Referati mavzu: Obligatsiyalar va qarz majburiyatlari


Download 82.78 Kb.
bet3/6
Sana16.11.2023
Hajmi82.78 Kb.
#1781250
TuriReferat
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Referat Biznes moliyasi

3.Qarz majburiyatlari.
Qarz majburiyatlari egalarini foydalilik uncha qiziqtirmaydi, ularni samarali foiz stavkasi (daromadlilik stavkasi) [effective rate of interest (yield)] bilan bog’liq bo’lgan koeffitsiyentlar ahamiyatliroqdir. Ommaviy axborot vositalarida keng nashr etaladigan ikki koeffitsiyent:
(qarz) qimmatli qog‗ozlar(i) (flatyield) bo‗yicha joriy daromad. Bu qarz majburiyatlarining mos hajmi joriy bozor qiymatiga nisbatan foizlarda ifodalangan olinishi lozim bo‗lgan foiz to‗lovlarining umumiy summasi;
qimmatli qog‗ozning to‗lanish (qoplanish) vaqtidagi daromad (redemption yield). Agar qimmatli qog‗ozlar qoplanishi kerak bo’lsa, odatda, ularga egalik qilish real daromadi o‗z ichiga qo‗yilgan kapitaldan ko‗riladigan manfaat yoki zararlarni olishi mumkin. (Agar joriy bozor narxi qayta sotib olish (qoplanish) narxidan baland bo‗lsa qo‗yilgan kapitaldan zarar ko‗riladi. Bu hozirgi vaqtdagi ustun foiz stavkasi obligatsiya bo‗yicha kupon stavkasidan past bo‗lganda yuz berishi mumkin). Qoplanish vaqtidagi qimmatli qog‗oz bo‗yicha umumiy daromad (r) ni quyidagi ko‗rinishda ifodalash mumkin:
Joriy bozor qiymati = t+RV/(1+r)n,
bu yerda I — umumiy yillik foiz to‗lovlari, RV — qoplanish
qiymati, n — obligatsiyaning qoplanishigacha qolgan yillar soni.
Tenglamada I sifatida sof yillik foiz to‗lovlarini (soliqsiz) qo‗llab, qoplanish vaqtidagi qimmatli qog‗oz bo‗yicha sof daromadni topamiz. Mohiyatan bu obligatsiyaning joriy bozor bahosini, obligatsiya keying hayoti davomidagi foiz to‗lovlari va uni qoplash vaqtidagi olinadigan summani hisobga olgan holdagi IDS (ichki daromadlilik stavkasi)dir. Ko‗rsatkich soliqlar to‗languncha (qoplangunicha obligatsiya bo‗yicha umumiy daromad) yoki soliqlar to‗langandan so‗ng (qoplanish vaqtidagi obligatsiya bo‗yicha sof daromad) hisoblanishi mumkin. 10-bobda ushbu tenglama bo‗yicha hisob-kitoblargi misollar keltirilgan.

Download 82.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling