Referati buxoro-2023 Reja Kirish Beshta muxim tashabbus mazmuni


Beshta muxim tashabbus doirasida Bo‘kada amalga oshirilgan ishlar


Download 288.34 Kb.
bet3/4
Sana23.02.2023
Hajmi288.34 Kb.
#1224783
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
12-mustaqil talim

Beshta muxim tashabbus doirasida Bo‘kada amalga oshirilgan ishlar

Prezidentning «5 ta tashabbus» loyihasi bo‘yicha Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida keng ko‘lamli amaliyotlar boshlandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 3 aprel kuni yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan 5 ta tashabbusni amaliyotga joriy etish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgan
Belgilangan vazifalarni respublika bo‘ylab sifatli amalga oshirishda Toshkentdan 65 km. uzoqlikda joylashgan Bo‘ka tumanida dastlabki tajriba amaliyotlari boshlandi. Bundan mazkur konsepsiya va taklif etilayotgan har bir loyihalarni puxta oprabatsiyadan o‘tkazib, ularni amaliyotda samarali qo‘llash ko‘zda tutilgan.
Uchinchi tashabbus
Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, ushbu tajriba amaliyotlari yakunlangach, Bo‘ka tumanida yoshlarning sifatli ta’lim olishi uchun shart-sharoitlar butunlay o‘zgaradi.
Buni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi zimmasidagi uchinchi tashabbus – «Aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish» doirasida qilinayotgan ishlar misolida ko‘rish mumkin.Infografika: «Mitc.uz»
Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi
AKT vazirligidan xabar berishlaricha, bugungi kunda Bo‘ka tumani markazida joylashgan «O‘zbekiston pochtasi» AJ binosida 130 kv.m maydonda «Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi»ni tashkil etish bo‘yicha qurilish-ta’mirlash ishlari boshlab yuborilgan.
Mazkur o‘quv markazida 14 dan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarga axborot texnologiyalari sohasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanish bo‘yicha innovatsion ko‘nikmalar beriladi, shuningdek, axborot texnologiyalari, elektron tijorat, dasturlash va kibersport asoslari bepul o‘qitiladi. Yil davomida qisqa va uzoq muddatli o‘quv kurslarida 430 dan ortiq yoshlarni o‘qitish rejalashtirilgan.
Maktablarda zamonaviy to‘garaklar
Tumandagi barcha maktablarda hamda Barkamol avlod markazi va Bolalar internatida kompyuter texnologiyalari, robototexnika, kompyuter o‘yinlari va kibersport bo‘yicha to‘garaklarni tashkil etish belgilab olingan. Mazkur to‘garaklarda yil davomida tashkil etiladigan o‘quv kurslarida 4 500 dan ortiq yoshlarni o‘qitish rejalashtirilmoqda.

Download 288.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling