hujayralarining sitoplazmasida miofibrillalar nisbatan ko’proq, ular ko’pincha bir-biriga parallel yo’nalgan, A- va I-disklar yaqqol ko’rinib turadi. Ba’zi oraliq hujayralar qisqa T-naychalar tutadi. Bu hujayralar qo’zg’alish impulsni Peysmeker hujayralaridan Gis tutami hujayralariga va qisqaruvchi (tipik) kardiomiotsitlarga o’tkazib beradi. Gis tutami va uning oyoqchalarining hugayralari III tip hujayralar bo’lib, ular Purkine tolalary deb yoritiladi (138-rasm,III). Gis tutami oyoqchalari endokard ostiga hamda miokard ichiga tarmoqlanadi. Purkinye hujayralari to’p-to’p joylashgan bo’lib, siyrak tolali biriktiruvchi to’qima bilan o’ralgan. Bundan tashqari, ular so’rg’ichsimon mushakka ham kirib boradi. Bu esa so’rg’ichsimon mushaklar tomonidan yurak klapanlarini to miokard qisqarguncha tarang qilib turishini ta’minlaydi. Oddiy mikroskopda qaraganda Purkine tolalari yadrosining markazda joylashganligi va ko’ndalang-targilligi uchun qisqaruvchi tipik kardiomiotsitlarga o’xshab ketadi. Ammo ular tipik kardiomiotsitlardan farq qilib, ancha yirik (15 mkm va undan katta) bo’ladi. Miofibrillalar ingichka bo’lib, asosan, hujayraning chetki qismlarida joylashgan. T-sistema deyarli bo’lmaydi. Hujayraning markaziy qismlarida miofibrillalar bo’lmay, ular o’rniga glikogen yig’ilgan. Gematoksilin-eozin bilan bo’yalgan preparatlarda glikogen aniqlanmaydi. Shuning uchun Purkine hujayralarining markaziy qismi (yadro joylashgan sohadan tashqari) bo’shga o’xshab ko’rinadi (138-rasm, IY). Purkine hujayralari qo’zg’alishni oraliq hujayralardan tipik kardiomiotsitlarga o’tkazib berish vazifasini bajaradi. Peysmeker hujayralari o’zining tinchlik potensiali beqaror bo’lishi bilan skelet mushak tolalaridan farq qiladi. Skelet mushagi tolalari sarkolemmasi nerv impulsi yetib kelgunga qadar qutblangan (polyarlangan) bo’lib qoladi. Peysmeker hujayralarining membranasi esa hujayra ichiga natriy ionlarini o’tkazib yuborish xususiyatiga ega. Ma’lum vaqtda (sekundning bo’laklari ichida) ularning tinchlik potensiali shunchalik kamayib ketadiki, endi membrana ionlar uchun to’siq bo’la olmay qoladi. Bu – hujayra ichiga natriy ionlarining shunday oqimining kirib qolishiga olib keladiki, natijada, hujayra membranasi birdaniga va butunlay depolyarizatsiyaga uchraydi. Peysmeker hujayralarida vujudga kelgan depolyarizatsiya tirqishli birikish orqali barqaror tinchlik potensialiga ega bo’lgan oraliq hujayralarga uzatiladi. U ham darhol depolyarizatsiyaga uchraydi. Oraliq hujayra ham o’z navbatida barqaror tinchlik potensialiga ega bo’lgan boshqa oraliq hujayralar bilan birikkani uchun butun gruppa depolyarizatsiyaga uchraydi. Demak, sinus tuguni hujayralari depolyarizatsiya to’lqinini muntazam hosil qilib turadi, ular esa butun yurak bo’ylab tarqalib, uning turli bo’limlarini kerakli tarzda birin-ketin qisqarishga olib keladi. Aytib o’tish kerakki, sinus tuguning Peysmeker hujayralari odamda tinch holatda minutiga 60–70 marta depolyarizatsiyaga uchraydi, biror ish qilganda esa, puls tezlashadi. Ba’zan his-hayajon ta’sirida simpatik nervlar aktivligi oshishi natijasida ham puls tezlashadi. Bunga sabab, sinus tuguni vegetative nerv sistemasining har ikkala bo’limidan ham ko’plab nerv tarmoqlari oladi. Ammo ular Peysmeker hujaylarida depolyarizatsiyaning boshlanishiga javobgar emas, ular faqat uning tezligini o’zgartirishi mumkin. Simpatik sistema Peysmeker hujayralari depolarizatsiyasi tezligini oshiradi, parasimpatik sistema esa susaytiradi. Ba’zan gormonlar ham depolyarizatsiya tezligiga ta’sir qiladi. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling