Referati Bajardi: Maxmadberdiyev Jurabek Tekshirdi: Namozova Manzura Mavzu: hozirgi oʻzbek qissachiligining janriy takomili


Download 11.1 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi11.1 Kb.
#1008894
TuriReferat
Bog'liq
Oʻzbek adabiyoti 79.


Shahrisabz davlat pedagogika instituti O’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi 3-kurs
4-20-guruh talabasi Maxmadberdiyev Jurabekning O’zbek adabiyoti
fanidan tayyorlagan

Referati

Bajardi: Maxmadberdiyev Jurabek


Tekshirdi: Namozova Manzura

Mavzu: HOZIRGI OʻZBEK QISSACHILIGINING JANRIY TAKOMILI
Reja:
1. Qissa haqida tushuncha
2. Hozirgi qissachilik jarayonlari
3. Hozirgi davr qissa janri


Qissa — badiiy adabiyotda epik janr turlaridan biri. Gʻarbiy Yevropa va Amerika adabiyotida povest maʼnosidagi qissa tushunchasi yoʻq.Nasrning romandan boshqa barcha janrlari „Novella“ termini orqali ifodalanadi. Rus va oʻzbek adabiyotlarida qissaning hozirgi va qadimgi maʼnolari oʻrtasida farq bor. Masalan, qadimgi rus adabiyotida har qanday nasriy asar povest (qissa) deb atalgan. Oʻzbek adabiyoti tarixida rivoyat usulida nasr yoki nazmda yozilgan tarixiy-afsonaviy asarlar qissa deb yuritilgan. Masalan, „Qissai Sayfulmuluk“, „Qisasi Rabgʻuziy“ va boshqa Hozirgi maʼnodagi oʻzbek qissasi rus adabiyotidagi „povest“ terminiga toʻgʻri keladi va asosan roman bilan hikoya oraligʻidagi oʻrtacha hajmli nasriy janrni ifodalaydi.
Qissa, odatda, bir va bir necha shaxslar taqdiriga oid turli voqealarni oʻziga asos qilib olishi bilan epik turning hikoya, hajmi va mazmunining nisbatan cheklanganligi bilan romandan farq qiladi. Qissalar hayot murakkabliklarini hikoyaga nisbatan kengroq, xarakter hamda voqelik koʻlamini romanga qaraganda kamroq qamrab oladi. Qissada u yoki bu shaxs hayotining maʼlum bir davri xronikal tarzda bayon qilinadi. Qissada lirizm hikoya va romandagidan kuchliroq boʻlishi mumkin.
Roman kabi Qissaning ham avtobiografik (Oybek, A.Qahhor, N.Safarov), tarixiy (Mirkarim Osim, Ya.Ilyosov va boshqalar), fantastik (T.Malik, H.Shayxov, M.Mahkamov va boshqalar) turlari bor. Hozirda qissa nasrning eng faol janrlaridan boʻlib, unda yosh yozuvchilar ham samarali ijod qilmoqdalar.
2012 yilda umumiy hisobda 30 dan ortiq qissalar e’lon qilindi. Ular, asosan, “Yoshlik”, “Sharq yulduzi” jurnallari, “Extremum press”, “Yangi asr avlodi”, “Sharq” nashriyotlarida chop etilgan.
Qissa ijodkorda romanik tafakkurning shakllanishidagi pillapoya. Qissanavislar ertangi romannavislardir. Ushbu mezonlar asosida, qissanavisning ijodiy kuchini asari orqali aniqlashga harakat qilamiz.
G‘ulom Karimiyning “Karvon” tarixiy-biografik qissasida Mahmud Koshg‘ariy hayoti qalamga olinadi. Qissa tarixiylik talablariga to‘la javob beradi. Makon va zamon masalasi tarixiy mantiq asosida hal etilgan. “Devonu lug‘otit-turk”da mavjud qo‘shiq, maqollardan qahramonlar nutqini, xarakterini yaratishda unumli foydalanilgan. Psixologik tasvirlar tarixiylikni badiiylikka olib o‘tgan. Qahramonlar nutqidagi so‘zga tejamkorlik ifoda maromini yuzaga keltirgan. “Devonu lug‘otit turk”dan olingan maqollar mazmuni havola qilingan. Ammo ichso‘z, “ilon yarbuzdan qochadi” jumlasidagi yarbuz so‘zlari izohi ham berilsa, ma’qul bo‘lar edi.
Qissa milliy kitobxonlikning, adabiy jarayonning qiyofasini ko‘rsatuvchi o‘ta muhim janr. Romanga yetmagan, hikoyaga sig‘magan oraliq ijodiy quvvat qissada aks etadi. Aynan qissa chinakam kitobxonlarni saralab, tarbiyalab, romanga tayyorlab beruvchi oraliq janrdir.
2012 yilda umumiy hisobda 30 dan ortiq qissalar e’lon qilindi. Ular, asosan, “Yoshlik”, “Sharq yulduzi” jurnallari, “Extremum press”, “Yangi asr avlodi”, “Sharq” nashriyotlarida chop etilgan.
Qissa ijodkorda romanik tafakkurning shakllanishidagi pillapoya. Qissanavislar ertangi romannavislardir. Ushbu mezonlar asosida, qissanavisning ijodiy kuchini asari orqali aniqlashga harakat qilamiz.
G‘ulom Karimiyning “Karvon” tarixiy-biografik qissasida Mahmud Koshg‘ariy hayoti qalamga olinadi. Qissa tarixiylik talablariga to‘la javob beradi. Makon va zamon masalasi tarixiy mantiq asosida hal etilgan. “Devonu lug‘otit-turk”da mavjud qo‘shiq, maqollardan qahramonlar nutqini, xarakterini yaratishda unumli foydalanilgan. Psixologik tasvirlar tarixiylikni badiiylikka olib o‘tgan. Qahramonlar nutqidagi so‘zga tejamkorlik ifoda maromini yuzaga keltirgan. “Devonu lug‘otit turk”dan olingan maqollar mazmuni havola qilingan. Ammo ichso‘z, “ilon yarbuzdan qochadi” jumlasidagi yarbuz so‘zlari izohi ham berilsa, ma’qul bo‘lar edi.
Yana shu muallifning “Turon qoploni” tarixiy dramatik qissasida Xorazmshoh nutqida zo‘raki iltifotlar bordek: “Dovyurak sarkardam, Inolchiq, majlis ahliga ayt: tuzimizni oqlay olasenmu? Mo‘g‘ul galasini to‘xtatish qo‘lingdan keladurmu?” Xoinlar Devonbegi va Qamchibek diologida drama ko‘tara olmaydigan bayonchilik mavjud. Qahramonlar nutqida – Devonbegi va Qamchibekning maxfiy suhbatida drama rejasini (Chingizxonga xoinona maktub bitish rejasi) berib qo‘yish ijodkorni o‘quvchi, tomoshabin qiziqishlarini tutib turish imkoniyatidan mahrum qiladi.
Muallifning “Sohibqiron va alloma” tarixiy dramatik qissasi iliq ma’rifiy kayfiyat uyg‘otadi. Mulohazalar, suhbatlarning qahramonlarga taqsimlanishi, uzviyligi ijodkorning chuqur, izchil bilimga tayanganini ko‘rsatadi. Ammo ba’zi o‘rinlarda kichik saktaliklar seziladi. Amir Temurning bayonchilikka og‘gan monologi (237-bet) dramatik vaqtga sig‘maydi. Sohibqironning musavvir Zeyliga bildirgan ishonchi sababiga ishora qilinmagan. “Musavvir Zeyli” niqobidagi yashirin xabarchi sohibqiron tomonidan unutiladi, u asarga boshqa kirib kelmaydi. Bu nuqson yaratilayotgan hushyor, oqil, donishmand sohibqiron xarakteriga mos emas.
G‘ozi Rahmonning “Shukuhli karvon” qissasi vaqt nuqtai nazaridan tarixiy, ammo hech bir ibratga ega emasligi bilan tarixiylikka xos emas. Asar qissa talablariga ham u qadar javob bermaydi. Voqealarni tutib turuvchi syujet butunligi, maqsad muayyanligi ko‘rinmaydi, shu sababdan asar ora yo‘lda qolib ketgandek taassurot qoldiradi. Bunday yo‘qchilik bilan qissani hikoyaga aylantirishning ham imkoni yo‘q. Sheva so‘zlarni qo‘llashda zo‘riqish bor. Misqol va Toshboy uchrashuvi tasviri itlar tasviri bilan parallel keladi. Bu parallellik, so‘kinch so‘zlarning ochiq ifodasi jirkanish hissini uyg‘otadi. Luqmon Bo‘rixonning “Olis qo‘rg‘on fuqarosi”, “Bir tomchi yosh” qissalari chop etildi. “Olis qo‘rg‘on fuqarosi” qissasi No‘‘monning ko‘ngil qo‘rg‘onidagi ziddiyatlar haqida so‘zlaydi. Voqealar xotirlash, aytib berish tarzida harakatlanadi. Bu usul No‘‘monning yoshlik, o‘smirlik psixologiyasini ochib berishga qaratilgan. Muallif har ikki qissasida ifoda uslubiga tushib olguncha bir necha sahifalarni boy beradi. Shundan so‘ng faqat o‘zigagina xos bo‘lgan uslub ichida erkin va go‘zal harakat qila boshlaydi. Asardagi bolalarning qo‘y o‘g‘rilashi, vaqt yechimi (tunda sodir bo‘lish), qariyaning ehsoni Sh.Xolmirzaevning “O‘zbeklar” hikoyasini yodga soladi. Muallif bunda boshqa detallar topgani ma’qul edi.
Download 11.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling