Referati farg’ona-2023 Mavzu: O‘rta osiyoda qo'llanilgan kalendarlar reja: Kirish


Abu Rayhon Beruniy «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar»da quyidagilarni yozadi: «Bular (ya’ni turkiy xalqlar taqvimi)ning


Download 63.65 Kb.
bet4/4
Sana09.06.2023
Hajmi63.65 Kb.
#1474002
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
MAMASOLIYEVA SHAHZODA

Abu Rayhon Beruniy «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar»da quyidagilarni yozadi: «Bular (ya’ni turkiy xalqlar taqvimi)ning
miqdorlari, mamolari va kayfiyatlaridan voqif bo‘lmadim». Shundan keyin olim turkiy xalqlar taqvimidagi o‘n ikki oy nomini beradi:

Abu Rayhon Beruniy mazkur sahifada yana turk taqvimi haqida gapirib, «Turk jadvali» degan sarlavha ostida o'n ikki hayvon nomi bilan ataladigan o’n ikki yillik muchal hisobining nomlarini ham keltiradi:

Qadimgi yozma manbalarda ko‘rsatilishicha, muchalni, dastlab, Yunon-Baqtriya podsholigi davrida (mil.avv. 250—130-yillar) ko‘chmanchi chorvador xalqlar yaratgan, so'ngra Mo‘g‘uliston, Xitoy, Yaponiya, Hindiston, Misr. Eron, Afganistan, Iroq va 0‘rta Osiyo mamlakatlariga tarqalgan. Bu hisobning vatani Xitoy va Misr degan ma’lumotlar ham bor. Kishilarning tug’ilgan yillarini hayvonlar nomi bilan atash odati ayrim hayvonlarga sig‘inish asosida kelib chiqqan bo‘lishi mumkin: 12 yillik hisobga kiritilgan hayvonlar «xosiyatli» va «muqaddas» hisoblangan. Qaysi mamlakatda qanday hayvonga ko'proq sig'inilsa. shu hayvon mazkur muchal hisobiga kiritilgan. Masalan, Xitoyda baliq o'rniga afsonaviy ajdarho, Afrikadagi ba’zi xalqlar orasida baliq o'rniga timsoh, Misrda sichqon o‘rniga mushuk, ot o'rniga eshak va boshqalar qo'llanilgan. O'rta Osiyo mamlakatlari, Mo'g'uliston, Xitoy va boshqa mamlakatlarning xalqlari orasida turli buvumlarni muchal yil hisobiga kiritilgan hayvonlarning tasviri bilan bezash odat bodgan. Oltin va kumushdan ilon shaklida ishlangan bilakuzuklar, baliq va boshqa hayvonlarning tasviri qo'yib ishlangan mis tovoqlar bunga misol bodadi.
Qadimgi rivoyatlarga ko'ra. muchal yil hisobidagi har bir yilda muayyan voqea-hodisalar sodir bo'Ushiga ishonishgan. Masalan, «ilon yili»da qurg'oqchilik, qimmatchilik bo'lar. qish sovuq kelar, «to‘ng*iz vili»da esa yogbngarchilik ko‘p, narx-navo arzón bo'lar ekan.
O zbek tilida birinchi bosma kalendar Shohimardon Ibrohimov tomonidan tuzilib, 187Uyil Toshkentda Turkiston Harbiy okruei bosmaxonasida chop etilgan (uning 1872-yilgi ikkinchi nashri Alisher Navoiy nomli O'zbekiston Milliy kutubxonasida saqlanadi). Bu kalendarda astronomik ma lumotlardan tashqari yarmarkalar - bozorlar. davlat banki bo'limlari, lurkiston va Rossiyadagi shaharlarga olib boradigan vo'llar. sud nizomlari, pochta aloqasi tartib-qoidalari, baxtsiz hodisalar ro'v berganda ko‘rsatiladigan birinchi tibbiy vordam va boshqalar haqida ham ma'lumotlar bor.
Ikkinchi jahon urushiga qadar O'zbekistonda. asosan. jadvalli kalendarlar nashr etilgan. 1966-1967-yilIarda «Cho'ntak kaíendari» chiqarilgan. 1963-yildan boshlab «O'zbekiston» nashriyotida muntazam ravishda (iaqat 197 j-y i I chiqmagan) «o'zbekcha kalendar» (tuzuvchilar: Meli Jo ra. Komiljon Abdullaev) nashr etilib, adadi 400 mingga yetgan (1963-1983 yillai). K-eyinchalik, shunday kalendarni O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasi qoshida tashkil etilgan kalendar bo'limi chiqardi (1983-1989 yillar). «O'zbekiston» nashriyotida 1994-yildan muntazam varaqlama va plakat kalendarlar chiqarilmoqda.

Xulosa
Yuqoridagilardan ma’lum bo'ladiki, turkiy xalqlarning asosiy taqvimi muchal hisobidan iborat boTgan yilning o'n ikki oyi Beruniy keltirgan nonilar bilan atalgan. Biroq Beruniy turkiy xalqlarda qadim zamonlardan buyon biror voqea asos qilib olingan «Tarix boshi» deb atalgan, raqam bilan hisoblab kelinadigan yil hisobi to‘g‘risida maTumot bermaydi. Shu bilan birga yuqorida aytilgan o‘n ikki oyning kunlar miqdori, oddiy va kabisa yili, yilning boshlanishi, yangi kunning. qachondan hisoblanishi ham aytilmaydi. Har holda qadimgi turkiy xalqlarda ham Yaqin va Olrta Sharqdagi boshqa kalendarlarda bo'lgani kabi yil boshi bahorgi tengkunlikdan boshlangan. Chunki qadimgi turkiy xalqlar qo'llagan muchal yilining birinchi kuni bahorgi tengkunlikdan hisoblanadi.
Mahmud Qoshg‘ariy «Devonu lug'ot at-turk» asarida turkiy xalqlarning kalendarlari haqida qisqacha to'xtab ohadi, Mahmud Qoshg'ariv ham Abu Rayhon Beruniy kabi qadim zamonlardan beri davom etib kelayotgan tarix boshi (era)ga to'xtalib o’tmaydi. Olim faqat Abu Rayhon Beruniy keltirgani kabi yilning o‘n ikki oyini beradi. Mahmud Qoshg'ariy turkiy xalqlarda kunlarning nomi yo'qligini, arablar kelgandan keyingina kunlar hafta ichidagi kun nomlari bilan aytilishi odat tusiga kirganligini qayd etadi. U muchal tarkibiga kirgan o‘n ikki hayvon nomini sichqondan boshlab to'ng’izgacha sanab o'tadi.
Ayrim olimlarning fikricha, turkiy xalqlarda tarix boshi (era) bo‘lgan va u turk hoqonligining 571-yilda o‘rnatilishidan boshlanadi. deydilar. Bu fikrni isbotlash uchun Urxun-Enasoy yozuvlarida bitilgan qabr toshlaridagi bitiklarga murojaat qilaylik. Jumladan, Kultegin yodnomasi shunday tugallanadi: «Kultegin qo’y yilida o'n yettinchi kunida uchdi. To'qqizinchi oyning yigirma yettisida azasini o'tkazdik. Binosini, naqshini, bitiktoshini Maymun yilida, yettinchi oyning yigirma yettisida butunlay tugatdik. Kultegin qirq yetti yoshida vafot etdi». Yuqoridagi sanani Xitoy yilnomalari bilan qiyoslab hisoblanganda milodiy 731-yilning 27-fevrali kelib chiqadi1. 0‘n ikki hayvon nomi bilan ataluvchi muchal hisobi turkiy xalqlardan tashqari mo‘g‘ul va xitoy xalqlarida ham mavjud. Bu hisob keyinchalik Osiyoning boshqa xalqlariga ham tarqalgan.


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


1. Qori-Niyoziy T.N. Uluhbеk va uning ilmiy mеrosi. – T.: O’zbеkiston. 1971.
2. Cibul'skiy V.V. Sovrеmеnniе kalеndari stran Blijnеgo i Srеdnеgo Vostoka.- M.: 1964.
3. Bеruniy A.R. O’tmish xalhlardan holgan yodgorliklar. -T.: Fan. 1968.
4. Iofе V.G. Xronologiya i mеtrologiya. Konspеkt kursa lеkstiy. - T.: 2001.
5.Rahmonqulova Z. Xronologiya. A.Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, - T. : 2006.
Download 63.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling