Referat usmonov Ahroriddin
YENGIL ATLETIKADA ASOSIY SIFATLARNI RIVOJLANTIRISH VA TARBIYALASH
Download 88.67 Kb.
|
Yengil atletikada texnik-taktik tayyorgarlik
YENGIL ATLETIKADA ASOSIY SIFATLARNI RIVOJLANTIRISH VA TARBIYALASH.
1. KUCHNI RIVOJLANTIRISH. Kuch ko’paymasa sport mahoratiga etishib bo’lmaydi. Xarakat tezligi hamda chidamlilik va chaqqonlik ko’p jihatdan muskullar kuchiga bog’liq. Muskullar kuchi bosh miya qobig’i faoliyatiga mos keladigan markaziy nerv sistemasining axvoliga muskullarning fiziologik kundalang kesimiga, muskullarda bo’ladigan bioximik protsesslarga, muskullar qo’zg’aluvchanligining o’zgarishiga, ularning charchoqlik darajasiga va boshqa sabablariga bog’liq bo’ladi. Bundan tashqari, muskul kuchini namoyon qila olish nerv to’qimalarining funktsional imkoniyatini oshirish yo’li bilan ham rivojlantiriladi. Muskul kuchi uning fiziologik kundalang kesimiga to’g’ri proportsional bo’lgani uchun, jismoniy mashqlar ta`sirida muskul massasi ortgan sari muskul kuchi ham ko’paya boradi, shu bilan birga, muskullarda aylanish kuchayadi, modda almashinish yaxshilanadi, energiya beradigan moddalar ko’payadi. Muskul kuchining bu asosiy tomonlari o’zaro uzviy bog’liqdir. Biroq mashq va metodlarni, muskul massasini ko’proq oshiradigan yoki nerv to’qimalarining tegishli funktsional imkoniyatlari darajasini oshirib, kuchni namoyon qila olishni yaxshilaydigan qilib tanlash mumkin. Yengil atletikachilar tanasidagi hamma muskullar kuchli garmonik rivojlangan bo’lish kerak. Lekin tana muskulaturasining rivojlanish darajasiga bo’lgan talab yengil atletikaning turiga bog’liqdir. Uloqtiruvchilarga kuchni hammadan ko’p rivojlantirish kerak bo’lsa, marafonchilarga hammadan kam kuch kerak. Har qanday yengil atletikachi trenirovkasida albatta kuchni rivojlantiruvchi mashqlar ishlatiladi. Lekin asosan yengil atletikaning mazkur turini bajarish uchun eng muhim bo’lgan muskullar gruppasini rivojlantirishga e`tibor beriladi. Anchagina ko’p muskul kuchi namoyon qila olishni yaxshilash uchun katta va maksimal kuchlanish metodlari qo’llanadi. Bu muskul tanlab olingan mashqlarni katta va maksimal kuch bilan (maksimaldan 75-100 %) takror-takror bajarish demakdir. Bunda mashqlarda yengil ateltikaning qaysi turida mumkin qadar ko’p kuch sarflashni o’rganib olish maqsad bo’lsa, shu turning yoki shu tur elementining koordinatsion struktura yaxlitligi saqlab qolinadi. Mashqni qiyinlashtira borish (shtanga va snaryadlar og’irligini sakrash balandligini, yugurish tezligini oshira borish) xali bu mashqlarga xos xususiyatdir. Muskullar massasini oshirish uchun mashqlar to xarakat to’g’riligi buziladigan darajada muskullar charchagancha to’xtovsiz jihatidan, odatda sportchi ixtisos olayotgan yengil atletika turining elementlariga o’xshaydi. Bunda kuch kelish o’rtacha yoki katta (maksimaldan 50-70 %) bo’lishi kerak. Kuchni rivojlantirish uchun elementar mashqlardan tartib, to yaxlit yengil atletika turiga (sakrash, uloqtirish, startdan tashlanish) qadar har xil dinamik mashqlari, o’z vaznidan foydalanib yoki sherigi qarshiligini engib bajariladigan mashqlar eng ko’p keladi. Bundan tashqari, kuchni statik namoyon qilish qo’llanadi. Og’irligi 2, 5 kg dan ortiq gantellar, 10-15 kg gacha qum bilan to’ldirilgan xaltalar, 2-5 i lik to’ldirma to’plar 16 va 32 kg lik toshlar va shtangalar yuk tariqasida xizmat qiladi. Og’ir yuk bilan masalan, shtanga bilan bajariladigan mashqlar tananing hamma muskullariga ayniqsa yirik va baquvvat muskul gruppalariga, yengilroq (masalan, to’ldirma to’plar, gantellar) bilan bajariladigan mashqlar esa ayrim muskul gruppalariga ta`sir qiladi. Trenirovkada og’irlik qo’shib bajariladigan yengil atletika mashqlardan holi og’irroq asboblarni uloqtirishi, yelkaga qum to’ldirilgan (6-12 kg) xalta olib sakrash mashqlari, og’ir (5-6 kg) belbog’ bilan yuqoriga sakrash kabi mashqlardan ham foydalaniladi. Bunaqa mashqlardan xarakatning strukturasi deyarli o’zgarmaydi, lekin atlet odatdagidan ko’proq kuch sarflash kerak bo’ladi. Kuch atlet uchun zarur sharoitga yaqin sharoitda taraqqiy etadi. Bu metodni og’irlashtirgan asboblar bilan shug’ullanadigan uloqtiruvchilar ko’proq qo’llaydilar. Lekin og’irlik qo’shib bajariladigan mashqlarni boshqa engi atletikachilar ham muvaffaqiyat bilan qo’llashlari mumkin. Masalan, ilmiy tekshirishlar sakrash mashqlarida og’irliklardan foydalanganlarning sakrovchanligi, undan foydalanmaganlarga nisbatda ko’proq ortganini ko’rsatdi. Trenirovkaning tayyorlov davrida yengil atletikachilar og’ir poyafzal kiyib yoki 5-6 kg li belbog’ (qurg’oshin bo’laklaridan yoki pitra solingan brizin belbog’) bog’lab, maxsus mashqlar bajarishlari mumkin. Og’irliklar bilan bajariladigan yengil atletika mashqlari yordamida ma`lum muskul gruppalari massasini oshirishgina emas, balki juda katta iroda kuchi namoyish qila bilish qobiliyatini ham tarbiyalash mumkin. Bunday mashqlarni mumkin qadar maksimal tezlikda bajarilishi kerak. Yengil atletikachilar tayyorgarligida statik kuchlanish mashqlarida ham («Izometrik» metod) foydalanadi. Yengil atletikachi masalan, elkasi bilan turnikka tiranib yoki juda ham og’ir shtangani erdan uzish uchun yarim bukik oyoqlarini to’g’rilashga xarakat qilib, mumkin qadar maksimal kuchlanish sarflaydi. Bunday mohiyatga etib turgan statik kuchlanishda, bosh miyaning kuch kelayotgan muskul gruppalariga oid nerv to’qimalariga ayniqsa katta talab qo’yiladi. Tabiiyki, bunday kuchlanishga javoban nerv to’qimalarining funktsional imkoniyatlari ortadi-da, yengil atletikachi yana kam ko’proq kuch bera oladi. Nerv to’qimalarining funktsional imkoniyatlari oshganiga dinamik xarakatlarda ham ko’proq kuchlanish sarflash imkoniyatini beradi. Yangi boshlovchi yengil atletikachilar gavdadagi hamma muskullarini rivojlantirish uchun ko’proq kuch keladigan xilma-xil jismoniy mashqlar qilishlari kerak. Tayyorligi yaxshi sportchilar tanlab olgan turlarida muvoffaqiyatga erishish qaysi muskul gruppalari kuchi bo’lishini talab qilsa, o’sha muskul gruppalarini rivojlantirishlari kerak. Albatta, ular kuchni rivojlantiruvchi mashqlar bilan o’zlarining umumiy jismoniy tayyorlik darajasini sanab borishlari kerak. Kuch ko’paytiradigan mashqlar trenirovkaning tayyorlov davrida ko’proq, musobaqa davrida esa kamroq qo’llanadi. Lekin musobaqa davrida hali kuch talab (ko’pincha maksimal kuchlanish talab qiladigan) maxsus mashqlar etarli darajada qoldiriladi. Bu kuch taraqqiyotida erishilgan darajani saqlab qolish uchungina emas, balki uni yanada oshirish uchun ham kerak bo’ladi. Katta kuchlanish va zo’r kelishi talab kiladigan, kuch rivojlantirishiga mo’ljallangan mashqlarning asosiylari trenirovka mashg’ulotlariga xaftada 3 marta ozroq zo’r keladigan mashqlar esa har mashg’ulotga qo’shiladi. Bundan tashqari kuch o’stiradigan ayrim mashqlarni har ko’ni (uyda) bajarish kerak. Lekin shuni esda tutish kerakki, qaysi mashqda muskul gruppalari oz qatnashsa, shu mashqni shuncha ko’p takrorlash kerak. Kagta va o’rtacha zo’r berish talab qiluvchi denamik mashqlarning ko’p qismini dozalashining umumiy qoidasi mashqni atlet muskullari charchoq sezguncha mashqni davom ettirish qiyinlashib qolguncha bajarishdan iborat. Bunda charchoq hissini engib davom ettiraverish iloji bor bo’lsa ham, mashq qilishni to’xtatish kerak. Juda ham og’irlik bilan mashq qilishdan naf chiqishi qiyin, chunki bunda kuch rivoji etarli bo’lmaydi, mashqni takrorlash ham juda ko’payib ketadi. Ko’proq foyda topish uchun mashqlar sekin suratdan boshlab to mumkin qadar maksimal daraja suratgacha me`yorda bajariladi. Xuddi ana shunday vazni har xil yuklar bilan xilma-xil sur`atda mashq kilganda atlet o’z muskullarini idora qila oladigan mazkur yengil atletika turida nihoyatda etar daraja tezlikda maksimal kuch ishlata biladigan bo’ladi. Download 88.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling