Referat tayyorladi: xudoyberdiyev. A o`qituvchi: bobomurodov. I


Download 30.19 Kb.
Sana23.12.2022
Hajmi30.19 Kb.
#1046541
TuriReferat
Bog'liq
ANVAR1234


TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI
IQTISODIYOT TA`LIM YO`NALISHI
321-GURUH 2-KURS TALABASI
REFERAT

TAYYORLADI: XUDOYBERDIYEV.A


O`QITUVCHI: BOBOMURODOV.I

MAVZU: TASHQI SAVDO SAMARADORLIGI KO`RSATKICHLARI


REJA:
1.TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT
2. TASHQI SAVDO SAMARADORLIGI KO`RSATKICHLARI
3. XITOY TASHQI SAVDOSI

1.Tashqi iqtisodiy faoliyat tashqi iqtisodiy aloqalarni ro’yobga chiqarish


jarayonidir. Tashqi iqtisodiy aloqalar – iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va
faoliyatning boshqa sohalarida davlat va uning subyektlari xalqaro hamkorligining
xilma-xil shakllari tizimidir.
Xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi va turli
milliy davlatlar iqtisodiyotidagi o’zaro bog’liqlik va xo’jalik aloqlarining
kengayishi natijasida xalqaro iqtisodiy munosabatlarning shakllari, soha va
yo’nalishlari yanada ortib bordi. Oddiy tovarlar ayirboshlash o’rnini teng huquqli
va manfaatli savdo egallay boshladi. Milliy davlatlarning tashqi savdonitartibga
solish dastaklari, usullari murakkablashib bordi. Natijada, faqat tashqi savdo
xususida emas, unga bog’liq keng ko’lamdagi aloqalar: davlatlararo savdoiqtisodiy bitimlar, o’zaro hamkorlik majburiyatlari, banklararo to’lovlar tizimi,
transport va sug’urta ta’minoti, tovarlarning sufatlari, standartlashtirish talablari
xususidagi masalalar ham katta o’rin egallay boshladi. Shu sababdan xalqaro
iqtisodiy munosabatlarni yaxlit bir tizim sifatida tasvvur etgan holda, o’zaro
bog’liq masalalrni kompleks hal etish zaruratini anglamoq lozim.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning yo’nalishlari, ularni amalga oshirish
mexanizmi va shakllarini to’liq tasavvur qilish uchun o’tgan asrning 50-yillaridan
boshlab xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimini xalqaro miqyosda tartibga
solishdagi o’zgarishlarni ko’rsatib o’tish o’rinlidir :
–xalqaro savdoni taribga solishda Tariflar va Savdo bo’yicha Bosh Bitimning
qabul qilinishi hamda 1995-yilda Jahon savdo tashkilotining shakllanishi
davlatlar o’rtasidagi tovar va xizmatlar savdosi, investitsiyalar va maxsus xarid
xususiyatiga ega tovarlarni tartibga solish qoidalarini belgilab berdi;
–BMTning tarmoq va sohalar bo’yicha ixtisoslashgan bo’limlari (komissiylar,
konferensiyalar, qo’mitalar, dasturlar) doirasida tashqi savdoning tartibga
solinishi lozim bo’lgan sohalar bo’yicha Konvensiyalar, shartnomalar qabul
I.A.Hamedov, A.M.Alimov O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat asoslari
-qilindi. Masalan, xalqaro savdoda yuk tashish qoidalari, intellektual mulk
himoyasi, investitsiyalarni sug’urtalashga oid xalqaro konvensiyalar shular
jumlasidandir;
–tashqi va xalqaro savdoni amalga oshirishda xalqaro bank-moliya tizimi –Jahon
banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro
valyuta fondi, Xalqaro moliya korporatsiyasi kabilar shakllandi hamda o’zaro
hisob-kitob, kredit, investitsiyalar va grantlarni o’zlashtirish bo’yicha tegishli
tartiblar belgilandi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning tarkiban tashqi savdoga
aloqador bo’lgan boshqa sohalar bilan bog’liqligi ortdi.
Xalqaro iqtisodiy faoliyatning sohalari kengaydi va savdo-sotiq,
investitsiyalar, ish kuchi migratsiyasi, texnologiyalarni ko’chirish, axborot
almashish, fan-texnika yutuqlarini ayirboshlash va boshqa ko’plab sohalar bilan
o’zaro bog’liqlikda, o’zaro ta’sirda bo’lishini namoyon eta boshladi. Xalqaro
iqtisodiy aoqalarning mazkur sohalari davlatlar o’rtasida ikki va ko’p tomonlama
maxsus bitimlar tuzish hamda kelishuvlarni amalga oshirish zarurligini taqazo eta
boshladi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi asosiy yo’nalishlar sifatida quyidagilarni
ajratish mumkin:
- maxsulotlar (tovar va xizmatlar) ayrboshlash, ya’ni xalqaro savdo;
- ilmiy-texnikaviy maxsulotlarni ayrboshlash;
- ishlab chiqarishni joylashtirish;
- investitsiyalar, valyuta va kreditlar borasidagi yo’nalishlar;
- axborot va aloqa sohalaridagi yo’nalishlar;
- mehnat resurslari harakati yo’nalishlari.
Qayd etilgan yo’nalishlar alohida tarzda emas, balki o’zaro bog’langan va birbirini ta’minlovchi sohalar sifatida ham qaralmog’i lozim. Masalan, ikki mamlakat
o’rtasidagi tovar ayirboshlashda ularning bank tizimlari, balyuta almashinuvi
tartibi bilan bir qatorda tovarlarni yetkazib berishda ishtirok etuvchi transport –
ekspeditorlik, sug’urta, sifatni tekshirish va nazorat etish kabi sohalarga aloqador
masalalarda ham munosabatlar albatta o’rnatilgan bo’lishi shart.
-Jahon xo’jalik faoliyati va xususan, tashqi iqtisodiy faoliyatga quyidagi sohalar
kiradi
- xalqaro savdo;
- ishlab chiqarish va fan-texnika sohasidagi xalqaro ixtisoslashuv;
- fan-texnika taraqqiyoti natijalarini ayrboshlash;
- mamlakatlar o’rtasidagi valyuta-moliyaviy hamda kredit aloqalari;
- kapital va ishchi kuchining harakati;
- xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning hamkorlikdagi faoliyati, global muammolarni
hal etishdagi iqtisodiy hamkorlik.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning turli shakllari mavjud bo’lib, unga quyidagilar
kiradi: tashqi savdo(tovar va xizmatlar bo’yicha), qo’shma tadbirkorlik (qo’shma
korxonalar, franchayzing, laysenzing, agentlik va h.k.), hamkorlikning boshqa
shakllari (biznes alyanslar, konsortsiumlar va h.k.).
Tаshqi iqtisodiy fаoliyatning аsosiy printsiplаri quyidаgilаrdаn iborаt:
· tаshqi iqtisodiy fаoliyat sub’ektlаrining erkinligi vаiqtisodiy mustаqilligi;
· tаshqi iqtisodiy fаoliyat sub’ektlаrining tengligi;
· sаvdo-iqtisodiy munosаbаtlаrni аmаlgаoshirishdаkаmsitishlаrgаyo‘l
qo‘yilmаsligi;
· tаshqi iqtisodiy f аoliyatni аmаlgаoshirishdаn o‘zаro m аnfааtdorlik;
· tаshqi iqtisodiy fаoliyat sub’ektlаrining huquqlаri vаqonuniy mаnfааtlаri
dаvlаt tomonidаn himoya qilinishi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning eng muhim shakillaridan biri – tashqi savdo bo’lib
u milliy mehnat natijasida yaratilgan mahsulot va xizmatlar bilan xalqaro
almashinuv demakdir. Tаshqi sаvdo fаoliyati xаlqаro tovаrlаr, ishlаr (xizmаtlаr)
sаvdosi sohаsidаgi tаdbirkorlik fаoliyatidir. Tаshqi sаvdo fаoliyati tovаrlаrni,
ishlаrni (xizmаtlаrni) eksport vаimport qilish yo‘li bilаn аmаlgаoshirilаdi. Uni
tog’ri rejalashtirish, tashkil etish, boshqarish va amalga oshirish, aniqligiga erishish
uchun tasniflash lozim. Tasniflash deganda xalqaro tijorat kelishuvini oldi-sotti va
tovar almashish kelishuvlariga ajratishni tushunish mumkin. Tashqi savdo
operatsiyalarini amalga oshirish harakteri va predmetiga ko’ra u quyidagilarga
ajratiladi:
1. Tayyor maxsulotlar savdosi
2. Yeg’ilmagan ko’rinishdagi maxsulotlar savdosi
3. Barter operatsiyalari
4. Eskirgan uskunalar savdosi
5. Xom-ashyo savdosi
6. Litsenziyalar savdosi
7. Injiniring hizmatlarini ko’rsatish va boshqalar.
- 13 -Tashqi iqtisodiy faoliyat tashqi savdoga asoslanadi, chunki bunday faoliyat
tufayli mamlakatlar o’z ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish samaradorligini
oshirish imkoniyatiga egadirlar. Shuni takidlash joizki, xalqaro savdo tashqi
iqtisodiy faoliyat barcha qolgan shakllari va turlarining boshlang’ich,
muvofiqlashtiruvchi va ko’paytiruvchi negizi hisoblanadi. Tashqi iqtisodiy
faoliyatning horijiy sarmoyani jalb etishdek shaklining samaradorligi ham uning
darajasiga bog’liqdir. Savdodagi qonun hujjatlari tomonidan belgilangan va boshqa
cheklashlar investitsiya jarayonlarida aks etadi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar tarixiy va iqtisodiy toifa hisoblanadi. Tarixiy toifa
sifatida tashqi iqtisodiy aloqalar sivilizatsiya maxsuloti hisoblanadi. Ular ular
davlatlar paydo bo’lishi bilan yuzaga keladi va ular bilan birga rivojlanadi. Ushbu
aloqalarning rivojlanishiga ayniqsa feodalizmning tanazzuli kuchli turtki berdi.
Natural xo’jalikdan tovar-pul munosabatlariga o’tilishi alohida davlatlarning milliy
bozorlarini rivojlantirishga va ushbu milliy bozorlarning tovar ayrboshlashida
keskin sakrashni tug’dirdi, bu esa davlat munosabatlarining iqtisodiy sohasida
baynalmilal aloqalar va xalqaro ayrboshlash kengayishi va chuqurlashishiga olib
keldi. Iqtisodiy toifa sifatida tashqi iqtisodiy aloqalar barcha turdagi resurslarning
davlatlar va turli davlatlarning iqtisodiy sub’yektlari o’rtasidagi harakati paytida
yuzaga keladigan ishlab chiqarish –iqtisodiy munosabatlar tizimini tashkil etadi.
ushbu ikki taraflama munosabatlar davlat iqtisodiy hayotining barcha sohalarini,
avvalo uning ishlab chiqarish, savdo, investitsiyaga oid vamoliyaviy faoliyatini
qamrab oladi.
Hozirgi jahon xo’jaligida tashqi iqtisodiy aloqalar davlat milliy daromadini
o’stirish, xalq xo’jaligi harajatlarini tejash va fan-texnika taraqqiyotini
jadallashtirish omillariga aylanadi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etish va uni boshqarish mexanizmining
samaradorligi ko’p jihatdan tashqi iqtisodiy aloqalar tasnifi bilan belgilanadi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar turi – bitta umumiy belgi, masalan, tovar oqimining
yo’nalishi yoki tarkibiy belgi bilan birlashtirilgan aloqalar majmuidir. Tovar
oqimining yo’nalishi bilan bog’langan tasnif belgisi tovar (xizmatlar, ishlar)ning
- 14 -bir mamlakatdan boshqasiga harakatini, ya’ni tovarning mamlakatdan olib
chiqilishi yoki tovarning mazkur mamlakatga olib kirilishini belgilaydi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar tasnifining tarkibiy belgisi aloqalarning iqtisodiy
manfaatlar sohasi va davlat tashqi iqtisodiy faoliyatining asosiy maqsadi bilan
bog’langan guruhiy tarkibini belgilaydi. Tarkibiy belgiga ko’ra tashqi iqtisodiy
aloqalar tashqi savdo, moliyaviy, ishlab chiqarish, investitsiya aloqalariga bo’linadi.
2. Tashqi savdo faoliyati tovarlar, ishlar, xizmatlar, axborot intellectual faoliyat
natijalari, shu jumladan ularga doir mutloq huquqlar (intellektual mulk) bilan
xalqaro ayrboshlash sohasida tadbirkorlik faoliyatining alohida turidir. Bunda tovar
deganda har qanday harakatlanuvchi mol-mulk (shu jumladan energiyaning barcha
turlari) va ko’chmas mulkka kiritilgan, tashqi savdo faoliyatining predmeti bo’lgan
havo, dengiz kemalari va ichki suzish kemalari hamda fazoviy ob’yektlar
tushuniladi. Xalqaro tashishlar to’g’risidagi shartnoma chog’ida foydalaniladigan
transport vositalari tovar hisoblanmaydi.
Hozirgi davrda tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy xususiyatlari sifatida
quyidagilarni qayd etish o’rinli
13
:
Birinchidan, tashqi iqtisodiy faoliyatning axborot ta’minotiga e’tiborning
ortishi, intellektual mulk, patent valitsenziyalar tizimini keng joriy etilishi.
Davlatlararo mualliflik xuquqi himoyasining ta’minlanishi, jahon axborot
bozorining shakllanishi.
Ikkinchidan, tashqi iqtisodiy faoliyat hozirgi davrda o’z infratuzilmasiga va
unga ta’sir etuvchi xalqaro tashkilotlarga ega. Ushbu infratuzilma sifatida jahon
tovarlar va xizmatlar bozorlari (xususan, tovar va xomashyo, valyuta birjalari),
xalqaro tashkilotlar hisoblangan JST, XVF, XMK kabi qator mintaqaviy va
integratsion tashkilotlar EI, NAFTA(North American Free Trade Agreement)
hamda turli ixtisoslashgan tashkilotlalrni, ya’ni neft eksport qiluvchi mamlakatlar
tashkiloti OPEK, Atom energiyasi bo’yicha xalqaro agentlik (IAEA; MAGATE)
va hokazolarni keltirish mumkin. Mazkur tashkilotlar davlatlararo savdo,
13
Davlatlar va xalqaro tashkilotlar “Akademiya” nashriyoti. Toshkent -2005. 286-287 betlar
- 15 -investitsiylar, ishlab chiqarish, fan-texnika sohasidagi hamkorlik masalalarida
ko’maklashuvchi, tartibga soluvchi va muvofiqlashtiruvchi organ sifatida faoliyat
yuritadi.
Uchinchidan, xalqaro iqtisodiy munosabatlarni monopoliyalashtirishga bo’lgan
intilishning ortishi. Hozirgi kunda dunyodagi yettita sanoati rivojlangan mamlakat
hissasiga jahon ishlab chiqarishining qariyb 80 foizi to’g’ri keladi. Yirik jahon
xomashyo, tovar va xizmatlar hamda moliyaviy bozorlarning aksariyati rivojlangan
davlatlar hududida mujassamlangan. Bundan tashqari, xalqaro iqtisodiy
munosabatlarning asosiy vositachisi, ishtrokchisi sifatida yirik sanoat-moliya
guruxlari, kompaniyalari gavdalanmoqda. Jumladan, ishlab chiqarish, qayta ishlash
va ayrboshlash tizimlarini mujassamlashtiruvchi xususiy transmilliy va ko’p
millatli kompaniyalar (TMK, MMK) jahon eksporti va importuning qariyb 60
foizini tashkil etmoqda. Sanoat tarmoqlari, qishloq xo’jalik maxsulotlarini ishlab
chiqarish, ayrboshlash, moliyaviy xizmatlar ko’rsatish sohalari faoliyati ham yirik
kompaniyalar ta’sirida amalga oshirilmoqda. Shu sababli, ko’plab xalqaro
konferensiyalar, muzokaralarda “yangi iqtisodiy tartib”ni joriy etish,
rivojlanayotgan davlatlar ishtirokini ko’paytirish takliflalri o’rtaga tashlanmoqda.
To’rtinchidan, tashqi iqtisodiy faoliyatning yangi axborot vositalari,
texnologiyalari asosida shakllanishi va rivojlanishi. Internet tizimining vujudga
kelishi natijasida electron tijorat, electron savdo keng avj olmoqda. Sotuvchixaridor, ishlab chiqaruvchi-iste’molchi o’rtasida yangi va tezkor buyurtma-takliflar
tizimi shakllanmoqda. Jumladan, B2B, B2C tarzidagi axborot tizimi xalqaro
iqtisodiy munosabatlarning xuquqiy, tashkiliy, iqtisodiy va boshqa yo’nalishlarida
hamkorlikni yanada rivojlantirish masalasini qo’ymoqda.
Demak, davlatlararo tovar va xizmatlar bozorining shakllanishi, ishlab chiqarish,
ayrboshlash jarayonlarining chuqurlashuvi, undagi aloqalar tizimini yanada
takomillashtirish, mazkur munosabatlar tizimini yangi bosqichga ko’tarish
zaruratini taqazo qilmoqda. Shu bilan bir qatorda, xalqaro iqtisodiy munosabatlar
tizimida sub’ektlarning ishtiroki, maqomi vakolatlari masalalari ham dolzarb
ahamiyat kasb etmoqda.
- 16 -Tashqi iqtisodiy faoliyat hajmi tobora ortib bormoqda. U ayniqsa, davlatlar
o’rtasidagi tovar oborotida yanada yaqqolroq ko’zga tashlanmoqda. Unda ichki
bozordagiga nisbatan ko’proq ishtrokchi qatnashmoqda. Xalqaro iqtisodiy
munosabatlar va uning mexanizmi bozor munosabatlarining sohasi sifatida
quyidagi yangi xususiyatlarga ega bo’lmoqda:
- jahon iqtisodiyoti ko’lamining kengayib borishi, ustiga-ustak sotuvchilar va
iste’molchilarning alohida joylashganligi natijasida transport muammosining ortib
borishi;
- ba’zi resurslarning (asosan yer, tabiiy-qazilma boyliklarning) kam harakatliligi
va manzilga bog’liqligi. Bunga davlatning aralashuvi ham ta’sir etadi (migratsiya
qoidalarini joriy etish, chet elliklarga yer sotish, chet el investitsiyalarini va
firmalar faoliyatini cheklash, tashqi savdoda proteksionizmga yo’l qo’yish);
- xalqaro ayrboshlashda milliy valyutadan foydalanishning zarurligi va valyuta
bozoriga bog’liqlik (ayniqsa, valyuta nazorati va uni tartibga solish masalalarida);
- mahsulotlarni xalqaro standartlashtirish va sertifikatlashtirishga e’tiborning
ortishi;
- axborot muhiti va uning haqqoniyligiga e’tiborning ortishi. Axborot manbalari,
uni to’plash va qiyoslash uslubiyatida muammolarning yuzaga kelishi, milliy va
xalqaro statistikaga e’tiborning ortishi, makroiqtisodiy ko’rsatkichlar unifikatsiya
qilinishiga bo’lgan intilish.
Tashqi iqtisodiy faoliyat samaradorligini ifodalovchi ko’rsatkichlar
Iqtisodiy jarayonlarni, mamlakatlarning rivojlanish darajasi va o’zaro
murakkab xo’jalik aloqalarini tahlil etishda xalqaro tajribada qabul qilingan milliy
hisoblar tizimidan faydalaniladi. Bu makro darajada iqtisodiyot rivojiga oid
bo’lgan va o’zaro bog’langan ko’rsatkichlar tizimidir. Milliy hisoblar tizimining
asosiy ko’rsatkichlari quyidagilardan iborat
Yalpi ichki mahsulot(YaIM) – bu ko’rsatkich ma’lum davlat hududida
faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarning ma’lum davrda yaratgan pirovard
maxsulotlari va xizmatlarining umumiy hajmini aks ettiradi. Ushbu yakuniy
maxsulotni hisoblashda hom ashyo, yarim mahsulotlar, boshqa moddalar, yoqilg’i,
elektr quvvati hamda ularni ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan boshqa hizmat
turlari (qayta hisob bo’lmasligini oldini olish uchun) chegirib tashlanadi.
Ayni paytda ba’zi mamlakatlarda yalpi milliy maxsulot (YaMM)
ko’rsatkichidan faydalaniladiki, u YaIMdan farqli o’laroq qaysi mamlakatda
yaratilganligidan qat’iy nazar shu millat (mamlakat)ning korporatsiyalari, hususiy
shaxslari nazoratida bo’lgan ishlab chiqarish hajmini aks ettiradi. YaMMni
aniqlash uchun shu mamlakatda faoliyat ko’rsatayotgan chet elliklarning
daromadlari (chet el korporatsiyalarining foydalari hamda chet ellik ishchi
xizmatchilarining ish haqlari) YaIMdan chegirib tashlanadi, shu mamlakat
korporatsiyalari, fuqarolari horijda ishlab topgan daromadlari qo’shiladi. YaIm
bilan YaMM ko’rsatkichlari o’rtasidagi tafovut odatda miqdor jihatidan unchalik
ko’p bo’lmaydi, nari borsa qariyb 1%ni tashkil etadi. shuni e’tiborga olish lozimki,
YaIM ko’rsatkichi milliy hisoblar tizimi asosoida ishlab chiqiladi. Bu tizim mehnat
faoliyatining barcha turlarida mehnat unumli mohiyatga ega, degan qoidaga
asoslangan(qiymat yaratilishi nuqtai nazaridan).
Milliy daromad (MD) ko’rsatkichi quyidagicha belgilanadi: YaIM minus
amortizatsiya (shunda sof YaIM xosil bo’ladi), minus bilvosita soliqlar va
qo’shilgan subsidiyalar. Soliqlar mahsulot va xizmatlarning bozor narxlariga
tirqaladi. Subsidiyalar narxlarga teskari ta’sir qiladi –bu narxlar ana shu
subsidiyalar miqdorida pasayadi. MD ko’rsatkichi ishlab chiqarilgan milliy
mahsulot ko’rsatkichiga deyarli to’g’ri keladi. Milliy mahsulotning o’sish sur’ati
uzoq muddat nuqtai nazaridan YaIMga deyarli to’la ravishda muvofiq keladi,
shung uchun ham asosan YaIM ko’rsatkichidan foydalaniladi.
Turli mamlakatlardagi ishlab chiqarish omillari, taraqqiyot darajasining
xilma-xilligi iqtisodiy rivojlanish darajasini biron-bir yagona ko’rsatkich orqali
- 18 -baholashga imkon bermaydi. Buning uchun bir qator asosiy ko’rsatkichlardan
foydalaniladi:
1. Yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy mahsulot yoki milliy daromadning axoli
jon boshiga hisobi.
2. Milliyu iqtisodiyot tarmoqlari tarkibi.
3. Axoli jon boshiga hisoblaganda asosiy mahsulot turlarini ishalb chiqarish
(ushbu tarmoqlarning rivojlanish darajasi).
4. Aholining turmush darajasi va uning sifati.
5. Iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlari.
Iqtisodiy taraqqiyot darajasini tahlil etishda YaIM, YaMMning axoli jon
boshiga to’g’ri keladigan ko’rsatkichlari bosh mezon hisoblanadi. Ayrim
rivojlanayotgan mamlakatlarda axoli jon boshiga to’g’ri keladigan YaIM
rivojlangan mamlakatlar singari yuqori darajani tashkil etadi, biroq boshqa
ko’rsatkichlar (iqtisodning tarmoqlar tuzilmasi, axoli jon boshiga hisoblaganda
asosiy mahsulot turlarini ishlab chiqarish va hokazolar) yeg’indisiga ko’ra bu
mamlakatlarni rivojlangan mamlakatlar toifasiga qo’shib bo’lmaydi.
Iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlari guruhi iqtisodiy taraqqiyot darajasini
juda aniq belgilab beradi, nega deganda u bevosita yoki bilvosita –mamlakatda
asosiy va aylanma kapitaldan, mehnat resurslaridan foydalanish sifati, holati,
darajasidan dalolat beradi. Samaradorliklning asosiy ko’rsatkichlari quyidagilardan
iborat:
1) Mehnat unumdorligi (sanoat, qishloq xo’jaligi, ishlab chiqarish tarmoqlari va
turlari bo’yicha);
2) YaIM birligiga yoki aniq bir mahsulot turiga qancha capital sarflanishi;
3) Asosiy fondlar qaytimi koefitsienti;
4) YaIM birligiga yoki aniq bir mahsulot turlariga qancha xomashyo sarflanadi.
Mamlakatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, uning
tashqi iqtisodiy aloqalari shunchalik faol va xilma-xil bo’ladi. Demak,
mamlakatning xalqaro iqtisodiy aloqalardagi ishtroki ham qisman uning iqtisodiy
taraqqiyoti darajasidan dalolat beradi.
- 19 -Barcha tashqi iqtisodiy aloqalarning millliy iqtisodiyotga ta’siri ma’lum bir
sifat va qiymat ko’rsatkichlari orqali baholanishi va fodalanishi mumkin.
Avvalambor mamlakatning xalqaro iqtisodiy munosabatlarda qatnashishi qay
darajada ekanligini bilish lozim. Bu ekportning yalpi ichki maxsulotdagi ulushi
orqali aniqlanadi (YaIM). Bu ko’rsatkich mamlakat eksport kvotasi deb ataladi.
Ko’rsatkich qanchalik yuqori bo’lsa, davlatning xalqaro iqtisodiy munosabatlarda
qatnashish darajasi ham shunchalik yuqori bo’ladi. Masalan, AQSHning eksport
kvotasi 10-15% ga teng, Germaniya, Fransiya, Italiya va Angliyaning eksport
kvotasi esa 25-30%, Yaponiyada 18% atrofida, Belgiya, Vengriya, Singapur
davlatlarida esa 110-113%. Ammo bu ko’rsatkich xalqaro iqtisodiy
munosabatlarning sifat tuzulishini, stukturasini harakterlay olmaydi. Shuning
uchun uni aks ettirish maqsadida yana bir ko’rsatkichdan foydalaniladi. Bu real
eksport kvotasi bo’lib, u mamlakatning sanoat ishlab chiqarilishidagi eksportning
ulushi orqali o’lchanadi. Rivojlangan mamlakatlarda u tahminan 40-50 foizga teng.
Bu barcha ishlab chiqarilgan mahsulotlarning yarmi tashqi bozorga olib
chiqilishini anglatadi. Mamlakatning xalqaro iqtisodiy munosabatlarda qatnashishi
shuningdek uning eksportining elastiklik darajasi orqali ham aniqlanadi (YaIM va
eksport o’sish sur’atlarining muvozanati). Agar elastiklik birdan oshsa, mamlakat
tobora xalqaro iqtisodiy munosabatlarda qatnashishi chuqurlashayotganini
anglatadi. Tashqi iqtisodiy aloqalar ta’siri bu sohadagi barcha ishtrokchilar, asosan
eksport, import, kredit operatsiyalari faoliyati shuningdek texnik va boshqa
xizmatlar ko’rsatish natijalari oqibatida yuzaga keladi. Shu bilan birga avvalo
jamiyat, milliy xo’jalik, davlat, manfaatlari ko’zlangan holda samaradorlikni
to’g’ri aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat samaradorligini baholashda bir qator
ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Ular qatorida quyidagilarni ajratib ko’rsatish
mumkin:
· Eksportning valyuta samaradorligi ko’rsatkichi
· Importning valyuta samaradorligi ko’rsatkichi
· Tashqi savdo almashinuvi samaradorligi ko’rsatkichi
- 20 -· Savdoning narx shartlari, eksport va import narx indekslari
· To’lov balansi , uning tarkibiy qismlari:
o Savdo balasi
o Xizmatlar va nosavdo harajatlar balansi
o Kapital harakati va kredit balansi
o Mamlakat oltin-valyuta zaxiralari hisobI
Eksportning valyuta samaradorligi ko’rsatkichi, tashqi bozordagi tovarlar
savdosidan tushgan valyutadagi sof daromad va davlatning uni ishlab chiqarishga
va transport harajatlariga sarflagan harajatlari nisbatini, shuningdek, agar tovarlar
kreditga sotilgan bo’lsa kredit koeffitsienti ta’siri hisobga olingan holda ularning
nisbatini ifodalaydi. Odatda maxsulotlar kreditga sotilganda eksport samaradorligi
pasayadi, ammo u siz tashqi bozorda tovarlarni realizatsiya qilish, pullash ko’p
hollarda ancha mushkul, ba’zi hollarda esa umuman iloji yo’q.
Importning valyuta samaradorligi ko’rsatkichi, olib kirilgan tovarlar
narxining ichki ishlab chiqarish sharoitlari va ularni sotib olish va chegaragach
Ma’lumotlar asosida muallif tomonidan tuzildi.
yetkazib berishga sarflangan barcha valyuta harajatlar nisbatidir. Ko’pincha
eksportdan ko’rilgan zarar importdan ko’rilgan foyda hisobiga qoplanilishi tufayli
yuqorida aytib o’tilgan ko’rsatkichlarni to’g’riroq qilib aytish uchun uchun
quyidagi koeffitsientlar kiritilgan: import uchun eksport samaradorligi ekvivalenti
va tegishli ravishda eksport uchun import samaradorligi ekvivalenti.
Tashqi savdo almashinuvi samaradorligi ko’rsatkichi, quyidagi bo’linishdan
olingan ko’rastkichni ifodaloydi, suratda import qilingan tovarlarning qiymat
bahosi (ularga ketgan barcha harajatlar) maxrajida esa eksport qilingan tovarlarni
ishlab chiqarish va transport harajatlatriga ketgan barcha milliy xo’jalik
harajatlari
Mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalarni bir-biriga bog’lagan holda har
tomonlama tahlil qilishga imkon beruvchi, integratsiyalashib kelayotgan
ko’rsatkich bu to’lov balansidir. U statistik hisobot bo’lib, ma’lum bir davr
mobaynida mamlakat rezedentlari va tashqi dunyo bilan barcha savdo va
moliyaviy oqimlarni qamrab oladi. To’lov balansi tashqi iqtisodiy aloqalar jarayoni
natijasida mamlakatning haqiqiy to’lovlari va tushumlari qiymatlarining nisbatini
ifodalaydi. Shunday ekan, to’lov balansi o’zining tarkibida tashqi iqtisodiy
aloqalarning barcha shakllarini aks ettirmog’i lozim. Haqiqatda, mamlakatlarning
bir biri bilan o’zaro iqtisodiy aloqalarining murakkab tuzilishiga muvofiq to’lov
balansi o’z ichiga tarkibiy qisimlar sifatida savdo balansi, xizmatlar va notijorat
harajatlar balansi, kapital harakati va kredit balansi, oltin-valyuta zaxiralari
harakatini kamrab oladi. Ko’pincha savdo balansi va xizmatlar va notijorat
harajatlar balansini joriy operatsiyalar balansiga birlashtiriladi.
Mamlakatning savdo balansi tovarlar importi orqali moliyaviy chiqimlarni
va tovarlarni chet elga eksport qilish orqali moliyaviy kirimlarni o’zaro nisbatini
ta’riflaydi. To’lov balansining ushbu tarkibiy qismi davlatning tashqi iqtisodiy
holatini ta’riflashda ayniqsa muximdir. Agar ma’lum bir davr mobayni .
mamlakat eksporti importdan yuqori bo’lsa savdo balansi aktiv (ijobiy savdo
saldosiga ega) bo’ladi. Tegishli ravishda, agar import eksportdan yuqori bo’lsa u
salbiy (salbiy saldoga ega) bo’ladi.
Xizmatlar va nosavdo operatsiyalar balansi boshqa mamlakatlarga
ko’rsatilgan xizmatlar uchun pul kirib kelishi va boshqa mamalakatlar xizmatidan
foydalanilganlik uchun pulning chiqib ketishi nisbatini ta’riflaydi. Iqtisodchilar
xizmatlarni omilli va omilsizga ajratadilar. Omilli xizmatlar milliy
investitsiyalardan tadbirkorlik yoki ssuda kapitali shaklidagi tushumni o’z ichiga
oladi. Bunga pul tushumlari ya’ni dividentlar shaklida, milliy korxona va firmalar
foydasining repatriatsiyasi, horijliklarning milliy patent, litsenziya va
menejmentdan foydalanganligi uchun to’lovlar va boshqalar kiradi. Omilsiz
xizmatlar oqimiga turizm, yo’lovchi va yuklarni transportda tashish, sug’urta,
telekommunikatsiya uchun to’lov va tushumlar kiradi. Savdoga aloqador
bo’lmagan , davlatlararo xizmatlar uchun to’lovlar va tushumlar nosavdo oqimlar
yoki operatsiyalar deb ataladi. Ular qatoriga pul mablag’larining razmiy
o’tkazmalari (masalan, tabiiy ofatlar, urush, epidemiyalarni boshdan kechirayotgan
mamlakatlar uchun yordam ko’rsatish), qarindosh va yaqinlar uchun shaxsiy
o’tkazmalar va boshqalar.
Kapital harakati va kredit balansi xalqaro kapital va kredit shaklidagi valyuta
mablag’larining kirim va chiqimlari nisbatini aks ettiradi. Kapital harakati
tadbirkorlik va ssuda investitsiyalari shaklida bo’lishi mumkin va oldi-sotdi
jarayonida milliy moliyaviy aktivlar – tashkilot va korxonalarning aksiya va
obligatsiyalari, kredit bilan birga boshqa qarz majburiyatlari va horijiy rezidident
va norezidentlar tomonidan amalga oshiriladi. Kapital harakatining hisobi ko’p
hollarda savdo balansi va xizmatlar balanslari zararini qoplovchi rolida ishtrok
etadi. Mamlakat ma’lum davr mobaynida tovar va hizmatlarni, ularni ishlab
chiqarishga nisbatan ko’proq iste’mol qilsa, davlat va shaxsiy horijiy kredit,
qarzlar, va boshqa horijiy kapital oqimlari talabni qoplay olmayotgan joriy ishlab
chiqarish, joriy iste’molni moliyalashtirishga yordam beradi, ya’ni bu sof salbiy
eksport.
Boshqa bir muhim tarkibiy qism, asosan joriy operatsiyalar balansi, kapital
harakati balansi zararlarini qoplash rolini o’ynovchi mamlakat oltin-valyuta
zaxiralari hisobidir. Agar to’lov balansining aktiv saldosi joriy operatsiyalar
balansining salbiy saldosini qoplamasa, yoki aksincha to’lov balansining aktiv
saldosi kapital harakati mablag’larining salbiy saldosini qoplamasa va nihoyat
ikkala balans ham sof salbiy qoldiqqa ega bo’lsa, mamlakatda ilgari to’plab
qo’yilgan valyuta zaxiralari tashqi qarzni qoplovchi ishonchli manba bo’lib hizmat
qiladi.
Xalqaro savdoning samaradorlik ko’rsatkichlarini aniqlash va bir tizimga
keltirish har qaysi mamlakat uchun nihoyatda muhim va murakkab vazifa
hisoblanadi. Buning uchun maxsus-ilmiy iqtisodiy tadqiqotlar o’tkazish talab
qilinadi. Bunday tadqiqotlar hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga xos jarayonlarni
chuqur o’rganish bilan birga, ilg’or hisob-kitob usullaridan foydalanishni taqozo
qiladi. Jumladan, bu tarmoqlararo balanslar tuzish usullariga asoslanmog’i lozim.
Xalqaro iqtisodiy aloqalarni bashorat qilganda, tovar aylanishidan tashqari
transport, kreditlar, va boshqa moliyaviy operatsiyalar, ilmiy texnik axborotlarning
importi-eksporti, yirik ko’lamdagi loyihalarni amalga oshirishdagi xalqaro
hamkorlik kabi tashqi aloqalarning turlari ham hisobga olinadi. Quyidagi
yo’nalishlar katta istiqbolga ega:
1. Qishloq ho’jaligining unumdorligini oshirish mqasadida agrotexnikani
(naslchilik va o’simliklar genetikasi, zararkunandalarga qarshi kurash, o’g’itlar,
sug’orish ishlari va hokazolarni) rivojlantirish.
2. Tabiiy muhitni saqlash, himoyalash va yaxshilash.
3. Energetika xo’jaligi (atom energiyasi, elektrotxnika, transport energetikasi va
hokazolar).
4. Texnik kibernetika.
5. Kosmik fazo tadqiqotlari.
6. Geologiya va okeonografiya.
7. Suv resurslari va sho’r suvlarni tozalash muammolari.
8. Sog’liqni saqlash va aholi o’sishini tartibga solish.
Qurilishni yaxshilash va arzonlashtirish.
Hozirgi vaqtda qator ilmiy-texnik axborotlarning xalqaro almashinuvidagi
ko’pgina kamchiliklar (takrorlanish, tarqoqlik, bir shaklga keltirishning yo’qligi)
samaradorlikning pasayishiga olib kelmoqda. Axborotlarning halqaro almashinuvi
o’zaro foydalidir, chunki axborotlar (ilmiy, iqtisodiy, texnikaviy va boshqalar)
importi uning zaxiralarini oshiradi. Shubxasiz, axborotlarning xalqaro
almashinuvning kengayishi nafaqat iqtisodiy, balki umummadaniy nuqtai nazardan
ham g’oyat samaralidir. Insoniyat o’z rivijlanishining shunday bosqichiga qadam
qo’ydiki, endilikda ko’pgina mamlakatlarning hamkorlik aloqalarini talab qiluvchi
ulkan loyihalarni amalga oshirish mumkin. Ularni amalga oshirish uchun yirik
moddiy, mehnat va moliyaviy resurslar bilan birga ilmiy-texnik tartibdagi ulush
ham zarur. Bu esa bitta davlatning qo’lidan kelmaydi. Tashqi iqtisodiy
aloqalarning iqtisodiy samaradorligi –korxonalar tashqi iqtisodiy faoliyatini
baholash ko’rsatkichi bo’lib, ushbu faoliyatning natijalarini va uni amalga
oshirishga ketgan harajatlarni o’zaro taqqoslashdan iborat.
Umumiy ko’rinishda tashqi iqtsiodiy aloqalarning samaradorligi (samarasi)
quyidagi yo’llar orqali aniqlanadi:
· Xalq ho’jaligi darajasida – eksport maxsulotlarini ishlab chiqarishga ketadigan
harajatlar, transport va tashqi savdo sarflari, import qilinayotgan o’xshash
tovarlarni mamlakatda ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlarni tejab qolish va
import tovarlaridan foydalanishning samarasini aks ettiruvchi import tovarlarning
narx bahosiga taqqoslash;
· Eksport mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar darajasida – uni ishlab chiqarishga
ketadigan harajatlarni tashqi savdo tashkiloti jo’natmalarining eksport
foydalanuvi va qo’shimcha to’lovlarning boshqa turlarini hisobga oluvchi
boshlag’ich narxlariga qiyoslash;
· Import tovarlarining iste’molchilari (buyurtmachilari);
· Milliy valyutadagi ichki narxlarni (tashqi savdi tashkiloti xalq ho’jaligiga
topshiradigan narxlarda) horijiy tovarlardan foydalanishning samarasini hisobga
- 25 -olgan holda, shu turdagi tovarlarni mamlakatda ishlab chiqarishning tannarxiga
(harajatlariga) taqqoslash;
· Eksportchi –tashqi savdo tashkilotlari darajasida –tovarlarni yetkazib berishning
topshiriladigan narxlarida ishlab chiqaruvchilarga to’lovlarni (belgilangan
ustamalar, transport sarflarini hisobga olgan holda) mamlakat chegaralaridagi
narxlarda ifodalangan valyutada qiyoslash;
· Importchi –tashqi savdo tashkilotlari darajasida tovarlar importi uchun (transport
va nakladnoy sarflarini hisoga olgan holda) valyutada to’lovlarini milliy
valyutadagi transport va boshqa sarflarni chiqarib tashlab, ularning xalq
xo’jaligiga (buyurtmachilarga) topshirilish narxlaridagi ichki qiymatini
solishtirish;
· Moliya vazirligi darajasida –tashqi savdo almashinuvining saldosini hisobga olgan
holda, import tovarlarining ichki narxini (topshirish baxosini) eksport
maxsulotlarining boshlang’ich narxiga taqqoslash;
Keltirilgan tahlillar shu asosda korxonaning tashqi iqtisodiy aloqalari
samaradorligini aniqlash va uni oshirish yo’llarini ishlab chiqishga ijobiy ta’sir
qiladi.
3. Yaponiya tashqi savdo-iqtisodiy aloqalari rivojlanishining bosqichlari
Jahon xo’jaligi tarixidan ma’lumki, Yaponiya 1950-yillargacha agrar
mamlakat sifatida tan olinar edi. Ammo 1960-yillarga kelib, jahonda yetakchi
davlatlar hisoblangan AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya kabi mamlakatlar
Yaponiya jahon xo’jaligida “iqtisodiy mo’jiza”ga erishganini tan olishdi. Yaponiya
sanoat tarmoqlarida mahsulot ishlab chiqarish va iqtisodiy salohiyati bo’yicha
jahonda AQSHdan so’ng ikkinchi mamlakatga aylandi. Yaponiya bozor
iqtisodiyotiga o’tilganligi tufayli, deyarli bir avlod hayoti davomida iqtisodiy
jihatdan o’zini tiklabgina qolmay, jahonda eng yuqori darajada rivojlangan
mamlakatlar qatoridan o’rin oldi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil qilish va unda davlatning faol ishtroki
Yaponiyaning o’ziga xos xususiyatidir. Davlat tashqi iqtisodiy faoliyatining deyarli
barcha yo’nalishlarini o’ziga qamrab olgan va uni tartibga solib turadi, ichki va
tashqi axvolni taxlil qilishdan boshlab, tashqi iqtisodiy startegiyani ishlab chiqish,
17
http://www.tradingeconomics.com/japan/gdp
Yaponiya YaIMsi mlrd AQSH dollarida
- 28 -geografik va tarkibiy sohalarni muhimligini aniqlab, nazorat qilish va tartibga
solishda moliyaviy rag’batlantirish uslublarini qo’llaydi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishda puxta o’ylangan davlat siyosati,
davlatni rivojlantirishda, tashqi iqtisodiy aloqalarni asosiy ta’sirchan omillardan
biriga aylantirdi. Bu siyosat Yaponiyaning milliy manfaatlarini hisobga olgan
holda jahon xo’jaligiga uni yirik xalqaro iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va moliayviy
savdo markaziga, jahon iqtisodiyotiga qo’shilishi uning salmoqli qatnashchisiga
aylantirdi. Xalqaro iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solinishida
qonunchilik, administrativ-huquqiy, iqtisodiy va norasmiy kabi bir birini
to’ldiruvchi uslublardan keng foydalaniladi. Bu esa, oldinga qo’yilgan
maqsadlarga erishishni ta’minlaydi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishda Yaponiya amaliyoti kenghuquqiy normativ bazaga tayanadi. Qonuniy va huquqiy-administrativ tartibga
solish sistemasj ustivorlik asosida namoyon bo’lib, uni cho’qqisida valyuta
almashish va tashqi savdo to’g’risidagi qonun, davlatning umumiy tartibga solish
konsepsiyasi sifatida faoliyat chegaralarini belgilaydi.
Bu qonunda xalqaro valyuta fondi, butunjahon savdo tashkiloti kabi xalqaro
tashkilotlarning kodeksidan asosiy prinsiplar – savdoni erkinlashtirish haqidagi
xalqaro shartnomalar, erkin va har tomonlama savdo prinsiplari mavjudligi tufayli
uni erkin deb hisoblash mumkin. Erkin tashqi iqtisodiy operatsiyalar prinsipidan
kelib chiqib, oddiy hollarda faqat minimal darajada davlat nazoratini nazarda tutadi.
Transaksiyalarni litsenziyalash sistemasini joriy etishga faqat favqulotda holat
bo’lsagina yo’l qo’yiladi (masalan, mamlakatning to’lov balansi keskin
yomonlashganda).
Chegaralarni belgilash xarakteriga ega bo’lgani uchun tashqi iqtisodiy
faoliyatni tartibga solishda u yoki bu soxalarga tegishli qonun osti aktlarni dastlab
tartibga solish vazifasini yuklaydi. Majburiyatlarni bunday taqsimlash yaponlar
fikricha xalqaro iqtisodiy sharoitni o’zgarishiga to’g’ri baho berish va milliy
xo’jalikni rivojlantirishda to’liqroq shu holatlarni hisobga olishga yordam beradi
va yangilanishga ham yo’l ochadi. Qonunchilik aktlarining “2-qavati” tashqi
- 29 -iqtisodiy faoliyatni tartibga solishni asosiy bloki haqidagi qonundan tashkil topgan:
eksport-import operatsiyalari; bojxona – tarif sohasi; tashqi savdoga xizmat
ko’rsatish (eksport inspeksiya haqidagi qonun, tashqi savdoni sug’urta qilish,
Yaponiyaga importni rivojlantirish va chet-elning to’g’ridan-to’g’ri
invetitsiyalarini jalb qilish to’g’risida favqulotdagi choralar, banklarda, sug’urta
bazasida, qimmatli qog’ozlar va birjalarda va h.k. ). Texnik talablar va standartlar
(sanoatda standartlashtirish haqidagi qonun va boshqalar); intellektual mulk
huquqi (patentlar, avtorlik huquqi va h.k.)
Piramidaning asosida quyida aytib o’tilgan qonunlarni bajarish va
rivojlantirish uchun qabul qilingan ko’p sonly normative aktlar yotadi. Ularga
birinchi navbatda hukumat qarorlari, buyruqlari, vazirliklar topshiriqlari va
hokazolar kiradi. Tashqi iqtisodiy faoliyat haqidagi kompleks qonunning
mavjudligi hamda qonunchilik aktlari amalda faoliyatning hamma shakllarini
. http://www.press-service.uz/uz/news/archive/

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


6.2. http://mfa.uz/uzb/hujjatlar/vaz_mahk/
6.3. http://finless.ru
6.4. http://www.mof.go.jp
6.5. www.mfe.uz
6.6.www.cer.uz
6.7.www.eurasianews.com
6.8. www.tradingeconomics.com
6.9. http://www.jetro.go.jp/en/reports/market/
6.10. http://www.jetro.go.jp/en/reports/statistics/
6.11. http://www.jetro.go.jp/en/reports/white_paper/
6.12. http://fxbiznes.ru/search
6.13. http://www.japantoday.com/category/national/view/no-of-foreign-residentsin-japan-falls-for-2nd-straight-year-in-2010
6.14. http://www.stat.go.jp
Download 30.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling