Referati bajardi: Asilbek Solijonov Tekshirdi: B. Soliyev Mavzu: Tadqiqot tushunchasi,uning mohiyati va ahamiyati
Download 79.14 Kb.
|
Tadqiqot 111
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus talim vazirligi Toshkent Moliya Instituti Andijon fakulteti Bank ishi va auditi yo’nalishi 1-Kurs Talabasi Akramov Muhiddinning Tadqiqot metadologiyasi fanidan yozgan REFERATI Bajardi: Asilbek Solijonov Tekshirdi: B.Soliyev Mavzu: Tadqiqot tushunchasi,uning mohiyati va ahamiyati REJA:
2.Tadqiqotning tushunchasini mohiyati 3.Tadqiqotning tushunchasining ahamiyati 4.Xulosa Kirish: Ushbu referatta tadqiqot o’zi nima? Tadqiqot tushunchasi va uning ahamiyatlari degan savollarga javob topishga urinib ko’raman va o’zim uchun yangi bilimlar to’playman.Qo’limdan kelgancha ushbu mavzuni yoritib malumotlar topishga harakat qilaman.Avvalo aytib o’tsam o’zim qoiziqqan sevimli fanlarimdan biri Tadqiqot – bu mavzu yoki masalani tushunishni oshirish uchun ma'lumot to'plash, tashkil etish va tahlil qilishni o'z ichiga oladi. Ilmiy-tadqiqot loyihasi bu sohada o'tgan ishlarning kengayishi bo'lishi mumkin. Tadqiqot loyihalari mavzu bo'yicha qo'shimcha ma'lumotni rivojlantirish yoki ta'lim uchun ishlatilishi mumkin. Mening fikrimcha, tadqiqot olib borish qaysidir sohadagi yangi bir nazariyani hayotga tadbiq qilish mumkin mumkinmasligini amaliyotdan o’tkazishdir. Bir so’z bilan aytganda, tadqiqotning mazmun mohiyati yangi olingan bilimlar asosida yaratilgan nazariyaning real hayotda ya’ni amaliyotda foyda keltirishi yoki yo’qligini sinab ko’rishdir. Tadqiqotlarning turlari va yo’nalishlari turli xil bo’lishiga qaramay, bizda ya’ni ta’lim sohasida tadqiqotning “Ilmiy tadqiqot” sohasi keng qo’llaniladi. Masalan, tibbiyot sohasi olimlari yoki professorlari biror bir kasallikni davolash maqsadida shu kasallikka qarshi qo’llanadigan yoki hastalikning oldini oladigan yangi dori-preparat tayyorlash ustida tadqiqot olib borishadi. Dori tayyor bo’lganida esa tadqiqotning amaliyot bosqichiga o’tiladi, ya’ni ushbu dori vositasini biror bir organizmda (tajriba uchun saqlanadigan tirik mavjudotlar) sinab ko’rishadi. Ko’p bosqichli tajribalardan so’ng tadqiqot natijasi ma’lum bo’ladi, agar natija ijobiy bo’lsa, dori vositasini insoniyatga tadbiq qilish mumkin bo’ladi. Ilmiy tadqiqot - yangi bilimlarni ishlab chiqish jarayoni, bilish faoliyati turlaridan biri. Unga obʼyektivlik, ishonchlilik, aniqlik xos. Ilmiy tadqiqot hamma shartlarga amal qilib takrorlanganda hamisha birdek natija berishi, bahs etilayotgan masalani isbotlashi lozim. Ilmiy tadqiqot bir-biri bilan bog‘langan ikki qism — tajriba va nazariyadan iborat. Ilmiy tadqiqotning asosiy komponentlari: mavzuni belgilash, mavjud axborotni, tadqiqot sohasidagi shart-sharoit va metodlarni, ilmiy farazlarni oldindan tahlil etish, tajriba oʻtkazish, olingan natijalarni taxlil etish va umumlashtirish, kelib chiqqan farazlarni olingan dalillar asosida tekshirish, yangi fakt va qonunlarni ifodalab berish, ilmiy bashorat yuritish. Ilmiy tadqiqotlarni fundamental va amaliy, miqdoriy va sifatiy, noyob va kompleks tadqiqotlarga aj-ratish keng tarqalgan. Ilmiy tadqiqotlarning metod va tajribalari fanning oʻzidagina emas, balki koʻpgina iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni qal qilishda ham keng qoʻllaniladi. Tadqiqot sohasini chuqurroq o’rganish uchun yurtimizdagi ko’plab oliy ta’lim muassasalarida “Tadqiqot metodologiyasi” fani joriy etilgan va o’qitilib kelinmoqda. Bizning “Moliya” sohasida ham tadqiqotning o’rni juda kata ahamiyatga ega va shu sababdan ham 1-kursdan boshlab ushbu fan bizning “Toshkent moliya instituti”da o’qitiladi va amaliy tadqiqotlar va ilmiy konferensiyalar tashkil etilib boradi. Misol uchun, oktyabr oyining oxirida O’zbekiston Markaziy Bankida “asosiy foiz stavkasini o’zgarishsiz ya’ni oldingi yillardagidek 15% holatida qoldirish masalalarini ko’rib chiqish uchun majlis o’tkaziladi. Bu ham bir tadqiqot hisoblanadi, chunki oldingi yillardagi asosiy foiz stavkasi orqali ham aholi va tadbirkorlar, ham davlat foyda olishi ilmiy tadqiqotlar orqali sinab ko’rilgan va buni o’zgarishsiz qolishi keyingi yilda ham ijobiy natijalar berishi mumkinligi isbotlangan. Xulosa o’rnida shuni aytishim mumkinki, tadqiqot ertangi kunning boshlanishi, sodda qilib aytganda, yangi nazariyaning keyingi yillarda biror sohaning rivojiga hissa qo’shishini tekshirgan holda hayotga tadbiq etish. Ilmiy tadqiqot - yangi bilimlarni ishlab chiqish jarayoni, bilish faoliyati turlaridan biri. Unga obʼyektivlik, ishonchlilik, aniqlik xos. Ilmiy tadqiqot hamma shartlarga amal qilib takrorlanganda hamisha birdek natija berishi, bahs etilayotgan masalani isbotlashi lozim. Ilmiy tadqiqot bir-biri bilan bog‘langan ikki kiyem — tajriba va nazariyadan iborat. Ilmiy tadqiqotning asosiy komponentlari: mavzuni belgilash, mavjud axborotni, tadqiqot sohasidagi shartsharoit va metodlarni, ilmiy farazlarni oldindan taxlil etish, tajriba oʻtkazish, olingan natijalarni taxlil etish va umumlashtirish, kelib chiqqan farazlarni olingan dalillar asosida tekshirish, yangi fakt va qonunlarni ifodalab berish, ilmiy bashorat yuritish. Ilmiy tadqiqotlarni fundamen-tal va amaliy, miqdoriy va sifatiy, noyob va kompleks tadqiqotlarga aj-ratish keng tarqalgan. Ilmiy tadqiqotlarning metod va tajribalari fanning oʻzidagina emas, balki koʻpgina iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni qal qilishda ham keng qoʻllaniladi. Tadqiqot – sifat jihatidan yangi moddiy va maʼnaviy qadriyatlar yaratadigan yoki subyektiv yangini yaratish natijasi bo‘lgan faoliyat jarayoniga nisbatan aytiladi. Tadqiqot ilgari hech qachon mavjud bo‘lmagan qandaydir yangi sifat yaratadigan faoliyatdir. Ilmiy tadqiqotning maqsadi – obyekt, jarayon yoki hodisani har tomonlama, ishonchli o‘rganish; fanda ishlab chiqilgan tamoyillar asosida ularning tuzilishi, aloqalari va munosabatlari va bilish usullari, shuningdek, inson uchun foydali natijalarni olish va ishlab chiqarish (amaliyot)ga joriy etish hisoblanadi.Ilmiy tadqiqotlar ishlab chiqarish bilan bog‘liqlik turi va uning uchun ahamiyatlilik darajasiga ko‘ra tasniflanadi; mo‘ljallangan maqsad; moliyalashtirish manbalari va texnik xizmat ko‘rsatish muddati.Har bir tadqiqot ishini maʼlum bir yo‘nalishga kiritish mumkin. Ilmiy yo‘nalish deganda o‘z sohasida tadqiqot olib borilayotgan fan yoki fanlar majmuasi tushuniladi (masalan, texnik, ijtimoiy va boshqalar).Ilmiy yo‘nalishning tarkibiy bo‘linmalari murakkab muammolar, mavzular va ilmiy masalalardir.Muammo – yechimlari jamiyatda pishib yetilgan murakkab nazariy va amaliy muammolar yig‘indisidir. Bu inson amaliyotda qiyinchiliklarga duch kelganda yoki hatto maqsadga erishishning “imkonsizligi”ga duch kelganda paydo bo‘ladi.Ilmiy tadqiqot mavzusi muammoning ajralmas qismidir. Mavzu bo‘yicha tadqiqotlar natijasida muammoning bir qismini qamrab oluvchi maʼlum bir qator ilmiy savollarga javoblar olinadi. Ilmiy masalalar deganda ilmiy tadqiqotning aniq mavzusiga oid kichik ilmiy vazifalar tushuniladi.Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi, muammolari, mavzularini tanlash va ilmiy savollarni shakllantirish juda masʼuliyatli vazifadir.Muammo va tadqiqot mavzusini tanlashda, avvalo, o‘rganilayotgan yo‘nalishdagi qarama-qarshiliklarni tahlil qilish asosida muammoning o‘zi shakllantiriladi va kutilgan natijalar umumiy maʼnoda aniqlanadi, so‘ngra muammoning tuzilishi ishlab chiqiladi, mavzular va ijrochilarning savollari aniqlanadi, ularning dolzarbligi aniqlanadi.Ilmiy tadqiqot (izlanish) uchta tarkibiy qism: insonning maqsadli faoliyati, ilmiy mehnat predmeti va ilmiy mehnat vositalaridan iboratdir. Insonning maqsadli ilmiy faoliyati tadqiqot obyekti haqida (bo‘yicha) yangi bilimlarga yoki obyekt haqidagi (bo‘yicha) mavjud bilimlarni to‘ldirishga erishishda anglab yetishni bilishning aniq usullaridan va ilmiy uskunalardan (o‘lchov, hisoblash texnikalari) mehnat vositalaridan foydalanishga tayanadi. Ilmiy mehnat predmeti tadqiqotining faoliyati yo‘naltirilgan tadqiqot obyekti va u haqidagi (oldingi) bugungacha bo‘lgan bilimlar hisoblanadi. Tadqiqot obyektiga moddiy dunyoning har qanday materiali (elektrotexnik uskunalar, elektrlashtirilgan qurilmalar, mashina va mexanizmlar), jarayonlar (texnologik, energetik, agrotexnik, elektromagnit, moddiy materiallar elementlari va h.k.lar) kiradiInson hayot faoliyatining barcha sohalarida tadqiqot qiladi. Ijodkorlik namoyon bo‘lishining turli-tumanligini turli asoslariga ko‘ra turkumlash mumkin.Ijodning turli ko‘rinishlari mavjud: Ishlab chiqarish – texnikaviy; Ixtirochilik; Ilmiy; Siyosiy; Tashkilotchilik; Falsafiy; Badiiy; Mifologik; Diniy; Kundalik tadqiqot turlari va hokazo. Boshqacha aytganda, tadqiqotning ko‘rinishlari inson amaliy va maʼnaviy faoliyatining ko‘rinishlariga mos keladi. Download 79.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling