O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM,FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA
INSTITUTI
“TADBIRKORLIK VA BOSHQARUV” FAKULTETI
“Raqamli iqtisodiyot” kafedrasi
“Soliq va Soliqqa tortish” fanidan
REFERATI
MAVZU: Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig’i
Tayyorladi: Esanov Yusuf
DENOV – 2023
REJA:
1.Yer solig’i to’lovchilar
2.Yer solig’i obyekti
3.Soliq solinadigan bazasi
4.Yer solig’i bo’yicha imtiyozlar
5.Soliq solinmaydigan yer uchastkalar
6.Yer solig’i stavkalari
Yer solig’i o’zining iqtisodiy mohiyatiga ko’ra u renta to’lovidir.
Yer solig’i Mahalliy Soliqlar va yig’imlar tarkibiga kiradi. U Mahalliy byudjetning daromad manbai bo’lib hisoblanadi.
Yer solig’i to’lovchilar
Yer solig’ini to’lovchilar bo’lib, mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo’lgan yuridik shaxslar, shu jumladan O’zbekiston Respublikasining norezidentlari hisoblanadi.Yer uchastkasidan bir nechta yuridik shaxs birgalikda foydalangan taqdirda, har bir yuridik shaxs yer uchastkasining foydalanilayotgan maydonidagi o’z ulushi uchun yer solig’ini to’laydi.
Soliq solishning alohida tartibi urnatilgan yuridik shaxslar hamda notijorat tashkilotlar, agar asosiy faoliyati turi bilan bir katorda boshqa faoliyat turlari bilan shug’ullansalar, unda ular shu faoliyatda foydalangan yerlari uchun yer solig’ini to’laydilar.
Yer solig’i obyekti
Soliq solish obyekti bo’lib, mulk huquqi, egalik qilish xuquqi foydalanish huquqi yoki ijara xuquqi asosida yuridik shaxslarda bo’lgan yer uchastkalari hisoblanadi.
Aholii punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari yeki uning madaniy-maishiy, kommunal-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olish uchun foydalaniladigan hamda zaxira yerlar Soliq solish obyekti sifatida karalmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |