Referat tayyorladi: rishatov sardorbek mavzu: madaniyat va sivilizatsiya reja


Download 42.35 Kb.
bet1/8
Sana22.04.2023
Hajmi42.35 Kb.
#1381625
TuriReferat
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
toshkent tibbiyot akademiyasi


toshkent tibbiyot akademiyasi
kafedra : ijtimoiy fanlar
fan:falsafa
referat


tayyorladi: rishatov sardorbek


mavzu:MADANIYAT VA SIVILIZATSIYA
Reja :
1. Madaniyatni falsafiy tushunish
2. Jamiyat va madaniyat
3. Madaniyatning ijtimoiy funktsiyalari
4. Sivilizatsiya. Madaniyat va tsivilizatsiyaning
aloqadorligi
5. Qadriyatlar. Milliy va umuminsoniy qadriyatlarining mushtarakligi

1. MADANIYATNI FALSAFIY TUSHUNISH
«Madaniyat» tushunchasi umumfalsafiy va umumtarixiy ka-tegoriyalar tarkibiga kiradi. Shu boisdan bo’lsa kerak, uning yaxlit, barcha mutaxassislar tomonidan tan olingan definitsiyasi yo’q. Hozirgi zamon falsafasida madaniyat tushunchasini taxlil qilishda asosan uchta yondashuvdan foydalaniladi. Ular quyidagi-lardan iborat:
1.Empirik –tasviriy yondashuv. Bunday yondashuvda madaniyat inson faoliyatining natijasi sifatida talqiin etiladi, ya‘ni narsalar va qadriyatlar inson faoliyati natijasidir, deya muloxaza yuritiladi. Madaniyatni bunday tahlil qilish ba‘zi kamchiliklarga ham ega. Birinchidan, madaniyat faqat inson faoliyatining o’zgarmas, qotib qolgan natijasi deb talqin qilinadi. Ikkinchidan, moddiy va ma‘naviy madaniyat bir–biridan ajratib qo’yiladi.
Moddiy va ma‘naviy qadriyatning bo’linishi shartli va nisbiy xarakterga ega bo’lib, ularni bir-biridan ajratib talqin qilish maqsadga muvofiq emas. Bu ikki tushuncha yaxlit sistemaning elementlari sifatida biri ikkinchisini to’ldirib turadi. Bu ayniksa ilmiy-texnik taraqqiyot sharoitida moddiy va ma‘naviy madaniyat integratsiyasida yaqqol kuzga tashlanadi. Masalan, ma‘naviy madaniyatning moddiy tomoni roli va ahamiya-tining oshib borishi (radio, televidenie, kino, o’quv trenajer-lari), ikkinchi tomondan moddiy madaniyatdagi ma‘naviylik rolining kuchayishi (bunday holatga dizaynni misol qilish mumkin) ana shunday integratsiya mahsulidir.

Download 42.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling