Referati bajardi: Sh. Shuhratov Tekshirdi: V. Abdurahmanov Oltinko’l 2023-y
Download 132.4 Kb.
|
Sherdor iqtisod nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pigu effekti.
- Foydalanalingan adabiyotlar ro’yxati.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda Narxlarning o‘sish sur’atlariga ko‘ra inflyasiyaning a) me’yoridagi; b) o‘rmalab boruvchi v) giper inflyasiya kabi turlari ajratiladi. Inflyasiyaning birinchi turida narxlar yiliga 10 foizgacha, ikkinchisida 20 dan 200 foizgacha, uchinchisida, astronomik miqdorda o‘sishi kuzatiladi. Giperinflyasiya aholi va xatto jamiyatning yuqori ta’minlangan qatlamiga juda katta yo‘qotish keltiradi, savdo barter ayriboshlashga o‘tadi, milliy xo‘jalik izdan chiqardi.Giperinflyasiya 1970-1980 yillar arafasida Boliviyada yiliga 2400% ga, 1992 yilda Rossiyada 2600% ga etgan. Bashorat qilish mumkinligiga qarab kutilayotgan va kutilmagan inflyasiya farqlanadi. Kutilayotgan inflyasiya va uning oqibatlarini oldindan bashorat qilish mumkin, kutilmagan inflyasiyani oldindan aytib bo‘lmaydi. Birinchi xolda inflyasiyaning kutilayotgan salbiy oqibatlariga tayyorlanib uni sezilarli darajada yumshatish mumkin. Ikkinchi holda narxlarning kutilmagan o‘sishi natijasida mamlakat iqtisodiy ahvolining sezilarli yomonlashuvi ro‘y berishi mumkin. Namoyon bo‘lish darajasiga ko‘ra oshkora va yashirin inflyasiya ajratiladi.Oshkora inflyasiya narxlar o‘sishida namoyon bo‘ladi. YAshirin inflyasiyada narxlar go‘yoki barqaror ko‘rinadi, ortiqcha pul tovar taqchilligida transformatsiyalashadi. Qamrov doirasi bo‘yicha bir mamlakat miqyosidagi va jahon xo‘jaligi doirasidagi inflyasiya farq qiladi.Asosiy ko‘pchilik tovarlarga narxlarning o‘sish sur’atidagi farqlarga ko‘ra muvozanatlashgan va muvozanatlashmagan inflyasiya ajratiladi. Muvozanatlashgan inflyasiyada narxlar bir vaqtda ko‘pchilik tovarlarga bir me’yorda o‘sadi, muvozanatlashmagan inflyasiyada har xil tovarlar guruhiga narxlar turlicha o‘sadi.Pigu effekti. Bu ingliz iqtisodchisi Artur Pigu (1877-1959y) nomi bilan bog‘liq, Unga ko‘ra me’yorida amal qiladigan bozor iqtisodiyoti sharoitida inflyasiyaning kutilishi aholi tomonidan narxlarning o‘sishiga qisqa vaqtda ro‘y beradigan holat deb qaralishiga va oqibatda narxlar pasayguncha ularning pul sarflarining kamayishiga sabab bo‘ladi. Bu o‘z navbatida talabni kamaytiradi va oxiri oqibatida narxlar pasayishi kuzatiladi. Foydalanalingan adabiyotlar ro’yxati. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – T.: O‘zbekiston, 2018. – 46 b. “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni. Toshmatov Sh, Asatullaev X, Allaberganov Z. Darslik. T.: Iqtisodiy ta’limotlar tarihi« Iqtisod-moliya», 2018. – 362 bet. Download 132.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling