Referat tayyorladi: rishatov sardorbek mavzu: madaniyat va sivilizatsiya reja
Download 42.35 Kb.
|
toshkent tibbiyot akademiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Faoliyatli yondashuv
2 Aksiologik yondashuv. Bu yondashuvda jamiyatning, insonning madaniy saviyasi darajasi ob‘ektni o’z etaloni bilan taqqoslash yordamida aniqlanadi. Ko’rinib turibdiki, ushbu yondashuv nisbiy xarakterga ega. Xususan, yevropotsentrizm turli mintaqalardagi madaniy taraqqiyotni Yevropa madaniyati singdirganligi daraja-siga qarab belgilaydi. Ayni paytda Yevropa madaniyatida qoloqlik belgisi sanalgan ayrim fenomenlar o’zga madaniyat tiplarining o’ziga xos xususiyati ekanligi e‘tibordan chetda qoladi.
3.Faoliyatli yondashuv madaniyatni faoliyatning insonga xos shakli sifatida tahlil qiladi. Bunda inson biologik tipiga xos bo’lgan vositalar va mexanizmlarni ifodalashga uriniladi. Faoliyatli yondashuv bilan tanishar ekanmiz, ularning asosiy fikri e‘tiborimizdan chetda qolmasligi kerak: madniyat - bu faoliyat emas, faoliyatning o’ziga xos shaklidir, masalan, oziq-ovqat maxsulotlari yaratish o’z- o’zicha madaniy jarayon emas. Bu jarayon takomillasha borgani sari u madaniyat elementlari bilan boyib boradi. Madaniyat tushunchasini talqin etishning bundan tashqari texnologik, sistemaviylik, tarkibiy-funktsional yondashuvlari mavjud. Yuqorida sanab o’tilgan yondashuvlar biri-ikkinchisini to’ldirib, bu murakkab ijtimoiy fenomen haqidagi tasavvurlarni boyitishga yordam beradi. Ko’rinib turibdiki, madaniyat sohasiga doir xususiyatlarni turlicha ifodalash va tasvirlash mumkin, biroq bunda har safar tadqiqotning aniq maqsadlariga asoslanamiz. Shunga qaramasdan ushbu tushunchaning asosiy mazmuni e‘tiroz tug’dirmaydi. Moddiy va ma‘naviy qadriyatlar yig’indisi, shuningdek ularni yaratish yo’llari, ulardan kishilik jamiyatining taraqqiyot yo’lida foydalanish malakasi, ajdoddan avlodlarga yetkazish yo’llari madaniyat deb yuritiladi. Madaniyatning boshlang’ich shakli va manbai inson mehnati hamda uning natijalari bilan bog’liq. Madaniyatning ikki shakli mavjud. Jamiyatda mavjud bo’lgan ishlab chiqarish vositalari va ijtimoiy borliqdan o’rin olgan mehnat vositalari moddiy madaniyatni tashkil etadi. Moddiy madaniyat tabiatning inson tomonidan o’zlashtirilganligi darajasini ko’rsatuvchi tushunchadir. Ma‘naviy madaniyatga esa fan, uning yutuqlarining ishlab chiqarish va maishiy hayotga joriy etilishi ta‘lim va maorif, tibbiyot, san‘at, axloq, jamiyat a‘zolari ehtiyojlari va manfaatlarining rivojlanganligi darajasi kiradi. Ma‘naviy madaniyat, albatta, moddiylashgan holda mavjud bo’ladi. Download 42.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling