Referati mavzu: Nutqning fonetik bulinishi Reja: Fonetika haqida tushuncha Bug’in va uning turlari


Download 184.44 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi184.44 Kb.
#206258
TuriReferat
Bog'liq
Nutqning fonetik bo'linishi2



Do‘manova Muxlisa Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti Shahrisabz filiali talabasi Do‘manova Muxlisaning Ona tili fanidan yozgan


REFERATI

Mavzu:Nutqning fonetik bulinishi

Reja:
1.Fonetika haqida tushuncha

1.Bug’in va uning turlari.

2.Urg’u va uning turlari

3.Transkripsiya nima?

4-Fonetik o’zgarishlar.

Fonetika so'zi grekcha «phone» so'zidan olingan bo'lib, tovush demakdir. Demak, fonetika tovush haqidagi ta'limotdir. Biroq tabiatda tovushlar ko'p, ularning xili, turi cheksiz, chegarasiz, shuning uchun borliqdagi tabiiy to-vushlar, ularning xususiyatlari bilan «Fizika»ning maxsus sohasi (akustika) shug'ullanadi, tilshunoslikning maxsus sohasi bo'lgan «Fonetika» esa faqat nutq tovushlari, ularning xususiyatlarini o'rganadi va o'rgatadi.

Ko'rinadiki, fonetika tilning tovushlar tizimi, ularning tuzilishi, nutq jara-yonida o'zgarishi, o'zaro almashinishi, nutqiy holat bilan aloqador bo'lgan bo'g'in va uning turlari, so'z urg'usi haqida nazariy va amaliy ma'lumot beradigan tilshunoslikning maxsus sohasidir.

Fonetika garchi nutq tovushlari bilan shug'ullansa ham, tilshunoslikning leksika va grammatika sohalari bilan ham bog'liq, chunki nutq tovushlari ma'noviy farqlantiruvchi til birligi bo'lganligi uchun so'z bilan aloqador, so'zning tuzilishiga va ma'nosini farqlashga xizmat qiladi. So'zning bu xususiyatlari bilan leksikologiya ham shug'ullanadi, bu jihatda fonetika va leksika (leksikologiya) bir­biri bilan aloqadordir. Grammatika ham so'z va uning tarkibi, o'zgarishi (bu fonetik – tovush tarkibi va tovush o'zgarishi hamdir) bilan shug'ullanganligi sababli ham leksika, ham fonetika bilan aloqador. Bularning barchasi tilshunoslikning bir­biri bilan chambarchas bog'liq bo'lgan, biri ikkinchisisiz yashay olmaydigan maxsus sohalaridir.

So'nggi paytlarda tilshunoslikda fonetika va fonologiya bir­biridan farq-lana boshlandi. Aslida bular – bir sohaning ikki tomoni bo'lib, ularning farqi shundaki, fonetika nutq tovushlarining hosil bo'lishi, artikulyatsion va akus-tik xususiyatlari bilan shug'ullansa, fonologiya ko'proq tovush, urg'u va ohangning ma'no tomoni – ma'noni farqlantiruvchilik xususiyati bilan qiziqadi.

N.S.Trubetskoy fonetika nutq tovushlarini, fonologiya esa til tovushlarini o'rganadi. Siyosiy iqtisod fani mahsulotshunoslikka qanday munosabatda bo'lsa, fonologiya ham fonetikaga shunday munosabatda bo'ladi, degan.



Fonetik birliklarga tovush, bo'g'in, urg'u, ohangkiradi; fonologik birlik-larga esa fonema, sillabema, aksentema, intonema kiradi. Demak, fonetika aniq, fonologiya mavhum tushuncha ekan.

Tovush, ayniqsa, nutq tovushlari ancha murakkab hodisadir. Shuning uchun uning o'rganiladigan tomonlari ko'p. Shu tufayli fonetika bir necha sohalarga bo'linadi

1.Nutq. fonetik jihatdan to’rt tarkibiy qismdan iborat: jumla, takt, bugin va tovushga ajratiladi. Fonetika ana shu birlikni tilda tutgan o’rni turi va xususiyatlarini o’rganadi.

Fraza nutqning eng katta fonetik birligi bo’lib, ikki tomoni-dan pauza bilan chegaralanib o’ziga xos ohangga ega bo’ladi. Fraza jumla degan ma‘noni anglatib, u ko’pincha gapga teng keladi.

Takt. Frazalar taktlardan tashkil topgan bo’ladi. Frazaning ikki kichik pauzasi orasiga joylashgan va yagona urgu bilan talaffuz qilinadigan bir yoki bir necha buginning yigindisiga takt deb aytiladi. Frazada nechta urgu bulsa, shuncha takt buladi. Takt uz navbatida sintagma deb xam yuritiladi.

Bug’in . Takt bug’inlardan tashkil topadi. Bug’in bir yoki bir necha tovushlardan tashkil topib, bir zarb bilan talaffuz qilinadigan fonetik birlikdir.

Tilshunoslik fanida bug’in ta‘rifiga aloqador bir nechta nazariya mavjud. Shulardan ikkitasi: fonologik bugin nazariyasi va fone­tik bugin nazariyasi boshqalariga qaraganda kengrok tarqalgan.

Fonologik nazariya bug’inda unli va undosh tovushlarning joylashishi tartibini o’rganadi. Bu nazariyada asosan bir burinli so’zlarning tovush tuzilishi o’rganilib, unlidan oldin turishi mumkin bulgan undoshlarning soni va sifati xamda unlidan keyin kelishi mumkin bulgan undoshlarning soni va sifati aniqlanadi.

Buginga fonetik birlik sifatida yondashishda xam turli fikrlar bor. Shulardan akustik va artikulyaktsion nazariyalarni nazarda tutishi lozim. • '

Umuman, o’zbek tilida bug’in bo’lishi uchun albatta unli bulishi kerak.

Bug’inlar unli va undoshlar bilan tugashiga qarab ochiq va yopiq bug’inlarga bo’linadi:

Ochiq, bug’inli so’zlar — lo-la, sha-.lo-la.

Yopiq. Bug’inli so’zlar — mak-tab, daf-tar.

2.Urgu. Suzlarda buginlar, gaplarda suzlar va suz birliklarini ma‘lum vositalar bilan boshqalardan ajratib kursatish urg’u deyiladi.


Bu tillarda so’z fraza urg’ular mavjudligidan dalolat beradi.

Ma‘no urg’usi. Vir mustaqil so’zni yoki unga bog’lanib kelgan bir yoki bir necha yordamchi so’zlar guruhini boshqalardan ajratib ko’rsatish demakdir.

So’z urg’usi. So’zdagi burinlarning birini boshqasiga nisbatan ajratib kursatishdir. Bu ikki urg’u turlari o’zbek tiliga va uning o’z xususiyatlariga to’g’ri keladi.

Umumiy tilshunoslikda urg’u o’rniga ko’ra: turg’un urg’uli tillar va erkin urg’uli tillarga farqlanadi.

Turg’un urg’uli tillarda urgu doimo so’zning ma‘lum bir bug’iniga tushadi. O’zbek va frantsuz tillarida urg’u doimo oxirgi bug’inga (buni o’ylab qurish lozim) polyak, venger, chex, lotin tillarida hamma vaqt birinchi bug’inga tushadi.

Erkin urg’uli tillarda urg’u so’zning qaysi bug’inga tushishini oldindan bilish mumkin emas. Bunday tillarda urgu so’zning har xil burinlariga tushishi mumkin.

Urg’u boshqa tillardagi kabi o’zbek tilida ham so’z ma‘nosini farqlashda xizmat qiladi: olma, olma, yangi, yangi.

3.Transkriptsiya nima? Bu termin ikki xil ma‘noda ishlatiladi:keng ma‘noda atokli, geografik, tarixiy va boshqa nomlarning ma‘lum bir qoida asosida berilishini; tor ma‘noda esa ma‘lum til va uning shevalariga oid suzlarni yoqi chet tiliga oid suzlarni talaffuziga ko’ra aynan yozib olishni anglatadi. Bu so’z ko’pincha keyingi ma‘noda ishlatiladi. ;

Demak, nutq, tovushlarini aniq. ifodalash uchun ishlatiladigan yozuv transkriptsiya deyiladi.

Transkriptsiyaning asosiy printsipiga kura so’zlar qanday eshitilsa, shunday yozib olinadi. :

4.Nutq jarayonida tovushlar turli o’zgarishlarga yuz tutadi. Nutq jarayonida tovushlarning bir-biriga ta‘siri natijasida ro’y beradigan o’zgarishlarni kombinator o’zgarishlari deyiladi. Bunday o’zgarishlarga akkomodatsiya, assimilyakiya, dissimilyatsiya, gaplologiya, diereza va
boshqalar kiradi. ;

Tovushlarning talaffuziga ularning so’zda tutgan o’rni, o’rganish ta‘siri sabab bo’lsa, bunday o’zgarishlarmi pozitsion o’zgarishdar deyi­ladi.

Assimilyakiya lotincha assimilation so’zidan olingan bo’lib, «o’xshashlik» degan ma‘noni anglatadi. Tovushlarning o’zaro bir-biriga ta‘siri natijasida biri ikkinchisiga o’xshab ketishi assimilyatsiya xodisasi hisoblanadi. Assimilyatsiya progressiv, regressiv bo’lishi mumkin. Oldinda kelayotgan tovush keyingisiga ta‘sir etib, uni o’ziga o’xshatib olsa, progressiv assimilyatsiya ro’y beradi: ochdi-ochti, botdi-botti.

Keyingi kelayotgan tovush o’zidan oldingisini o’ziga o’xshatib olsa, regressiv assimilyatsiya deyiladi: bir+ta - bitta, yuz+siz - yussiz, yigit+cha - yigichcha.

Dissimilyatsiya termini lotincha dissimilatio suzidan kelib chiqqan bo’lib, «o’xshamaslik» ma‘nosini anglatadi. Talaffuz jixatidan bir-biriga yaqin bo’lgan tovushlardan biri o’zining fiziologik yoki aku­stik xo’susiyatlarini o’zgartirib yuborsa, bunday xodisani dissimilya­tsiya deyiladi: birorta - bironta, koridor. - kolidor.

Diereza so’zdagi tovushlardan birini talaffuz qilmay tushirib qoldirishdir: dastlab - daslab, past - pas, go’sht — go’sh, nima - nma.

Metateza - yonma-yon turgan tovushlarning urin almashtirish xodisasidir: turpoq, - tuproq, surpa - supra.

Epinteza so’zlarga ularning tarkibida yuq bulgan tovushlarning qushilib, aytilishi xodisasidir: unga, unda, undan.

Tovushlarning pozitsion o’zgarishlari. Ba‘zi tillarda no’tq tovushlari so’zda tutgan o’rinlariga qarab talaffuzda va rasmiy yozuvda orfografiyada o’zgarib ketishi yoki tushib qolishi mumkin. Bunday xodisalar o’zbek tilida ham uchraydi: zavod - zavot, bob - bop.

Ba‘zan so’zlarga qo’shimchalar qo’shilishi natijasida, so’zning urgusi qo’shimchaga o’tadi, avvalgi o’rgu:olgan unli tushib qolishi mumkin: singil - singlim, burun - burnim. Bu masala boshqa tillarda xam kup tarqalgan reduktsiya xodisasiga misoldir.

Reduktsiya qisqarish» ma‘nosini anglatib, unli tovushlarning urguli yoki urgusiz xolatiga taalluqli xodisadir. Bu xodisa dinamik urgu bidan uzkiy boglik.: bil-bilak, til-tilak, bir-biroq Epiteza. Suz ohirida bir urinda kelgan ikki undoshdan so’ng tovushining qushilish hodisasidir: disk - diska,

blank - blanka, tank-tanka.





Prokopa — yiroq,-irok,, yirik-irik.

Sinkopa - avtor-avtir, direktor-direktir.

Sinyarizis - maorif-morif, saodat-sodat.

Eliziya - kora ot-korot, bora oladi-boroladi.


Adabiyotlar.

M. Irisqulov. «Tilshxnoslikka kirish». T.- O’qituvchi-1992.

S.Usmonov. «Umumiy tilshunoslik», T. - O’qituvchi- 1972.

SH. Shoabdurax.imov, M. Asqarova, A Xojiev, I.Rasulov, X.

Doniyorov. «Xozirgi o’zbek adabiyot tili» - I qism

T.-O’qituvchi- 1980.

4. O.Azizov. «Tilshunoslikka kirish». T.-1963. 30-35-betlar.
Download 184.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling