Referat tayyorladi: rishatov sardorbek mavzu: madaniyat va sivilizatsiya reja


Download 42.35 Kb.
bet3/8
Sana22.04.2023
Hajmi42.35 Kb.
#1381625
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
toshkent tibbiyot akademiyasi

Madaniyat - insoniyat tafakkurining mahsuli bo’lib, uni tashkil etgan ma‘naviy ne‘matlar bir tarixiy davr miqyosida emas, insoniyat tarixi davomida majud bo’ladilar. Aytaylik, Farobiyning mulohazalari ming yillar avval qanchalik real xarakterga ega bo’lgan bo’lsa, bugun ham shunday. Madaniyat tarkibiga kirgan ma‘naviy ne‘matlar individual-subektiv reallik sifatida vujudga kelgan bo’lsalarda, vaqt o’tishi bilan ijtimoiy-obektiv xarakter kasb etdilar va vaqt, zamon ta‘siridan xoli ne‘matlarga aylandilar. Ushbu ne‘matlar endi alohida individning hohish-irodasiga bo’ysunmay qo’ydi. Madaniyatni shu ko’yi obektiv reallik sifatida e‘tirof etarkanmiz, uni inson faoliyatining mahsuli sifatida izohlarkanmiz, insonni individ sifatida emas ijtimoiy mavjudot sifatida tadqiq etish imkoniyatlari yuzaga kelayotganini ham ilg’ay olishimiz shart. Madaniyat insonsiz va undan avval mavjud bo’lmagani kabi inson ham madaniyatsiz va undan avval mavjud bo’lmaydi: madaniyat - insonning ajralmas xususiyatidir. Binobarin madaniyatli bo’lib tug’ilmaydilar, madaniyatli inson sifatida shakllanadilar.
Madaniyat ham o’tmishni, ham bugunni, ham kelajakni qamrab oluvchi ijtimoiy fenomendir. O’tmish madaniyati bizning hayotimizda, bugungi zamon kishisining ijtimoiy qiyofasida saqlanib qoladi. Ayni paytda bugunning kishisi kelajak madaniyati uchun ham mas‘uldir. Hozirgi zamon kishilari yaratgan moddiy va ma‘naviy ne‘matlar kelajak madaniyatining qiyofasini belgilab beradi.
Obrazli qilib aytganda, madaniyat - koinot “jismining” yuqori qatlamidir. U inson bilan birga yuzaga kelib, uning bilan birga yashaydi. љadimgi zamon faylasuflari, ulardan keyin ijod qilgan mutafakkirlar ham madaniyatni shu tarzda tasavvur etganlar. Vernadskiyning noosferasi, Teyyar de Sharden inson falsafa-sining kulturalogik mazmuni, gumanistlar qarashlarning mohiyati bunga misol bo’la oladi. Bu qarashlarda madaniyat tabiatga qarshi qo’yilmaydi, aksincha u koinot taraqqiyotining zaruriy oqibati sifatida talqin etiladi. Albatta koinot va madaniyatni, ruhni va materiyani bir-biriga qarama-qarshi qo’yish mantiqsizlik bo’lar edi.
Madaniyat tarkibiy qismlarining barchasini inson ongining ratsional darajasi bilan bog’lab bo’lmaydi. Madaniyat – inson xususiyatlarining to’liq namoyon bo’lishidir. Axir, biror bir san‘at asaridan hosil bo’lgan taassurotlarimizni faqat ratsional shaklda ifodalamaymiz-ku?! Histuyg’ular madaniyati aqlga bo’ysun-maydi-ku?! Aksincha, aqlni yagona hokim sifatida e‘tirof etadigan bo’lsak, hayotni bir yoqlama tushungan bo’lamiz.
Bu mulohazalardan madaniyat faqat hissiy bilishning obekti bo’lmog’i zarur degan xulosa kelib chiqmaydi. Ushbu fikrlar madaniyat nafaqat aqlning, balki his-tuyg’ularning ham mahsuli ekanligini ta‘kidlaydi, xolos.
Jamiyatning madaniyati jamoa sa‘y-harakatlarining mahsulidir. Har qanday jamiyatda turli sinflar, tabaqalar mavjud bo’lgani bois madaniyatda ham turli tafovutlardan qat‘iy nazar jamiyatning barcha a‘zolari uchun qadrli bo’lgan moddiy va ma‘naviy ne‘matlar borki, ularning yig’indisi jamiyat madaniyatini tashkil qiladi.
Yuqoridagi fikrlarimizdan quyidagi xulosalar kelib chiqadi:
Madaniyat mohiyatini aniqlashga empirik-tasviriy, aksiologik, faoliyatli va boshqa yondashuvlar mavjud. Yondashuvlarning ko’pligi madaniyat mohiyati va tarkibining nihoyatda murakkabligidan dalolat beradi.
Yondashuvlar turlicha bo’lgani bois uning universal ta‘ri-fini keltirish mushkul. Biroq uning moddiy va ma‘naviy qadriyatlar yig’indisi, ularni yaratish vositalari majmui, ushbu ne‘matlardan insoniyat progressi uchun foydalanish malakasi, ularni keyingi avlodlarga yetkazish yo’llari bilan bog’liqligi mutaxassislar tomonidan to’liq tan olinadi.
Madaniyat ikki shaklda - moddiy va ma‘naviy madaniyat tarzida mavjud. Ayni paytda moddiylik va ma‘naviylik madaniyat tarkibida birlashib, o’ziga yaxlitlikni tashkil etadi.
Madaniyat nafaqat ratsionallik elementlaridan, balki hissiylik komponentlaridan ham tarkib topadi. Shu bois uni faqat aqlning, yoki his-tuyg’uning mahsuli deb qarash mantiqsizlikdan o’zga narsa emas.

Download 42.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling