Referati mavzu: Birlamchi va ikkilamchi hayvonlar evolutsiyasining ikki yo'nalishi. Reja: Zoologiya fani haqida tushincha
Download 11.66 Kb.
|
Dilorom Zoologiya referat.docx
Urganch Davlat Universiteti tabiiy fanlar fakulteti Biologiya sirtqi bulim 211-guruh 3-kurs talabasi Mirzayeva Diloromning Zoologiya fanidan tayyorlagan REFERATI
Reja:
1. Zoologiya fani haqida tushincha. 2. Hayvonlar evolyutsiyasining rivojlanish tarixi. 3. Birlamchi va ikkilamchi hayvonlar evalutsiyasi. Zoologiya (zoo... va ...logiya) — hayvonlar toʻgʻrisidagi fan, biologiyaning bir sohasi. 3. hayvonot olamining xilma-xilligi va tarixiy taraqqiyotini, hayvonlarning tuzilishi, hayot kechirishi, tarqalishi, rivojlanishi, shuningdek, ularning yashash muhiti bilan munosabatlarini oʻrganadi. 3. keng tarmoqli kompleks fan boʻlib, bir qancha mustaqil fanlarni oʻz ichiga oladi. Sistematika turlarning xilma-xilligi, ularning oʻzaro oʻxshashligi yoki bir-biridan farq qiluvchi belgilari asosida hayvonlarni sistemaga solish bilan shugʻullanadi. Hayvonlarning tashqi tuzilishini morfologiya, ichki tuzilishini anatomiya oʻrganadi. Solishtirma va evolyusion morfologiya turli sistematik guruxlarga mansub boʻlgan hayvonlarning tuzilishi va tarixiy rivojlanishini, embriologiya embrional rivojlanishini, etologiya xulq-atvorini tekshiradi. Fi-logenetika hayvonot dunyosining tarixiy taraqqiyotini, paleozoologiya qad. geologik davrda yashab qirilib ketgan hayvonlarni, ekologiya hayvonlarning tashqi muhit bilan va oʻzaro munosabatlarini, fiziologiya hayvonlar organizmi funksiyasini, biokimyo hayvonlar organiz-mining kimyoviy tarkibini oʻrganadi.Tekshirish obʼyektlariga binoan ham 3. bir kancha fanlarga ajratiladi. Maye, bir hujayralilarni protozoologiya, yaʼni protistologiya, parazit chu-valchanglarni gelmintologiya, mollyuskalarni malakalogiya, qis-qichbaqasimonlarni karsionolo-giya, oʻrgimchaksimonlarni araxnologiya, kanalarni akarologiya, hasharotlarni entomologiya, baliklarni ixtiologiya, qushlarni ornitologiya, sut emizuvchilarni teriologiya oʻrganadi. 3. boshqa biol. fanlari hamda tibbiyot, veterinariya va qishloq xoʻjaligi bilan uzviy boglik. Z.ning koʻpgina boʻlimlari esa parazitologiya, gidrobiologiya, epizootologiya, epidemiologiya kabi kompleks fanlar tarkibiga kiradi. Odam va hayvonlarning parazitlarini oʻrganish tibbiyot va veterinariya parazitologi-yasi uchun muhim ahamiyatga ega. Tuproqda yashovchi hayvonlarni oʻrganish esa tuproq hosil boʻlishi jarayonlarini tushunib olib, tuproq unumdorligini oshirish tadbirlarini ishlab chiqish imkonini beradi. Ekologo-zoologik tadqiqotlar chorvachilik, ipakchilik, baliqchilik kabi qishloq xoʻjaligi tarmoqlarini rivojlantirish, ovlanadigan hayvonlar sonini tartibga solish, foydali hayvonlarni iqlimlashtirish va koʻpaytirish, shuningdek, qishloq xoʻjaligi zararkunandalariga qarshi kurashni toʻgʻri tashkil etishga yordam beradi. Turli hayvonlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni, shuningdek, hayvonlar organizmidagi biokimyoviy oʻzgarishlarni tadqiq etish parazit va zararkunanda hayvonlarga qarshi biologik kurash choralarini ishlab chiqishda muhim oʻrin tutadi. Zoologik tadqiqotlarda toʻplangan ilmiy maʼlumotlar organik olamning rivojlanishi toʻgʻrisidagi evolyusion taʼlimotni yaratish uchun asos boʻlib xizmat qilgan.Hayvonlar haqidagi ilk yozma maʼlumotlar mil. av. 5—4 a.ga oid Misr, Xitoy va Yunon adabiyotlarida uchraydi. Z.ni rivojlantirishda Aristotel asarlari muhim rol oʻynaydi. U 452 tur hayvonning tuzilishi, hayot kechirishi va tarqalishi haqida maʼlumot bergan. Qad. Rim tabiatshunoslaridan Gay Pliniy (mil. 23—79 yillar) oʻzining 37 kitobdan iborat "Tabiat tarixi" asarida oʻsha davrda maʼlum boʻlgan barcha hayvonlarni taʼriflab bergan. Boshqa tabiiyot fanlari qatori Z.ning bundan keyingi rivojlanishi Uygʻonish davridan boshlanadi. Bu davrda Xristofor Kolumb, Marko Polo, Magellan kabi sayyoxlarning dengizlar osha sarguzashtlari natijasida ilgari no-maʼlum boʻlgan yangi hayvon turlari kashf etildi. Ayni shu davrda shveysariyalik vrach va naturalist K. Gesnerning (1516—1565) 17 jildli "Hayvonlar tarixi" ensiklopedik asari pay-do boʻladi. Z.ning taraqqiyotida 17-asrda mikroskopning kashf etilishi katta ahami-yatga ega boʻldi. Golland olimi A. Le-venguk "Mikroskop yordamida ochilgan tabiat sirlari" asari orqali mikros-kopik hayvonot dunyosini ochib berdi. Italiyalik olim M. Malpigi umurt-qali xayvonlar qon aylanish, ayirish sistemasi va terisining tuzilishini tushuntirib berdi. 17-asr oxiri va 18-asrning 1-yarmida J. Rey va ayniqsa K. Linneyning ishlari tufayli hayvonot dunyosining zamonaviy sistemasiga za-min yaratildi. Aynan oʻsha davrdan 3. ayrim mustaqil tarmoklarga ajrala boshladi. K. Linney tur, urugʻ (avlod), turkum, sinf deb nomlangan sistematik kategoriyalarni umumlab berdi. Linney hayvonot dunyosini sut emizuvchilar, qushlar, sudralib yuruvchilar (suvda va quruqlikda yashovchilar bilan birga), baliqlar, hasharotlar va chu-valchanglar sinflariga ajratadi. U turni ikki nom bilan atash (binar nomenklaturshik taklif etadi. Fransuz J. Byuffon 3. sohasidagi barcha maʼlu-motlarni toʻplab, 36 jildli "Tabiat tarixi" asarini yozadi. Fransuz olimi J. Kyuvye qad. hayvonlarning kaznima qoldiqlarini oʻrganadi va organiz-mning bir butunligi, organlarning oʻzaro bogʻlikligi toʻgʻrisidagi organlar korrelyasiyasi taʼlimotini yaratdi. U fanga "tip" tushunchasini kiritdi va hayvonot olamini umurtqalilar, yumshoq tanlilar, boʻgʻimoyoklilar, ignaterililar tiplariga hamda 19 sin-fga ajratadi. 19-asrda biol.da tirik tabiatning murakkab formalari oddiy formalardan kelib chiqqanligidagi evolyusion gʻoyalarning rivojlanishida T. Shvan va M. Shleyden tomonidan hujayra nazariyasining ilgari suri-lishi katta ahamiyatga ega boʻldi. Turlarning oʻzgarishi va oddiy formalarning kelib chiqishini birinchi boʻlib J. B. Lamark tushuntirib berdi. U Linney sistematikasini takomillashti-rib, hayvonlarni 14 sinfga ajratadi.Organik dunyo evolyusiyasi haqidagi materialistik taʼlimot asoschisi Ch. Darvin Z.ning rivojlanishiga ham be-vosita oʻz hissasini qoʻshgan, uning "Bigl" kemasida sayohatlari toʻgʻrisidagi "Izlanishlar kundaligi" (1839) asarida Jan. Amerika va unga yaqin orollardagi kemiruvchilar, qushlar, kaltakesaklar, toshbaqalar va b. hay-vonlar toʻgʻrisida ilk bor maʼlumot beriladi. Ayniqsa, uning boshchiligida tayyorlangan "Zoologiya" asari, "Moʻylovoyokli qisqichbaqasimonlar" monografiyasi (1851—54) katta ahamiyatga ega boʻldi. Z.da evolyusion gʻoyalar faqat Ch. Darvinning "Tabiiy tanlanish yoʻli bilan turlarning paydo boʻli-shi" asari nashr etilgandan soʻng toʻla-toʻkis oʻz asosini topdi. Olimning taʼ-limoti Z.ga qiziqishni yanada kuchay-tirib, bir qancha mamlakatlarda 3. jamiyatlari tashkil etildi. 1889-yildan boshlab zoologlarning xalqaro sʼyezdi, entomologlar va ornitologlarning xa-lqaro kongresslari chaqirila boshlandi. Dengiz, okean va quruqlik hay-vonlarini oʻrganish maqsadida juda koʻplab ekspeditsiyalar tashkil etiladi. 20-asrning 2-yarmidan boshlab sistematika sohasidagi tadqiqotlarda anʼ-anaviy usullar bilan bir qatorda tobo-ra koʻproq biokimyoviy, serologik, ka-riologik, molekulyar va genetik usullar keng tadbiq qilina boshladi. Bu borada DNK molekulasi strukturasining aniklanishi (A. N. Belozerskiy), tuproq hosil boʻlishida hayvonlar ahamiyatining koʻrsatib berilishi (Gilyarov), zararkunanda hasharotlarga qar-shi kurashning genetik usuliga asos solinishi (A. S Serebrovskiy) katta ahamiyatga ega boʻldi. Oʻzbekistonda Z.ning rivojlanishi Sharqning buyuk allomalari nomi bilan bogʻliq. Abu Rayhon Beruniy 101 hay-von va ulardan olinadigan doridar-monlar toʻgʻrisida yozib qoldirgan. Uning "Hindiston" asarida (1030) bu oʻlka hayvonlari toʻgʻrisida qiziqarli maʼlumotlar keltiriladi. Abu Ali ibn Siyaoning "Kitob ash-shifo" asarida odamda parazitlik qiluvchi gelmintlar toʻgʻrisida maʼlumot beriladi. Bu asardagi ayrim gelmintlar nomi (qovoqsimon qurt, mitti qurt) xrzir-gacha saqlanib qolgan. Oʻrta Osiyo, jumladan Oʻzbekiston hayvonot dunyosini oʻrganish boʻyicha maxsus ilmiy tadqiqotlar 19-asrning 2-yarmidan boshlandi. Rus olimi N.A. Seversov Orol dengizi, Ustyurt, Qi-zilqum, Sirdaryo, Pomir, Tyanshan hayvonlarini; A. P. Fedchenko Olay va Zarafshon vodiysi hayvonlarini oʻrganadi. V. F. Oshanin "Turkiston yarim qattiq qanotlilari faunasi" asarida hasharotlarning 700 dan ortiq turi toʻgʻrisida maʼlumot bergan. Uning ta-shabbusi bilan 1876-yilda Toshkentda tabiat muzeyi ochiladi. 20-asrning boshlarida olib borilgan zoologik tadqi-qotlar, asosan, mahalliy aholi oʻrta-sida keng tarqalgan parazit va kasallik tarqatuvchi hayvonlarni oʻrganish, ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish bilan bogʻliq. Oʻrta Osiyoning turli xududlariga bir qancha ekspeditsiyalar uyushtirilib, bezgak chivini va rishtaning biol.si batafsil oʻrganil-di (L. M. Isayev, N. I. Xodukin). Bir qancha hududlarda bezgakni tadqiq qiladigan stansiyalar va Tropik kasalliklar instituti (hoz. Tibbiyot parazitologiya instituti) tashkil etildi. Bu tadbirlar tufayli 20-asrning oʻrtalariga kelib bezgak va rishta batamom tugatildi.
3. boshqa biol. fanlari hamda tibbiyot, veterinariya va qishloq xoʻjaligi bilan uzviy boglik. Z.ning koʻpgina boʻlimlari esa parazitologiya, gidrobiologiya, epizootologiya, epidemiologiya kabi kompleks fanlar tarkibiga kiradi. Odam va hayvonlarning parazitlarini oʻrganish tibbiyot va veterinariya parazitologi-yasi uchun muhim ahamiyatga ega. Tuproqda yashovchi hayvonlarni oʻrganish esa tuproq hosil boʻlishi jarayonlarini tushunib olib, tuproq unumdorligini oshirish tadbirlarini ishlab chiqish imkonini beradi. Ekologo-zoologik tadqiqotlar chorvachilik, ipakchilik, baliqchilik kabi qishloq xoʻjaligi tarmoqlarini rivojlantirish, ovlanadigan hayvonlar sonini tartibga solish, foydali hayvonlarni iqlimlashtirish va koʻpaytirish, shuningdek, qishloq xoʻjaligi zararkunandalariga qarshi kurashni toʻgʻri tashkil etishga yordam beradi. Turli hayvonlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni, shuningdek, hayvonlar organizmidagi biokimyoviy oʻzgarishlarni tadqiq etish parazit va zararkunanda hayvonlarga qarshi biologik kurash choralarini ishlab chiqishda muhim oʻrin tutadi. Zoologik tadqiqotlarda toʻplangan ilmiy maʼlumotlar organik olamning rivojlanishi toʻgʻrisidagi evolyusion taʼlimotni yaratish uchun asos boʻlib xizmat qilgan.Hayvonlar haqidagi ilk yozma maʼlumotlar mil. av. 5—4 a.ga oid Misr, Xitoy va Yunon adabiyotlarida uchraydi. Z.ni rivojlantirishda Aristotel asarlari muhim rol oʻynaydi. U 452 tur hayvonning tuzilishi, hayot kechirishi va tarqalishi haqida maʼlumot bergan. Qad. Rim tabiatshunoslaridan Gay Pliniy (mil. 23—79 yillar) oʻzining 37 kitobdan iborat "Tabiat tarixi" asarida oʻsha davrda maʼlum boʻlgan barcha hayvonlarni taʼriflab bergan. Boshqa tabiiyot fanlari qatori Z.ning bundan keyingi rivojlanishi Uygʻonish davridan boshlanadi. Bu davrda Xristofor Kolumb, Marko Polo, Magellan kabi sayyoxlarning dengizlar osha sarguzashtlari natijasida ilgari no-maʼlum boʻlgan yangi hayvon turlari kashf etildi. Ayni shu davrda shveysariyalik vrach va naturalist K. Gesnerning (1516—1565) 17 jildli "Hayvonlar tarixi" ensiklopedik asari pay-do boʻladi. E'tiboringiz uchun rahmat Download 11.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling