Referati bajardi: Umirzoqov J. Qabul qildi
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Hemis 5-MI reklama matnlarini yaratish Umirzoqv Jahonbek
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Akademik yozuv” fanidan REFERATI Bajardi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG’ONA FILIALI 1-BOSQICH KI 711-22 - GURUH TALABASINING “Akademik yozuv” fanidan REFERATI Bajardi: Umirzoqov J. Qabul qildi: Xusaynova M. Mavzu:Reklama va uning xususiyatlari. Reklama matnlar yaratish Reja: 1. Reklama haqida umumiy ma’lumot, uning turlari. 2. Reklama matn nima? 3. Reklamaning qo’llanilish usullari Reklama (lotincha «reklamo» — qichqirmoq) — tovarlarning sifati, ularni sotib olishdan koʻriladigan naf haqidagi axborot; bevosita yoki bilvosita foyda (daromad) olish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar yoki mahsulot toʻgʻrisida tarqatiladigan maxsus axborot. Reklama marketingnnng tarkibiy qismi hisoblanib, talab va isteʼmolchilar didining shakllanishiga taʼsir koʻrsatadi. Reklama korxona imijini yaratish (uzoq davrli taʼsir koʻrsatish), joriy sotish hajmini koʻpaytirish (qisqa davrli taʼsir koʻrsatish), haridorlarga nima sotib olishni va uni nima uchun sotib olish zarurligini hal qilishda yordamlashish va boshqa maqsadlarda olib boriladi. Reklamaning asosiy vazifasi — xaridorni qiziqtirish, mijoz xaridorlarni yoʻqotmaslik va ularni kengaytirishga qaratiladi. Reklamaning paydo boʻlish tarixi juda qadimiy, Yunoniston va Qadimgi Rimda ogʻzaki va yozma Reklama, hatto tovar belgisi qoʻyib tamgʻalash yoʻli bilan tovarlar reklama qilinganligi haqida maʼlumotlar bor. Hozirgi shakldagi reklama ilk marta AQShda paydo boʻlgan. Bu yerda XIX asrning 2-yarmida birinchi reklama agentliklari faoliyat koʻrsatgan va reklama katta daromad keltira boshlagan. Dastlab yozma reklama haridorlarni magazin va unda sotiladigan tovarlardan xabardor qilish vazifasini bajargan. Bu ish taxtalavha yozish va vitrinalar tashkil etish orqali amalga oshirilgan. Keyinchalik reklama potensial haridorga nashrlar orqali murojaat shakliga aylandi — afishalar, kitoblar, jurnallar, gazetalarda axborotreklama eʼlonlari paydo boʻldi. Reklama ishiga ommaviy axborot vositalari (matbuot, radio, televideniye, kino) jalb etildi. Reklama odatda juda qimmat turadi. Shuning uchun ham firma uning asosiy vazifasi nimadan iborat ekanligini unutmagan holda qilinajak reklama haqidagi o‘zining chuqur o‘ylangan marketing yechimini qabul qilishi kerak. Mablag‘ haqida masala ravshanlashib borganda, reklama bo‘yicha shug‘ullanuvchilarga qanchalik katta mas’uliyat tushishini ko‘ramiz, ya’ni reklama bo‘yicha mutaxassis qobiliyatli bo‘lmasa va mavjud imkoniyatlardan foydalanib ish yuritmasa, avvalo o‘z ishi, muassasasining obro‘sini ham tushirib qo‘yishi mumkin. Shuning uchun reklama bo‘yicha mutaxassis marketing muhitini va tashkilotdagi marketing strukturasiga tayangan holda quyidagi qoidalarga rioya qilishi lozim: reklamadagi asosiy element - tovarlarni sifati va korxonani bozordagi mavqeyi; tovarlar reklamasida barchani jalb etadigan oddiy, gohida xaridorlarning tovarlarni ko‘rish uchun safarbar qiladigan usullar bo‘lishi; tovar reklamasi qimmat bo‘lganligi uchun shunday reklama tayyorlash kerakki, u arzon bo‘lsin; reklamada tovarni turli ranglarda ko‘rsatish va bu ranglar xaridorlarni o‘ziga jalb eta olishi zarur; tovarni reklamasida mahalliy an’analarni hisobga olish va tovarni qaysi regionlarda va qaysi yoshdagi xaridorlarga mo‘ljallangan bo‘lishi juda muhimdir. Reklama turlari, ularning umumiy tavsifi va qo‘llanilish usullariga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi: – ko‘rgazma reklamalari; – matbuotdagi reklama; – bosma reklamalar; – plakat-grafika reklamalari; – kino reklamalari; – radio-reklamalari; – yoritish reklamalari. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling