Referat topshirdi: G’afforov muhammadamin tekshirdi: abdualimov a. Mavzu: iqtisodiyotni siklliligi o’quv yili: 2022-2023


Download 312.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana14.12.2022
Hajmi312.72 Kb.
#1003760
TuriReferat
1   2   3   4
Yuksalish fazasida ishchi kuchiga bo'lgan talabning kengayishi 
ishsizlikning birmuncha kamayishiga hamda ish haqining o'sishiga 
olib keladiki, buning oqibatida iste'mol tovarlariga, to'lovga bo'lgan 
talab kengayadi. Pirovard talabning oshishi, o'z navbatida, iste’mol 
tovarlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarga, bozorni kengaytirishga jadal 
turtki beradi. Raqobat va foyda ketidan quvish oqibatida 
nomutanosibliklarning to'planib borishidan iborat zanjirli reaksiya 
tezlashadi. Bu bilan yangi inqiroz muqarrar bo'lib qoladi. Hozirgi 
zamon iqtisodiy adabiyotlarida AQSh Iqtisodiy tadqiqotlar milliy 
byurosi (NBER) tomonidan ishlab chiqilgan atamalardan keng 
foydalaniladi.3 Unga ko'ra, sikl o'z ichiga quyidagi to'rtta fazani, ya’ni 
yuqori nuqta (cho'qqi, bum), qisqarish (retsessiya, tushkunlik), quyi 
nuqta (turg'unlik), jonlanish (kengayish)ni oladi. Alohida iqtisodiy 


sikllar bir-biridan davomiyligi va intensivligi bo'yicha keskin 
farqlanadi. Shunga qaramay, ularning hammasi bir xil fazalarga ega 
bo'ladi. Biroq bu fazalar turli tadqiqotchilar tomonidan turlicha 
nomlanadi. 


Iqtisodiy sikllarning kelib chiqish sabablari va ularga ta’sir 
ko'rsatuvchi omillarning chuqur va izchil ravishda tadqiq etilishi turli 
ko'rinishdagi iqtisodiy sikl nazariyalarining vujudga kelishiga olib 
keldi. Ko’pchilik hozirgi zamon iqtisodchilari iqtisodiy sikllarning 
obyektiv tavsifini tan olib, bu hodisani unga ta’sir ko'rsatuvchi ichki 
va tashqi omillami tahlil qilish orqali o'rganishni tavsiya qiladi. 
Iqtisodiy sikllarni tashqi omillarning mavjudligi bilan tushuntiruvchi 
nazariyani eksternal nazariya deb atash qabul qilingan. Tashqi 
omillarga iqtisodiy tizimdan tashqarida yotuvchi va iqtisodiy 
hodisalarning davriy takrorlanishini keltirib chiqaradigan omillar 
kiritiladi. Bu tashqi omillar ichidan quyidagilarni ajratib ko'rsatish 
mumkin: — urushlar, inqilobiy o'zgarishlar va boshqa siyosiy larzalar; 
— oltin, uran, neft va boshqa qimmatli resurslar yirik konlarining 
ochilishi; — yangi hududlarning ochilishi va bu bilan bog'liq ravishda 
aholi migratsiyasi, yer shari aholisi sonining o'zgarib turishi; — ijtimoy 
ishlab chiqarish tarkibini lubdan o zgartirishga qodir bo'lgan 
texnologiya, tadqiqotlar va innovatsiyalardagi qudratli o'zgarishlar. 
Internal nazariya iqtisodiy sikllarni iqtisodiy tizimning o'ziga xos ichki 
omillar tug'diradi deb hisoblaydi. Asosiy kapitalning jismoniy xizmat 
muddati ko'pchilik iqtisodchilar tomonidan iqtisodiy siklni keltirib 
chiqaruvchi muhim omillardan biri sifatida qaraladi. Agar bir yoki bir 
necha tarmoqda mashina-uskunalarga talabning keskin ortishini 
keltirib chiqaradigan iqtisodiy o'sish boshlansa, tabiiyki, bu hoi 
mashina va uskunalar to'liq eskiradigan har 10-15 yildan keyin 
takrorlanadi. Boshqa ichki omillardan qo'yidagilar ajratib ko'rsatiladi: 
— shaxsiy iste’molning o'zgarishi (qisqarishi yoki kengayishi); — 
mablag'lar hajmi; — investitsiyalar, ya’ni ishlab chiqarishni 
kengaytirish, uni yangilash va yangi ish joylarini vujudga keltirishga 
yo'naltiriladigan ishlab chiqarish, talab va takliflar hajmiga ta’sir 
ko'rsatishga qaratilgan davlat iqtisodiy siyosatining o'zgarishi. 
Iqtisodiy sikllarning kelib chiqishini faqat eksternal yoki internal 
nazariya orqali tushuntirish ko'pam to'g'ri emas. Iqtisodiy sikl va 
umuman, iqtisodiy tizimdagi miqdoriy hamda sifat o'zgarishlar tashqi 


va ichki omillar oqibatida kelib chiqishi mumkin emas. Shuningdek, 
iqtisodiyotning siklli rivojlanishi sabablarini izohlashda bir qator 
quyidagi nazariyalar ham ilgari suriladi: 

Download 312.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling