Gruntlar mexanikasi, zamin va poydevorlar fanidan mustaqil ta’lim (topshiriq)ni bajarish va baholash mezonlari.
Musqatil ish sifatida talabalar o‘z husnixati bilan qo‘lyozma shaklida referat yozishlari kerak.
Referat tayyorlashga qo‘yiladigan talablar:
Referat qo‘lyozma shaklda tayyorlanishi kerak;
Referatning 1-betida institut, fakultet va yo‘nalishning nomi, guruh raqami, talabaning ismi, familyasi va mustaqil ta’limning mavzusi bo‘lishi kerak;
Referatning 2-betida berilgan mavzu bo‘yicha kamida 3 ta reja ko‘rsatilishi kerak;
Rejalarning har biri to‘liq yoritilishi kerak;
Mavzuni yoritishda internet ma’lumotlaridan foydalanish kerak;
Referatning oxirgi qismiga foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va internet saytlar (agar foydalanilgan bo‘lasa) keltirilishi kerak.
Referat pdf shaklida hemis tizimiga joylanishi kerak;
Referatni tayyorlashda talabalar ko‘chirmachilikka yo‘l qo‘ymasliklari kerak;
Talabalar topshiriqni o‘z vaqtida bajarishlari va hemis tizimiga joylashlari shart.
Baholash mezonlari:
Talabalar topshiriqni yuqoridagi talablarga to‘liq rioya qilgan holda bajarsalar a’lo baho bilan baholanadilar;
Talabalar topshiriqni bajarishda yuqorida keltirilgan talablarda ayrim kamchilikka yo‘l qo‘ysalar ( rejalar mukammal yoritilmasa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati keltirilmasa) yaxshi baho bilan baholanadilar;
Talabalar topshiriqni bajarishda yuqorida keltirilgan talablarda kamchilikka yo‘l qo‘ysalar (rejalar yetaricha yoritmasa, internet ma’lumoti va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati keltirilmasa ) qoniqarli baho bilan baholanadilar;
Talabalar topshiriqni bajarishda yuqorida keltirilgan talablarda jiddiy xatoga yo‘l qo‘ysalar (rejalar yetaricha yoritmasa, ko‘chirmachilik qilingan bo‘lsa, berilgan mavzudan boshqa mavzu yoritilgan bo‘lsa, internet ma’lumoti va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati keltirilmasa ) qoniqarsiz baho bilan baholanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |