Referat Tayyorladi : Islyomova Roza 203-guruh. Tekshirdi: Kadirova Ya. B


Download 385.1 Kb.
bet4/5
Sana25.04.2023
Hajmi385.1 Kb.
#1396410
TuriReferat
1   2   3   4   5
Bog'liq
referat

XIII. Buxoro viloyati:
1. Abduxoliq G’ijduvoniy maqbarasi.
XIV. Xorazm viloyati:
1. Yusuf Hamadoniy maqbarasi.
XV. Qashqadaryo viloyati:
1. Xo’ja Jarroh yodgorlik majmuasi.
2. Oqsaroy.
3. Hazrati Imom maqbarasi.
4. Gumbazi Sayyidon maqbarasi.
5. Shayx Shamsiddin Kulol maqbarasi.
Vatanimiz hududida bularga o‘xshash yuzlab obidalar mavjud. Agarda yoshlarni bu qadamjolarga olib borilsa, ular naqadar buyuk yurt farzandlari va dono insonlarning avlodlari ekanligini yana bir bor anglab yetadi. Bunday obidalar nafaqat o‘sha davr uchun, balki hozirgi davr uchun xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Ularning bugungi kundagi o‘rni yurtimizga sayyohlarni jalb etayotgani va butun dunyoga O‘zbekiston nomini tanitayotgani bilan baholanadi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, qachonki inson o‘zligini, azaliy qadriyat va an’analarini unutar yoki ularga ularga biroz bo‘lsa ham befarqlik bilan qarar ekan ma’naviy tahdidlarga duch keladi va unga yengiladi. Shu sababdan ham yurtimizda bu kabi tarixiy obidalar doimo yosh avlodga biz kim ekanligimiz, kimning avlodlariligimiz va albatta kelajakda nimalarga erisha olishimiz mumkinligini eslatib turuvchi qo‘ng‘iroq singari bong urib turaveradi. Obidalar qurilishida tarbiyaviy jihatlar ham alohida e’tiborga olingan bo‘lib, bunga yorqin misol tariqasida obidalardagi har bir hujraning eshiklari inson bo‘yidan past qilib yasalganligi, bu esa xonaga kirayotganda u yerda o‘tirgan shaxsga nisbatan egilib xurmat bajo qilishga inson beixtiyor majbur bo‘lganini anglatganligidir. Bu ham sharq ma’naviy tarbiyasining o‘ziga xos tomonlaridan biridir. Obidalarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan inson esa ko‘plab bunday ajoyib va tarbiyaviy holatlarga duch keladi. Shu bois mana shunday ishlarni izchil amalga oshirish uchun yoshlarni tarixiy obidalar bilan yaqin tanishtirishimiz va ularni asrab-avaylashga o‘rgatishimiz lozim. Ular bunday obidalar tarixini ming marta o‘qib o‘rgangandan ko‘ra, bir marta borib ko‘rganlari maqsadga muvofiqdir. Yoshlarni o‘z yo‘llaridan odimlab borishida bu kabi inson ruhiyatiga ma’naviy ozuqa beruvchi obidalarning o‘rni beqiyosdir va buni hech narsa bilan baholab bo‘lmaydi. Biz ularni asrashimiz, dovrug‘ini yetti iqlimga yoyishda ko‘maklashishimiz va kelajak avlodlarga asl holda yetkazishimiz zarur. Zero, bu yurtning har bir farzandi ushbu obidalar orqali o‘tmish ulug‘vorligidan ozuqa olishga haqlidir.
O‘zbekiston madaniyati, Markaziy Osiyo xalqlarining ko‘p asrlik an’analari va turmush tarzi bilan chambarchas bog‘liq boy tarixga ega. Buyuk Ipak yo‘lining chorrahasida joylashgan O‘zbekiston hududida ko‘plab me’moriy yodgorliklar, qadimiy qal’a va qasrlar, sirli va noyob tabiat yodgorliklari va folklor elementlari joylashgan bo‘lib ularning aksariyati hozirda YuNESKOning Butunjahon merosi ob’ektlari tomonidan muhofaza qilinmoqda.
Bugungi kunda YuNESKOning Butunjahon merosi ob’ektlari Reprezentativ ro‘yxatiga 4 ta me’moriy majmua:
-Xivadagi Ichan qal’a muzey-qo‘riqxonasi (1990);
-Buxoroning tarixiy markazi (1993);
-Samarqandning tarixiy markazi “Samarqand - madaniyatlar chorrahasi” (2001);
-Shahrisabzning tarixiy markazi, shuningdek Ugam-Chotqol milliy bog‘i (2016); va 9 nomoddiy meros ob’ektlari kiradi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan buyon mamlakatda nafaqat yodgorliklarni tiklash ishlari orqali madaniy merosni saqlashga, balki milliy o‘ziga xoslikni mustahkamlashga va jahon madaniyatida tan olinishga ham katta e’tibor qaratilmoqda.
Ming yillar mobaynida, minoralar va qadimiy gumbazlar ko‘plab shaharlarning tashrif qog‘ozi, shahar manzaralari, ularning diniy va ma’rifiy muassasalari - masjid va madrasalarining go‘zal aksiga aylandi.
Mustaqil O‘zbekistonda, qadimiy me’morlarning ushbu noyob asarlari, bebaho madaniy meros ob’ektlari sifatida maxsus maqomga ega bo‘ldi va ular davlatning alohida muhofazasiostida.
O‘zbekiston BMT qoshidagi ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilotga (YuNeSKO) 1993 yili qo‘shildi. Ayni paytda YuNeSKO ro‘yxatiga O‘zbekistondan 4 me’moriy majmua va nomoddiy madaniy merosning 5 obekti kiritilgan. Me’moriy majmualar Xiva, Buxoro, Samarqand va Shahrisabzning tarixiy markazlaridan iborat. 5ta nomoddiy madaniyat obekti esa Navro‘z, katta ashula, askiya va hokazolardan iborat.
Shuningdek, yana 30 obekt ushbu ro‘yxatga kiritilish bosqichida turibdi.
Ta’kidlanishicha, ro‘yxatga kirish uchun asosiy da’vogarlar dorbozlik va iqat tikish metodikasidir.
Xulosa:
Vatanimiz hududida bularga o‘xshash yuzlab obidalar mavjud. Agarda yoshlarni bu qadamjolarga olib borilsa, ular naqadar buyuk yurt farzandlari va dono insonlarning avlodlari ekanligini yana bir bor anglab yetadi. Bunday obidalar nafaqat o‘sha davr uchun, balki hozirgi davr uchun xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Ularning bugungi kundagi o‘rni yurtimizga sayyohlarni jalb etayotgani va butun dunyoga O‘zbekiston nomini tanitayotgani bilan baholanadi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, qachonki inson o‘zligini, azaliy qadriyat va an’analarini unutar yoki ularga ularga biroz bo‘lsa ham befarqlik bilan qarar ekan ma’naviy tahdidlarga duch keladi va unga yengiladi. Shu sababdan ham yurtimizda bu kabi tarixiy obidalar doimo yosh avlodga biz kim ekanligimiz, kimning avlodlariligimiz va albatta kelajakda nimalarga erisha olishimiz mumkinligini eslatib turuvchi qo‘ng‘iroq singari bong urib turaveradi. Obidalar qurilishida tarbiyaviy jihatlar ham alohida e’tiborga olingan bo‘lib, bunga yorqin misol tariqasida obidalardagi har bir hujraning eshiklari inson bo‘yidan past qilib yasalganligi, bu esa xonaga kirayotganda u yerda o‘tirgan shaxsga nisbatan egilib xurmat bajo qilishga inson beixtiyor majbur bo‘lganini anglatganligidir. Bu ham sharq ma’naviy tarbiyasining o‘ziga xos tomonlaridan biridir. Obidalarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan inson esa ko‘plab bunday ajoyib va tarbiyaviy holatlarga duch keladi. Shu bois mana shunday ishlarni izchil amalga oshirish uchun yoshlarni tarixiy obidalar bilan yaqin tanishtirishimiz va ularni asrab-avaylashga o‘rgatishimiz lozim. Ular bunday obidalar tarixini ming marta o‘qib o‘rgangandan ko‘ra, bir marta borib ko‘rganlari maqsadga muvofiqdir. Yoshlarni o‘z yo‘llaridan odimlab borishida bu kabi inson ruhiyatiga ma’naviy ozuqa beruvchi obidalarning o‘rni beqiyosdir va buni hech narsa bilan baholab bo‘lmaydi. Biz ularni asrashimiz, dovrug‘ini yetti iqlimga yoyishda ko‘maklashishimiz va kelajak avlodlarga asl holda yetkazishimiz zarur. Zero, bu yurtning har bir farzandi ushbu obidalar orqali o‘tmish ulug‘vorligidan ozuqa olishga haqlidir.

Download 385.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling