Referat topshirdi: G’afforov muhammadamin tekshirdi: abdualimov a. Mavzu: iqtisodiyotni siklliligi o’quv yili: 2022-2023


Download 312.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana14.12.2022
Hajmi312.72 Kb.
#1003760
TuriReferat
  1   2   3   4


DENOV TADBIRKORLIK VA 
PEDAGOGIKA INSTITUTI 
REFERAT 
TOPSHIRDI: G’AFFOROV MUHAMMADAMIN 
TEKSHIRDI: ABDUALIMOV A. 
MAVZU: IQTISODIYOTNI SIKLLILIGI 
O’QUV YILI: 2022-2023 


MAVZU: 
IQTISODIYOTNING SIKLLILIGI VA 
MAKROIQTISODIY BEQARORLIK 
REJA: 
1) Iqtisodiyotni siklliligi 
2) Makroiqtisodiy beqarorlik 
3) Iqtisodiy sikl nazariyalari 
4) Sikl nazariyalari turlari 
Har qanday mamlakat, shu jum ladan, industrial rivojlangan 
mamlakatlar ham iqtisodiy o'sish, iqtisodiy resurslarning to'la 
bandligi va narxlarning barqaror darajasiga erishishga harakat 
qiladilar. Ammo uzoq muddatli iqtisodiy o'sish bir tekis va uzluksiz 
bormaydi, u iqtisodiy beqarorlik davrlari bilan uzilib turadi. Iqtisodiy 
o'sish ketidan doimo tanazzul kelib turadi. Vaqti-vaqti bilan obyektiv 
qonunlarning o'zgaitirib bo'lmaydigan ta ’siri ostida takror ishlab 
chiqarish harakatida uzilishlar paydo bo'ladi va bu uzilish iqtisodiyot 
nomutanosibliklarining keskin shaklda namoyon bo'lishi hisoblanadi. 
Bu holat iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodiyotning siklli rivojlanishi deb 
ataladi. 
Ko'plab iqtisodchilar ortiqcha ishlab chiqarish sabablarini ochib 
berishga harakat qilib, talabning ko'payishi va kamayishi. ishlab 
chiqarish hajmining o'sishi yoki qisqarishi kabi hodisalaming davriy 
tavsifiga e’tibor qaratdilar. Bu hodisalarning ro'y berish ketma-
ketligidagi ma’lum izchillik ham aniqlandi. Siklli rivojlanishning 
obyektivligi va realligi, uning iqtisodiy jarayonlar tavsifiga ta’siri 
nuqtai nazaridan ahamiyatiligi to'g'risida bir qator taniqli 
iqtisodchilar, jumladan, A.Shpitgof, M.Tugan-Baranovskiy, T.Veblen, 
U.Mitchell, J.M. Klark, J.Xiks, J.M.Keyns, Y.Shumpeter va 
boshqalarning ilmiy asarlarida bayon etilgan. T a’kidlash lozimki, turli 


darslik va o'quv qo'llanmalarda mazkur muam m oni yoritishga ham 
turlicha darajada yondashiladi. Jumladan. akademiklar V.I.Vidyapin, 
A.I.Dobrinin, G.P.Juravleva va L.S.Tarasevich umumiy tahriri ostida 
tayyorlangan darslikda bu muammoga alohida mavzu orqali keng 
to'xtalib o'tilgan. 1 Unda iqtisodiy sikllar nazariyasi iqtisodiy o'sish 
nazariyasi bilan bir qatorda iqtisodiy dinamika nazariyalari tarkibiga 
kirishi, iqtisodiy sikl tabiatining o'zi esa munozarali va kam 
o'rganilgan muammolardan biri ekanligi ta’kidlangan. Shuningdek, 
ijtimoiy hayotda siklli rivojlanishni tan oluvchi hamda inkor etuvchi 
ikki yo'nalishdagi tadqiqotchilar mavjudligi ko'rsatilgan. Siklning 
mohiyatini ochib berishda dastlab unga jismlar o'zaro ta ’sir 
jarayonining natijasi sifatida qarab, falsafiy qoidalar nuqtai nazaridan 
izohlashga harakat qilingan. Sikl fazalarini ajratib ko'rsatishda 
markscha sanoat sikli nazariyasiga keng to ‘xtab o'tilgan. Shundan 
so'ng sikllarning asosiy turlari, bugungi kunga qadar mavjud bo'lgan 
sikllar to ‘g‘risidagi nazariyalar bayon etilgan. Ba’zi bir darsliklarda esa 
iqtisodiyotning siklli rivojlanishi muammolariga nisbatan qisqa, 
umumiy tarzda to'xtab o'tilgan.2 Ushbu xususiyatlarni hisobga olgan 
holda iqtisodiy siklning mohiyati va uning fazalari bayoniga to'xtalib 
o'tam iz. 

Download 312.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling