Referati mavzu: etika fanining predmeti, mohiyati kategoriyalari reja


Axloqshunoslik fanining boshqa fanlar bilan aloqasi


Download 57.67 Kb.
bet3/5
Sana19.06.2023
Hajmi57.67 Kb.
#1603799
TuriReferat
1   2   3   4   5
Bog'liq
Etika faning predmeti, mohiyati kategoriyalari

Axloqshunoslik fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.
Etika (Axloqshunoslik) va Estetika bu ikkala fan shu qadar bir-biriga yaqinki, hatto ba’zi davrlarda ular yetarli darajada o’zaro chegaralanmagan. Chunki, insonning hatti-harakati va niyati ko’pincha ham axloqiylikka, ham nafosatga tegishli bo’ladi, ya’ni muayyan ijobiy faoliyat ham ezgulik, ham nafosat xususiyatlarini o’zida birvarakay mujassam qiladi
Etika (Axloqshunoslik) va Huquqshunoslik. Qadimgi Rim huquqshunoslaridan biri Ulpianning ta’kidlashicha «huquqni o’rganuvchi, avvalo huquq (ins) so’zining kelib chiqishini yaxshi bilmog’i kerak». «Huquq»odil sudlov (institia) so’zidan olingan bo’lib adolat va yaxshilik haqidagi fandir.Axloqshunoslik pedagogika fani bilan chambarchas aloqada. Pedagogikadagi shaxsni shakllantirish, tarbiyalash, ta‘lim berish jarayonlarini, pand-nasihatlarsiz, odobnoma darsliklarisiz tasavvur qilib bo’lmaydi.Yomonlik hamisha ham bizga ko’rinavermaydi, ba’zan xatto yaxshilik nikobi ostida ham ruy berishi mumkin.Uni fosh etish va unga qarshi kurashish garchi kiyin bo’lsada sharafli vazifadir. Yaxshilik stixiyali ravishda tantana qilmaydi. Yomonlikni yo’qotish ko’p kuch va ko’rbonlar talab qiladi. Faqat yomonlikka qarshi aktiv kurash olib borishgina kishilarning axloqiy o’zaro munosabatlarida yanada insonparvarrok pog’onalarga kutarilishiga yordam beradi. Yaxshilik va yomonlikning individual rivojlanishi manfaatlariga mos keladigan birmuncha yuksakrok, oliyjanobrok nisbatning vujudga kelishiga sabab bo’ladi.Xalqimizning axloq andisha, sharmu xayo, halollik va pokizalik, inson qardu-qimmati to'g'risidagi tasavvurlarga zid bo’lgan Yevropa xalqlarining kuchayib borishi milliy inqiroz alomatlarining kuchayishiga olib keladi.Shu sababli ma’naviy tubanlikning chuqurlashishiga G’arb mamlakatlarida keng tarqalgan bag’ritoshlik, qotillik, maishiy buzuqlik kabilar aks etgan filmlar, jurnallar, adabiyotlar ta’siri ham juda katta bo’ldi.
Milliy mustaqillik tufayli jamiyat hayotining barcha sohalarida asta-sekin amalga oshirilayotgan harakatlar tobora oydinroq ko’zga tashlanmoqda.Donolar yaxshilik to'g'risida quyidagi fikrlarni, yaxshi xikmatlarni aytadilar: Yaxshilik yo’lidan yurdingmi, bu yo’ldan chiqma. Yaxshilik – issik, yomonlik – sovuq.Inson hayoti yaxshilik zaminida yaratilgan. Kim yaxshilikka boshlasa uni do’stim deb bilgin.El-yurt uchun yaxshilik qilish yaxshiliklarning gultoji hisoblanadi.Burch- axloqning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi. Burch har bir kishining o’z vazifalarini to’liq bajarishi, odamlarga to'g'ri munosabatda bo’lish kabi fazilatlarni ifodalaydi. Burch – shaxsning jamiyatga bo’lgan munosabatlarida namoyon bo’ladi.
Aql-zakovat, tafakkur asosida ularga tayanib o’z burchini bajarish ma’naviyatining asosiy fazilatlaridan biridir.
Burch – shaxsning asosiy fazilatini ifodalovchi ma’suliyat, onglilik, vijdon kabi fazilatlar bilan chambarchas bog’likdir. Burch muqaddas narsa. Burchga sodiklik Vatanga sodiqlikdir.
Burch o’z-o’zidan shakllanmaydi, tarbiya jarayonida kamol topadi. Burchni tarbiyalash jarayonida o’z-o’ziga talabchanlik rivojlanadi. Xotin-qizlarga g’amxurlik qilish har bir erkak kishining burchidir.
Vijdon – imonning o’z xalqini muayyan axloq normalari nuqtai nazaridan turib axloqiy baholash va nazorat qilish, o’z xatti-harakatlariga bog’lik bo’lgan his-tuyg’ularini, kechinmalarini tahlil qilishdir.
Insoniy madaniyat usishi bilan vijdon tushunchasi rivojlanib, boyib boradi.
Vijdon kategoriyasi boshqa kategoriyalar singari o’zining rivojlanish tarixida umuminsoniy ma’no elementlari bilan boyib boradi.Unda ko’p jixatdan axloq, adolat va odamgarchilikning oddiy normalari o’z aksini topadi.
Vijdon – bu kishining kundalik faoliyati, qilmishi, fe’l atvori uchun oila, jamiyat, jamoa, Vatan oldida ma’naviy mas’uliyat his qilishdir. Shu yuksak axloqiy tushuncha shaxsiy ijobiy xatti-harakatlarga undab va shunga moyil qilib, o’z faoliyatiga o’zi baho berishga olib keladi.Vijdonli kishi nohaq, adolatsiz ishlardan g’azabga keladi, o’z faoliyatining yaxshi tomonlaridan kanoatlanib, xursand bo’lsa, yomon tomonlaridan norozi bo’lib, ruxan eziladi. Vijdon tugma hislat deguvchilar ham bor. Vijdon kishilarning yashab turgan sharoitiga, olgan ta’lim-tarbiyasiga bog’lik deb hisoblovchilar ham mavjud.Vijdon ko’p yoki oz bilimlikka, boy yoki kambag’al bo’lishlikka bog’lik emas.Iymon arabcha so’z bo’lib, lug’oviy ma’nosi ishonchdir. Shariyatda esa payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v) ollox taolo tomonidan keltirilgan barcha xabarlariga til bilan ikror etib, dil bilan tasdiqlashga iymon deyiladi, yani Qur’oni Karimda va Hadisi Shariflar orqali Allox to'g'risida, jannat va do’zax to'g'risida, qiyomat kabi g’aybiy narsalar to'g'risida berilgan xabarlarga ishonch iymondir.
Qalbida iymon bo’lmagan odam har qancha savodli ish qilsa ham unga savob yozilmaydi. Qisqacha qilib aytsak uch narsaning butunligidan iymon hosil bo’ladi.
Adolat so’zligi mazmunidan poklik, to'g'rilik, haqiqiy mujassamdir. Adolat bo’lgan joy gullab-yashnagan, xalq erkin bo’lgan adolat oyok osti qilingan joylari esa razolat kuyib surib, jamiyat tubanlikka yuz tutgan. Adolat bo’lmagan joydan norozilik, adolat, ziddiyat, qarama-qarshiligi paydo bo’lishi muqarrar. Musulmon kishi adolatli bo’lishi eng kerakli hislatlardan deb hisoblaydi. Ollox taolo bandalarini adolatga, yaxshilikka va qarindoshlariga gamxur va mexribon bo’lishiga buyuradi. Adolat dinimizda ardoklangan engulug’ hislatlardan biri. Bandasini yaratgan zaminni tolib unga buysunishlikni, uning Alloxga nisbatan qilgan adolatidir.
Agar uni tanimasa, bandalik qilmasa adolat mezonini qattiq bo’zgan bo’ladi.
Adolat Alloxni tanishda, kishilar o’rtasida hukm chiqarganda, oila farzand o’rtasida odillik bilan ish tutishida va boshqa ko’rinishlarda namoyon bo’ladi.
Insof iymon tuyg’usi, diyonat mezoni Amir Temur hayotining mazmunini tashkil etadi.Olamning yarmiga jaxongir ersada ulug’ qudrat, zo’rlik-zo’ravonlikda emas, aksincha adolatda ekanligini anglagan.Buyuk ajdodimiz Amir Temur aytganlaridek «Bir kunlik adolat yuz kunlik toat-ibodatdan afzaldir».
Adolatparvar insondagi utkir aql, sof muloxaza, toza kungil, oliyjanob va mard ekanini ko’rsatib turuvchi dalildir. Dunyoda adolatparvarlikdan ko’ra ko’rkamrok xulq va tabiat yo’q va undan ko’ra sharaflirok hislat va ikbol, ta’sirlirok naf qiluvchi narsani topish amri maxol.Adolatli bo’lish so’zida turish, qat’iylik demakdir. Adolatli kishi soglom bo’ladi, xavf-xatar va qo’lfatdan uzoq bo’ladi.Adolatli bo’lish-odobning ustuni, insoniylikning asosi hisoblanadi. Adolatli aytilgan so’z aytuvchiga ham, eshituvchiga ham manfaat yetkazadi.Inson kamolotining fazilatlaridan hisoblangan adolat tushunchasi va adolat tuyg’usi Navoiy donishmandligining asosini tashkil etadi. Ongning mavjudligi adolatning mavjudligidir.Navoiy tafakkur dunyosining bosh mezoni ham xuddi adolat bo’lgan.Donolar xikmatiga amal qilgan yurtboshimiz I.A.Karimov adolat masalasini baland ko’tarib, undan o’z xalqini baxramand etmokda.Uning munavvar yog’dularidan, adolat nuridan baxra topgan xalqimiz Vatan bog’ini obod qilib, tinch va osuda hayot kechirmokda.
Or-nomus va qard-qimmat boshida axloqiy kategoriyalar bilan bir qatorda shaxs bilan jamiyat o’rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi, ishchilarning xulqiga ta’sir ko’rsatish vositasi bo’lib xizmat qiladi.

Download 57.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling