Referat topshirdi: G’afforov muhammadamin tekshirdi: abdualimov a. Mavzu: iqtisodiyotni siklliligi o’quv yili: 2022-2023


Iqtisodiy sikl deganda, odatda, iqtisodiyot rivojlanishining bir


Download 312.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana14.12.2022
Hajmi312.72 Kb.
#1003760
TuriReferat
1   2   3   4
Iqtisodiy sikl deganda, odatda, iqtisodiyot rivojlanishining bir 
holatidan boshlanib, birin ketin bir necha fazalarni bosib o‘tib, 
o'zining dastlabki holatiga qaytib kelgunga qadar o'tgan davr 
tushuniladi. 
Iqtisodiyotning rivojlanishidagi harakati bir sikl bilan to‘xtab 
qolmaydi. balki u to'xtovsiz to'lqinsimon harakat sifatida davom 
etadi. Siklli harakat iqtisodiy o'zgarishning muhim omili, 
makroiqtisodiy muvozanat unsurlaridan biri bo'lib, milliy xo'jalik turli 
tarkibiy qismlarining amal qilishidagi notekislikni, uning 
rivojlanishidagi inqilobiy va tadrijiy bosqichlarning, iqtisodiy 
taraqqiyotning almashuvini aks ettiradi. Iqtisodiy sikl maxsus fazalar 
orqali amalga oshadi. Har bir faza iqtisodiy rivojlanishdagi muayyan 


pallani ifodalab, o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'ladi. Odatda, 
iqtisodiy siklning inqiroz, turg'unlik, jonlanish, yuksalish fazalari 
ajratib ko'rsatiladi. Ana shu fazalarning har biri rivojlanishi jaryonida, 
navbatdagi fazaga o'tish uchun sharoit yuzaga keladi. Iqtisodiy 
siklning dastlabki fazasi inqirozdan boshlanib, u ishlab chiqarishning 
pasayishida ifodalanadi. 
Inqirozdan keyin turg‘unlik fazasi boshlanib, u nisbatan uzoqroq 
davom etadi. Bu fazada ishlab chiqarish darajasining barqarorligi 
ta’minlansa-da, u inqiroz boshlanishidan oldingi darajaga nisbatan 
ancha past bo'ladi. Narxlarning pasayishi to'xtab, ssuda foizlari 
pasayadi, tovar zaxiralari barqarorlashadi. Biroq ishsizlikning yuqori 
darajasi saqlanib qoladi. Turg'unlik fazasi davomida iqtisodiy faollik 
jonlanishi uchun sharoitlar vujudga kelishi nihoyasiga yetadi. 
 Jonlanish fazasida ishsizlik darajasi bir oz qisqarib, ishlab chiqarish 
darajasi sekin-asta o'sib boradi. Narxlar ham asta ko'tarilib, ssuda 
foizi o'sa boshlaydi. Iqtisodiyotning bandlik darajasining ortishi va 
foyda hajmining tezlik bilan o'sishi jonlanish fazasining yuksalish 
bosqichiga o'sib o'tishiga imkoniyat yaratadi. Yangi sikl yuksalishning 
boshlang'ich nuqtasi hisoblanadi.

Download 312.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling