Referat toshkent 2023 mavzu: "uyg‘onish davrida ilm-fan va ma’daniyaT"
Abu Rayxon Beruniy va Abu Ali ivn Sinoning pedagogik qarashlari
Download 55.98 Kb.
|
БОЛАЛАР педагаогикаси
- Bu sahifa navigatsiya:
- “shug‘ullangan sohasini sanashdan ko‘ra shug‘ullanmagan sohasini sanash osonroqdir-, deb ta’rif berishgan.
- “Zargarlik ilmi uchun ma’lumotlar to‘plami”
- “Ko‘rinadigan narsani tasavvur qilishga odatlanganingda, asta sekin tasavvur qilinadigan narsaga o‘tish oson bo‘ladi”.
- “Xronologiya”
- “Mineralogiya”
- Axloqiy xulq-atvorning zaruriy sharti axloqiy xulqatvorning tegishli darajasini ta’minlamaydigan bilimdir”
1. Abu Rayxon Beruniy va Abu Ali ivn Sinoning pedagogik qarashlari.
O‘rta Osiyodagi IX – XII asr “Sharq renessansi” haqida so‘z yuritilganda ko‘z oldimizda dastavval, Abu Rayhon Beruniy namoyon bo‘lishi shubhasiz. Ushbu alloma haqida to‘xtalishdan oldin shuni aytish muhimki, u Sharqdagi ilm-fan va ma’rifatning so‘nmas, charog‘on yulduziga aylangan allomadir. Movarounnahrda ming yillar oldin yashab o‘tgan allomalar, faylasuflar va fiqhshunosu muhaddis olimlarning ilm sohasida erishgan yutuqlari bugungi kunda ham jahon hamjamiyatini hayratga solib, keng miqyosda e’tirof etib kelinmoqda. Beruniyning ilm dengizi naqadar keng ekanligini uning qomusiy olim sifatida yaratgan asarlari orqali ham bilib olish mumkin. U bir vaqtning o‘zida astronom, astrolog, matematik, geolog, geograf, biolog, o‘lkashunos, o‘simlikshunos, ma’danshunos, tarixchi, manbashunos, dinshunos, adabiyotshunos, faylasuf, sotsiolog, mantiqshunos, ilohiyotchi va shoir bo‘lgan. Shunga asoslanib Beruniyga nisbatan uning “shug‘ullangan sohasini sanashdan ko‘ra, shug‘ullanmagan sohasini sanash osonroqdir”, – deb ta’rif berishgan. Abu Rayhon Beruniy shubhasiz dunyo fani tarixida yorqin iz qoldirgan ulug‘ mutafakkir va qomusiy olimdir. Manbalarda ta’kidlanishicha, Beruniy o‘zidan 150 dan ortiq asarlarida jamlangan fan sohasidagi izlanishlaridan iborat ilmiy merosini yaratib, qoldirgan. Biroq, bizga qadar uning 40 ga yaqin qo‘lyozma ko‘rinishidagi kitoblari yetib kelgan. Mavjud asarlarining ko‘pchiligi o‘zbek, rus, fors, nemis, ingliz va qator boshqa tillarga tarjima qilingan. Beruniyning 1000 yillik yubileyi arafasida uning asarlari o‘zbek tilida bir necha jildli ko‘rinishda nashr etilgan va bugungi kunda ham chop etib kelinmoqda. Sharqshunoslarning eng so‘ngi hisobiga ko‘ra, Beruniy asarlari quyidagicha taqsimlanadi: astronomiyaga oid – 70 ta; matematikaga oid – 20 ta; geografiyageodeziyaga oid – 12 ta; kartografiyaga oid – 4 ta; iqlim va ob-havoga oid – 3 ta; mineralogiyaga oid – 3 ta; falsafaga oid – 4 ta; fizikaga oid – 1 ta; dorishunoslikka oid – 2 ta; tarix va etnografiyaga oid – 15 ta; adabiyotga oid asrlari esa 28 tadir. Sobiq SSSR davrida, 1948-yilda Abu Rayhon Beruniy vafotining 900 yilligi munosabati bilan dunyoning ko‘plab davlatlarida anjumanlar, uchrashuvlar o‘tkazildi. 1972-yilda Toshkent shahrida Beruniy tavalludining 998 yilligi munosabati bilan ilmiy seminar tashkil qilinib bunda Beruniyning pedagogik g‘oyalarini aniqlash va tizimlashtirish, ilmiyma’rifiy faoliyatini yoritib berish yetakchi masala sifatida qaraldi. U bir vaqtning o‘zida astranom, astrolog, matematik, biolog, geograf, o‘lkashunos, o‘simlikshunos, ma’danshnunos, tarixchi, manbashunos, dinshunos, adabiyotshunos, faylasuf, sotsiolog, mantiqshunos, ilohiyotchi va shoir bo‘lgan. Shunga asoslanib Beruniyga nisbatan uning “shug‘ullangan sohasini sanashdan ko‘ra shug‘ullanmagan sohasini sanash osonroqdir-, deb ta’rif berishgan. Beruniyning asosiy faoliyat sohasi astronomiya va unga aloqador geometriya va trigonometriya edi. Abu Rayxon o‘z davrining reaksion ruhoniylar qarshiligiga qaramasdan samarali ijod qilgan. Beruniy erishgan ajoyib natijalar, u yashagan davrdagi ta’lim ko‘rinishi va shakllariga bevosita qiziqish uyg‘otishi tabiiy. Beruniy davri tahlikali, keskin ijtimoiy to‘qnashuvlar, o‘zaro urushlar davri bo‘lgan. U yashagan X-XI asrlardagi ta’lim tizimini tahlil qiladigan bo‘lsak, musulmon ruhoniylari boshchiligidagi maktablar ikki turga bo‘lingan: - boshlang‘ich maktab; - oliy maktab - madrasa. Odatda maktablar masjid hududida faolit ko‘rsatgan. Hozirgi davr pedagoglari uyg‘onish davri mutafakkirlari yashagan davrdagi sharoit bilan hozirgi davrni taqqoslaganda., ular yashagan davr va bosib o‘tgan yo‘lning nihoyatda mashaqqatli bo‘lganligini yoshlarga o‘rnak sifatida ko‘rsatadilar. Haqiqatdan ham hozirgi texnogen sivilizatsiya va globallashuv bir tomondan, inson hayotini yengillashtirmoqda. Ikkinchi tomondan esa, qiyinchilik ko‘rmagan, bezahmat hayot bilan ta’minlamoqda. Vaholanki, inson hayotidagi zahmatli yo‘l uning chiniqishiga va yanada sabrli bo‘lishiga zamin bo‘ladi. Beruniy hayotining dastlabki yillari haqida ma’lumotlar juda kam. Bu haqda uning o‘z hayoti haqida yozilgan quyidagi misralarida otasini bilmasligini, otasini bilmaganligi sababli tabiiyki bobosini bilmasligini aytadi. Beruniy yoshligidanoq bilimga ishtiyoqni namoyon etgan. X asr oxirida taniqli matematik va astronom Abu Nasr Mansur Ibn Iroq 10-asr oxirida Katda faoliyat ko‘rsatgan vaqtida yosh Beruniyning qobiliyatlari Ibn Iroqning e’tiborini tortadi va u uni qo‘llab-quvvatlab, unga har tomonlama ta’lim berishni boshlaydi. Abu Nasrning asarlari uning birinchi navbatda sferik astronomiya va sfera geometriyasiga qiziqqanidan dalolat beradi. U o‘z shogirdi Abu Rayxon Beruniyni ana shu qiziqishlar ruhida tarbiyalagan. Uning uchun matematika va astronomiyaning bu sohalari azaldan eng yaqin bo‘lgan, uning qalbida doimo o‘z ustoziga mehr-muhabbat, minnatdorlik xotirasi va chuqur hurmat-ehtirom bilan yashagan. Beruniy bolaligidanoq qiziquvchanligi bilan ajralib turardi. Beruniy ilmni birinchi navbatda o‘zi izlagan, buning uchun na vaqtini, na kuchini ayamagan. U butun umrini o‘qidi va Abu Nasr rahnamoligida astronomiya, matematikani bo‘yicha bilimlarni mukammal egallaydi. Mustaqil ravishda falsafani va ko‘plab tillarni o‘rganadi. Beruniy fors va arab tillaridan tashqari yunon va suriy tillarini ham bilgan. Beruniy hayotining so‘nggi yillarida ikkita yirik asar – “Zargarlik ilmi uchun ma’lumotlar to‘plami” ustida ishladi, “Farmakognoziya” qismini tugatishga ulgurmaydi. Xorazmshoh Ma’mun II Xorazmda ilmiy akademiyaga asos solgan va bu akademiya shu sababdan ham uning nomi bilan “Xorazm Ma’mun akademiyasi” sifatida tarixdan joy olgan. Ushbu akademiyada Beruniy Abu Sahl al-Masihiy, Abu Nasr Ibn Iroq, tabib Abul Hasan Hammor, mashhur tarixchi Ibn Miskavayh, Ibn Sino bilan birgalikda ilmiy faoliyat olib bordi va juda ko‘plab yangiliklarni yaratishga, bir qator yunon, fors, hind tilidagi asarlarni arab tiliga tarjima qilishga muvaffaq bo‘ldilar. E’tirof etish o‘rinliki, Beruniy ushbu akademiyaning rahbari edi va tom ma’noda, u tufayli shu akademiya a’zolari to‘plangandi. Ma’mun akademiyasining akademiya darajasiga erishishida ham Beruniyning ilmiy salohiyati katta o‘rin tutganligi shubhasizdir. Bunda Beruniy ilm ahlini qadrlovchi Ma’mun yordamida Xorazm olimlarini birlashtirib, akademiyaning bugun biz biladigan darajaga olib chiqishga erishadi. Xorazmdagi ilmiy faoliyati natijasida Beruniy qimmatbaho toshlar, kamyob metallar ustida kuzatishlar olib borib, “Kitob al-jamohir fi ma’rifat al-javohir” (“Qimmatbaho toshlarni bilib olish bo‘yicha ma’lumotlar to‘plami”) nomli mineralogiya sohasiga oid mashhur asarini yozadi. Shu bilan birga alloma, bir qator astronomik asboblardan ham foydalanganligini va ularning o‘sha davrga mos ko‘rinishlarini yaratganligi ham ma’lum. Beruniy “Geodeziya” asarida yozishicha, Ma’mun akademiyasida ilmiy faoliyat olib borgan vaqtida ixtiyorida turli asboblar, jumladan, diametri 3 metr keladigan va oraliq minutlarga bo‘lingan kvadrant bo‘lgan ekan. Ammo o‘sha davrdagi siyosiy vaziyat sabab Beruniy ushbu akademiyada uzoq faoliyat yuritolmagan hamda akademiyaning buyumlari va astronomik asboblari haqida ham keyinchalik deyarli hech qanday ma’lumot uchramaydi. Ba’zi tadqiqotchilar esa, Beruniy Xorazmdan G‘aznaga olib ketilgan paytida o‘zi bilan ko‘p yillik kuzatishlari natijalari, qo‘lyozmalarini, astronomik asboblarini ham olib ketgan, deyishadi. Beruniyning Xorazmda ishlatgan kvadranti ham G‘aznaga olib ketilganmi yoki yo‘q qilinganmi, bu xususida aniq bir fikr yo‘q. Beruniy 1017 yildan boshlab umrining yakuniga qadar (1048 yilda vafot etgan) G‘azna shahrida yashab, ijod etgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, alloma 1031 yilda vatani Xorazmga ma’lum muddat safar uyushtirgan. Beruniy G‘aznada sharqning bir qator atoqli olimlari bilan faoliyat olib borgan. Ular orasida Kavkazdan kelgan ustoz Abu Saxl Abdulmunis ibn Ali ibn Nux Tiflisiy, asir olingan hind olimlari, fors olimlari va Xorazm Ma’mun akademiyasidan keltirilgan bir qator olimlar ham bo‘lgan. Shunisi ahamiyatliki, Beruniy G‘aznada rasadxona barpo etib, unda diametri 4,5 metr keladigan kvadrant o‘rnatgan (bu kvadrantning Xorazmdagi kvadrant bilan bog‘liqligi haqida aniq ma’lumot yo‘q. Ammo Beruniy o‘z ilmiy salohiyatidan kelib chiqib Xorazmdagi kvadrant tajribasidan G‘aznada uning takomillashganini yaratishda foydalangan bo‘lish ehtimoli yuqori). Beruniy G‘aznada shogirdlar tayyorlab, ularga dars berish va ijod qilish barobarida davlat ishlarida ham faol qatnashib turgan (Allomaning Xorazmda Ma’munning eng yaqin maslahatchisi sifatida faoliyat olib borganligi ham uning Mahmud G‘aznaviy saroyida katta obro‘ e’tiborga erishishida yordam bergan). Abu Rayxon Beruniy 1048 yil 11 dekabrda Xurosonning G‘azna shahrida vafot etadi. Uning ilmiy merosi va pedagogik qarashlari nafaqat o‘z davri (ilk o‘rta asrlar) balki, hozirgi davr uchun ham ahamiyatlidir. Beruniyning ilm olish va uning yo‘llari va ma’nosi haqidagi fikrlari ko‘plab asarlarda uchraydi. U bilishda og‘zaki va yozma yodgorliklarni o‘rganish, olingan ma’lumotlarga tanqidiy yondashish, haqiqatni aniqlash uchun ularni taqqoslash, dalillarni mantiqiy umumlashtirish, xulosalarni nazariyaga aylantirish borasida fikr yuritadi Beruniy ilmiy uslubiga xos xususiyatlar va asoslar shulardir. Ilmiy bilishda bu usullar qo‘l kelishini aytadi. O‘rta asrda bunday mushohada qilish albatta, juda katta natijadir. Beruniy o‘qitishda vizualizatsiyaning ahamiyatini ta’kidlagan. Uning fikricha, vizualizatsiya o‘rganishni yanada qulay, aniq va qiziqarli qiladi. Kuzatish esa tafakkurni rivojlantiradi. Beruniy o‘quv jarayonida vizualizatsiya zaruriyati haqida gapirib, shunday deb yozgan edi: “Ko‘rinadigan narsani tasavvur qilishga odatlanganingda, asta sekin tasavvur qilinadigan narsaga o‘tish oson bo‘ladi”. Olim ravshanlikdan tashqari materialning izchilligi va tizimli taqdim etilishiga, uning uzatilishiga katta ahamiyat beradi. U fanlarning fundamental tamoyillarini bilmasdan turib, insonning ilmiy faoliyati ma’nosiz, deb hisoblagan. Buyuk olim ta’lim-tarbiyani doimo qat’iy ilmiy asosda bo‘lishi kerakligini aytadi. “Xronologiya” asarida ma’lumotlarning ilmiy jihatdan qat’iyligi va to‘g‘riligini, ularning hammasini aniqlab olguncha, noaniq ma’lumotlarni yetkazishdan o‘zini tutish kerakligini ta’kidlaydi. Ya’ni har qanday mulohaza yetarli asosga ega bo‘lishi lozimligini ta’kidlab, shubhali va noma’lum ma’lumotlarni qo‘shmaslikga chaqiradi. Biz Beruniyni asosli ravishda yetuk tanqidchi va tahlilchi olim sifatida ham bilamiz. Sababi u o‘z davridagi ko‘plab, tarixiy va astronomik chalkashliklarning to‘g‘ri yechimini berishga harakat qiladi. Beruniy “Mineralogiya” nomli boshqa asarida ilm zavqi haqida shunday deydi: “Haqiqiy zavq, inson unga intilsa kuchayadi, odam unga shunchalik ega bo‘ladi. Oldin bilmagan narsalarini o‘rgansa, inson qalbining holati shunday bo‘ladi” motivlari, ko‘rgazmali va amaliy metodlar, bajarilgan ish va olingan bilimlarni tekshirish va baholashning o‘rni haqida asarlaida ko‘plab misollar keltiradi. Uning fikricha o‘quv jarayoni izchillik tamoyilari asosida qurilishi lozim. Mutafakkir o‘quv jarayonida maqsadlilikka alohida ahamiyat qaratadi. Beruniyning darslik va o‘quv qo‘llanmalariga qo‘yiladigan talablar haqidagi fikrlari ham qimmatli bo‘lib qo‘llanma ilmiy xarakterga ega bo‘lishi, ravshanlik, qulaylikga ega bo‘lishi. Beruniyning ta’lim mazmuni haqidagi g‘oyalari u yashagan davrda, shubhasiz, katta progressiv ahamiyatga ega bo‘lgan. Ularning ko‘pchiligi hozirgi zamonaviy didaktikaning negizida ham mavjudligi diqqatga sazovordir. Abu Rayhon Beruniy ilmfan, bilimlarni jamiyatga yoyish, mehnatsevarlik bilan xalqni jaholatdan, qashshoqlikdan xalos qilish mumkin, deb hisoblablagan. Odamlarni o‘zida yuksak axloqiy fazilatlarni tarbiyalashga chaqirib, bilim olish katta va mashaqqatli mehnat, kuch, vaqt va sabr-toqat talab qilishini ta’kidlaydi. Bizga ma’lumki, insondagi qobiliyatlar, bilish imkoniyatlari turlicha va o‘ziga xosdir. Beruniy bu borada odamlardagi xotira va eslash qobiliyatining turlicha ekanligi haqida to‘xtalib, ba’zilar bunday qobiliyatga ega, ba’zilar esa mehnat va mehnat bilan erishishini aytadi. Bilim, Beruniy fikricha, insonni oliyjanob qiladi, uni mehribon va aqlli qiladi. U «bilimning sofligidan boshqa» hech narsa yo‘qligini ta’kidlaydi. Buyuk mutafakkir ilm-fan yordamida tarbiyalangan yuksak intellektual va axloqiy mezonlarni keng joriy etish jarayonida komillikka erishish mumkin, deya ta’lim beradi. Beruniy bilim insonni to‘g‘ri yo‘lga boshlab borishiga chuqur ishonch hosil qilgan. U faqat bilimli inson bo‘lish, “olijanob” xulq-atvor qoidalarini bilishning o‘zi kifoya emas, asosiysi bu bilimlarni amalda qo‘llay bilish, degan g‘oyasi har bir davr uchun juda ahamiyatlidir. Olimning bu fikri psixolog M.G.Davletshin ilmiy yondashuvlarida ham aks etadi. M.G.Davletshin “Axloqiy xulq-atvorning zaruriy sharti axloqiy xulqatvorning tegishli darajasini ta’minlamaydigan bilimdir”-deydi. Bundan tashqari, bilimlarni o‘z-o‘zidan mos keladigan axloqiy xattiharakatlar amaliyotisiz o‘zlashtirish, axloqiy bilim va insonning axloqiy xatti-harakati o‘rtasidagi tafovutda ifodalangan "axloqiy rasmiyatchilik" deb ataladigan narsaning paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkunligini e’tirof qiladi. Beruniy mehnat tarbiyasiga katta ahamiyat bergan. Olimning fikricha, bolaning to‘g‘ri rivojlanishining zaruriy sharti mehnatdir. Moddiy qadriyatlarni yaratishda aynan mehnat asosiy omil hisoblanadi. Beruniy hayotni, baxtni mehnatsiz tasavvur etmagan, mehnat orqali tarbiyani inson hayotining asosi deb hisoblagan. Beruniy mehnat bilan tarbiyalash haqida gapirar ekan, irodaning katta ahamiyatini qayd etadi. Haqiqatdan ham pedagogikaning ta’lim va tarbiya deb ataluvchi ikkita bo‘limi bir-biriga ta’sir ko‘rsatadi. Ta’lim orqali tarbiyalash, tarbiya orqali esa ta’limga rag‘batini oshirish mumkun bo‘ladi. Yuqoridagi fikrlari orqali buyuk mutafakkir ilm olish inson sabr-toqati va irodasini mustahkamlaydigan bo‘lsa, buning ham juda katta ahamiyatga ega ekanligiga shama qiladi. Uning asarlarida or-nomus, qadr-qimmat, do‘stlik, ezgulik, adolat va vijdon kabi axloq kategoriyalariga katta ahamiyat beriladi. So‘nngi ma’lumotlarga ko‘ra Beruniy ilmiy bilishning yangi metodlarini ishlab chiqqan va rivojlantirgan. Har qanday bilimning tajriba bilan boyitilishi va amaliyot natijasida rivojlantirilishi foydadan holi bo‘lmasligini aytadi. Ilm izlayotgan inson amaliyotga asoslanishi, to‘xtovsiz mehnat qilishi, xatolarini qidirib tuzatishi, ilmda haqiqat uchun har qanday uydirma va yuzakichilikga qarshi kurashishi lozimligi haqidagi fikrlari ilm yo‘lidagi har bir tadqiqotchi uchun dasturamal bo‘la oladi. U inson kamolotida quyidagi 3 ta narsaning muhumligini ta’kidlaydi: Download 55.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling