Referat tayyorladi: xudoyberdiyev. A o`qituvchi: bobomurodov. I
Download 30.19 Kb.
|
ANVAR1234
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI IQTISODIYOT TA`LIM YO`NALISHI 321-GURUH 2-KURS TALABASI REFERAT TAYYORLADI: XUDOYBERDIYEV.A O`QITUVCHI: BOBOMURODOV.I MAVZU: TASHQI SAVDO SAMARADORLIGI KO`RSATKICHLARI REJA: 1.TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT 2. TASHQI SAVDO SAMARADORLIGI KO`RSATKICHLARI 3. XITOY TASHQI SAVDOSI 1.Tashqi iqtisodiy faoliyat tashqi iqtisodiy aloqalarni ro’yobga chiqarish jarayonidir. Tashqi iqtisodiy aloqalar – iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va faoliyatning boshqa sohalarida davlat va uning subyektlari xalqaro hamkorligining xilma-xil shakllari tizimidir. Xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi va turli milliy davlatlar iqtisodiyotidagi o’zaro bog’liqlik va xo’jalik aloqlarining kengayishi natijasida xalqaro iqtisodiy munosabatlarning shakllari, soha va yo’nalishlari yanada ortib bordi. Oddiy tovarlar ayirboshlash o’rnini teng huquqli va manfaatli savdo egallay boshladi. Milliy davlatlarning tashqi savdonitartibga solish dastaklari, usullari murakkablashib bordi. Natijada, faqat tashqi savdo xususida emas, unga bog’liq keng ko’lamdagi aloqalar: davlatlararo savdoiqtisodiy bitimlar, o’zaro hamkorlik majburiyatlari, banklararo to’lovlar tizimi, transport va sug’urta ta’minoti, tovarlarning sufatlari, standartlashtirish talablari xususidagi masalalar ham katta o’rin egallay boshladi. Shu sababdan xalqaro iqtisodiy munosabatlarni yaxlit bir tizim sifatida tasvvur etgan holda, o’zaro bog’liq masalalrni kompleks hal etish zaruratini anglamoq lozim. Tashqi iqtisodiy faoliyatning yo’nalishlari, ularni amalga oshirish mexanizmi va shakllarini to’liq tasavvur qilish uchun o’tgan asrning 50-yillaridan boshlab xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimini xalqaro miqyosda tartibga solishdagi o’zgarishlarni ko’rsatib o’tish o’rinlidir : –xalqaro savdoni taribga solishda Tariflar va Savdo bo’yicha Bosh Bitimning qabul qilinishi hamda 1995-yilda Jahon savdo tashkilotining shakllanishi davlatlar o’rtasidagi tovar va xizmatlar savdosi, investitsiyalar va maxsus xarid xususiyatiga ega tovarlarni tartibga solish qoidalarini belgilab berdi; –BMTning tarmoq va sohalar bo’yicha ixtisoslashgan bo’limlari (komissiylar, konferensiyalar, qo’mitalar, dasturlar) doirasida tashqi savdoning tartibga solinishi lozim bo’lgan sohalar bo’yicha Konvensiyalar, shartnomalar qabul I.A.Hamedov, A.M.Alimov O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat asoslari -qilindi. Masalan, xalqaro savdoda yuk tashish qoidalari, intellektual mulk himoyasi, investitsiyalarni sug’urtalashga oid xalqaro konvensiyalar shular jumlasidandir; –tashqi va xalqaro savdoni amalga oshirishda xalqaro bank-moliya tizimi –Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro moliya korporatsiyasi kabilar shakllandi hamda o’zaro hisob-kitob, kredit, investitsiyalar va grantlarni o’zlashtirish bo’yicha tegishli tartiblar belgilandi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning tarkiban tashqi savdoga aloqador bo’lgan boshqa sohalar bilan bog’liqligi ortdi. Xalqaro iqtisodiy faoliyatning sohalari kengaydi va savdo-sotiq, investitsiyalar, ish kuchi migratsiyasi, texnologiyalarni ko’chirish, axborot almashish, fan-texnika yutuqlarini ayirboshlash va boshqa ko’plab sohalar bilan o’zaro bog’liqlikda, o’zaro ta’sirda bo’lishini namoyon eta boshladi. Xalqaro iqtisodiy aoqalarning mazkur sohalari davlatlar o’rtasida ikki va ko’p tomonlama maxsus bitimlar tuzish hamda kelishuvlarni amalga oshirish zarurligini taqazo eta boshladi. Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi asosiy yo’nalishlar sifatida quyidagilarni ajratish mumkin: - maxsulotlar (tovar va xizmatlar) ayrboshlash, ya’ni xalqaro savdo; - ilmiy-texnikaviy maxsulotlarni ayrboshlash; - ishlab chiqarishni joylashtirish; - investitsiyalar, valyuta va kreditlar borasidagi yo’nalishlar; - axborot va aloqa sohalaridagi yo’nalishlar; - mehnat resurslari harakati yo’nalishlari. Qayd etilgan yo’nalishlar alohida tarzda emas, balki o’zaro bog’langan va birbirini ta’minlovchi sohalar sifatida ham qaralmog’i lozim. Masalan, ikki mamlakat o’rtasidagi tovar ayirboshlashda ularning bank tizimlari, balyuta almashinuvi tartibi bilan bir qatorda tovarlarni yetkazib berishda ishtirok etuvchi transport – ekspeditorlik, sug’urta, sifatni tekshirish va nazorat etish kabi sohalarga aloqador masalalarda ham munosabatlar albatta o’rnatilgan bo’lishi shart. -Jahon xo’jalik faoliyati va xususan, tashqi iqtisodiy faoliyatga quyidagi sohalar kiradi - xalqaro savdo; - ishlab chiqarish va fan-texnika sohasidagi xalqaro ixtisoslashuv; - fan-texnika taraqqiyoti natijalarini ayrboshlash; - mamlakatlar o’rtasidagi valyuta-moliyaviy hamda kredit aloqalari; - kapital va ishchi kuchining harakati; - xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning hamkorlikdagi faoliyati, global muammolarni hal etishdagi iqtisodiy hamkorlik. Tashqi iqtisodiy faoliyatning turli shakllari mavjud bo’lib, unga quyidagilar kiradi: tashqi savdo(tovar va xizmatlar bo’yicha), qo’shma tadbirkorlik (qo’shma korxonalar, franchayzing, laysenzing, agentlik va h.k.), hamkorlikning boshqa shakllari (biznes alyanslar, konsortsiumlar va h.k.). Tаshqi iqtisodiy fаoliyatning аsosiy printsiplаri quyidаgilаrdаn iborаt: · tаshqi iqtisodiy fаoliyat sub’ektlаrining erkinligi vаiqtisodiy mustаqilligi; · tаshqi iqtisodiy fаoliyat sub’ektlаrining tengligi; · sаvdo-iqtisodiy munosаbаtlаrni аmаlgаoshirishdаkаmsitishlаrgаyo‘l qo‘yilmаsligi; · tаshqi iqtisodiy f аoliyatni аmаlgаoshirishdаn o‘zаro m аnfааtdorlik; · tаshqi iqtisodiy fаoliyat sub’ektlаrining huquqlаri vаqonuniy mаnfааtlаri dаvlаt tomonidаn himoya qilinishi. Tashqi iqtisodiy faoliyatning eng muhim shakillaridan biri – tashqi savdo bo’lib u milliy mehnat natijasida yaratilgan mahsulot va xizmatlar bilan xalqaro almashinuv demakdir. Tаshqi sаvdo fаoliyati xаlqаro tovаrlаr, ishlаr (xizmаtlаr) sаvdosi sohаsidаgi tаdbirkorlik fаoliyatidir. Tаshqi sаvdo fаoliyati tovаrlаrni, ishlаrni (xizmаtlаrni) eksport vаimport qilish yo‘li bilаn аmаlgаoshirilаdi. Uni tog’ri rejalashtirish, tashkil etish, boshqarish va amalga oshirish, aniqligiga erishish uchun tasniflash lozim. Tasniflash deganda xalqaro tijorat kelishuvini oldi-sotti va tovar almashish kelishuvlariga ajratishni tushunish mumkin. Tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirish harakteri va predmetiga ko’ra u quyidagilarga ajratiladi: 1. Tayyor maxsulotlar savdosi 2. Yeg’ilmagan ko’rinishdagi maxsulotlar savdosi 3. Barter operatsiyalari 4. Eskirgan uskunalar savdosi 5. Xom-ashyo savdosi 6. Litsenziyalar savdosi 7. Injiniring hizmatlarini ko’rsatish va boshqalar. - 13 -Tashqi iqtisodiy faoliyat tashqi savdoga asoslanadi, chunki bunday faoliyat tufayli mamlakatlar o’z ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish imkoniyatiga egadirlar. Shuni takidlash joizki, xalqaro savdo tashqi iqtisodiy faoliyat barcha qolgan shakllari va turlarining boshlang’ich, muvofiqlashtiruvchi va ko’paytiruvchi negizi hisoblanadi. Tashqi iqtisodiy faoliyatning horijiy sarmoyani jalb etishdek shaklining samaradorligi ham uning darajasiga bog’liqdir. Savdodagi qonun hujjatlari tomonidan belgilangan va boshqa cheklashlar investitsiya jarayonlarida aks etadi. Tashqi iqtisodiy aloqalar tarixiy va iqtisodiy toifa hisoblanadi. Tarixiy toifa sifatida tashqi iqtisodiy aloqalar sivilizatsiya maxsuloti hisoblanadi. Ular ular davlatlar paydo bo’lishi bilan yuzaga keladi va ular bilan birga rivojlanadi. Ushbu aloqalarning rivojlanishiga ayniqsa feodalizmning tanazzuli kuchli turtki berdi. Natural xo’jalikdan tovar-pul munosabatlariga o’tilishi alohida davlatlarning milliy bozorlarini rivojlantirishga va ushbu milliy bozorlarning tovar ayrboshlashida keskin sakrashni tug’dirdi, bu esa davlat munosabatlarining iqtisodiy sohasida baynalmilal aloqalar va xalqaro ayrboshlash kengayishi va chuqurlashishiga olib keldi. Iqtisodiy toifa sifatida tashqi iqtisodiy aloqalar barcha turdagi resurslarning davlatlar va turli davlatlarning iqtisodiy sub’yektlari o’rtasidagi harakati paytida yuzaga keladigan ishlab chiqarish –iqtisodiy munosabatlar tizimini tashkil etadi. ushbu ikki taraflama munosabatlar davlat iqtisodiy hayotining barcha sohalarini, avvalo uning ishlab chiqarish, savdo, investitsiyaga oid vamoliyaviy faoliyatini qamrab oladi. Hozirgi jahon xo’jaligida tashqi iqtisodiy aloqalar davlat milliy daromadini o’stirish, xalq xo’jaligi harajatlarini tejash va fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish omillariga aylanadi. Tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etish va uni boshqarish mexanizmining samaradorligi ko’p jihatdan tashqi iqtisodiy aloqalar tasnifi bilan belgilanadi. Tashqi iqtisodiy aloqalar turi – bitta umumiy belgi, masalan, tovar oqimining yo’nalishi yoki tarkibiy belgi bilan birlashtirilgan aloqalar majmuidir. Tovar oqimining yo’nalishi bilan bog’langan tasnif belgisi tovar (xizmatlar, ishlar)ning - 14 -bir mamlakatdan boshqasiga harakatini, ya’ni tovarning mamlakatdan olib chiqilishi yoki tovarning mazkur mamlakatga olib kirilishini belgilaydi. Tashqi iqtisodiy aloqalar tasnifining tarkibiy belgisi aloqalarning iqtisodiy manfaatlar sohasi va davlat tashqi iqtisodiy faoliyatining asosiy maqsadi bilan bog’langan guruhiy tarkibini belgilaydi. Tarkibiy belgiga ko’ra tashqi iqtisodiy aloqalar tashqi savdo, moliyaviy, ishlab chiqarish, investitsiya aloqalariga bo’linadi. 2. Tashqi savdo faoliyati tovarlar, ishlar, xizmatlar, axborot intellectual faoliyat natijalari, shu jumladan ularga doir mutloq huquqlar (intellektual mulk) bilan xalqaro ayrboshlash sohasida tadbirkorlik faoliyatining alohida turidir. Bunda tovar deganda har qanday harakatlanuvchi mol-mulk (shu jumladan energiyaning barcha turlari) va ko’chmas mulkka kiritilgan, tashqi savdo faoliyatining predmeti bo’lgan havo, dengiz kemalari va ichki suzish kemalari hamda fazoviy ob’yektlar tushuniladi. Xalqaro tashishlar to’g’risidagi shartnoma chog’ida foydalaniladigan transport vositalari tovar hisoblanmaydi. Hozirgi davrda tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy xususiyatlari sifatida quyidagilarni qayd etish o’rinli 13 : Birinchidan, tashqi iqtisodiy faoliyatning axborot ta’minotiga e’tiborning ortishi, intellektual mulk, patent valitsenziyalar tizimini keng joriy etilishi. Davlatlararo mualliflik xuquqi himoyasining ta’minlanishi, jahon axborot bozorining shakllanishi. Ikkinchidan, tashqi iqtisodiy faoliyat hozirgi davrda o’z infratuzilmasiga va unga ta’sir etuvchi xalqaro tashkilotlarga ega. Ushbu infratuzilma sifatida jahon tovarlar va xizmatlar bozorlari (xususan, tovar va xomashyo, valyuta birjalari), xalqaro tashkilotlar hisoblangan JST, XVF, XMK kabi qator mintaqaviy va integratsion tashkilotlar EI, NAFTA(North American Free Trade Agreement) hamda turli ixtisoslashgan tashkilotlalrni, ya’ni neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti OPEK, Atom energiyasi bo’yicha xalqaro agentlik (IAEA; MAGATE) va hokazolarni keltirish mumkin. Mazkur tashkilotlar davlatlararo savdo, 13 Davlatlar va xalqaro tashkilotlar “Akademiya” nashriyoti. Toshkent -2005. 286-287 betlar - 15 -investitsiylar, ishlab chiqarish, fan-texnika sohasidagi hamkorlik masalalarida ko’maklashuvchi, tartibga soluvchi va muvofiqlashtiruvchi organ sifatida faoliyat yuritadi. Uchinchidan, xalqaro iqtisodiy munosabatlarni monopoliyalashtirishga bo’lgan intilishning ortishi. Hozirgi kunda dunyodagi yettita sanoati rivojlangan mamlakat hissasiga jahon ishlab chiqarishining qariyb 80 foizi to’g’ri keladi. Yirik jahon xomashyo, tovar va xizmatlar hamda moliyaviy bozorlarning aksariyati rivojlangan davlatlar hududida mujassamlangan. Bundan tashqari, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning asosiy vositachisi, ishtrokchisi sifatida yirik sanoat-moliya guruxlari, kompaniyalari gavdalanmoqda. Jumladan, ishlab chiqarish, qayta ishlash va ayrboshlash tizimlarini mujassamlashtiruvchi xususiy transmilliy va ko’p millatli kompaniyalar (TMK, MMK) jahon eksporti va importuning qariyb 60 foizini tashkil etmoqda. Sanoat tarmoqlari, qishloq xo’jalik maxsulotlarini ishlab chiqarish, ayrboshlash, moliyaviy xizmatlar ko’rsatish sohalari faoliyati ham yirik kompaniyalar ta’sirida amalga oshirilmoqda. Shu sababli, ko’plab xalqaro konferensiyalar, muzokaralarda “yangi iqtisodiy tartib”ni joriy etish, rivojlanayotgan davlatlar ishtirokini ko’paytirish takliflalri o’rtaga tashlanmoqda. To’rtinchidan, tashqi iqtisodiy faoliyatning yangi axborot vositalari, texnologiyalari asosida shakllanishi va rivojlanishi. Internet tizimining vujudga kelishi natijasida electron tijorat, electron savdo keng avj olmoqda. Sotuvchixaridor, ishlab chiqaruvchi-iste’molchi o’rtasida yangi va tezkor buyurtma-takliflar tizimi shakllanmoqda. Jumladan, B2B, B2C tarzidagi axborot tizimi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning xuquqiy, tashkiliy, iqtisodiy va boshqa yo’nalishlarida hamkorlikni yanada rivojlantirish masalasini qo’ymoqda. Demak, davlatlararo tovar va xizmatlar bozorining shakllanishi, ishlab chiqarish, ayrboshlash jarayonlarining chuqurlashuvi, undagi aloqalar tizimini yanada takomillashtirish, mazkur munosabatlar tizimini yangi bosqichga ko’tarish zaruratini taqazo qilmoqda. Shu bilan bir qatorda, xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida sub’ektlarning ishtiroki, maqomi vakolatlari masalalari ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. - 16 -Tashqi iqtisodiy faoliyat hajmi tobora ortib bormoqda. U ayniqsa, davlatlar o’rtasidagi tovar oborotida yanada yaqqolroq ko’zga tashlanmoqda. Unda ichki bozordagiga nisbatan ko’proq ishtrokchi qatnashmoqda. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar va uning mexanizmi bozor munosabatlarining sohasi sifatida quyidagi yangi xususiyatlarga ega bo’lmoqda: - jahon iqtisodiyoti ko’lamining kengayib borishi, ustiga-ustak sotuvchilar va iste’molchilarning alohida joylashganligi natijasida transport muammosining ortib borishi; - ba’zi resurslarning (asosan yer, tabiiy-qazilma boyliklarning) kam harakatliligi va manzilga bog’liqligi. Bunga davlatning aralashuvi ham ta’sir etadi (migratsiya qoidalarini joriy etish, chet elliklarga yer sotish, chet el investitsiyalarini va firmalar faoliyatini cheklash, tashqi savdoda proteksionizmga yo’l qo’yish); - xalqaro ayrboshlashda milliy valyutadan foydalanishning zarurligi va valyuta bozoriga bog’liqlik (ayniqsa, valyuta nazorati va uni tartibga solish masalalarida); - mahsulotlarni xalqaro standartlashtirish va sertifikatlashtirishga e’tiborning ortishi; - axborot muhiti va uning haqqoniyligiga e’tiborning ortishi. Axborot manbalari, uni to’plash va qiyoslash uslubiyatida muammolarning yuzaga kelishi, milliy va xalqaro statistikaga e’tiborning ortishi, makroiqtisodiy ko’rsatkichlar unifikatsiya qilinishiga bo’lgan intilish. Tashqi iqtisodiy faoliyat samaradorligini ifodalovchi ko’rsatkichlar Iqtisodiy jarayonlarni, mamlakatlarning rivojlanish darajasi va o’zaro murakkab xo’jalik aloqalarini tahlil etishda xalqaro tajribada qabul qilingan milliy hisoblar tizimidan faydalaniladi. Bu makro darajada iqtisodiyot rivojiga oid bo’lgan va o’zaro bog’langan ko’rsatkichlar tizimidir. Milliy hisoblar tizimining asosiy ko’rsatkichlari quyidagilardan iborat Yalpi ichki mahsulot(YaIM) – bu ko’rsatkich ma’lum davlat hududida faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarning ma’lum davrda yaratgan pirovard maxsulotlari va xizmatlarining umumiy hajmini aks ettiradi. Ushbu yakuniy maxsulotni hisoblashda hom ashyo, yarim mahsulotlar, boshqa moddalar, yoqilg’i, elektr quvvati hamda ularni ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan boshqa hizmat turlari (qayta hisob bo’lmasligini oldini olish uchun) chegirib tashlanadi. Ayni paytda ba’zi mamlakatlarda yalpi milliy maxsulot (YaMM) ko’rsatkichidan faydalaniladiki, u YaIMdan farqli o’laroq qaysi mamlakatda yaratilganligidan qat’iy nazar shu millat (mamlakat)ning korporatsiyalari, hususiy shaxslari nazoratida bo’lgan ishlab chiqarish hajmini aks ettiradi. YaMMni aniqlash uchun shu mamlakatda faoliyat ko’rsatayotgan chet elliklarning daromadlari (chet el korporatsiyalarining foydalari hamda chet ellik ishchi xizmatchilarining ish haqlari) YaIMdan chegirib tashlanadi, shu mamlakat korporatsiyalari, fuqarolari horijda ishlab topgan daromadlari qo’shiladi. YaIm bilan YaMM ko’rsatkichlari o’rtasidagi tafovut odatda miqdor jihatidan unchalik ko’p bo’lmaydi, nari borsa qariyb 1%ni tashkil etadi. shuni e’tiborga olish lozimki, YaIM ko’rsatkichi milliy hisoblar tizimi asosoida ishlab chiqiladi. Bu tizim mehnat faoliyatining barcha turlarida mehnat unumli mohiyatga ega, degan qoidaga asoslangan(qiymat yaratilishi nuqtai nazaridan). Milliy daromad (MD) ko’rsatkichi quyidagicha belgilanadi: YaIM minus amortizatsiya (shunda sof YaIM xosil bo’ladi), minus bilvosita soliqlar va qo’shilgan subsidiyalar. Soliqlar mahsulot va xizmatlarning bozor narxlariga tirqaladi. Subsidiyalar narxlarga teskari ta’sir qiladi –bu narxlar ana shu subsidiyalar miqdorida pasayadi. MD ko’rsatkichi ishlab chiqarilgan milliy mahsulot ko’rsatkichiga deyarli to’g’ri keladi. Milliy mahsulotning o’sish sur’ati uzoq muddat nuqtai nazaridan YaIMga deyarli to’la ravishda muvofiq keladi, shung uchun ham asosan YaIM ko’rsatkichidan foydalaniladi. Turli mamlakatlardagi ishlab chiqarish omillari, taraqqiyot darajasining xilma-xilligi iqtisodiy rivojlanish darajasini biron-bir yagona ko’rsatkich orqali - 18 -baholashga imkon bermaydi. Buning uchun bir qator asosiy ko’rsatkichlardan foydalaniladi: 1. Yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy mahsulot yoki milliy daromadning axoli jon boshiga hisobi. 2. Milliyu iqtisodiyot tarmoqlari tarkibi. 3. Axoli jon boshiga hisoblaganda asosiy mahsulot turlarini ishalb chiqarish (ushbu tarmoqlarning rivojlanish darajasi). 4. Aholining turmush darajasi va uning sifati. 5. Iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlari. Iqtisodiy taraqqiyot darajasini tahlil etishda YaIM, YaMMning axoli jon boshiga to’g’ri keladigan ko’rsatkichlari bosh mezon hisoblanadi. Ayrim rivojlanayotgan mamlakatlarda axoli jon boshiga to’g’ri keladigan YaIM rivojlangan mamlakatlar singari yuqori darajani tashkil etadi, biroq boshqa ko’rsatkichlar (iqtisodning tarmoqlar tuzilmasi, axoli jon boshiga hisoblaganda asosiy mahsulot turlarini ishlab chiqarish va hokazolar) yeg’indisiga ko’ra bu mamlakatlarni rivojlangan mamlakatlar toifasiga qo’shib bo’lmaydi. Iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlari guruhi iqtisodiy taraqqiyot darajasini juda aniq belgilab beradi, nega deganda u bevosita yoki bilvosita –mamlakatda asosiy va aylanma kapitaldan, mehnat resurslaridan foydalanish sifati, holati, darajasidan dalolat beradi. Samaradorliklning asosiy ko’rsatkichlari quyidagilardan iborat: 1) Mehnat unumdorligi (sanoat, qishloq xo’jaligi, ishlab chiqarish tarmoqlari va turlari bo’yicha); 2) YaIM birligiga yoki aniq bir mahsulot turiga qancha capital sarflanishi; 3) Asosiy fondlar qaytimi koefitsienti; 4) YaIM birligiga yoki aniq bir mahsulot turlariga qancha xomashyo sarflanadi. Mamlakatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, uning tashqi iqtisodiy aloqalari shunchalik faol va xilma-xil bo’ladi. Demak, mamlakatning xalqaro iqtisodiy aloqalardagi ishtroki ham qisman uning iqtisodiy taraqqiyoti darajasidan dalolat beradi. - 19 -Barcha tashqi iqtisodiy aloqalarning millliy iqtisodiyotga ta’siri ma’lum bir sifat va qiymat ko’rsatkichlari orqali baholanishi va fodalanishi mumkin. Avvalambor mamlakatning xalqaro iqtisodiy munosabatlarda qatnashishi qay darajada ekanligini bilish lozim. Bu ekportning yalpi ichki maxsulotdagi ulushi orqali aniqlanadi (YaIM). Bu ko’rsatkich mamlakat eksport kvotasi deb ataladi. Ko’rsatkich qanchalik yuqori bo’lsa, davlatning xalqaro iqtisodiy munosabatlarda qatnashish darajasi ham shunchalik yuqori bo’ladi. Masalan, AQSHning eksport kvotasi 10-15% ga teng, Germaniya, Fransiya, Italiya va Angliyaning eksport kvotasi esa 25-30%, Yaponiyada 18% atrofida, Belgiya, Vengriya, Singapur davlatlarida esa 110-113%. Ammo bu ko’rsatkich xalqaro iqtisodiy munosabatlarning sifat tuzulishini, stukturasini harakterlay olmaydi. Shuning uchun uni aks ettirish maqsadida yana bir ko’rsatkichdan foydalaniladi. Bu real eksport kvotasi bo’lib, u mamlakatning sanoat ishlab chiqarilishidagi eksportning ulushi orqali o’lchanadi. Rivojlangan mamlakatlarda u tahminan 40-50 foizga teng. Bu barcha ishlab chiqarilgan mahsulotlarning yarmi tashqi bozorga olib chiqilishini anglatadi. Mamlakatning xalqaro iqtisodiy munosabatlarda qatnashishi shuningdek uning eksportining elastiklik darajasi orqali ham aniqlanadi (YaIM va eksport o’sish sur’atlarining muvozanati). Agar elastiklik birdan oshsa, mamlakat tobora xalqaro iqtisodiy munosabatlarda qatnashishi chuqurlashayotganini anglatadi. Tashqi iqtisodiy aloqalar ta’siri bu sohadagi barcha ishtrokchilar, asosan eksport, import, kredit operatsiyalari faoliyati shuningdek texnik va boshqa xizmatlar ko’rsatish natijalari oqibatida yuzaga keladi. Shu bilan birga avvalo jamiyat, milliy xo’jalik, davlat, manfaatlari ko’zlangan holda samaradorlikni to’g’ri aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Tashqi iqtisodiy faoliyat samaradorligini baholashda bir qator ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Ular qatorida quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin: · Eksportning valyuta samaradorligi ko’rsatkichi · Importning valyuta samaradorligi ko’rsatkichi · Tashqi savdo almashinuvi samaradorligi ko’rsatkichi - 20 -· Savdoning narx shartlari, eksport va import narx indekslari · To’lov balansi , uning tarkibiy qismlari: o Savdo balasi o Xizmatlar va nosavdo harajatlar balansi o Kapital harakati va kredit balansi o Mamlakat oltin-valyuta zaxiralari hisobI Eksportning valyuta samaradorligi ko’rsatkichi, tashqi bozordagi tovarlar savdosidan tushgan valyutadagi sof daromad va davlatning uni ishlab chiqarishga va transport harajatlariga sarflagan harajatlari nisbatini, shuningdek, agar tovarlar kreditga sotilgan bo’lsa kredit koeffitsienti ta’siri hisobga olingan holda ularning nisbatini ifodalaydi. Odatda maxsulotlar kreditga sotilganda eksport samaradorligi pasayadi, ammo u siz tashqi bozorda tovarlarni realizatsiya qilish, pullash ko’p hollarda ancha mushkul, ba’zi hollarda esa umuman iloji yo’q. Importning valyuta samaradorligi ko’rsatkichi, olib kirilgan tovarlar narxining ichki ishlab chiqarish sharoitlari va ularni sotib olish va chegaragach Ma’lumotlar asosida muallif tomonidan tuzildi. yetkazib berishga sarflangan barcha valyuta harajatlar nisbatidir. Ko’pincha eksportdan ko’rilgan zarar importdan ko’rilgan foyda hisobiga qoplanilishi tufayli yuqorida aytib o’tilgan ko’rsatkichlarni to’g’riroq qilib aytish uchun uchun quyidagi koeffitsientlar kiritilgan: import uchun eksport samaradorligi ekvivalenti va tegishli ravishda eksport uchun import samaradorligi ekvivalenti. Tashqi savdo almashinuvi samaradorligi ko’rsatkichi, quyidagi bo’linishdan olingan ko’rastkichni ifodaloydi, suratda import qilingan tovarlarning qiymat bahosi (ularga ketgan barcha harajatlar) maxrajida esa eksport qilingan tovarlarni ishlab chiqarish va transport harajatlatriga ketgan barcha milliy xo’jalik harajatlari Mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalarni bir-biriga bog’lagan holda har tomonlama tahlil qilishga imkon beruvchi, integratsiyalashib kelayotgan ko’rsatkich bu to’lov balansidir. U statistik hisobot bo’lib, ma’lum bir davr mobaynida mamlakat rezedentlari va tashqi dunyo bilan barcha savdo va moliyaviy oqimlarni qamrab oladi. To’lov balansi tashqi iqtisodiy aloqalar jarayoni natijasida mamlakatning haqiqiy to’lovlari va tushumlari qiymatlarining nisbatini ifodalaydi. Shunday ekan, to’lov balansi o’zining tarkibida tashqi iqtisodiy aloqalarning barcha shakllarini aks ettirmog’i lozim. Haqiqatda, mamlakatlarning bir biri bilan o’zaro iqtisodiy aloqalarining murakkab tuzilishiga muvofiq to’lov balansi o’z ichiga tarkibiy qisimlar sifatida savdo balansi, xizmatlar va notijorat harajatlar balansi, kapital harakati va kredit balansi, oltin-valyuta zaxiralari harakatini kamrab oladi. Ko’pincha savdo balansi va xizmatlar va notijorat harajatlar balansini joriy operatsiyalar balansiga birlashtiriladi. Mamlakatning savdo balansi tovarlar importi orqali moliyaviy chiqimlarni va tovarlarni chet elga eksport qilish orqali moliyaviy kirimlarni o’zaro nisbatini ta’riflaydi. To’lov balansining ushbu tarkibiy qismi davlatning tashqi iqtisodiy holatini ta’riflashda ayniqsa muximdir. Agar ma’lum bir davr mobayni . mamlakat eksporti importdan yuqori bo’lsa savdo balansi aktiv (ijobiy savdo saldosiga ega) bo’ladi. Tegishli ravishda, agar import eksportdan yuqori bo’lsa u salbiy (salbiy saldoga ega) bo’ladi. Xizmatlar va nosavdo operatsiyalar balansi boshqa mamlakatlarga ko’rsatilgan xizmatlar uchun pul kirib kelishi va boshqa mamalakatlar xizmatidan foydalanilganlik uchun pulning chiqib ketishi nisbatini ta’riflaydi. Iqtisodchilar xizmatlarni omilli va omilsizga ajratadilar. Omilli xizmatlar milliy investitsiyalardan tadbirkorlik yoki ssuda kapitali shaklidagi tushumni o’z ichiga oladi. Bunga pul tushumlari ya’ni dividentlar shaklida, milliy korxona va firmalar foydasining repatriatsiyasi, horijliklarning milliy patent, litsenziya va menejmentdan foydalanganligi uchun to’lovlar va boshqalar kiradi. Omilsiz xizmatlar oqimiga turizm, yo’lovchi va yuklarni transportda tashish, sug’urta, telekommunikatsiya uchun to’lov va tushumlar kiradi. Savdoga aloqador bo’lmagan , davlatlararo xizmatlar uchun to’lovlar va tushumlar nosavdo oqimlar yoki operatsiyalar deb ataladi. Ular qatoriga pul mablag’larining razmiy o’tkazmalari (masalan, tabiiy ofatlar, urush, epidemiyalarni boshdan kechirayotgan mamlakatlar uchun yordam ko’rsatish), qarindosh va yaqinlar uchun shaxsiy o’tkazmalar va boshqalar. Kapital harakati va kredit balansi xalqaro kapital va kredit shaklidagi valyuta mablag’larining kirim va chiqimlari nisbatini aks ettiradi. Kapital harakati tadbirkorlik va ssuda investitsiyalari shaklida bo’lishi mumkin va oldi-sotdi jarayonida milliy moliyaviy aktivlar – tashkilot va korxonalarning aksiya va obligatsiyalari, kredit bilan birga boshqa qarz majburiyatlari va horijiy rezidident va norezidentlar tomonidan amalga oshiriladi. Kapital harakatining hisobi ko’p hollarda savdo balansi va xizmatlar balanslari zararini qoplovchi rolida ishtrok etadi. Mamlakat ma’lum davr mobaynida tovar va hizmatlarni, ularni ishlab chiqarishga nisbatan ko’proq iste’mol qilsa, davlat va shaxsiy horijiy kredit, qarzlar, va boshqa horijiy kapital oqimlari talabni qoplay olmayotgan joriy ishlab chiqarish, joriy iste’molni moliyalashtirishga yordam beradi, ya’ni bu sof salbiy eksport. Boshqa bir muhim tarkibiy qism, asosan joriy operatsiyalar balansi, kapital harakati balansi zararlarini qoplash rolini o’ynovchi mamlakat oltin-valyuta zaxiralari hisobidir. Agar to’lov balansining aktiv saldosi joriy operatsiyalar balansining salbiy saldosini qoplamasa, yoki aksincha to’lov balansining aktiv saldosi kapital harakati mablag’larining salbiy saldosini qoplamasa va nihoyat ikkala balans ham sof salbiy qoldiqqa ega bo’lsa, mamlakatda ilgari to’plab qo’yilgan valyuta zaxiralari tashqi qarzni qoplovchi ishonchli manba bo’lib hizmat qiladi. Xalqaro savdoning samaradorlik ko’rsatkichlarini aniqlash va bir tizimga keltirish har qaysi mamlakat uchun nihoyatda muhim va murakkab vazifa hisoblanadi. Buning uchun maxsus-ilmiy iqtisodiy tadqiqotlar o’tkazish talab qilinadi. Bunday tadqiqotlar hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga xos jarayonlarni chuqur o’rganish bilan birga, ilg’or hisob-kitob usullaridan foydalanishni taqozo qiladi. Jumladan, bu tarmoqlararo balanslar tuzish usullariga asoslanmog’i lozim. Xalqaro iqtisodiy aloqalarni bashorat qilganda, tovar aylanishidan tashqari transport, kreditlar, va boshqa moliyaviy operatsiyalar, ilmiy texnik axborotlarning importi-eksporti, yirik ko’lamdagi loyihalarni amalga oshirishdagi xalqaro hamkorlik kabi tashqi aloqalarning turlari ham hisobga olinadi. Quyidagi yo’nalishlar katta istiqbolga ega: 1. Qishloq ho’jaligining unumdorligini oshirish mqasadida agrotexnikani (naslchilik va o’simliklar genetikasi, zararkunandalarga qarshi kurash, o’g’itlar, sug’orish ishlari va hokazolarni) rivojlantirish. 2. Tabiiy muhitni saqlash, himoyalash va yaxshilash. 3. Energetika xo’jaligi (atom energiyasi, elektrotxnika, transport energetikasi va hokazolar). 4. Texnik kibernetika. 5. Kosmik fazo tadqiqotlari. 6. Geologiya va okeonografiya. 7. Suv resurslari va sho’r suvlarni tozalash muammolari. 8. Sog’liqni saqlash va aholi o’sishini tartibga solish. Qurilishni yaxshilash va arzonlashtirish. Hozirgi vaqtda qator ilmiy-texnik axborotlarning xalqaro almashinuvidagi ko’pgina kamchiliklar (takrorlanish, tarqoqlik, bir shaklga keltirishning yo’qligi) samaradorlikning pasayishiga olib kelmoqda. Axborotlarning halqaro almashinuvi o’zaro foydalidir, chunki axborotlar (ilmiy, iqtisodiy, texnikaviy va boshqalar) importi uning zaxiralarini oshiradi. Shubxasiz, axborotlarning xalqaro almashinuvning kengayishi nafaqat iqtisodiy, balki umummadaniy nuqtai nazardan ham g’oyat samaralidir. Insoniyat o’z rivijlanishining shunday bosqichiga qadam qo’ydiki, endilikda ko’pgina mamlakatlarning hamkorlik aloqalarini talab qiluvchi ulkan loyihalarni amalga oshirish mumkin. Ularni amalga oshirish uchun yirik moddiy, mehnat va moliyaviy resurslar bilan birga ilmiy-texnik tartibdagi ulush ham zarur. Bu esa bitta davlatning qo’lidan kelmaydi. Tashqi iqtisodiy aloqalarning iqtisodiy samaradorligi –korxonalar tashqi iqtisodiy faoliyatini baholash ko’rsatkichi bo’lib, ushbu faoliyatning natijalarini va uni amalga oshirishga ketgan harajatlarni o’zaro taqqoslashdan iborat. Umumiy ko’rinishda tashqi iqtsiodiy aloqalarning samaradorligi (samarasi) quyidagi yo’llar orqali aniqlanadi: · Xalq ho’jaligi darajasida – eksport maxsulotlarini ishlab chiqarishga ketadigan harajatlar, transport va tashqi savdo sarflari, import qilinayotgan o’xshash tovarlarni mamlakatda ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlarni tejab qolish va import tovarlaridan foydalanishning samarasini aks ettiruvchi import tovarlarning narx bahosiga taqqoslash; · Eksport mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar darajasida – uni ishlab chiqarishga ketadigan harajatlarni tashqi savdo tashkiloti jo’natmalarining eksport foydalanuvi va qo’shimcha to’lovlarning boshqa turlarini hisobga oluvchi boshlag’ich narxlariga qiyoslash; · Import tovarlarining iste’molchilari (buyurtmachilari); · Milliy valyutadagi ichki narxlarni (tashqi savdi tashkiloti xalq ho’jaligiga topshiradigan narxlarda) horijiy tovarlardan foydalanishning samarasini hisobga - 25 -olgan holda, shu turdagi tovarlarni mamlakatda ishlab chiqarishning tannarxiga (harajatlariga) taqqoslash; · Eksportchi –tashqi savdo tashkilotlari darajasida –tovarlarni yetkazib berishning topshiriladigan narxlarida ishlab chiqaruvchilarga to’lovlarni (belgilangan ustamalar, transport sarflarini hisobga olgan holda) mamlakat chegaralaridagi narxlarda ifodalangan valyutada qiyoslash; · Importchi –tashqi savdo tashkilotlari darajasida tovarlar importi uchun (transport va nakladnoy sarflarini hisoga olgan holda) valyutada to’lovlarini milliy valyutadagi transport va boshqa sarflarni chiqarib tashlab, ularning xalq xo’jaligiga (buyurtmachilarga) topshirilish narxlaridagi ichki qiymatini solishtirish; · Moliya vazirligi darajasida –tashqi savdo almashinuvining saldosini hisobga olgan holda, import tovarlarining ichki narxini (topshirish baxosini) eksport maxsulotlarining boshlang’ich narxiga taqqoslash; Keltirilgan tahlillar shu asosda korxonaning tashqi iqtisodiy aloqalari samaradorligini aniqlash va uni oshirish yo’llarini ishlab chiqishga ijobiy ta’sir qiladi. 3. Yaponiya tashqi savdo-iqtisodiy aloqalari rivojlanishining bosqichlari Jahon xo’jaligi tarixidan ma’lumki, Yaponiya 1950-yillargacha agrar mamlakat sifatida tan olinar edi. Ammo 1960-yillarga kelib, jahonda yetakchi davlatlar hisoblangan AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya kabi mamlakatlar Yaponiya jahon xo’jaligida “iqtisodiy mo’jiza”ga erishganini tan olishdi. Yaponiya sanoat tarmoqlarida mahsulot ishlab chiqarish va iqtisodiy salohiyati bo’yicha jahonda AQSHdan so’ng ikkinchi mamlakatga aylandi. Yaponiya bozor iqtisodiyotiga o’tilganligi tufayli, deyarli bir avlod hayoti davomida iqtisodiy jihatdan o’zini tiklabgina qolmay, jahonda eng yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar qatoridan o’rin oldi. Tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil qilish va unda davlatning faol ishtroki Yaponiyaning o’ziga xos xususiyatidir. Davlat tashqi iqtisodiy faoliyatining deyarli barcha yo’nalishlarini o’ziga qamrab olgan va uni tartibga solib turadi, ichki va tashqi axvolni taxlil qilishdan boshlab, tashqi iqtisodiy startegiyani ishlab chiqish, 17 http://www.tradingeconomics.com/japan/gdp Yaponiya YaIMsi mlrd AQSH dollarida - 28 -geografik va tarkibiy sohalarni muhimligini aniqlab, nazorat qilish va tartibga solishda moliyaviy rag’batlantirish uslublarini qo’llaydi. Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishda puxta o’ylangan davlat siyosati, davlatni rivojlantirishda, tashqi iqtisodiy aloqalarni asosiy ta’sirchan omillardan biriga aylantirdi. Bu siyosat Yaponiyaning milliy manfaatlarini hisobga olgan holda jahon xo’jaligiga uni yirik xalqaro iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va moliayviy savdo markaziga, jahon iqtisodiyotiga qo’shilishi uning salmoqli qatnashchisiga aylantirdi. Xalqaro iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solinishida qonunchilik, administrativ-huquqiy, iqtisodiy va norasmiy kabi bir birini to’ldiruvchi uslublardan keng foydalaniladi. Bu esa, oldinga qo’yilgan maqsadlarga erishishni ta’minlaydi. Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishda Yaponiya amaliyoti kenghuquqiy normativ bazaga tayanadi. Qonuniy va huquqiy-administrativ tartibga solish sistemasj ustivorlik asosida namoyon bo’lib, uni cho’qqisida valyuta almashish va tashqi savdo to’g’risidagi qonun, davlatning umumiy tartibga solish konsepsiyasi sifatida faoliyat chegaralarini belgilaydi. Bu qonunda xalqaro valyuta fondi, butunjahon savdo tashkiloti kabi xalqaro tashkilotlarning kodeksidan asosiy prinsiplar – savdoni erkinlashtirish haqidagi xalqaro shartnomalar, erkin va har tomonlama savdo prinsiplari mavjudligi tufayli uni erkin deb hisoblash mumkin. Erkin tashqi iqtisodiy operatsiyalar prinsipidan kelib chiqib, oddiy hollarda faqat minimal darajada davlat nazoratini nazarda tutadi. Transaksiyalarni litsenziyalash sistemasini joriy etishga faqat favqulotda holat bo’lsagina yo’l qo’yiladi (masalan, mamlakatning to’lov balansi keskin yomonlashganda). Chegaralarni belgilash xarakteriga ega bo’lgani uchun tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishda u yoki bu soxalarga tegishli qonun osti aktlarni dastlab tartibga solish vazifasini yuklaydi. Majburiyatlarni bunday taqsimlash yaponlar fikricha xalqaro iqtisodiy sharoitni o’zgarishiga to’g’ri baho berish va milliy xo’jalikni rivojlantirishda to’liqroq shu holatlarni hisobga olishga yordam beradi va yangilanishga ham yo’l ochadi. Qonunchilik aktlarining “2-qavati” tashqi - 29 -iqtisodiy faoliyatni tartibga solishni asosiy bloki haqidagi qonundan tashkil topgan: eksport-import operatsiyalari; bojxona – tarif sohasi; tashqi savdoga xizmat ko’rsatish (eksport inspeksiya haqidagi qonun, tashqi savdoni sug’urta qilish, Yaponiyaga importni rivojlantirish va chet-elning to’g’ridan-to’g’ri invetitsiyalarini jalb qilish to’g’risida favqulotdagi choralar, banklarda, sug’urta bazasida, qimmatli qog’ozlar va birjalarda va h.k. ). Texnik talablar va standartlar (sanoatda standartlashtirish haqidagi qonun va boshqalar); intellektual mulk huquqi (patentlar, avtorlik huquqi va h.k.) Piramidaning asosida quyida aytib o’tilgan qonunlarni bajarish va rivojlantirish uchun qabul qilingan ko’p sonly normative aktlar yotadi. Ularga birinchi navbatda hukumat qarorlari, buyruqlari, vazirliklar topshiriqlari va hokazolar kiradi. Tashqi iqtisodiy faoliyat haqidagi kompleks qonunning mavjudligi hamda qonunchilik aktlari amalda faoliyatning hamma shakllarini . http://www.press-service.uz/uz/news/archive/ FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 6.2. http://mfa.uz/uzb/hujjatlar/vaz_mahk/ 6.3. http://finless.ru 6.4. http://www.mof.go.jp 6.5. www.mfe.uz 6.6.www.cer.uz 6.7.www.eurasianews.com 6.8. www.tradingeconomics.com 6.9. http://www.jetro.go.jp/en/reports/market/ 6.10. http://www.jetro.go.jp/en/reports/statistics/ 6.11. http://www.jetro.go.jp/en/reports/white_paper/ 6.12. http://fxbiznes.ru/search 6.13. http://www.japantoday.com/category/national/view/no-of-foreign-residentsin-japan-falls-for-2nd-straight-year-in-2010 6.14. http://www.stat.go.jp Download 30.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling