Referat tayyorladi: rishatov sardorbek mavzu: madaniyat va sivilizatsiya reja


SIVILIZATSIYA. MADANIYAT VA SIVILIZATSIYANING ALOQADORLIGI


Download 42.35 Kb.
bet6/8
Sana22.04.2023
Hajmi42.35 Kb.
#1381625
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
toshkent tibbiyot akademiyasi

4. SIVILIZATSIYA. MADANIYAT VA SIVILIZATSIYANING ALOQADORLIGI
«Sivilizatsiya» tushunchasi turli falsafiy-gnoseologik kontseptsiyalarda turlicha yondashuvlar asosida talqin qilingan. Ushbu tushunchaning mazmunini batafsil o’rganish uchun falsafiy fikrlar taraqqiyotidagi qarashlarni tahlil qilib, o’rganish maqsadga muvofiq.
Sivilizatsiya dastlab aqlga va adolatga asoslangan progress-ni yovvoyilikka qarama-qarshi qo’yuvchi tushuncha sifatida paydo bo’lgan. Ijtimoiy taraqqiyotning ilk bosqichlarida inson o’zi yashagan jamoa (urug’ yoki qabila) bilan chambarchas bog’liq bo’lib, o’zini ana shu jamoaning bir qismi deb hisoblardi. Ushbu jamoaning taraqqiyot etishi uning ham rivojlanishiga olib kelardi. Bunday sharoitda jamiyat ijtimoiy va madaniy aspektlari bir-biridan ayri qo’yilmasdi: ijtimoiy hayot ma‘lum madaniyatning ham hayotini anglatar, jamiyatda erishil-gan muvaffaqqiyatlar madaniyat yutuqlari hisoblanardi. љa-dimgi jamoaning ongi kishilar moddiy faoliyatiga bog’liq bo’lgani kabi jamiyatning madaniy turmushi ijtimoiy hayotga singib ketgandi.
Ilk kishilik jamoasining o’ziga xos xususiyati uning tabiiy xarakterida edi. љabiladagi va qabilalararo munosabatlar kishilarning birgalikdagi va hamkorlikdagi hayoti va faoliyati jarayonida, hayot uchun kurash davomida shakllanardi. Ushbu munosabatlarning barham topishi, ularning o’rniga o’zga xarak-terdagi ijtimoiy munosabatlarning yuzaga kelishi jamiyat taraqqiyotiga tub burilish yasadi. Bunday burilish endilikda tsivilizatsiya shakllana boshlaganini anglatardi.
Jamiyat hayotining ushbu bosqichiga chuqurroq nazar tashla-sak, tsivilizatsiyaning siyosiy xususiyatlari yaqqol namoyon bo’la-di. Ular quyidagilardan iborat:
-mehnatning ijtimoiy taqsimoti;
-shaharning qishloqdan farqlanishi;
-aqliy mehnatning jismoniy mehnatdan farqlanishi;
-tovar-pul munosabatlari va tovar ishlab chiqarishning 
vujudga kelishi;
-davlatning shakllanishi;
-mulkni meros qilib olish huquqining e‘tirof etilishi;
-oila shaklida yuz bergan o’zgarishlar;
-ma‘naviy ishlab chiqarishning rivojlanishi;
Aynan ana shu xususiyatlar jamiyatning tsivilizatsiyalashgan-ligi darajasini anglatadi. Keyinchalik turli madaniyatlarning tan olinishi bilan barcha xalqlarning o’ziga xos tsivlizatsiyasi mavjud degan «etnografik» kontseptsiya shakllangan. (T. Juffrua)
Hozirgi zamon falsafasida tsivilizatsiya mohiyatiga uch xil yondashuv mavjud. Ular quyidagilardan iborat:

Download 42.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling