Referati bajardi: Sh. Shuhratov Tekshirdi: V. Abdurahmanov Oltinko’l 2023-y


Download 132.4 Kb.
bet2/16
Sana29.04.2023
Hajmi132.4 Kb.
#1399786
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Sherdor iqtisod nazariyasi

Jonlanish fazasida ishsizlik darajasi bir oz qisqarib, ishlab chiqarish darajasi sekin-asta o‘sib boradi. Narxlar ham sekin ko‘tarilib, ssuda foiz normasi o‘sa boshlaydi.
Iqtisodiyot bandlik darajasining ortishi va foyda hajmining tezlik bilan o‘sishi jonlanish fazasining yuksalish bosqichiga o‘sib o‘tishiga imkoniyat yaratadi. Yangi sikl yuksalishning boshlang‘ich nuqtasi hisoblanadi.
Yuksalish fazasida ishchi kuchiga bo‘lgan talabning kengayishi ishsizlikning birmuncha kamayishiga hamda ish haqining o‘sishiga olib keladiki, buning oqibatida iste’mol tovarlariga to‘lovga qodir talab kengayadi. Pirovard talabning ortishi, o‘z navbatida, iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarga, bozorni kengaytirish uchun turtki beradi. Raqobat va foyda ketidan quvish oqibatida nomutanosibliklarning to‘planib borishidan iborat zanjirli reaksiya tezlashadi. Bu bilan yangi inqiroz muqarrar bo‘lib qoladi.
Alohida iqtisodiy sikllar bir-biridan davomiyligi va intensivligi bo‘yicha keskin farqlanadi. SHunga qaramay, ularning hammasi bir xil fazalarga ega bo‘ladi.

Milliy

mahsulot yuksalish

inqiroz

yuksalish jonlanish
a) inqiroz turg‘unlik
jonlanish

turg‘unlik
Hozirgi zamon iqtisodiy sikllari XIX va XX asr birinchi yarimidagi sikllardan sezilarli farq qiladi. Shu sababli, hozirgi zamon iqtisodiy qarashlarda faqat ikki faza retsessiya va yuksalish ajratiladi. Retsessiya fazasi inqiroz va turg‘unlikni, yuksalish fazasi esa jonlinish va o‘sishni qamrab oladi.
Milliy ishlab chiqarish hajmining me’yorida pasayishi retsessiya deb nomlanadi.
Ko’rib chiqdikki, AQSh iqtisodiyotining uzoq muddatli tendensiyasi iqtisodiy o’sishning bir omili. Ammo, iqtisodiy o’sish odatda iqtisodiy sikl deb nomlanadigan iqtisodiy noturg’unlik davri tufayli to’xtab qoladi. Bir necha yillar mobaynida iqtisodiy sikl iqtisodiy faoliyat darajasini pasayib, ko’tarilish tendemsiyasini o’zgartirmoqda. Yakka tartibdagi ko’tarilib, pasayishlar davomiy va yuqori darajada o’zgarib bormoqda.
• Retsessiya yoki inqiroz umumiy ishlab chiqarish, daromad va ish bilan ta’minlanishdagi pasayish davri hisoblanadi. 6 oy yoki undan ham ko’proq vaqt mobaynida davom etadigan bunday davr iqtisodiyotning ko’p sektorlarida ish faoliyatining keng tarzda qiaqarishi bilan baholanadi. YIMdagi pasayishlar bilan bir qatorda, ishsizlikda sezilarli darajada ko’tarilshlar kuzatiladi. 7.2 jadval 1950 yildan beri AQShda 10 gayaqin inqirozlar kuzatilganidan darak beradi. Turg’unlik yoki inqiroz girdobida ishlab chiqarish va ish bilan ta’minlanish o’zining eng past ko’rsatkichiga yetadi. Bu davr uzoq vaqt yoki qisqa vaqt mobaynida kechishi mumkin.3
Inqirozdan keyin odatda jonlanish yoki tiklanish alomatlari sodir bo’ladi ya’ni daromad, ish bilan ta’minlanish darajasida ko’tarilishlar seziladi. Ba’zi vaqtlarda, iqtisodiyot yana o’zini avvalgi to’liq quvvat bilan imkoniyatlarini erisha boshlaydi. Agar iqtisodiy o’sish imkoniyatlati xarajatlardan oshib ketsa, deyarli barcha mahsulot va tovarlarning narxlari ko’tarilib ketadi. Boshqaga qilib aytganda, in fl yatsiya sodir bo’ladi. Garchi ish faoliyati sikllari bir davrni o’zida o’tib ketsa, ular davomiylik va ishlab chiqarish imkoniyati jihatidan juda katta o’zgarishlarga yuz tutadi. Ba’zi iqtisodchilar bu holatni ish faoliyatidagi davrlar deyishdan ko’ra ‘pasayibtushishlar’ deb ataydilar, chunki davrlar doimiylik xarakteriga ega‘pasayibtushishlar’ esa unday xarakterga ega emas. 1930 yillardagi ulkan iqtisodiy inqiroz AQShda 3 yil vaqt mobaynida real YIMni 40 foiz pasayishiga olib keldi va o’n yilga biznes faoliyatida jiddiy zarar ko’rsatdi. Qiyosan aytganda, 7.2 jadvalda berilganidek keying paytlarda bo’lib o’tgan inqirozlar kuch va davomiylik jihatidan nisbatan zararsizroq bo’ldi. Bu kabi iqtisodiy tanazzullar boshqa mamlakatlarda ham sodir bo’lib turadi, albatta. Keyingi 10 yil ichida goh-gohida Argentina, Braziliya, Yaponiya, Meksika, Germaniya va Janubiy Koreyada ham shu kabi inqirozlar kuzatildi.4

Download 132.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling