Referati mavzu: Obligatsiyalar va qarz majburiyatlari


Download 82.78 Kb.
bet1/6
Sana16.11.2023
Hajmi82.78 Kb.
#1781250
TuriReferat
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Referat Biznes moliyasi





TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
BYUDJET HISOBI VA G’AZNACHILIK FAKULTETI
MOLIYA VA MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR YO’NALISHI
MMT 93-2 guruh talabasi Otaqulov Suhrobning Biznes moliyasi fanidan


REFERATI

Mavzu: Obligatsiyalar va qarz majburiyatlari


Bajardi MMT 93/2 talabasi: Otaqulov S.P.


Qabul qildi PHD dotsent: Xaydarov A.X
Mavzu: Obligatsiyalar va qarz majburiyatlari

Reja:



  1. Obligatsiyalar haqida tushuncha.

  2. Obligatsiyalar reytingi.

  3. Qarz majburiyatlari.

  4. Yevroobligatsiyalar.

  5. Xulosa.

  6. Foydalanilgan adabiyotlar.

1.Obligatsiyalar haqida tushuncha.
Obligatsiya (lotincha: obligatio — majburiyat) — qiymatiga nisbatan egasiga (qatʼiy belgilangan daromad keltiruvchi) qimmatli qogʻoz, qarzni qaytarib berish va foiz toʻlashni tasdiqlovchi majburiyatnoma. Fond birjalarida sotiladi. Obligatsiya aholi, korxona va tashkilotlar qoʻlidagi pul mablagʻlarini toʻplab, biror maqsad yoʻlida safarbar etish uchun chiqariladi. Obligatsiya, asosan, davlat, mahalliy va korporatsiya Obligatsiyalariga boʻlinadi. Daromad davlat tomonidan chiqariladigan Obligatsiya boʻyicha yutuq, kompaniyalar Obligatsiyalariga foiz shaklida toʻlanadi. Obligatsiya uyushtirilgan savdo orqali (birjalarda) va erkin joylashtiriladi. Obligatsiya moddiy yoki pul mablagʻi evaziga kafolatlangan yoki kafolatlanmagan, yaʼni Obligatsiya chiqaruvchilarning chin soʻzi va obroʻsi bilan taʼminlangan yoki taʼminlanmagan boʻlishi mumkin. Baʼzi Obligatsiyalar konvertirlanadi (Obligatsiya egasi uni boshqa Obligatsiyaga almashtirib olish huquqiga ega boʻladi). Obligatsiyaning bozor narxi uning nominalidan yuqori yoki past boʻladi.
Zayom Obligatsiya ilk bora 17-asr boshlarida Angliyada chiqarilgan boʻlib, keyinchalik jahonning bir qancha mamlakatlarida muomalaga kiritilgan. Ular, asosan, davlat hamda aksiyadorlik kompaniyalari tomonidan chiqarilib, ssuda kapitali bozorida erkin muomalada boʻlgan.
Oʻzbekistonda 1996-yildan Moliya vazirligi tomonidan yuridik shaxslarga moʻljallangan davlat qisqa muddatli Obligatsiyalari muomalaga chiqarila boshlandi. Obligatsiyani sotishdan kelib tushgan mablagʻlar davlat byudjeti taqchilligini qoplashga yoʻnaltiriladi.
Oʻzbekistonda Obligatsiyalar asosan tijorat banklari va aksiyadorlik jamiyatlari (AJ) tomonidan chiqariladi. Shuningdek, 2020-yilning fevral oyidagi qonunchilikdagi oʻzgarishlarga koʻra mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ) ham korporativ obligatsiyalar chiqarishi imkoni yaratilgan.
Ko’pgina kompaniyalar qimmatli qog‗ozning nominal qiymatiga nisbatan olingan o’zgarmas foiz stavkasi [kupon stavkasi (couponrate) deb nomlanadi] va o’rnatilgan qoplanish sanasi bilan qarz qimmatli qog‗ozlarini emissiya qilish orqali pul mablag’larini jalb qiladilar. Bunday qimmatli qog’ozlar obligatsiyalar (loan stocks,bonds) yoki qarz majburiyatlari (debentures) deb ataladi. Ular odatda 10 yildan 25 yilgacha bo‗lgan muddatga chiqariladi, ammo ba‘zi emissiyalar qisqaroq yoki uzoqroq muddatlarga mo’ljallanadi.
Muddatsiz (qayta sotib olish sanasisiz) qarzlar ham bor. Uzoq muddatli
moliyalashtirish uchun mablag‗ jalb qilish vositasi sifatida obligatsiyalarning ommaviyligi yildan-yilga sezilarli darajada o’zgarib turadi. 1998-yilda London fond birjasi listingidan o’tgan barcha qimmatli qog’ozlar qiymatining 75 foizi (qoplanish miqdorini ayirib tashlaganda) turli xildagi obligatsiyalar hissasiga to‗g‗ri kelgan‚ atigi besh yil oldin esa 1993-yilda ularning ulushi 19 foizni tashkil qilgan.
Ko’pgina kompaniyalarning obligatsiyalari fond bozorida listingdan o’tadi, shuning uchun kompaniyaning potensial kreditorlari avvalgi kreditor qarzining bir qismini sotib olishlari mumkin. Sotib olingan kundan boshlab obligatsiyaning yangi egasi foiz to‗lovlarini oladi va bundan tashqari, agar u qimmatli qog‗ozlarni qoplanish kunigacha ushlab tursa unga qarz summasi qaytarib beriladi.
Obligatsiyalar nisbatan past risk bilan daromad olishni istagan barcha turdagi investorlar uchun jozibalidir. Institutsional investorlar ularga, birinchi navbatda muntazam to‗lovlar bo‗yicha majburiyatlarni bajarish uchun muntazam pul tushumiga muhtoj bo’lganlarga, masalan pensiya fondlariga, alohida qiziqish bilan qaraydilar.
Individual obligatsiya egasi uchun o‗z qimmatli qog‗ozlarining holatini doimiy nazorat qilishdan odatda ma‘no bo‗lmagani uchun, kompaniyalar ko‗p hollarda bu maqsadlar uchun ishonchli boshqaruvchi xizmatlariga murojaat qiladilar. Kompaniyalar, emissiyani kreditorlarga jozibadorroq ko‗rsatish uchun bunga tayyor turishlari kerak.

Download 82.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling