Referati mavzu: Obligatsiyalar va qarz majburiyatlari
Obligatsiyalarni qayta sotib olish majburiyati
Download 82.78 Kb.
|
Referat Biznes moliyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soliq solinadigan bazani obligatsiyalar bo„yicha foizlar miqdoriga kamaytirish
- Nazorat va harakat erkinligiga ta’sir
Obligatsiyalarni qayta sotib olish majburiyati
Qarz qimmatli qog‗ozlari qoplanishi yoki qoplanmasligidan qatiy nazar emitent kompaniya o‗z obligatsiyalarini ochiq bozorda qayta sotib olish va ularni qoplash imkoniyatiga ega. Shunday qilib, obligatsiya yetarlicha moslashuvchan vosita hisoblanadi, oddiy va imtiyozli aksiyalar haqida esa bunday deya olmaymiz. Boshqa tomondan, ular belgilangan muddatda qoplanish sharti bilan chiqarilgan bo’lsa, ko’pincha shunday ham bo’ladi, kompaniya mazkur shartni bajarishga majburdir. Bu esa qayta sotib olish kuni kelganda, kompaniyani murakkab moliyaviy vaziyatga solib qo‗yishi mumkin. Soliq solinadigan bazani obligatsiyalar bo„yicha foizlar miqdoriga kamaytirish Foyda daromaddan to‗liq ayirib tashlanadi, shu orqali korporatsiya soliq bazasi kamaytiradi. Bu hol avvallari obligatsiyalar bo‗yicha foiz to‗lovlarini oddiy va imtiyozli aksiyalar bo‗yicha dividendlarga nisbatan arzonroq qilib qo‗yardi. Bu masalaga biz 11-bobda qaytamiz. Nazorat va harakat erkinligiga ta’sir Foizlar va ―qarzdorlik tanasiniˮ to’lamaslik va buning natijasida kelib chiqadigan salbiy oqibatlar kompaniya faoliyatini erkin amalga oshirishini sezilarli darajada cheklaydi. Ovoz berish huquqi nuqtayi nazaridan, qarz orqali moliyalashtirish odatda nazoratga ta‘sir etmasa ham, u kompaniyaning ishlarini to‗siqlarsiz boshqarishni jiddiy cheklab qo‗yishi mumkin. Pul beruvchilar, odatda, kompaniya uchun shartlar yoki bir tomonlama majburiyatlarni (covenants) belgilaydi. Ushbu majburiyatlarning bajarmasligi kompaniya va qarz beruvchi o’rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq, kreditorga majburiyatlar bo’yicha to’lovlarni amalga oshirishni darhol talab qilish huquqini beradi. Kredit shartnomasi bo‗yicha cheklovlar odatda o‗z ichiga quyidagilarni oladi: - dividendlar darajasi bo‗yicha cheklov; -joriy likvidlilikning minimal koeffitsiyentini ushlab turish; -kompaniyaning oborotda bo‗lmagan aktivlaridan foydalanish bo‗yicha huquqlarini cheklash; -Moliyaviy dastak nisbatini cheklash (leverij). 2003-yilgi yillik hisobotida Arriva Plc transport kompaniyasi (asosan avtobus va temir yo‗l transporti) qarz shartnomalari bo‗yicha bir tomonlama majburiyatlarini e‘lon qiladi. Hisobotga ko‗ra ―Arriva plcˮ o‗z qarzdorlari tomonidan qo‗yilgan asosiy cheklovlar doirasida, ya‘ni sof moddiy aktivlari 140 million f. st. dan oshmasligi; o‗z mablag‗lari va qarz mablag‗lari o‗rtasidagi nisbat 200% dan pasroq darajada qolishini ta‘minlab, faoliyat yuritayotgani aytib o‗tilgan. Keyingi boblarda biz qarzning ko‗payishi oddiy aksiyadorlar holatiga ta‘sirini batafsilroq ko‗rib chiqamiz. Download 82.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling