Referat usmonov Ahroriddin
YENGIL ATLETIKADA JISMONIY SIFATLARNI RIVOJLANTIRISH AHAMIYATI
Download 88.67 Kb.
|
Yengil atletikada texnik-taktik tayyorgarlik
1. YENGIL ATLETIKADA JISMONIY SIFATLARNI RIVOJLANTIRISH AHAMIYATI.
Har tomonlama jismoniy rivojlanish, sog’likni mustahkamlash va sportda muvoffaqiyat qozonmoq uchun, jismoniy va ma`naviy-irodaviy fazilatlarini asosiylarini rivojlantirish va tarbiyalash zarur. Ana shu jismoniy va ma`naviy-irodaviy fazilatlarning asosiylarini rivojlantirish va tarbiyalash yengil atletikachilar tayyorgarligining muhim qismidir. Yengil atletikachilarning asosiy jismoniy sifatlarini rivojlantirish (jismoniy tayyorgarlik) eng avvalo sportchining har tomonlama va maxsus jismoniy rivojlanish protsessidir. SHunga binoan jismoniy tayyorgarlik umumiy jismoniy tayyorgarlikkka va maxsus jismoniy tayergarlikka bo’linadi. Umumiy jismoniy tayyorgarliqda yengil atletikachining garmonik rivojlanishi, ya`ni xarakat muskulaturasini rivojlantirish, organizm organlari va sistemalarini mustahkamlar, ularning funktsional imkoniyatlarini ortirish, chidamlilikni, chaqqonlikni, egiluvchanlikni oshirish, qomat va tana tuzilishdagi kamchiliklarni tuzatish nazarda tutiladi. Bunga erishish uchun turli xil xarakat faoliyatiga qatnashuvchi organizm organlari va sistemalari bilan hamma tana qismlariga jismoniy mashqlar yordamida muntazzam ta`sir etib turish zarur. Buning uchun esa yuqorida zikr etilgan uch gruppadagi mashqlardan, ayniqsa, umumiy rivojlanshga mo’ljallangan mashqlardan har xillarini ishlatish kerak. Maxsus jismoniy tayyorgarlik yengil atletikaning mazkur turini bajarish uchun nima talab etilishiga qarab, sportchi organizmining hamma funktsional imkoniyatlarini, hamma organlar va sistemalarni yuqori darajada rivojlantirishga karatilgan. Buning uchun tabiiyki, tanlab olingan yengil atletika turining mashqlari va maxsus mashqlardan foydalaniladi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik uchun ko’pincha umumiy ta`sir ko’rsatadigan mashqlardan, maxsus tayyorgarlik uchun esa, aniq maqsadga yo’naltirilgan mashqlardan foydalanadi. Lekin umumiy jismoniy tayyorgarlikda ham jismoniy rivojlanish, tana tizimini, qomat rasolik va shunga o’xshashlardan ayrim kamchiliklarni yo’qotish uchun, aniq yo’naltirilgan mashqlar qo’llanadi. Umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikda kuchni, tezkorlik, chidamlilikni, chaqqonlikni, egiluvchanlikni rivojlantiruvchi mashqlar asosiy rol’ o’ynaydi. Xuddi shu jismoniy fazilatlarda yengil atletikachining butun organizmidagi organlar va sistemalarni qobiliyatiga asoslanib, uning xarakat qilishi imkoniyati aks etadi. Download 88.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling