Referat urganch 2023 " umumiy psixologiya fanining predmeti va tadqiqot metodlari" reja


Download 465.48 Kb.
bet10/12
Sana29.10.2023
Hajmi465.48 Kb.
#1733199
TuriReferat
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
“Bolalar psixologiyasi va psixodiognostikasi

Oz-ozini kuzatish metodi. XVIII-XIX asrlar empirik psixologiyasi tomonidan kamsitilgan bu metod so’nggi yillarda yana ma`lum ahamiyatga ega bo’lib bormoqda. Chunonchi, suxbat va so’roq-javob metodlarini o’z-o’zini kuzatish metodi orqali olingan ma`lumotlarsiz qo’llab bo’lmaydi. Buni suxbat va shaxsiy savol-javob o’tkazish uchun savollar tuzishda hisobga olish zarur. Lekin o’z-o’zini kuzatish garchi psixologik tadqiqotlarning asosiy metodi bo’lmasa-da, mustaqil ahamiyatga ega b o’lishi mumkin. Oz-ozini kuzatish metodi psixik holatlarni, ya`ni tetik kayfiyatni, achchiklanishni, ishchanlikni, kasb bilan bogliq bolgan sermahsul ishlarni o’rganishda ayniqsa foydali b’lishi mumkin.
Arxiv metodi. Amerika ilmiy adabiyotlarida «Arxiv metodi» degan atama qabul qilingan, bunday tadqiqotlarni o’tkazuvchi psixolog sinaluvchining xulqini kuzatmaydi va o’lchamaydi, balki, kundalik qaydnomalarni va yozuvlarni, arxiv materiallarini, mehnat, o’quv yoki ijodiy faoliyatini tahlil qiladi.
Sobiq sovet psixologlari bu metodni ifodalashda boshqa atamadan foydalanishdi. Ko’p hollarda u «faoliyat mahsullarini o’rganish» yoki «praksimetrik metod» deb ifodalanadi.
Eksperimentator tadqiqotlar matnini, faoliyatning, predmetli mahsulotini turli xil maqsadlarda o’tkazishi mumkin. Shaxs psixologiyasining keng yoyilishi ijodiy psixologiya va psixologiya tarixi, bir shaxsning yoki ko’p odamlar hayot yo’lining o’ziga xosligi – biografik metod nomini oldi.
«Arxiv metodi» xilma-xilligiga kontent-analiz texnikasi ham taalluqlidir. Kontent – analiz o’zidan yanada takomillashtirilgan hujjatlar analizining qat`iy metodlarini namoyon qiladi. Tadqiqotchi mazmun birligini ajratib, olingan ma`lumotlarni umumlashtiradi.
Bu metod nafaqat psixologiyada, balki boshqa ilmiy adabiyotlarda ham keng tarqalgandir. Bu metoddan ko’p hollarda, asosan, siyosiy psixologiya, reklama psixologiyasi, aloqalarda keng foydalaniladi. Kontent-analizni ishlab chiqish G. Lassuela, Ch. Osgud, B.Berelsonlar nomi bilan bog`liq bo’lib, ular «Kontent analiz, kommunikativ tadqiqotlar» fundamental monografiyaning mualliflaridir.
Kontent-analizdagi matn tahlilining standart birligi bo’lib: 1) so’zlar; 2) tugallangan fikr; 3) mavzu; 4) personaj; 5) muallif va 6) yaxlit holdagi yo’llanma hisoblanadi. Ular bir mazmunda yanada umumiy tuzilish sifatida ko’rib chiqiladi. Kontent-tahlil ma`lumotlarini qayta ishlashning bir qancha usullari mavjud.
Oddiy matndagi u yoki bu birliklarning ko’rinish darajalarini qayd etilishidir. Tadqiqotchi bu ko’rinishlar darajasini u yoki bu birliklarini turli matnlarda qo’llab, undagi o’zgarish boshidan, to yakunlanishga qadar aniqlaydi.
Analizning ikkinchi tipi – matndagi kontent - analiz birligini matritsa turidagi mujassam ko’rinishlari hisoblanadi. Bunda: Masalan: turli xil yo’llanmalarda erkinlik chastatosi A va V birlikda yoziladi.
Bir yo’llanmadagi ikki birlikning hamkorlikdagi ko’rinishlari belgilanadi.
To’qnashuvning empirik matritsasini turli birliklarini nazariy matritsa bilan taqqoslash mumkin. Bu muolaja Osgud tomonidan taklif etilgan va muloqot psixologiyasida keng tarqalgan.
Proektiv testlardagi natijalarni qo’llashda, suhbat materialida kontent – analizdan foydalaniladi.
Ko’p vaqtni olishiga qaramay, kontent – analiz ko’pgina Yutuqlarga ega; tadqiqotchining sinaluvchini xulqiga nisbatan ta`siri, ma`lumotlar ishonchliligi tekshiriladi. Bu metodni tarixiy hujjatlarning analizida tavsiya etish mumkin. Kontent – analiz oxirgi holda ko’p qirrali ma`lumotlar analizi, psixosemantika rivojlanishida bog`lanish, «ikkinchi nafas» nomini oldi.

Download 465.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling