Referat yunalish : lingistika (inliz tili) kurs: 2 guruh: 221 talaba: bekniyozova zarina 2021-yil
Download 185.01 Kb.
|
221 B.Zarina
Normativ-huquqiy hujjatlar — vakolatli davlat organlari va mansabdor shaxslarning umummajburii koʻrsatmasi. Ularda huquq normalari (qonun, kodeks, farmon, qaror, yoʻriqnoma va boshqalar) oʻrnatiladi, oʻzgartiriladi va bekor qilinadi. Normativ-huquqiy hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasida huquqning asosiy manbaidir. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan "Normativhuquqiy hujjatlar toʻgʻrisida"gi qonunining 2-moddasiga koʻra, "... umummajburiy davlat koʻrsatmalari sifatida qonun hujjatlari normalarini belgilash, oʻzgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjat Normativ-huquqiy hujjatlar deb hisoblanadi". Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va mansabdor shaxslar Oʻzbekiston Respublikasida normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish hukuqiga ega. Normativ-huquqiy hujjatlarning asosiy belgilari quyidagilar:
vakolatli davlat organi tomonidan umumiy qoidalarga asosan chiqariladi, aniq oʻrnatilgan tartiblar asosida qabul qilinadi; normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish jarayoni huquq ijodkorligi mahsuli boʻlib hisoblanadi; normativ-huquqiy hujjatlar ushbu hujjatning nomidan kelib chiqib umumiy harakterdagi xulq-atvor qoidalarini huquq normalari koʻrinishida mujassamlantiradi; normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy hujjat boʻlib, belgilangan shakl va rekvizitlarga ega: rasmiy nomi, raqami, ushbu hujjatni qabul qilgan organning nomi, qabul qilingan va kuchga kirgan vaqti, rasmiy eʼlon qilingan joyi va h.k.; normativ-huquqiy hujjatlar yuridik kuchga ega. Normativ-huquqiy hujjatlarga quyidagi asosiy talablar qoʻyiladi: normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqayotgan organ, qoida tariqasida, loyihani tayyorlash yuzasidan komissiya tuzadi; normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashga manfaatdor davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning vakillari, ayrim fuqarolar jalb etilishi mumkin; normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiluvchi organ bir necha davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarga ayrim fuqarolarga muqobil loyihalar tayyorlashni topshirishga yoki ular bilan shartnomalar tuzishga, shuningdek, eng yaxshi loyiha uchun tanlovlar eʼlon qilishga haqlidir; vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash boʻyicha ishini muvofiqlashtirib turish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi; normativ-huquqiy hujjatlarning matni loʻnda, oddiy va ravon tilda bayon etiladi. Normativ-huquqiy hujjatlarda uni amalga oshirishning huquqiy vositalari, shu jumladan, moliyalashtirish manbalari, ragʻbatlantirish, mukofotlash va nazorat qilish chora-tadbirlari va shahrik. koʻrsatilishi mumkin. Normativ-huquqiy hujjatlar agar uning matnida boshqa izoh berilmagan boʻlsa, muddatsiz amal qiladi. Normativ-huquqiy hujjatlar amal qilishining vaqtinchalik muddati butun hujjat uchun yoki uning qismlari uchun belgilanishi mumkin. Normativ-huquqiy hujjatlarning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi chet ellik yuridik shaxslar, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga tatbiq etiladi. Umumiy o‘rtа tа’lim mаktаblаridа huquqiy tа’limgа dоir qаbul qilingаn Dаvlаt tа’lim stаndаrti, o‘quv dаsturi kаbi mе’yoriy hujjаtlаrning mаqsаdi yuqоridаgi vаzifаni аmаlgа оshirishdа muhim hisоblаnаdi. Huquqiy tа’lim stаndаrtining аsоsiy mаqsаdlаridаn biri kuchli huquqiy dеmоkrаtik dаvlаt qurishdа yoshlаrimizning huquqiy оngini оshirish, qоnunni yoshlаrning hаyotiy dаsturigа аylаntirish, jаmiyatdа ulаrning huquqiy fаоlliklаrini оshirishdаn ibоrаt, dеb bеlgilаngаn. Huquqiy tа’lim stаndаrtining оldigа qo‘yilgаn vаzifаlаrni аmаlgа оshirish mаqsаdidа huquqiy tа’lim mоdеli yarаtildi. Ungа ko‘rа uzluksiz huquqiy tа’lim аniq bir mаqsаdlаrgа qаrаtilgаn аlоhidа-аlоhidа bоsqichlаrgа аjrаtilgаn. Mа’lumki, mаktаbgаchа dаvr insоn shахsini shаkllаntirishdа eng murаkkаb dаvr hisоblаnаdi. Оilа o‘zidа milliy urf-оdаtlаr vа аn’аnаlаrni mujаssаmlаshtirаdi, ulаrni sаqlаb qоlаdi vа аvlоddаn аvlоdgа uzаtаdi. Оilа sоg‘lоm bo‘lsа, jаmiyat mustаhkаm, jаmiyat mustаhkаm bo‘lsа, mаmlаkаt bаrqаrоrdir. Bоlаlаrni vоyagа yetkаzish vа tаrbiyalаsh bir-biridаn аjrаtib bo‘lmаs jаrаyondir. Shахsning mustаqillik dаrаjаsi uning jinsi, yoshi vа оdаmlаrgа munоsаbаti, shuningdеk, mаdаniy vа mа’nаviy qаdriyatlаr vа аfzаlliklаrni hurmаt qilish, shахsiy оdаtlаr – ertа bоlаlikdаnоq shаkllаnib bo‘lаdi. Оilаdа bоlаlаr kаttаlаr vа qo‘shnilаrgа, jаmоаt fikri vа muаllim-ustоzlаrgа nisbаtаn chuqur hurmаt, to‘g‘riso‘zlik, mеhnаtsеvаrlik, jаmоаchilik, o‘zаrо yordаm vа o‘zаrо qutqаrish, mustаhkаm оilа qurish vа uni sаqlаb qоlish, tа’lim оlishgа intilish tuyg‘ulаri bilаn tаrbiyalаnаdi. Shundаy bo‘lsа-dа, o‘yin fаоliyati оrqаli bоlа shахsidа ijоbiy хulq vа оdоb mаlаkаlаrini shаkllаntirish mumkin. Bundа o‘yin ko‘rinishlаrining ko‘lаmini kеngаytirish, nаfаqаt оilаviy turmushdаgi vоqеаlаr аks etgаn o‘yin ko‘rinishlаri, bаlki sаyrlаrgа оlib bоrish, tаbiаtni kuzаtish, do‘kоnlаrni ko‘rish, trаnspоrt vоsitаlаrigа chiqish, yo‘l hаrаkаti qоidаlаri bilаn tаnishish kаbi o‘yin turlаrini hаm ko‘pаytirish mumkin. Mаktаbgаchа tа’limdа bоlа o‘yin fаоliyati bilаn umumiy o‘rtа tа’limgа tаyyorlаnib bоrishi bоis mаktаbgаchа tа’lim muаssаsаlаridа “Kоnstitutsiya sаbоqlаri” mаshg‘ulоtlаri bоlаlаrning yoshi, оngi, idrоk sаviyasi, hаr bir bоlаning yosh хususiyatlаri inоbаtgа оlingаn hоldа аmаlgа оshirilаdi. Mаktаbgаchа tа’lim muаssаsаlаridаgi o‘rgаtish fаоliyati o‘yinlаr оrqаli аmаlgа оshirilishi sаbаbli, Kоnstitutsiyadаgi qоidаlаr turli хil mаshg‘ulоtlаrdа tushuntirilаdi. Аynаn shu o‘yinlаr оrqаli bоlаlаr o‘z huquq vа erkinliklаrini, burchlаrini аnglаb оlishаdi. Bu dаvrdа kоnstitutsiyaviy qоidаlаr sоddа, оddiy, bоlаlаr uchun tushunаrli vа qiziqаrli tаrzdа bаyon etilib, birinchidаn, bоlаlаrgа insоn tushunchаsi, uning аhаmiyati, jаmiyatdаgi o‘rni, insоn sifаtidа bоlаlаrning huquq vа erkinliklаri tushuntirilib, insоnni sеvish, uni hurmаt qilishgа оdаtlаntirilаdi, insоniylikning yovuzlik, vаhshiylikdаn fаrqi ertаklаr аytib bеrish, ertаklаrdаgi vоqеаlаrni tаhlil qilish mоbаynidа o‘rgаtilаdi; ikkinchidаn, dаvlаt insоn mаnfааtini himоya qilishini, insоnning hаyoti, erkinligi, shа’ni, qаdr-qimmаti eng оliy qаdriyat hisоblаnishini bоlаlаr tilidа tushuntirilib, insоn sifаtidа, аvvаlо, o‘zining qаdr-qimmаtini bilishgа vа uni hurmаt qilishgа o‘rgаtilаdi; uchinchidаn, bоlаlаr qаndаy vаzifаlаrni аdо etishlаri o‘rgаtilаdi. Mаdаniyat, mа’nаviy vа tаriхiy mеrоsni аvаylаb аsrаshgа, tаbiаtgа ehtiyotkоrоnа munоsаbаtdа bo‘lishgа оdаtlаntirilаdi; to‘rtinchidаn, qiz bоlаlаr vа o‘g‘il bоlаlаrning bir-birini hurmаt qilishlаri, o‘zаrо munоsаbаtlаri hаm bаyon etilib, ulаrning tеng huquqli ekаnliklаri tushuntirilаdi; bеshinchidаn, jаmiyatdа оilаning o‘rni, оilаning dаvlаt tоmоnidаn muhоfаzа qilinishi, fаrzаndlаr оtа-оnаgа g‘аmхo‘r bo‘lishi, kаttаlаrni hurmаt, kichiklаrni izzаt qilishi lоzimligi bаyon etilаdi; оltinchidаn, Vаtаnni sеvishgа, uni himоya qilishgа o‘rgаtilаdi. Dаvlаtimiz rаmzlаri – bаyrоq, gеrb, mаdhiyaning mа’nо-mаzmuni bаyon etilаdi. Kоnstitutsiyaviy tа’lim bеrish nаtijаsidа bir nеtа bаyrоq vа gеrblаr ichidаn O‘zbеkistоn Rеspublikаsining Dаvlаt Bаyrоg‘i, Gеrbini аjrаtа оlish mаlаkаsi shаkllаntirilаdi. Bulаrning bаrchаsini аmаlgа оshirishdа shuni e’tibоrdаn chеtdа qоldirmаslik kеrаkki, bоlаlаr shu dаvrgаchа bеvоsitа kаttаlаr rаhbаrligidа u yoki bu ахbоrоtlаrni o‘zlаshtirib kеlgаn bo‘lsаlаr, endi o‘z хоhish-irоdаsi bilаn kеrаkli mа’lumоtlаr yig‘ishgа hаrаkаt qilаdilаr. Bоlаning аnа shu fаоlligi uning mustаqillik, erkinlik, mаs’uliyatlilikka оlib kеlаdi. Bir so’z bilan aytganda O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi mazmunan yangi siyosiy hujjatdir. Unda ijtimoiy-siyosiy xususiyat, uni rivojlantirishning asosiy g’oyalari, respublika ichki va tashqi siyosatining eng muhim yo’nalishlari belgilab berildi. Asosiy qonun dunyo siyosiy xaritasida yangi suveren davlat - O’zbekiston Respublikasi paydo bo’lganligini mustahkamlab qo’ydi. 3.Ta`lim sohasining asosiy tamoyillari Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasida “Normativ-huquqiy hujjatlar to’g’risida”gi Qonunning yangi tahririni qabul qilish hamda shu orqali sohada qonuniylikni ta’minlashning eng samarali mexanizmlarini yaratish, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning qonunlarga, sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohotlar ehtiyojiga mos bo’lishini ta’minlash zarurligi har tomonlama asoslab berilgan. O’tgan davrda ana shu talablar asosida Qonun yangi tahrirda “Normativ-huquqiy hujjatlar to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida” O’zbekiston Respublikasining 24.12.2012 y. O’RQ-342-son Qonuni // Birinchi marta “Xalq so’zi” ro’znomasida 2012 yil 25 dekabrda nashr etilgan, rasmiy nashr etilgan kundan so’ng kuchga kirgan. Ushbu Qonunning mazmun-mohiyatini, unga kiritilgan o’zgartish va qo’shimchalarni jamoatchilikka yetkazish, norma ijodkorligi faoliyatida vujudga keladigan muammolarga yechim topish, shu bo’yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqish masalalari alohida axamiyatga ega. Yangi tahrirdagi “Normativ-huquqiy hujjatlar to’g’risida”gi Qonun oldingisidan hajmi va mazmuni jihatidan ham tubdan farq qiladi. Unga nafaqat yangi moddalar kiritilgan, balki bugungi kun talablari asosida ko’plab qoidalar bilan to’ldirildi va boyitildi. Ayni chog’da normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish jarayoniga bo’lgan talab kuchaytirildi. Xususan, normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashda ishlab chiquvchiga qonun hujjatlarining holatini, ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasini huquqiy jihatdan tartibga solishga salbiy ta’sir ko’rsatayotgan nuqson hamda ziddiyatlarni aniqlash majburiyati yuklatilmoqda.
Normativ-huquqiy hujjatlarning turlari aniqlashtirildi. Unga ko’ra, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari, Oliy Majlis palatalari qarorlari, Prezident farmonlari, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarining buyruqlari, qarorlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlari normativ-huquqiy hujjatlar hisoblanadi. Qonunda yana bir yangi jihati shundaki, unga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashni rejalashtirish, tayyorlash tartibi va ularni ekspertizadan o’tkazishga bag’ishlangan alohida bob kiritildi. Unda normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiluvchi organlar qonun hujjatlari normalarini takomillashtirish maqsadida bunday hujjat loyihalarini tayyorlashning rejalarini ishlab chiqishi hamda tasdiqlashi mumkinligi to’g’risidagi qoidalar o’z ifodasini topgan. Umuman, normativ-huquqiy hujjatlarni uch asos – yuridik kuchi, amal qilish sohasi va ularni nashr etuvchi sub’ektlar bo’yicha tasniflash maqsadga muvofiq. Yuridik kuchi bo’yicha oliy yuridik kuchga ega bo’lgan qonun hujjatlari hamda – qonunlarga asoslangan va ularga zid kelmaydigan hujjatlar – qonunosti hujjatlari alohida ajratib ko’rsatiladi. Qonunlardan tashqari, mutlaq barcha normativ hujjatlar qonunosti hujjatlari hisoblanadi. Normativ-huquqiy hujjatlarni nashr etuvchi (qabul qiluvchi) sub’ektlar bo’yicha. Ular referendum, davlat hokimiyati organlari, Prezident, boshqaruv organlari, davlat va nodavlat tashkilotlari mansabdor shaxslarining hujjatlariga bo’linadi. Qonun hujjatlari – davlat hokimiyati va boshqaruvning yuqori organlari tomonidan nashr etilgan normativ-huquqiy hujjatlar yig’indisi, to’plamidir. SHu o’rinda ko’pincha istisnosiz barcha normativ hujjatlar, shu jumladan, idoraviy hamda hokimiyat mahalliy organlari hujjatlarini ham qonun hujjatlariga aloqador deb hisoblashlarini qayd etib o’tish joiz. “Qonun” so’zini ko’pincha davlat majburlov kuchi bilan ta’minlanadigan umummajburiy qoidani belgilash uchun qo’llashadi. Biroq qat’iy yuridik ma’noda qonun – alohida, faqat o’zigagina xos bo’lgan belgi-alomatlarga ega huquqiy hujjatdir. Bu belgi-alomatlar nimalardan iborat? Birinchidan, qonun davlat hokimiyati maxsus faoliyatining mahsuli sifatida yaratiladi. SHuning uchun ham qonun O’zbekiston oliy davlat vakillik organi – Oliy Majlis hujjati hisoblanadi. Butun aholi vakillari qabul qiladigan qonunlar eng ko’p darajada xalq manfaatlarini ifodalashi bois birlamchi mohiyatga ega hujjatlar bo’lib, qonunlarning butun tizimi uchun asos ekanligi shundan kelib chiqadi. Ikkinchidan, qonunlar eng muhim ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Qonunlar va eng avvalo, Konstitutsiya vositasida konstitutsiyaviy tuzum asoslari, fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklari, davlat tuzilishi, davlat hokimiyati hamda boshqaruv funktsiyalari va hokazolar mustahkamlanadi. Ta’lim va ijtimoiy hayotning boshqa muhim yo’nalishlari qonunlar bilan belgilanadi. Hozirgi vaqtda respublikamizda qonunning roli ortib bormoqda. Bu O’zbekiston Respublikasi Prezidenti nutqlarida ko’p martalab ta’kidlangan. Jumladan, u shunday degandi: “Ulug’ bobokalonimiz Amir Temur “Qaerda qonun hukmronlik qilsa, shu yerda erkinlik bo’ladi” degan so’zlarni tarix sahifalariga zarhal harflar bilan yozdirgan edi”. Uchinchidan, qonunlar – maxsus tartibda qabul qilingan hujjatlar bo’lib, oliy yuridik kuchga ega. Qonunlarni qabul qilish tartibi Konstitutsiya va oliy vakillik organlari reglamentlari bilan belgilanadi. Qonunlarning oliy yuridik kuchi davlatdagi boshqa barcha normativ hujjatlar qonunlar asosida, ularga muvofiq ravishda chiqarilishi va bu qonunlarga zid kelishi mumkin emasligida ifodalanadi. Konstitutsiyamizda qonunlarning o’ziga xos bu xususiyati maxsus ko’rsatib o’tilgan. CHunonchi, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasida shunday deyiladi: “O’zbekiston Respublikasida O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarning ustunligi so’zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko’radilar”. SHunday qilib, qonun – maxsus tartib asosida qonun chiqaruvchi hokimiyat organi tomonidan qabul qilinadigan, eng muhim ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladigan hamda oliy yuridik kuchga ega bo’lgan normativ-huquqiy hujjatdir. O’zbekiston Respublikasida qabul qilinayotgan qonunlarni quyidagi turlarga bo’lish mumkin: Ahamiyati va yuridik kuchi bo’yicha – konstitutsiyaviy, joriy va oddiy qonunlar turlari farqlanadi. Konstitutsiyaviy qonunlar davlat va jamiyat qurilishining tub asoslarini, shaxs va tashkilotlarning huquqiy maqomini belgilab beradi. Bular, shuningdek, amaldagi Konstitutsiyaga o’zgartirish va qo’shimchalar kirituvchi qonunlardir. Konstitutsiyaviy qonunlar asosida normativ-huquqiy hujjatlar butun tizimi tarkib topadi va aniqlashtiriladi. Konstitutsiya boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, shu jumladan, qonunlarga nisbatan oliy yuridik kuchga ega. Boshqa barcha qonunlar – oddiy qonunlar bo’lib, ular deputatlarning ko’pchiligi ovoz bergan taqdirda, qabul qilingan hisoblanadi. Qonunlar yana tartibga solish ko’lami va ob’ekti bo’yicha ham farqlanadi. Umumiy qonunlar (masalan, kodekslar) ijtimoiy munosabatlarning butun bir sohasiga bag’ishlanadi. Maxsus qonunlar (masalan, “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun) ijtimoiy munosabatlarning ancha tor doirasini tartibga solishga xizmat qiladi. Normativ-huquqiy hujjatning amal qilishi – undan ko’zda tutilgan yuridik oqibatlar natijasidir. Normativ-huquqiy hujjatning amal qilishi, ya’ni uning «umri» uch mezon bilan zamon, makon va shaxslar doirasi bilan belgilanadi. A. Normativ-huquqiy hujjatning zamonda amal qilishi. U normativ-huquqiy hujjatning kuchga kirgan vaqtidan to o’z kuchini yo’qotguncha bo’lgan vaqt mobaynida davom etadi. Normativ-huquqiy hujjat kuchga kirishining (amalga kiritilishining) quyidagi tartibi mavjud: hujjatning kuchga kirish vaqti ko’pincha unga tegishli hujjatda – kuchga kiritish haqidagi qarorda ko’rsatiladi; normativ-huquqiy hujjat e’lon qilingan kunidan kuchga kiradi; normativ-huquqiy hujjat bosqichma-bosqich kuchga kiritiladi. Bunda mazkur bosqichlar yo muddatlar bilan yoki muayyan sharoitlarning yuzaga kelishi bilan bog’liq bo’ladi; normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan vaqtidan boshlab kuchga kiradi, bu haqda shu hujjatning o’zida, shuningdek, uni kuchga kiritish haqidagi qarorda aytilishi mumkin; normativ-huquqiy hujjat imzolangan vaqtidan boshlab kuchga kiradi, bu haqda shu hujjatning o’zida aytilgan bo’ladi. Mazkur tartib Prezident, Vazirlar Mahkamasi hujjatlari uchun xosdir. Masalan, Respublikamiz Prezidentining ko’pchilik farmonlari “Ushbu Farmon imzo qo’yilgan vaqtdan boshlab kuchga kiradi”, degan band bilan yakunlanadi. Normativ-huquqiy hujjat quyidagi tartibda o’z kuchini yo’qotadi: qabul qilingan muddati tugashi bilan; nazarda tutib qabul qilingan sharoit o’zgarganda (masalan, yangi Konstitutsiya 1992 yili qabul qilinishi bilan 1978 yilgi O’zbekiston SSR Konstitutsiyasi o’z kuchini yo’qotdi); ushbu hujjatning boshqa bir hujjat bilan bekor qilinishi natijasida. B. Normativ-huquqiy hujjatning makonda amal qilishi. Davlat suverenitetiga muvofiq, normativ-huquqiy hujjatlar, mamlakatimiz havo bo’shlig’ini ham qo’shib hisoblaganda, uning butun hududida amal qiladi. Umuman, dengiz, daryo, havo va kosmik kemalar (stantsiyalar) davlat hududiga tenglashtiriladi. V. Normativ-huquqiy hujjatlarning shaxslar (shaxslar doirasi) bo’yicha amal qilishi. O’zbekiston Respublikasining umumiy xususiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlari respublikamizda istiqomat qiluvchi barcha shaxslar – davlatimiz fuqarolari, muhojirlar va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga daxldordir. Maxsus normativ-huquqiy hujjatlar faqat muayyan fuqarolarga nisbatangina amal qiladi. Masalan, harbiy qonunlar faqat harbiy xizmatchilargagina tegishlidir. Ayni paytda davlatimiz normativ-huquqiy hujjatlari chet ellardagi fuqarolarimiz uchun ham amal qiladi. CHunonchi, chet elda jinoyat sodir qilgan O’zbekiston fuqarosi bizning qonunlarimiz bo’yicha javob beradi. Bu tamoyil fuqaro hozir bo’lgan mamlakat qonunlari oldida uning mas’uliyatini istisno etmaydi, albatta. Diplomatik daxlsizlik huquqiga ega bo’lgan shaxslar O’zbekiston normativ-huquqiy hujjatlari amal qilish doirasiga kirmaydilar (va shunga binoan yuridik javobgarlikka ham tortilmaydilar). Bular – vakolatxonalar rahbarlari va vakolatxona diplomatik jamoasi a’zolari, xalqaro muzokaralar, uchrashuvlar va anjumanlar delegatsiyalari rahbarlari va a’zolaridir. Bunday shaxslarning huquqiy maqomlari xalqaro huquq normalari bilan belgilanadi. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari normativ-huquqiy hujjatlar tushunchasini, turlarini, o’zaro nisbatini aniqlashdan, normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash tartibiga va ularning mazmuniga qo’yiladigan asosiy talablarni belgilashdan, shuningdek ularning ijrosi tashkil etilishini ta’minlashdan iborat. Download 185.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling