Referat toshkent 2023 mavzu: "uyg‘onish davrida ilm-fan va ma’daniyaT"


Download 55.98 Kb.
bet4/4
Sana01.05.2023
Hajmi55.98 Kb.
#1418843
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
БОЛАЛАР педагаогикаси

«Salomon va Ibsol» qissasi. Abu Ali ibn Sinoning tibbiyot ilmiga oid asarlari Sharq va G‘arb olimlariga ma’lum bo‘lsa ham, lekin «Salomon va Ibsol» bilan «Yusuf» qissasi keyingi vaqtlargacha ko‘pchilik olimlarga deyarli ma’lum bo‘lmay keldi. «Yusuf» qissasi bilan «Salomon va Ibsol» qissalarining bir-birlariga mazmunan bog‘liqligi Ibn Sinoning «Hutbayi tasliya» sini tashkil qilishga olib kelgan edi va natijada ikkalasi bir asar sifatida bir xil sarguzashtga duchor bo‘lgan edi.
«Salomon va Ibsol» qissasida keltirilgan obrazlar, masalan, Salomon bir inson bo‘lsa, Ibsol shu insonning ma’rifiy, ruhiy darajasi. Ibn Sino Ibsol obrazida berilgan xislatlarni insonlarda ko‘rmoqchi bo‘ladi, shunga odamlarni da’vat qilib, uni ulug‘laydi. Insonning tabiatida bo‘ladigan shahvoniy hislari Salomonning xotini obrazi orqali beriladi. Bunda guyo istak, ya’ni xotin aqlini (ya’ni Ibsolni) egallamoqchi bo‘ladi. Lekin aql unga bo‘ysunmaydi. Shu jihatdan ham alloma Nasiruddin Tusiy Ibsolning xotindan o‘zini olib qochishi, aqlning o‘z olamiga tortishidir, deydi. «Salomonning xotini, - deydi Tusiy yana, - nafs bilan birlashib ketib, bir shaxsga aylangan, istak va g‘azabga tortadigan badan quvvatlariga o‘xshatmadir. Xotinning Ibsolga bo‘lgan ishni esa uning boshqa quvvatlarini egallagandek, aqlini ham egallashga bo‘lgan intilishiga o‘xshatmadir». Xullas, Ibn Sinoning bu asari o‘rta asrdan qolgan adabiy yodgorliklarning bir namunasidir.
«Yusuf» qissasi. Abu Ali ibn Sinoning bu asari hajm jihatidan kichik bo‘lishiga qaramay, bu to‘g‘rida dastlab asar yozganligi bilan diqqatga sazovordir. To‘g‘ri, bu qissaning asl syujeti Qur’ondan olinganligiga hech shak-shubha yo‘q. Lekin Ibn Sino bu qissani yozishida Qur’onda keltirilgan naql bilan kanoat hosil qilmagan ko‘rinadi. Chunki asarning uslubi, iboralarning og‘ir-yengilligiga qaraganda, u ham qur’onnamo jumlalar tuzishga urinib, unga taqlid qilganligi sezilib turadi. Ma’lumki, arab adabiyotida Qur’on eng fasohatli, eng go‘zal uslubda yozilgan asar deb bilinadi. Tilining obrazliligi jihatidan bu tilda yozilgan hech qaysi asar unga teng kelolmaydi, degan naql musulmon olamida mashhur. Shunga qaramay, Ibn Sino bu to‘g‘rida ikkilanmasdan dadillik qiladi. To‘g‘ri, bu qissa va risolalar falsafiy yo‘sinda, o‘z davri - o‘rta asrga xos uslub bilan yozilgan. Bularni tushunish har kimga darrovgina muyassar bo‘lavermaydi. Bulardan ba’zisi diniy shaklda (masalan, «Risolat al-qadr») yoki Qur’onda bor mavzu asosida yozilgan (bunga «Yusuf» qissasini misol keltirish mumkin). Ammo bu asarlar qaysi shakl, qobiqda yozilishidan qat’iy nazar, adibning asl maqsadi, uning g‘oyaviy nuqtai nazaridan olib qaralsa, o‘z davrida uning adabiy yo‘sinda ish yuritganini ko‘ramiz, bu esa muallifning oldinga qarab tashlagan yana bir ulkan bir qadami edi.
Professor-o‘qituvchilarning eng muhim vazifasi - yosh avlodga puxta ta’lim berish, ularni jismoniy va ma’naviy yetuk insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqida ta’kidlaganidek, «Farzandlarimiz uchun zamonaviy ish joylari yaratish, ularning hayotda munosib o‘rin egallashini ta’minlashga qaratilgan ishlarimizni yangi bosqichga ko‘tarishni davrning o‘zi taqozo etmoqda».
Pedagogika fanidan ma’lumki, bilimlar sohasi va ijtimoiy amaliyot sohasi kabi jahon rivojlanishining umumiy jarayonlari va qonuniyatlariga binoan rivojlanadi. Shuning uchun kasbiy-pedagogik ta’lim chet el tajribalarini o‘rganish, uni ilmiy tushunish, ilg‘or g‘oyalardan milliy ta’lim amaliyotida foydalanish ayniqsa dolzarb hisoblanib, ajdodlarimizning boy merosini yanada chuqurroq o‘rganish, tahlil qilish, kerakli xulosalar chiqarish, bugungi kun talablariga muvofiqlashtirish hamda mazkur bilimlarni amaliyotda keng qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
Bugun yoshlarimizga fan-texnika yutuqlaridan, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish va chet tillarini o‘rganish uchun keng imkoniyatlar yaratib berildi. Fantexnika taraqqiyoti, uning imkoniyatlaridan foydalangan yaxshi, albatta, lekin shuni ham alohida aytib o‘tish joizki, biz telekommunikatsiya, internet tarmoqlari orqali yosh avlodning ta’lim-tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan axborotlar, har xil lavhalar, kuy-qo‘shiqlar, videotasvirlar ayrim yoshlarimizning ma’naviy-axloqiy dunyosiga zarar yetkazayotganining guvohi bo‘lmoqdamiz. Bu bizdan yoshlarimizga bunday shart-sharoitlardan oqilona foydalanish, insoniy fazilatlar egasi bo‘lish, shaxs sifatida ijtimoiy hayotning munosib vakili bo‘lishdek sharafli vazifani ado etish mas’uliyatini, vatanparvarlik, halollik, axloqan yetuklik hissini singdirish sohasidagi ishlarimizni yanada kuchaytirishimizni talab qiladi. Bu borada yuqorida keltirilgan ma’lumot va manbalarda o‘z ifodasini topgan deb hisoblash mumkin.
2. Amir Temur va Mirzo Ulug‘bekning pedagogik g‘oyalari va ma’rifatparvarlik xizmatlari.
Sohibqiron Amir Temur dastlabki siyosiy faoliyatidan to vafotiga qadar o‘z qudratining o‘ndan to‘qqiz qismiga diplomatik salohiyati orqali erishgan. Amir Temurning vorislari bo‘lmish Mironshoh Mirzo, Ulug‘bek Mirzo, Shohruh Mirzo, Xusayn Boyqaro kabi yirik davlat arboblari ham ichki va tashqi aloqalarda Sohibqiron Amir Temurning diplomatik merosiga amal qildilar va uning yo‘lidan bordilar. Amir Temur adolatli tashqi siyosat olib borgan:
➢ birinchidan, Amir Temur tinch aholi ustiga sababsiz bostirib kirmagan va u iloji boricha masalani tinchlik yo‘li bilan hal qilishga intilgan;
➢ ikkinchidan, u tinchlik talab davlatlarning osuda yashashini inson manfaati, huquqlarini kafolatlagan, uning diplomatiya g‘oyasi zaminida tinchlik, hamkorlik o‘rnatish maqsadlari yotadi;
uchinchidan qoni, irqi, dini, mafkurasi Sharq uchun ziddiyatli g‘arb davlatlari bilan ham tinchlik va hamkorlik aloqalarini o‘rnatib, Yevroosiyo va integratsiya g‘oyasi tamal toshini qo‘ydi.
➢ to‘rtinchidan, agar jaloyirlar, qoraquyunlilar, Boyazid va boshqalar u bilan munosabatlarni buzmaganda, u bunchalik keng darajada g‘orat qilmas edi;
➢ beshinchidan, u g‘animlarining obdon mulohaza yuritishi uchun imkon berdi va uning dushmanlari bu imkoniyatni suiste’mol qildi;
➢ oltinchidan, u diplomatiya ilmining nazariy asoslarini kuchaytirdi, uni yangi strategik taktika va amaliyot bilan chambarchas bog‘ladi;
yettinchidan, u doimo xalqaro tenglik qoidasini avvalgi o‘ringa qo‘ydi;
➢ sakkizinchidan o‘ziga qarshi tuzilgan yirik blokni diplomatik zehni ila bartaraf etdi;
➢ to‘qqizinchi, uning diplomatiyasida ezgu insoniy xislatlar mujassam;
➢ o‘ninchidan - uning diplomatiyasi adolatli va haqgo‘y diplomatiya edi;
➢ o‘n birinchidan - u raqibini ichdan qulatsa-da, butunlay yo‘q qilmadi. Chunki uning maqsadi raqibini yo‘q qilish emas, uni tartibga chaqirib qo‘yish edi;
➢ o‘n ikkinchidan, uning diplomatik tadbirlari Sohibqiron ma’naviy dunyosi, mislsiz zakosi, dahosini ko‘rsatadi.
Sho‘rolar davrida Amir Temur va Temuriylarning Yevropa davlatlari bilan olib borgan diplomatik yozishmalari I.I. Umnyakov tomonidan o‘rganilsa-da ammo bu diplomatik aloqalarda Sohibqironning beqiyos o‘rni ko‘rsatilmagan edi.
Yozishmalar Amir Temurning Turkiya, Misr, To‘xtamish kabi yirik davlatlarning o‘ziga qarshi qaratilgan kuchli harbiy “ittifoqi” ga qarshi strategik tadbirlar orqali jangsiz kurashganligini, o‘sha davrda xalqaro maydonda nozik siyosiy o‘yinlar ketganligini ko‘rsatadi. Yozishmalar shuni ko‘rsatadiki, uning qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan va jangaricha siyosat yuritgan dushmanlari bilan birdaniga emas, vaziyatga qarab yakkama-yakka olishishni afzal bilgan. Xatlar uning qo‘lga kiritgan zafarlarining o‘ndan to‘qqiz foiziga diplomatiya, bir qismiga esa qilich bilan erishganligiga shohidlik beradi. Misr sultonining Amir Temur elchilarini bir necha bor o‘ldirishiga qaramay, Sohibqiron Barquq va Farajga qayta-qayta diplomatiya yo‘li bilan murojaat etdi. Amir Temur sultonlarning o‘zaro munosabatlari xalq taqdirini hal qilishini yaxshi bilgan va shuning uchun ham sulton har qanday sharoitda ham kelishishga intilishi shart, deb tushungan. Bizningcha adolatga va qonunchilikka asoslangan ushbu tarixiy qadriyatlar nafaqat bizning davlat uchun, balki xalqaro munosabatlarni muvofiqlashtirishda muhim amaliy ahamiyat kasb etadi va uning bu merosini xalqaro miqyosda targ‘ib qilishi kerak. Yozishmalar shuni ko‘rsatadiki, Sohibqiron o‘z davridagi boshqa musulmon hukmdorlardan farqli o‘laroq g‘ayridin qirollarga nisbatan do‘stona munosabatda bo‘ldi va ularni istiqbolli hamkor sifatida qabul qildi. U Yevropa davlatlari bilan aloqalarda tez-tez elchilar almashinib turishi va ular orqali do‘stlikning mustahkamlanishi hamda har ikki mamlakat taraqqiyotiga katta xissa qo‘shuvchi savdogarlar, ya’ni tadbirkorlar toifasiga katta imkoniyatlar yaratishi va bu tadbirlar har ikki tomonining taraqqiyotiga sabab bo‘lishini yaxshi anglagan. Shu maqsadda musulmon Sharqidan g‘arbga do‘stona va hamkorlik yo‘lida qo‘l uzatgan va Mashriqu Mag‘rib o‘rtasidagi ko‘rinmas devorni olib tashlagan jahongir sifatida tarixga kirgan. Maktublar Sohibqironning savdogarlarning huquqlarini kuchaytirish va kafolatlashga intilgani va qirollarni bu savobli ishga undaganligini bildiradi. Yozishmalar ham uning xalqaro munosabatlarda sulh, tinchlik va hamkorlik tarafdori, shuningdek, o‘zi bu ulug‘ ishning tashabbuschisi bo‘lganini ko‘rsatadi. U bir necha bor Yevropa qirollari va sharq hukmdorlarini iqtisodiy hamkorlikka chaqirib, ushbu masalani oliy darajada hal etilishiga va bu munosabatlarni shartnomalar orqali rasmiylashtirishga intildi. SCIENCEPROBLEMS.UZ-Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb muammolari № 4 (3)-2023 yil 169 Xulosa Soxibqiron diplomatiya ilmini san’at darajasiga ko‘targan va bu albatta xalqaro munosabatlarda o‘zining ijobiy samarasini bergan. O‘sha davrda diplomatiyada eng maqbul yo‘llarning tanlanishi Temuriylar davlatchiligi san’at darajasiga ko‘tarilganligini ko‘rsatadi. Sohibqiron islom dini insonni jangaricha hatti harakatlarga emas, hamkorlik, tinchlik va taraqqiyotga undovchi sof g‘oya ekanligini yaxshi anglagan va xalqaro munosabatlarda islomiy sof g‘oyalardan foydalangan. Shuni takidlash joizki, Amir Temur davlat boshqaruvining siyosiy axloqiy jihatdan har bir sohasi puxta ishlab chiqilgan va u davlatchilik nazariyasini o‘zida mujassam etadi. Bunday siyosiy talimot bu davrdagi davlatchilik asoslarini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etgan. kechiruvchanli

XULOSA


Har bir avlod o‘z ajdodlariga munosib farzand bo‘lishga harakat qilishi lozim. Zero, biz ushbu muqaddas maskanda tug‘ilganimizga qanchalik shukrona keltirsak ham kam. Sababi dunyo tamadduniga bemisl hissa qo‘shgan olimu fozillarning ko‘pchiligi ushbu maskan farzandlaridir. Qaysiki mamlakatda kelajak avlod ta’lim-tarbiyaga yuksak e’tibor qaratilsa, o‘z natijasini berishi tabiiy. Hozirda mamlakatimizda ilmu fanga berilayotgan e’tibor va e’tirof shubhasiz, kelgusida
Beruniy, Farobiy, Navoiy kabi ilm egalarini tarbiyalashimizga imkon beradi.
Download 55.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling