Referati bajardi: Toshqulova Nargiza Qabul qildi: Nurmatov Norbek termiz 2023
Download 81.32 Kb.
|
korxona iqtisodiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- REFERATI Bajardi: Toshqulova Nargiza Qabul qildi: Nurmatov Norbek TERMIZ – 2023
- Korxonalar faoliyatiga investitsiyalarni jalb etish manbalari. 5. Korxonalarda investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘llari. Foydalannilgan adabiyotlar
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI “IQTISODIYOT VA TURIZM” FAKULTETI “IQTISODIYOT_TA`LIM” YO’NALISHI 4-BOSQICH 220-GURUH TALABASINING “ Korxona iqtisodiyoti ” FANIDAN TAYYORLAGAN REFERATI Bajardi: Toshqulova Nargiza Qabul qildi: Nurmatov Norbek TERMIZ – 2023 Mavzu : Korxonalarda inveastitsiyalarning turlari va investitsion faoliyatni amalga oshirish shakllari. Reja
1. Investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati. 2.Investitsiya shakllari va turlari 3. Mamlakat investitsiya muhitiga ta’sir etuvchi omillar 4. Korxonalar faoliyatiga investitsiyalarni jalb etish manbalari. 5. Korxonalarda investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘llari. Foydalannilgan adabiyotlar Kirish
1. Investitsiya tushunchasi va uning mohiyati «Investitsiyalar» atamasi lotin tilidagi «invest» so'zidan olingan bo'lib, pul sarf qilmoq, qo'ymoq ma'nosini anglatadi. «Investitsiya» tushunchasi bir qator ma'nolarga ega bo'lib, foyda olish maqsadida aksiya, obligatsiya sotib olish, tovar ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan real aktivlarni sotib olish va ishlab chiqarish uchun sarflanishi tushuniladi, ya'ni investitsiyalar har qanday vosita bo'lib, pulning qiymatini saqlaydi yoki uning qiymatini ko'paytiradi va ijobiy daromadlar olishni ta'minlaydi. Investitsiya mamlakat iqtisodiyotini o'stirish va rivojlantirish uchun zarur bo'lgan mexanizmlardan biri hisoblanadi. Kapitalning joylashtirish shakllari turlicha bo'lib, qator omillar asosida farqlanadi, ya'ni kapital pul va buyum ko'rinishdagi kapitalga bo'linganligi uchun ushbu jihatlardan kelib chiqqan holda investitsiyalarni moddiy-buyumlar va pul ko'rinishidagi investitsiya turlariga ajratish mumkin. Moddiy buyumlar deganda, ko'rinishidagi investitsiyalarga qo'yilayotgan ishlab chiqarish va noishlab chiqarish obyektlari, mashina va uskunalar, moddiy zaxirani ko'paytirish uchun olingan tovarlar tushuniladi. Pul ko'rinishdagi investitsiyalarga investitsiyali tovarlarni ishlab chiqarishni ta'minlaydigan moddiy buyumlar ko'rinishdagi investitsiyalarga yo'naltirilgan pul mablag'lari kiradi. Investitsiyalar — aniq yoki noaniq, lekin ehtimoli bor risklar sharoitida kapitalni muayyan jarayonlarga, muayyan vaqtga bog'lash bo'lib, uning joriy qiymatini saqlash, kapitallashtirish va jamg'arilishini ta'minlash maqsadida moliyaviy va real aktivlarga maqsadli qo'yilma qilish jarayonidir. Demak, investitsiya tushunchasining mohiyatini yoritganda uning jamg'arish, qo'yish va daromad olishdan iborat dinamik jarayonini olib qarash lozim. Investitsiyaning bunday doiraviy harakati asosan investitsion faoliyat orqali amalga oshiriladi. Ko'plab mamlakatlar xorijiy qo'yilmalarni jalb etish maqsadida imtiyozli sharoitlarni yaratadi, xususan kapitallarni saqlash va zararlarni qoplashni kafolatlaydi, imtiyozli soliq olishni kiritadi va foydani xorijga erkin o'tkazishgaruxsat beradi, olingan daromadlar va boshqalarni qayta investitsiyalashga sharoitlar yaratadi.Investitsiyaning milliy daromaddagi hissasi investitsiya me'yori deb ataladi. Bu quyidagi formula asosida hisoblanadi: YalS YaIM = x 100 (1) YaMDBunda, YaTM — yalpi investitsiya me'yori; YalS — yalpi investitsiya summasi; YaMD — yalpi milliy daromad. Moliyaviy resurslarning turlariga qarab investitsiyalar quyidagicha shakllarda bo'ladi: — shaxsiy mablag'lar, depozitlar, ulushlar, aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatbaho qog'ozlar; — harakatdagi (asbob-uskunalar va boshqa moddiy boyliklar) va ko'chmas (binolar, inshootlar, kommunikatsiya va boshqa boyliklar) mol-mulklar; — mualliflik huquqlar, nou xau va boshqa (aqliy) boyliklar; — yerdan, tabiiy boyliklardan va boshqa mol-mulklardan foydalanish huquqlari (nomoddiy aktivlar qiymati). Shuni aloliida ta'kidlash lozimki, shakllaridan qat'iy nazar investitsiyalar kapitalni jamg'arish jarayonining natijasi hisoblanadi. Jamg'arish investitsiya qo'yishning asosi bo'lib, u qo'yiladigan investitsiyalarning hajmini belgilaydi. 2. Investitsion jarayonning subyektlari va obyektlari Investitsiya jarayonining subyektlarini quyidagicha turkumlash maqsadga muvofiq: 1) buyurtmachilar; 2) investorlar; 3) investitsiya faoliyati obyektlaridan foydalanuvchilar; 4) pudratchilar; 5) ish bajaruvchilar; 6) tijorat, qo'shma, xususiy va xorijiy banklar; 7) sug'urta kompaniyalari; 8) investitsion fondlar; 9) ta'minotchilar. Investorlar — investitsiya jarayonining asosiy subyektlari bo'lib, o'z mablag'lari, qarz va jalb qilingan mablag'larning investitsiyalar shaklida kiritishni va ulardan foyda olish maqsadida foydalanishni amalga oshiradi. Investitsion jarayonning subyektlari sifatida tadbirkorlar, tashkilot (korxona)lar va ularning birlashmalari, muayyan obyektga mablagiar kiritishdan foyda (yoki boshqa foydali samara) olishni rejalashtirgan davlat organlari va investitsion fondlar qatnashishi mumkin. Quyidagilar investorlar bo'lishi mumkin: — O'zbekiston Respublikasi hukumati davlat mulkini boshqarish yoki mulk huquqlari bilan ta'minlangan organlar shaklida; — mahalliy o'zini-o'zi boshqarish organlari qommchilik tartibida belgilangan organlar va xizmatlar shaklida; — mahalliy korxonalar, shuningdek, nizomida zarur huquqlar bilan ta'minlangan tadbirkorlik birlashmalari, tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar; — xorijiy mamlakatlar bilan tashkil qilingan qo'shma korxonalar, tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar; — milliy va xorijiy kredit tashkilotlari; — xorijiy yuridik shaxslar; — xorijiy davlatlar ularning hukumatlari tomonidan vakil qilingan organlar shaklida; — xalqaro tashkilotlar. Jamg'arilgan resurslar investitsion obyektlariga qarab real, moliyaviy va intellektual investitsiyalarga bo'linadi. Tadbirkorlik va boshqa turdagi faoliyatga yo'naltirilayotgan investitsiya shakllarini guruhlash Investitsiyalarni amalga oshirishning asosiy bosqichlari quyidagilardir:
Mamlakat investitsiya muhitiga ta’sir etuvchi omillar Yuqoridagi grafik shaklda keltirilgan rasmda ko‘rishimiz mumkinki, O‘zbekistonda investitsion jozibadorlikni belgilovchi kengaytirilgan uchta eng yirik segmentlar mavjud bo‘lib, ular siyosiy, iqtisodiy hamda ijtimoiy tarmoqlar tarkibidagi ta’sir etish kuchiga ega turli-xil omillar sanaladi. Bu omillarning barqarorligi esa o‘z-o‘zidan investitsiyalarni donor pozitsiyasida kirib kelishi uchun munosabatlar negizi vazifasini o‘tabgina qolmay, investor o‘z kapitalini yo‘naltirish borasida mamlakatning hududi hamda soha-tarmoqlariga bo‘lgan potensiali ortib boradi. Shu qatorda aksincha, investitsiya muhiti darajasi qanchalik yomon bo‘lsa, investor o‘z riskini shunchalik yuqori belgilaydi. O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalarni jalb etishni faollashtirishga kata e’tibor qaratilib, investorlarga ko‘maklashish va kafolatlar berish uchun ularga investitsiya, soliq tizimida va bojxona to‘lovlari sohalarida ma’lum imtiyozlar, sharoitlar va kafolatlar tizimi yaratildi. Shuningdek, xorijiy investitsiyalar uchun hudud jozibasini baholashda ko‘pchilik xorijiy investorlar ham «BERI» (business environment risk index) indeksidan foydalanadilar. Bu indeks asosiy 15 ko‘rsatgichda aniqlanadi, 0 dan 4 ballgacha. Indeksning optimal jihatlari shundaki, u bilan hududlardagi iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy strukturani qay tarzda ishlayotganini bilish mumkin bo‘ladi. Quyidagi 2-rasmda baholash mezonlari, ularning investitsiya qarorlarini qabul qilish bo‘yicha ahamiyatidan kelib chiqib aks ettirilgan. Yuqorida keltirilgan infografik shakldagi rasmda «BERI» (Biznes muhiti xavf-xatarlari haqida ma’lumot) indeksi mamlakat investitsiya muhitini turli hajmga ega bo‘lgan 15 ta baholash mezonlariga asoslangani berilgan bo‘lib, har bir mezonga 0 dan (to‘g‘ri kelmaydi) 4 gacha (o‘ta qulay) baho beriladi. To‘plangan ballarning yuqori bo‘lishi barqaror mamlakatni anglatadi. Mamlakat to‘plagan ball qanchalik past bo‘lsa, investitsiyalashdan olinishi mo‘ljallangan foyda yuqori bo‘lishi zarur, aks holda investitsiyalash samara keltirmaydi. Shu o‘rinda, «BERI» indeksiga kirgan ko‘rsatgichlar orasida siyosiy barqarorlik (0,12 foiz) eng kata ahamiyatga ega hisoblanadi. Mamlakatimizda investitsiya masalasi so‘nggi 5 yilda o‘z aktualligini yo‘qotmaganini hisobga olgan holda, asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarni tahlil qilish natijasida mamlakatga investitsiya kirib kelishida yildan-yilga o‘sish sur’atlar qayd etilganini ko‘rishimiz mumkin (2-jadval). Yuqorida keltirilgan jadval ma’lumotlarida shuni ko‘rish mumkinki, asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning o‘sish sur’ati foiz ko‘rinishida berilgan. 2020-2021 yillarga nisbatan 2022 yilda o‘sish sur’atlari 105,0 foiz deya qayd etilgan, bu esa o‘z navbatida, O‘zbekistonda asosiy kapitalga investitsiyalar o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lib borayotgani hamda investitsiya muhitining qulayligidan dalolat beradi. Bunday investitsiya holatida o‘sish sur’atlarini yanada oshib borishi investorlar uchun qulay muhit yaratilganligi, investitsiya dinamikasi va tarkibiga ta’sir ko‘rsatadigan jami iqtisodiy, huquqiy, siyosiy va ijtimoiy sharoitlar bilan belgilanadi. Asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hududlar kesimida O‘zbekistonda asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 190 trln. so‘mni tashkil etgan bo‘lib. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, shundan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar 72 trln. so‘m miqdorida qayd etildi . Yuqoridagi keltirilgan rasmdagi raqamlar shuni isbotlaydiki, o‘zlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar hajmida eng yuqori ulushga ega bo‘lgan investor davlatlar orasida Rossiya 21 foiz bilan birinchi o‘rinda qayd etildi. Korxonalarda barcha investitsiyalar quyidagi ikkita manbadan shakllantirilib, amalga oshiriladi: - korxonaning o‘z mablag‘lari hisobidan; - chetdan jalb qilingan mablag‘lar orqali. Korxonaning investitsiyalarni shakllantirishda qo‘llaniladigan o‘z mablag‘lariga quyidagilar kiradi: - korxonaning sof foydasidan ajratilayotgan mablag‘lar; - amortizatsiya fondidagi mablag‘lar; - asosiy vositalarni tugatishdan, sotishdan kelib tushgan mablag‘lar; - asosiy vositalarni ijaraga berishdan tushgan mablag‘lar; - boshqa korxonalar qimmatli qog‘ozlarini sotib olishi natijasida oladigan dividendlardan ajratilayotgan mablag‘lar va boshqa shu kabilar. Investitsiyalarni shakllantirishda chetdan jalb qilinadigan mablag‘larga quyidagilar kiradi: - davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar; - tijorat banklaridan olinadigan kreditlar; - hamkorlardan olinadigan mablag‘lar; - qimmatli qog‘ozlar chiqarib sotish orqali jalb etiladigan mahalliy va xorijiy korxonalar hamda fuqarolarning bo‘sh turgan mablag‘lari; - xayriya fondlaridan, homiylar tomonidan ajratilayotgan mablag‘lar va boshqalar. Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar tarkibida korxonalar va aholining o’z vositalari 2020-yilda 29,3 foizni tashkil etgan bo’lsa, ushbu ko’rsatkich 2021-yilda 40,8 foizni tashkil etgan. E’tiborli jihati, 2021-yilda asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar tarkibidagi qabul qilingan mablag’lar tarkibida chet el investitsiyalari va kreditlari keskin oshgan va 42,7 foizni tashkil etgan. Investitsiya loyihalarinining samaradorligini baholashda qo‘llaniladigan qoplash muddati va investitsiyalarning rentabellik darajasi ko‘rsatkichlari avvaldan ma’lum bo‘lib, ular milliy va chet el amaliyotida to pul tushumlarining dikontlanishiga asoslangan usullarning keng qo‘llanilishiga qadar asosiy ko‘rsatkichlar sifatida amal qilib kelgan. Ushbu ko‘rsatkichlarning soddaligi va tushunarliligi uning maxsus iqtisodiy bilimga, ko‘nikmaga, malakaga, tayyorgarlikka va tajribaga ega bo‘lmagan xodimlar ham keng qo‘llashiga sabab bo‘ldi. Korxonalar faoliyatiga jalb qilingan investitsiyalar samaradorligini oshirish mamlakatda mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi va aholi turmush farovonligini oshirish imkonini beradi. Buning uchun korxonalar faoliyatiga jalb qilinadigan investitsiyalarni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish talab etiladi. Respublikamizdagi siyosiy-iqtisodiy barqarorlik xorijiy investitsiyalar jalb etilishiga imkoniyat bermoqda. Uning rivojlanishini ta’minlash maqsadida investitsion siyosatning huquqiy asoslari ham barpo etilgan. Ularning mavjudligi so‘nggi yillarda tarmoqqa ma’lum miqdorda investitsiyalar sarflanishini ta’minlamoqda. Ma’lumki, jahon andozalariga javob beradigan va dunyo bozorlarida xaridorgir mahsulot ishlab chiqarish uchun xorijiy investitsiyalarni, birinchi navbatda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha qulay shart-sharoitlar yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Korxonalar faoliyatiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda quyidagilarga e’tibor berish lozim: - mamlakatimizda investitsiya infratuzilmasini rivojlantirish – avtomobil va temir yo‘llari, uzluksiz elektr, gaz va suv ta’minoti, sifatli aloqa xizmati, banklar, sug‘urta kompaniyalari va boshqa shu kabilar faoliyatini rivojlantirish va investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ularning ishtirokini samarali yo‘lga qo‘yish; - tadbirkorlarning biznes ko‘nikmalari, shu jumladan, investitsiya loyihalari bilan ishlash tajribasini shakllantirish va huquqiy bilimlarini oshirish – hududlarda konsalting, marketing va yuridik xizmat ko‘rsatuvchi markazlar tashkil etish va faoliyatini rivojlantirish; - korxonalarda investitsiya takliflari va loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslarini sifatli ishlab chiqishga e’tibor berish – tadbirkorlarga investitsiya loyihalarini ishlab chiqishda tijorat banklari, hududlardagi savdo-sanoat palatasi va boshqalar tomonidan amaliy yordam ko‘rsatilishini mahalliy hokimliklar tomonidan tashkil etish va doimiy nazoratga olish; - xorijiy investorlarni mamlakatimizda mavjud imkoniyatlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar bilan ta’minlashni tashkil etish – xorijiy investorlarni to‘laqonli ravishda axborot (investitsiya loyihalari va biznes takliflar bazasi, turli bukletlar, hududiy matbuot nashrlari, xomashyo va mehnat salohiyati to‘g‘risidagi hamda yaratilgan imkoniyatlar haqidagi ma’lumotlar) bilan ta’minlash, maxsus veb-portal tashkil etish, shuningdek, investitsiya faoliyatiga oid konferensiyalar, seminarlar va respublika hududida hamda xorijiy mamlakatlarda taqdimotlar o‘tkazish. Barcha manbalardan shakllanayotgan investitsiya mablag‘larini korxonalarda quyidagilarga sarflash maqsadga muvofiqdir: korxonalarda zamonaviy va samarali texnologiyalarni rivojlantirishga; korxonalarni barcha ishlab chiqarish vositalari bilan ta’minlash, ishlab chiqarishni kompleks mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish hamda elektrlashtirishni ta’minlashga; mehnat resurslarining bilimini, malakasini yuksaltirishga; ijtimoiy sohalarni rivojlantirish va boshqa shu kabilarga. Download 81.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling