Referati mavzu: Alisher Navoiyning axloqiy-ta’limiy qarashlari reja


Odamni ersang demagil odamni, Onikim yo’q xalq g’amidin g’ami


Download 57.5 Kb.
bet2/2
Sana06.05.2023
Hajmi57.5 Kb.
#1433687
TuriReferat
1   2
Bog'liq
Рустемова Динара

Odamni ersang demagil odamni, Onikim yo’q xalq g’amidin g’ami.
Xalqqa yordam berishni istamaydigan, xudbin, qora ko’ngil odamlarni Alisher Navoiy eng yomon odam, xalqqa zarar yetkazadi deb ta’riflaydi.
El qochsa birovdin el yomoni bil oni, Ahvolida idbor nishoni bil oni. Fe’l ichra ulus bolam joni bil oni, Olam elining yomoni yomon bil oni.
Insonlar bir-birlari bilan do’st-inoq va hamjihat bo’lib yashamas ekanlar, o’z orzu-niyatlariga yeta olmaydilar, yakkalik, yolg’izlik bilan hech qanday ish qilib bo’lmaydi, shuning uchun ham u hamma insonlarni do’st bo’lib yashashga chorlaydi.Alisher Navoiy do’stlikni ulug’laydi, shu bilan birga soxta, g’araz bilan do’st bo’luvchi kishilarni qoralaydi.
Alisher Navoiy qanoat, sabr, tavoze, ishq, vafo, saxovat, himmat, karam, muruvvat, hilm (yumshoq ko’ngillik) kabi ijobiy fazilatlarning odobli, axloqli kishilar qiyofasidagina namoyon bo’lishiga urg’u berib o’tadi. Mutafakkir insonga xos bo’lgan ma’naviy-axloqiy xislatlar xususidagi fikrlarni ularning har biriga to’laqonli ta’rif berish asosida davom ettiradi. Chunonchi, “qanoat-buloqdir-suvi olingan bilan qurimaydi. Xazinadir-naqdinasi sochilgani bilan kamaymaydir. Ekinzordir- urug’I izzat va shavkat mevasi beradir. Daraxtdir-shoxi tortinchoqlik va hurmat mevasi yetkiziladi.
Kimki , qanoatga odatlansa, shoh va gadoy bordi-keldisidan ozod bo’ladi qanoat qo’rg’ondir, u yerga kirsang nafs yomonligidan qutularsan, tog’liklardir-u yerga chiqsang dushman va do’stga qaramlikdan xolos bo’larsan; tubanlashishdir – natijasi yuksaklik; zoriqishlikdir-foydasi ehtiyotkorlik urug’ining mevasi farovonlik”.
Alisher Navoiyning asarlaridagi Farhod, Shirin, Layli, Dilorom, Qays, Shopur,kabi ijobiy qahramonlar umuminsoniy tarbiya asosida tarbiyalanganlar, kamtarin, odobli, or-nomusli insonlardir. Bu qahramonlar orqali yoshlarni ulardan ibrat olishga chorlaydi.
Alisher Navoiyning barcha asarlari yoshlar tarbiyasi uchun muhim xazina hisoblanadi. U o’z asarlarida har bir so’zdan unumli va o’rinli foydalana olgan. Har bir hikmati biz uchun ibratlidir. Alisher Navoiyning hayoti va merosi yoshlarda umuminsoniy fazilatlarni tarbiyalashda bizga har tomonlama namuna bo’ladi. Ulug’ shoir o’zining ta’lim tarbiyaga oid fikr-mulohazalari bilan barkamol avlod tarbiyasiga katta hissa qo’shdi, umuminsoniy fazilatlar to’g’risidagi fikrlari hozirgi davrimiz uchun ham muhimdir.
Download 57.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling