Referati bajardi: Toshqulova Nargiza Qabul qildi: Rashidova Xadicha termiz 2023
Download 110.71 Kb.
|
iqtisodiy o`sish
- Bu sahifa navigatsiya:
- REFERATI Bajardi: Toshqulova Nargiza Qabul qildi: Rashidova Xadicha TERMIZ – 2023
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI “IQTISODIYOT VA TURIZM” FAKULTETI “IQTISODIYOT_TA`LIM” YO’NALISHI 3-BOSQICH 220-GURUH TALABASINING “ IQTISODIY O`SISH” FANIDAN TAYYORLAGAN REFERATI Bajardi: Toshqulova Nargiza Qabul qildi: Rashidova Xadicha TERMIZ – 2023 MAVZU:Aholi o`sish hisobiga ularning hayot sifati oshishi. Tomas Masltus fikrlari. REJA: 1.Tomas Maltus haqida qisqacha ma`lumot. 2. Maltus nimani o'rgangan? 3.Maltus tadqiqotining boshlanishi haqida. 4. Nazariyaning kamchiliklari to`g`risida. Xalqimiz – juda bolajon xalq. Farzandlarimiz biz uchun eng aziz ne’matdir. Nuroniylarimiz bejizga «serfarzand va serdavlat bo’lgin» deb duo qilishmaydi. Aholi o’sishi umumiy jamiyat iqtisodiy farovonligiga bevosita ta’sir qiladigan omil. Xalqning qanchalik farovon yashashi aholining o’sish darajasiga ma’lum darajada bog’liq. Aholi – bu avvalo iste’molchilardir. Aholi qancha ko’paysa, oziq-ovqat va yashash sharoitiga bo’lgan talab ham shuncha ortadi. Demak, o’sib borayotgan aholini yuqori turmush darajasi bilan ta’minlash uchun ishlab chiqarish ham shu tezlikda oshishi kerak. Ammo ishlab chiqarish omillari cheklangan (masalan, yer), shu bois yalpi ishlab chiqarish aholi o’sishidan ortda qoladi. Natijada o’sib borayotgan aholiga yetarli moddiy boylik yaratilmaydi va xalqning turmush darajasi tushadi. Bu fikrni ilk bora ingliz iqtisodchisi Tomas Maltus (Thomas Malthus) ilgari surgan. Uning fikricha, davlatning yer maydoni cheklangan bo’lgani sabab, o’sib borayotgan aholini boqishga yetarli mahsulot ishlab chiqarilmaydi. Natijada aholi qashshoqlashadi va uning o’sish tezligi tushib boradi. Ishlab chiqarish aholi o’sishini ta’minlay olmay qolganda esa, aholi o’sishdan mutlaqo to’xtaydi. Agar davlat yangi yerlarni ishg’ol qilsa, bu ishlab chiqarishni keskin oshiradi. Oshgan daromad odamlar hayotini yaxshilaydi va aholi yana o’sa boshlaydi. Bu yana daromad tushishiga olib keladi va xalq yana qashshoqlashadi. Maltus aytib o’tgan bu holat «Maltus qopqoni» deb ataladi. Ya’ni iqtisod shunday tuzilganki, aholi o’sishi daromadni tushiradi, ishlab chiqarishdagi har qanday o’sish aholi o’sishiga va umumiy turmush tarzi tushishiga sabab bo’laveradi. Maltus o’z g’oyasida bir omilni nazardan chetda qoldirgan: texnologiya rivojlanishi cheklangan yer bilan ham o’sib borayotgan aholini boqishga imkon beradi. Lekin vaziyatga rivojlanib borayotgan texnologiyani kiritgan taqdirda ham, sayyoramiz imkoniyatlari cheklangan va dunyo iqtisodi aholi o’sishi hisobiga qashshoqlashishga mahkum. Bugungi kunda iqtisodiy tanglikka yuz tutgan davlatlarning deyarli hammasi aholining tez o’sishidan aziyat chekadi. Bunday davlatlarga xalqaro tashkilotlar oziq-ovqat yetkazib yordam bergani sayin, aholi bunga ko’proq farzandni dunyoga keltirish bilan javob qaytaradi. Natijada, ko’rsatilgan moddiy yordam aholining yana ham qashshoqlashishiga olib keladi. Albatta, farzand ko’rish eng katta baxt. Ammo masalaga sof iqtisodiy nuqtai nazardan turib qarasak, ta’minlashga qiynalib uchta farzand o’stirgandan ko’ra, ikkita farzandni sog’lom va bilimli qilib voyaga yetkazgan jamiyat va iqtisod uchun foydaliroq. Yosh oilalar hozirdan shunday iqtisodiy omillarni hisobga olib ish ko’rmasa, bir kun kelib qiyin iqtisodiy vaziyat ularni yana bir farzandli bo’lishdan tiyib qoladi. Turmush darajasi pasayishiga hissa qo’shib, keyin buning jabrini tortgandan ko’ra, bugun sergak turib ota-ona bo’lgan afzal. Download 110.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling