Referati mavzu: gormonlar hosil boʻlishi, transporti va metabolizmi reja
Download 228.72 Kb.
|
1 2
Bog'liqBo\'riboyev Abdulaziz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gormonlar transporti. Gormonlar metebolizmi. Gormonlar
- Tireotrop gormon
TPI 2-kurs 321-guruh talabasi Bo’riboyev Abdulazizning Biokimyo fanidan tayyorlagan R E F E R A T I Mavzu: GORMONLAR HOSIL BOʻLISHI, TRANSPORTI VA METABOLIZMI Reja: Gormonlar va ularning hosil bo’lishi. Gormonlar transporti. Gormonlar metebolizmi. Gormonlar (qadimgi yunoncha: - hormanino — qoʻzgʻataman) — ichki sekresiya bezlari (endokrin bezlar)da ishlanib chiqib, qonga va toʻqima suyuqligiga oʻtadigan biologik faol moddalar. Ular butun organizmga tarqalib, turli aʼzo hamda toʻqimalarning faoliyatini boshqaradi. Baʼzilari muayyan aʼzolarga, mas: Tireotrop gormon - asosan qalqonsimon bezda, Adrenokortikotrop gormon (AKTG) - buyrak usti bezlarining poʻstloq qavatiga, Estrogenlar bachadonga taʼsir etadi va h.k. Boshqalari (qalqonsimon bez Gormonlari, kortikosteroidlar, oʻsish gormoni va boshqalar) organizmning hamma toʻqimalariga (umumiy) taʼsir koʻrsatadi. Gormonlarning oʻziga xos taʼsir etishi turlicha kimyoviy tuzilganligiga bogʻliq, mas: Insulin, Uglevodlar almashinuviga taʼsir etadi. Testosteron va boshqa Androgenlar assimilyatsiya jarayonlarini kuchaytiradi, organizmda azot toʻplanishiga sabab boʻladi, Glyukokortikoidlar moddalar almashinuvini oʻzgartirib, jigarda glikogen hosil boʻlishini, ayniqsa biriktiruvchi va limfoid toʻqimada oqsillarning parchalanishini, Estrogenlar bachadonda fosfolipidlar bilan oqsil sintez boʻlishini kuchaytiradi, Oʻsish gormoni (Somatotrop Gormonlar) Yogʻ, Fosfor va Kalsiy almashinuviga taʼsir etadi. Gormonlar hujayraning genetik apparatini stimullash, fermentlarni faollashtirish va fermentativ reaksiyalar tezligini oʻzgartirish yoʻli bilan moddalar almashinuviga taʼsir koʻrsatadi. Ular oqsilning tuzilishini belgilab beradigan informatsion ribonuklein kislotasining hosil boʻlishini kuchaytirib, oqsillar biosinteziga taʼsir etadi. Oʻsish va jinsiy Gormonlar organizmning oʻsishini, balogʻatga yetishini boshqaradi. Zarur paytda organizm imkoniyatlari Gormonlar ishtirokida safarbar qilinadi. Mas, xavf-xatar taxdid qilganda va shu munosabat bilan muskullarga zoʻr kelganda Adrenalin koʻproq chiqib, qondagi glyukozani koʻpaytiradi, yurak va miyaga qon borishini kuchaytiradi; organizmga zararli taʼsir ortganda AKTG koʻproq chiqadi. Organizm normal yashab, ishlab turishi uchun Gormonlar ehtiyojga yarasha ishlanib chiqishi kerak. Nerv, gumoral va gormonal omillar oʻzaro taʼsir etib, shunga yordam beradi. Baʼzan nerv sistemasi ichki sekreksiya bezlari bilan bevosita bogʻlanadi. Qorin nervi taʼsirlanganda buyrak usti bezlarining magʻiz qavatidan adrenalinning koʻplab chiqishi shundan dalolat beradi. Baʼzan qoʻzgʻalish nerv tolalari orqali gipotalamusa boradi, bu yerda rilizing gormonlar (gipofiz Gormonlarni ajratuvchi omillar) degan moddalar hosil boʻladi, shu moddalar gipofizga kirib, gipofizar (trop) Gormonlarning qoʻshimcha chiqishiga sabab boʻladi, bular esa periferiyadagi ichki sekreksiya bezidan Gormonlar chiqishini kuchaytiradi. Organizmda qandaydir biror sabab bilan Gormonlar koʻpayib ketsa, gipotalamusdan rilizing gormon chiqishi toʻxtaydi, natijada gipofiz tegishli trop Gormonlarni kamroq chiqaradi, shundan keyin periferiyadagi ichki sekresiya bezidan Gormonlar chiqishi ham kamayadi. Qonda biror Gormonlar kamayib ketsa (mas. Toʻqimalarda Gormonlar tez parchalanganda) rilizing Gormonlar chiqishi kuchayadi, gipofiz trop Gormonlarni koʻproq ishlaydi, shundan keyin periferik bez Gormonlarni ortiqroq ishlab chiqaradi. Gipotalamusda gipofizning baʼzi Gormonlarini ingibirlovchi neyrogormonlar (prolaktostatin, melanostatin, samotostatin) ham ishlab chiqariladi. Ular taʼsirida tegishli gipofiz Gormonlarining hosil boʻlishi kamayadi. Qondagi Gormonlar miqdori oʻz-oʻzidan ham boshqariladi. Mas. glyukoza koʻpayib ketganda u glikogenning parchalanishini tezlatib, glyukoza miqdorini orttiruvchi adrenalin konsentratsiyasini kamaytiradi. Organizmda natriy tuzlari yetishmasa, buyrak usti bezlarining poʻstloq qavatidan aldosteron chiqishi kuchayadi, natijada buyrak kanalchalarida natriy tuzlari koʻproq qayta soʻrilib, organizmda ushlanib qoladi. Demak, Gormonlar maʼlum miqdorda ishlanib chiqib, moddalar almashinuvini va organizmning boshqa funksiyalarini taʼminlaydi. Gormonlar qonda bir nechta fnzik-kimyoviy ko`rinishda uchraydi: 1) plazma maxsus oqsillari bilan hosil qilgan kompleksi kontsentratsiyasi normal fiziologik sharoitda 80 % gacha yetadi; 2) plazma oqsillari bilan nospetsifik kompleksi 10 %; 3) qon shaklli elementlari hosil qilgan nospetsifik kompleksi eritrotsitlar bilan 10-20 %; leykositlar bilan 3-5 %. Gormonlarni oqsillar bilan hosil qilgan kompleksi kuchsiz bog`lar bilan bog`langan, nofermentativ qaytarjarayondan iborat. Bog`lanish darajasi oqsil molekula-sidagi bog`lovchi qismlar kontsentratsiyasiga bog`liq. Spetsifik oqsillar biologik faol ligandlarga nisbatan yuqori tanlash xususiyatiga ega. Plazmaning transport oqsillaridan steroid va tireoid gormonlarini bog`lovchilari nisbatan yaxshi o`rganilgan. 1) Transkortinlar yoki kortikosteroid bog`lovchi globulinlar, glyukokortikoidlar bilan oson bog`lanadi. 2) steroid yoki testosteron - estron bog`lovchi globulin, odam va hayvonlarning androgenlar va estradiol bilan o`zaro ta`sirlanadi; 3) tiroksin bog`lovchi globulin, ayniqsa prealbuminlar T4 bilan yuqori darajada bog`lanadi; Bog`lovchi oqsillarning barchasi glikoproteidlardir masalan insulin STG bog`lovchi globulinlar va boshqalar. Gormon bog`lovchi maxsus oqsillar faqat tabiiy, biologik faol gormonlar bilan kompleks hosil qilib, ularning metabolitlari yoki sintetik analoglari bilan bog`lanmaydilar. Bu sifati bilan ular qonning nospetsifik oqsillari va hujayraning reseptor oqsillaridan farq qiladi, chunki nospetsifik oqsillar tabiiy va sun`iy gormonlar bilan bog`lanaoladi. Gormon bog`lovchi oqsillar asosan jigarda sintezlanadigan barqaror birikmalardir. Gormonlarni nospetsifik bog`lovchi oqsillari qatoriga α -globulinlar, transferrin, zardob albumini kiradi. Zardob albumini har xil kimyoviy tabiatli birikmalarni bog`lash xususiyatiga ega (kationlar, anionlar, aminokislotalar, yog` kislotalari, nukleotidlar, antibiotiklar, vitaminlar, gormonlar va b.). Qonning shakliy elementlari ham gormonlarni bog`lashda ishtirok etadi. Eritrotsitlar 70-80 % gacha gormonlarni bog`lashi mumkin. Ular membranasi moddalarni adsorbtsiya qilish xususuyatiga ega. Limfotsitlar va monositlar glyukokortikoidlarni, insulinni, SGGni, kaltsiotoninni va boshqa gormonlarni kam miqdorda bog`lashi mumkin. Kompleks hosil qiluvchi oqsillar bilan bog`langan gormonlar fiziologik faollikka ega bo`lmay, metabolik o`zgarishlarga uchramaydi. Faqatgina erkin shakldagi gormonlar biologik faollikka ega. T3 ni T4 ga nisbatan faolligi yuqori va ta`sir etish latent davri qisqa, chunki T3 TSG bilan juda kuchsiz va TSPA bilan deyarli bog`lanmaydi. Insulin bog`lovchi protein gormonni biologik effektini ma`lum darajada namoyon bo`lishiga to`sqinlik qiladi. Natijada bog`langan insulinning skelet mushaklariga ko`rsatadigan ta`siri yo`qoladi, lekin yog` to`qimasiga nisbatan faolligi saqlanib qoladi (homiladorlikda bog`lanish kuchayadi). Gormonlarni transport oqsillari bilan o`ziga xos bog`lanishi ba`zi endokrin funktsiyalar patologiyasining birlamchi sabablari deb taxmin qilinmoqda. Masalan, giperkortitsizmning ba`zi shakllarida erkin glyukokortikoidlar miqdorining ortishi jigarda ularni bog`lovchi transkortin sintezi yoki kontsentratsiyasini kamligi tufayli kuzatilgan. Download 228.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling