Referat toshkent 2023 mavzu: "uyg‘onish davrida ilm-fan va ma’daniyaT"


Download 55.98 Kb.
bet1/4
Sana01.05.2023
Hajmi55.98 Kb.
#1418843
TuriReferat
  1   2   3   4
Bog'liq
БОЛАЛАР педагаогикаси




KOKAND UNIVERSITY

UMUMIY PEDAGOGIKA” fanidan




REFERAT

TOSHKENT - 2023

MAVZU: “UYG‘ONISh DAVRIDA ILM-FAN VA MA’DANIYaT”
REJA
1. Abu Rayxon Beruniy va Abu Ali ivn Sinoning pedagogik qarashlari.
2. Amir Temur va Mirzo Ulug‘bekning pedagogik g‘oyalari va ma’rifatparvarlik xizmatlari.


KIRISH


Ijtimoiy taraqqiyotning turli bosqichlarida barkamol avlodni tarbiyalash masalasi yetakchi masala bo‘lib, har bir davrda o‘ziga xos yondashuvlar va tendensiyalar hukmron bo‘lgan. Ammo ming yillar o‘tgan bo‘lsada, ajdodlarimiz tomonidan ilgari surilgan pedagogik qarashlar shu darajada qimmatliki, ular hozirgi shiddatkor, XXI asr uchun ham ahamiyatlidir. Ushbu ilmiy meros namunalarini o‘rganish, ajdodlarimizning samarali va ilg‘or g‘oyalarini pedagogika sohasidagi ahamiyatini tahlil qilish har bir millat farzandining burchi hisoblanadi.
Markaziy Osiyo tuprog‘ida dunyo tamadduniga ulkan hissa qo‘shgan olimu mutafakkirlar, buyok sarkardalar, islom bilimdonlari dunyoga kelgan. Sharq rennesansi davriga sababchi bo‘lgan, dunyo tan olgan qomusiy olimlarimizdan Al-Farg‘oniy, al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Farobiy, Ibn Sino, Mahmud Zamaxshariy, Umar Xayyom, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy kabi bobokalonlarimiz ilmu fanning turli sohalarida samarali mehnat qilib bizgacha ulkan ilmiy merosni qoldirganlar. Mamlakatimizda ajdodlarimiz xotirasini qayta tiklash va abadiylashtirish, ularning boy merosini chuqur o‘rganish va o‘sib kelayotgan yosh avlodni munosib voris sifatida tarbiyalash masalasiga davlat siyosati darajasida qaralmoqda. Shu jumladan, prezidentimiz Sh.Mirziyoev 3- rennesans davriga mos avlod tarbiyasi masalasini yetakchi masala sifatida ko‘tarib chiqdilar va shu maqsaddan kelib chiqib, mamlakatimizda ta’lim-tarbiya masalasida shiddatli va samarali islohatlar amalga oshirilmoqda. Uchinchi renessans - mamlakatimizda ilm-fan taraqqiyotining, iqtisodiyot va jamiyatning, xalqqa xizmat qilish va kishilarni rozi qilishday ezgu niyat bilan amalga oshirilayotgan barcha yutuqlar – kishilariimz va yoshlarimiz aqlu zakovatining, iqtidor va iste’dod quvvatining yorqin tantanasi bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda. Biz haqli ravishda faxr va g‘urur bilan tilga oladigan bobokalonimiz orasida Abu Rayhon Beruniy qoldirgan ilmiy meros bilan qancha g‘ururlansak arziydi. U birinchi sharqshunos olim sifatida jahon ilm-fan vakillari tomonidan o‘z davrining eng buyuk aql-zakovati sifatida e’tirof etilgan. Beruniyning ilm dengizi naqadar keng ekanligini uning qomusiy olim sifatida yaratgan asarlari orqali ham bilib olish mumkun.

Download 55.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling