Siyosiy bilimimizni sinab olamiz.
O’qituvchi: Aziz o’quvchilar, hammamizga ma’lumki, Vatan deganda biz- o’zimiz tug’ilib o’sgan makonini, kindik kindik qonimiz to’likgan zaminni tushunamiz. Hozirgi o’tkaziladigan treningimizda “Mening fukrim yagona emas” shiori asosida , barcha sinf o’quvchilari o’z fikrlarini qalb so’zlarini aytadilar.
Sizlarga savol: “Vatan” deganda nimani his qilasiz? Qalbingizda qanday tug’yonni sezasiz?
1-o’quvchi: Yoqimli tuproq isini his qilaman.
2-o’quvchi: O’zimni go’zal chamanzor qo’ynida his qilaman.
3-o’quvchi: Vatan- bu tandirdan uzilgan issiq non isidir.
4-o’quvchi: Vatanni onajonimning issiq bag’ri va mehriga qiyoslayman.
5- o’quvchi: Uyimiz ostonasidan chiqqach, darrov o’yimni, onamni sog’inaman. Bu vatan hissi bo’lsa kerak.
6- o’quvchi:Vatanga muhabbat ona suti bilan kiradi.
7-o’quvchi: Ona turting-oltin beshiging.
8- o’quvchi: Vatanni sevmoq iymondandir.
9- o’quvchi: Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir.
10-o’quvchi: Vatan- ona so’zi naqadar laziz,
Sensan har narsadan mo’tabar aziz.
Shu zaylda barcha o’quvchilar Vatan haqidagi o’z hissiyotlarini aytadilar.
O’qituvchi: Barakalla, Vatan haqidagi barchangizning his-tuyg’ularingiz to’gri va o’rinli. Endi siz har doim ana shu sevgan Vatanimizni yo’qotmaslik, uni asrab-avaylash uchun yaxshi o’qishimiz, komil inson bo’lishingiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |