Referat Tayarlaǵan Orazimbetov Erkinnin Qabıllaǵan Nókis -2023
Download 123.09 Kb.
|
referat
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-kurs studenti Orazimbetov Erkinniñ Ameliy programmaliq paketler páninen jazilg’an Referat
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI
ÓZBEKSTAN RESPUBLIKASÍ INFORMACIYALÍQ TEXNOLOGIYALARÍ HÁM KOMMUNIKACIYALARÍN RAWAJLANDÍRÍW MINISTRLIGI MUXAMMED AL-XOREZMIY ATINDAǴÍ TASHKENT INFORMACIYALÍQ TEXNOLOGIYALARÍ UNIVERSITETI NÓKIS FILIALÍ «Sirtqi ta’lim » fakulteti «Kompyuter injiniring »qánigeligi 5-kurs studenti Orazimbetov Erkinniñ Ameliy programmaliq paketler páninen jazilg’an Referat Tayarlaǵan Orazimbetov Erkinnin Qabıllaǵan Nókis –2023 Tema: Mathcad tizimi, vazifalari, interfeysi. Zamonaviy kompyuter matematikasi matematik hisoblarni avtomatlashtirish uchun butun bir birlashtirilgan dasturiy tizimlar va paketlarni taqdim etadi. Bu tizimlar ichida Mathcad oddiy, yetarlicha qayta ishlangan va tekshirilgan matematik, kimyoviy hisoblashlar tizimidir. Umuman olganda Mathcad – bu kompyuter matematikasining zamonaviy sonli usullarini qo`llashning umumiy kompleksidir. U o`z ichiga yillar ichidagi matematikaning rivojlanishi natijasida yig`ilgan tajribalar, qoidalar va matematik hisoblash usullarini olgan. Mathcad paketi muxandislik va hisob ishlarini bajarish uchun dasturiy vosita bo`lib, u professional matematiklar, texnoliglar uchun mo`ljallangan. Uning yordamida o`zgaruvchi va o`zgarmas parametrli algebraik va differentsial tenglamalarni yechish, funktsiyalarni tahlil qilish va ularning ekstremumini izlash, topilgan yechimlarni tahlil qilish uchun jadvallar, grafiklar qurish va boshqa shunga o’shash vazifalarni bajarish mumkin. Mathcad murakkab masalalarni yechish uchun o`z dasturlash tiliga ham ega. Mathcad interfeysi Windowsning barcha dasturlari intefeysiga o`xshash. Mathcad ishga tushurilgandan so`ng uning oynasida bosh menyu va uchta panel vositasidan iborat bo’lib ular quyidagi tartibda: Standart (Standart), Formatting (Formatlash) va Math (Matematika). Mathcad ishga tushganda avtomatik ravishda uning ishchi hujjat fayli Untitled 1 nom bilan ochiladi va unga Workshet (Ish varag`i) deyiladi. Standart (Standart) vositalar paneli bir necha fayllar bilan ishlash uchun buyruqlar to`plamini o`z ichiga oladi. Formatting (Formatlash) formula va matnlarni formatlash bo`yicha bir necha buyruqlarni o`z ichiga oladi. Math (Matematika) matematik vositalarini o`z ichiga olgan bo`lib, ular yordamida simvollar va operatorlarni hujjat fayli oynasiga joylashtirish uchun qo`llaniladi (1-rasm). 1-rasm. Mathcad paketi oynasi va uning matematik panel vositalari. Colculator (Kolkulyator) – asosiy matematik operatsiyalar shabloni; Graph (Grafik) – grafiklar shabloni; Matrix (Matritsa) – matritsa va matritsa operatsiyalarini bajarish shabloni; Evluation (Baholash) – qiymatlarni yuborish operatori va natijalarni chiqarish operatori; Colculus (Hisoblash) – differentsiallash, integrallash, summani hisoblash shabloni; Boolean (Mantiqiy operatorlar) – mantiqiy operatorlar; Programming (Dasturlashtirish) – dastur tuzish uchun kerakli modullar yaratish operatorlari; Greek (Grek harflari) -symbolik belgililar ustida ishlash uchun operatorlar. Colculator (Kolkulyator) – asosiy matematik operatsiyalar shabloni; Graph (Grafik) – grafiklar shabloni; Matrix (Matritsa) – matritsa va matritsa operatsiyalarini bajarish shabloni; Evluation (Baholash) – qiymatlarni yuborish operatori va natijalarni chiqarish operatori; Colculus (Hisoblash) – differentsiallash, integrallash, summani hisoblash shabloni; Boolean (Mantiqiy operatorlar) – mantiqiy operatorlar; Programming (Dasturlashtirish) – dastur tuzish uchun kerakli modullar yaratish operatorlari; Greek (Grek harflari) -symbolik belgililar ustida ishlash uchun operatorlar. Hozirgi vaqtda kompyuterlarda ilmiy-texnikaviy hisoblashlarni bajarishda odatdagi dasturlash tillaridan va elektron jadvallaridan emas, balki Mathematica, MatLab, Maple, Gauss, Reduse, Eureka va boshqa turdagi maxsus matematik dasturlar keng qo’llanilyapti. Matematik paketlar, ayniqsa Mathcad – yuqorida sanab o’tilgan ro’yxat ichida eng mashhur paket bo’lib, ilmiy – texnikaviy soha mutaxassislariga dasturlashning nozik elementlariga e’tibor berilmasdan (masalan:fortran, C, paskal, BASIC va boshqalar kabi) kompyuterda matematik modellashtirishni amalga oshirishga katta yordam beradi. Quyida Mathcad matematik dasturlash muhitida ishlashning yaqqol ajralib turadigan imkoniyatlarini sanab o’tmoqchimiz: Mathcad muhitida matematik ifoda, qabul qilingan ko’rinishda ifodalanadi. Masalan, daraja yuqorida, indeks pastda, integralning yuqori va quyi chegaralari esa an’anaviy joyida turadi. Mathcad muhitida “dasturlashni” tuzish va ularning bajarilish jarayoni parallel kechadi. Foydalanuvchi Mathcad – hujjatida yangi ifoda kiritar ekan, uning qiymatini bira to’la hisoblash va ifodani kiritishda yo’l qo’yilgan yashiringan xatoliklarni grafigini ko’rish imkoniyati ham mavjud. Mathcad paketi yetarli darajada qudratli matematik apparat bilan qurollanganki, ular orqali tashqi pratseduralarni chaqirmasdan turib paydo bo’ladigan muammolarni hal qilishimiz mumkin. - Mathcad xos bo’lgan ayrim hisoblovchi qurilmalarni sanab o’tmoqchimiz: - Chiziqli va chiziqli bo’lmagan) algebraik tenglama va sistemalarni yechish; - Oddiy differensial tenglama va sistemalarni (Koshi masalasi va chegaraviy masala) yechish; - Xususiy hosilali differensial tenglamalarni yechish; - Berilganlarni static qayta ishlov berish(interpolyatsiya, ekstrapolyatsiya, approksimatsiya va ko’pgina boshqa amallar); - Vektor va matritsalar bilan ishlash (Chiziqli algebra va boshqalar); - Funksional bog’liqlikning maksimum va minimumini izlash. Mathcad paketi matematik va fizik-kimyoviy formulalarga, hamda o’zgarmaslarga asoslangan yordamchi qo’llanmalar bilan boyitilgan. Mathcad paketida turli sohalar bo’yicha electron darsliklar yaratish mumkin. Masalan: oddiy differensial tenglamarni yechish, statistika, termodinamika, boshqaruv nazariyasi, materiallar qarshiligi va boshqalar bunga misol bo’la oladi. Foydalanuvchi o’z oldiga qo’yilgan masalani yechish bilan cheklanibgina qolmay, fizikaviy maslalarni yechishda o’lchovni hisobga olish imkoniyatiga ega. Bunda foydalanuvchi birliklar sistemasini ham tanlashi mumkin. Mathcad muhiti belgili matematika elementlari bilan boyitilgan bo’lib, bunda masalani nafaqat sonli yechish, balki analitik usulda ham yechishga imkoniyat yaratilgan. Mathcad muhitidan chiqmagan holda boshqa serverdagi hujjatlarni ishlatish va Internet tavsiya qiladigan yuqori informatsion texnologiya imkoniyatlaridan foydalanish mumkin. Mathcad tizimida masalalarni sonli yechish bilan bir qatorda analitik usulda yechish hisobga olingan. Shuning uchun foydalanuvchilar bu dasturdan o’zlari yecha olmagan matematik masalalar uchun tayanch yechim ombori sifatida foydalanishlari mumkin. Bu tizimdan tabiiy fanlar bo’yicha electron darsliklar yaratishda asos dasturiy vosita sifatida foydalanishni tavsiya etish mumkin. Masalan differensial tenglamalarni yechish, statistika,termodinamika, boshqaruv nazariyasi kabi jarayonlarni geometric tasvirlash va animatsiyalar orqali ijro etishni yuqori darajada amalga oshirish mumkin. Mathcad dasturi ishga tushganda quyidagi oynani ko'ramiz. Bu oynada Mathcad programmasi interfeysining ko'rinishi bo'lib, u ishga tushishi bilan hujjat tayyorlab, uni Untitlid:1 deb nomlab foydalanuvchiga havola etadi. Mathcad ekranining yuqori qismida "qo'shish" ko'rinishidagi kursorni ko'rasiz. Klaviaturadan kiritiladigan ma'lumotlar ushbu kursor joylashgan joydan boshlab yoziladi. Matematik misollarni yechishda, ularni kompyuter xotirasida saqlashda, grafik ko'rinishidagi tasvirlarni yaratish va qayta ishlashda Mathcad tizimining menyusi alohida o'rin tutadi. Mathcad menyu buyruqlari to'plami quyidagilardan iborat: "Fayl", "Pravka", "Prosmotr", "Vstavka", "Formatirovanie", "Matematika", "Simvolika", "Okno", "Pomosh". Asboblar paneli Ekrandagi darchada dasturning turli xil panellar ko’rsatilgan. Bu panellarning vazifasidan kelib chiqqan holda ularning har biri nomlanadi, Misol uchun Calculation paneli yordamida hisoblash ishlarini bajariladi. Graph paneli yordamida turli xil grafiklar chiziladi. Bu Graph panelini Insert tavsiyanomasidagi Graph bo’limidan ham ishga tushirish mumkin. Mathcad dasturdagi Insert tavsiyanomasining ko’rinishi Bu panellarda knopkalar mavjud bulib, bu knopkalarda esa grek harflar, hisoblashlar, grafiklar, operatorlar va simvollar joylashtirilgan. Ular ustida qisqacha qilib Quyidagilarni keltirib o’tish mumkin. 1. Graphpaneli Bu paneldan quyidagi turdagi grafiklar chiziladi: — x va u koordinatalar (2 ulchovli) buyicha - qutb buyicha - yuza buyicha - kontur buyicha - 3 ulchovli grafik buyicha - vektor buyicha 2. Matrix paneli By panelidagi knopkalaridan matritsa, x ning har xil o’brinishlari, modullarni chizish mumkin. 3. Calculator paneli Bu panel bilan zsa hisoblash ishlarini bajarish mumkin, shu bilan birga yana math, modifier, boolean, evalution va programming panellari mavjud. Xulosa Biz MATHCAD dasturi imkoniyatlarining. MATHCAD dasturi imkoniyatlari va uning interfeysi, formulalarni kiritish va tahrirlash, operatorlar, grafik yasash va qurish imkoniyatlari. Manashu rejalardagi masalalarni o`rgandim va taxlil qildim. Mathcad dasturi imkoniyatlarini qandayligini qanday masalalarni yechishni ,qay tarzda ishlashni, Qanday yo`llar bilan o`rganishni ,matematik amallar va funksiyalarni qulay yo`llar bilan masalalarni hal etishni va bular ustida ishlashni ,bular ustida turli amallarni bajarishni hisoblash tehnikasini qo`llashni,amaliyotga tadbiq etishni o`rgandim. Uning yordamida sodda matematik hisoblashlardan tortib, yetarlicha murakkab bo’lgan matematik masalalarni ham yechish mumkinligini tushundim. Oddiy va matematik ifodalarni tahrirlashda menyu standart buyruqlaridan foydalanilanishni,tahrirlashda klaviaturadan ham foydalanish mumkinligini,ya`ni qirqib olish – Ctrl+X,nusxa olish – Ctrl+C,qo’yish – Ctrl+V,bajarishni bekor qilish – Ctrl+Z larni o`rgandim. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI 1. Prezident Islom Karimovning 2010 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iktisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011yilga mo’ljallangan eng muxim ustuvor yo’nalishlarga bag’ishlangan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining majlisidagi ma’ruzasi. www.press_servis.uz 2. I.A.Karimov. "YUksak ma’naviyat yengilmas kuch"., Toshkent. "Ma’naviyat". 2009y. 3. Макаров Е. Инженерные расчеты в MATHCAD. Изд. Питер. М. 2003г. 4. Плис А.И., Силвина Н.А. MATHCAD 2000: Математический практикум для экономистов и инженеров: Учеб.пособие. –М. Финансы и статистика, 2000г. Internet sayitlari. Download 123.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling