Referati farg’ona-2023 Mavzu: O‘rta osiyoda qo'llanilgan kalendarlar reja: Kirish
Download 63.65 Kb.
|
MAMASOLIYEVA SHAHZODA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: O‘RTA OSIYODA QOLLANILGAN KALENDARLAR Reja: Kirish 1. Zardusht kalendari. 2. Xorazm kalendari.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VA INNOVATSION RIVOJLANISH VAZIRLIGI QOSHIDAGI F ARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI TARIX FAKULTETI TARIX YO’NALISHI MAXSUS TARIX FANIDAN 22-73 GURUH TALABASI MAMASOLIYEVA SHAHZODANING REFERATI Farg’ona-2023 Mavzu: O‘RTA OSIYODA QO'LLANILGAN KALENDARLAR Reja: Kirish 1. Zardusht kalendari. 2. Xorazm kalendari. 3. Muchal kalendari. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Kirish Insoniyat tarixida 200 dan ortiq kalendarlar ishlatilgan. Shulardan anchasi mavzularga kiritilib, kalendarlarning vujudga kelish tarixi, tuzilishi o’rganib kelinmoqda. Ba’zi Xalqlarning kalendarlarini ko’klarga ko’tarib, boshqa kalendarlarga asos bo’lgan deb xulosalar chiqarishgan. Vaxolanki er yuzida yashayotgan millat, Xalqlar xatto okean ortida bo’lsa ham, bir-birlari bilan aloqada bo’lmagan davrlarda ham har birlari o’zlariga xos turmush tarzlariga ega bo’lganlar. Tabiiy sharoitlari, urf-odatlari, diniy tasavvurlaridan kelib chiqib hayot kechirganlar. “Buyuk ipak yo’li”ning ochilishi, Buyuk geografik kashfiyotlardan keyingi davr tsivilizatsiyasini falon davlatniki, millatniki deb ajratib ko’rsatishga xojat yo’k. Bu voqealardan keyin xech qaysi xalq, elat boshqa xalqlardan uzilib qolgan, o’z xolicha yashagan emas, aks xolda xech qanday taraqqiyot bo’lmagan bo’lar edi. Shunday bo’lsada har bir xalq o’z tarixini o’rganar ekan, biz ham o’z tariximiz, buyuk allomalarimiz bilan faxrlansak arziydi. Shu paytgacha boshqa kalendarlar tarixini o’rganib, Qadimgi Xorazm kalendari haqida deyarli ma’lumotga ham ega emas edik. Xorazm qadimgi ilm-fan beshigi, “Avesto” 2700 yilcha mukaddam shu zaminda vujudga kelgan deb xulosa chiqarar ekanmiz, Xorazm kalendari ham shundan uzoqroq vaqtga , tarixga ega. Zardushtiylik dini paydo bo’lgan ekan, uning bevosita rasm-rusumlarini ado etish uchun vaqt hisobini bilish kerak edi, shuning o’zi qadimgi Xorazm kalendariga asos solgan. Ammo, afsuslar bo’lsinki bu kalendar haqidagi ma’lumotlar Xorazm xalqining buyuk farzandi Abu Rayxon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” kitobidan boshqa tarixiy manbalarda saqlanib qolmagan. Turli joydan kelgan boskinchilar O’rta Osiyo xalqlari tarixini izsiz o’chirish, boyliklarini talash, moddiy va madaniy yodgorliklarini yo’q qilib, o’zlarini ustun qo’yishga harakat qilganlar. Shu jarayonda kitoblar qatorida yozma kalendarlar ham yo’k qilib yo’qolib ketdi. Faqat yodda saqlanganlarinigina Beruniy tiklash sohasida xizmat qildi. Shuning uchun Xorazm kalendarini o’rganishda faqat Abu Rayxon Beruniyning “Osor al-boqiya” asariga suyanamiz. Xorazmning ma’lum bo’lgan qadimiy kalendar tizimi Iskandar Zulqarnayndan 980 yil ilgari bo’lgan. Xorazm davlatining boshlanishida haftani ishlatmaganlar. Ularda haftaning kunlari ma’lum moxiyatga ega deb hisoblangan. Kunlar hafta ichida nomlaridan tashqari bosh nomlarga ham ega bo’lgan. Masalan, xorazmliklar oyning har bir kuniga nom qo’yganlar. Bir oy ichida o’n bir kunning nomlanishi xorazmliklarda va so’gdiylarda bir xil bo’lgan. Download 63.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling