Referati Mumtoz bolalar kitobxonligi va uning ko`rinishlari Reja
Download 64.94 Kb.
|
Mumtoz bolalar kitobxonligi va uning ko`rinishlari
Topishmoq
Qadim-qadim zamonlarda ham o`zbek xalqi o`z bolalarini kuchli, epchil, aqlli qilib tarbiyalashga katta ahamiyat bergan. O`sha paytlarda hali bolalarga ta’lim-tarbiya beradigan maktablar yo`q edi. Ana shuning uchun ham xalq turli o`yinlar va boshqa vositalar o`ylab topgan. “Bekinmachoq”, “Chillak”ka o`xshash o`yinlarda ishtirok etuvchi bolalarda chaqqonlik, epchillik kabi jismoniy hislatlar paydo bo`la borgan. Xo`sh, endi bolalarning zehnini charxlash uchun nima qilish kerak edi? Topishmoq, jumboq singari aqliy o`yinlar ana shu savolga javob izlash jarayonida xalq tomonidan yaratilgan. Topishmoqlarning ham ijodkori xalqdir. Yuzaki qaraganda kattalar bilan bolalar, bolalar bilan kattalar o`rtasida topishmoqlar aytish, shunchaki bir ermakday tuyuladi, zerikmaslik uchun, vaqtni tez o`tkazishga qaratilganday ko`rinadi. Aslida esa topishmoqlar fikr qayrovidir, ular orqali bola obrazli fikrlaydigan va obrazli so`zlaydigan bo`ladi. Topishmoqlar bolada so`z boyligini orta borishiga va nutqining o`sishiga yordam qiladi. Bolaga topishmoq topishni o`rgatish bilan unda fikrlashning asta-sekin yuksalishiga sabab bo`ladi. Demak, xalq og`zaki ijodining eng qadimgi va eng faol janrlaridan biri topishmoqdir. Topishmoqlar inson, ijtimoiy hayot va tabiat hodisalari bilan chambarchas bog`langan bo`lib, hammavaqt real voqelikka asoslanadi. Unda atrofimizni o`rab turgan moddiy dunyodagi turli narsalar aks etadi. Har bir topishmoq o`ziga xos shakl va mazmunga ega bo`lgan mustaqil bir asardir. Unda falsafiy, tarixiy, etnografik belgilar, tushunchalar, hodisalarning mohiyati nihoyatda go`zal, obrazli ifodalar bilan aks ettiriladi. Bu janr ikki kishi yoki jamoa o`rtasida berilgan jumboqli savolga javob qaytarish tarzida ijro etiladi. An’anaviy topishmoqlarning savol qismi tabiat, tabiat hodisalari, umuman har bir ob’ektga badiiy tus berilgan holda obrazlashtirish, taqqoslash, o`xshatish orqali jumboqlanadi. Javob qismi esa obrazlar orqali jumboqlangan ob’ekt-narsa yoki tabiat hodisalarning otini aytib berish, ma’nosini topish, yashiringan narsani echish, bilishdan iborat. Shu narsa diqqatga loyiqki, har bir topishmoq turmush bilan chambarchas bog`langan bo`ladi. Topishmoqda atrofimizdagi narsalarning badiiy-estetik tomonlari, xalqning urf-odatlari aks etadi. Unda tabiat, tabiat hodisalari va narsalarni bir-biriga taqqoslash, o`xshatish orqali borliqni, undagi mavjud narsalarning mohiyatini yaxshiroq tushunishga katta yordam beradi. Xalq topishmoqlari orasida inson a’zolariga bag`ishlangan ko`plab topishmoqlar kichkintoylar quvonchiga-quvonch qo`shib kelmoqda. Shu narsa ham jozibaliki, chevar xalq o`zi to`qigan asarida inson a’zolariga alohida urg`u beradi. Har bir a’zoning inson hayotida juda katta ahamiyat kasb etishini pardoz-andoz bilan tinglovchi ongiga etkazadi. Ana shunday a’zolardan biri – tish topishmoqda yuksak darajada ta’rifga ega: Biz-biz edik, biz edik, O`ttiz ikki qiz edik. Ikki safga tizildik, Birin-ketin uzildik. Shov tegirmonning toshi, Oltin egarning boshi. Shuni topgan bolaning Yuz yigirma ikki yoshi. Bir uychada turadi, O`ttiz ikki pahlavon. Birdek kiygan libosi, Birdek ahil-jonajon. Topishmoq janri yozma adabiyotning rivojiga ham barkali hissa qo`shgan. Chunonchi, Cho`lpon, Abdulla Qodiriy, Oybek, G`afur G`ulom, Zafar Diyor, Quddus Muhammadiy, Po`lat Mo`min, Qudrat Hikmat, Anvar Obidjon va boshqa qalamkashlar tomonidan yaratilgan nazm va nasrda o`z ifodasini topshganligini ko`ramiz. Masalan, G`afur G`ulom “O`ylashni o`rganamiz”, “Buni toping, qizlarim” asarlarida topishmoq janrini yuksak qadrlaganligini ko`ramiz. Chunonchi, «Buni toping, qizlarim» topishmoq asari kichkintoylarning ong, tushuncha, fikrlarini rivojlantirishda muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi: - To`ni silliq, tuki yo`q. - Malla tukli, sap-sariq, Hammasi to`q, po`ki yo`q, Murabbosi mazalik. Ichi qizil, ko`ki yo`q, Palovga bossa bo`lar, Uni cho`qolmas chumchuq, Podvalga ossa bo`lar. Bu nima, qizim Qunduz? Tishlab ko`rib, ayt, Mehri, - Bumi, dadavoy? Tarvuz. - Bumi dadavoy? Behi. - Marjon-marjon yumaloq, Mayda yoqutday qizil, Yaproqlari shapaloq, Shirin, nordon, xilma-xil, Qora, qizil, sariq, oq, Qalin, taxir po`sti bor, Yeb ko`rmasdan o`ylab boq. Hamma yerda do`sti bor, Sen ayt, Mamlakat qizim Sen ayt-chi, qizim Gulnor. - Bumi dadavoy? Uzum. - Bumi, dadavoy? Anor! Topishmoq janri bugungi matematika darslarini tushunarli, ta’sirli, qiziqarli qilib o`tishda, bolalarning o`y-fikrlarini jamlashda soha muallimlariga ham juda qo`l kelmoqda. Topishmoq vositasida matematikani o`zlashtirishga bag`ishlangan bir muallimning bir soatlik darsi quyidagicha bo`ldi: - Men bir savol o`yladim, o`ylagan songa 8 ni qo`shsak, 12 bo`ladi. Men qanday son o`ylaganman? – deb boshlaydi muallim o`z mashg`ulotini. - Siz barmoqlaringiz bilan men o`ylagan sonni toping. O`quvchilar 4 ta barmog`ini ko`taradilar. Bu vaqtda o`qituvchi to`g`ri ko`rsatgan hamma o`quvchilarni qutlaydi va xato qilganlarga esa yonidagi o`rtog`ini yordam berishga undaydi. “Bolalar, kim tez katta bo`lmoqchi?” deb so`raydi. “Men, men” degan javoblar eshitiladi. “Unday bo`lsa, hammamiz 2-sinf o`qish kitobidagi jumboqlardan yechamiz” deb quyidagi she’riy masalani o`qiydi. - Bordir 10 ta quyonim, Juda yuvosh muloyim. Dildan sevib qaraydi, Jajji singlim Guloyim. Ikkitadan o`novin, Bor yigirma qulog`i. Sanab boqchi Nodirvoy Nechta ekan oyog`i? Bu jumboq-masalani yechishda bolalar ancha qiynalishadi. O`qituvchi yordamida 40 oyog`i borligi aniqlanadi Shunda o`qituvchi, “Ha bolalar, birdaniga katta bo`lish, 2-sinfda o`qish ancha qiyin. Buning uchun nima qilish kerak?” deb so`raydi. Bu savolga ham o`qituvchi yordamida, avval birinchi sinfda yaxshilab o`qish, o`rganish kerakligi tushuntiriladi. Yuqoridagi sharhlardan ko`rinadiki, bola topishmoqsiz o`smaydi. U kattalar, bolalar davrasida ko`plab fikrlar qayrovi – jumboq tinglaydi, o`zi ham qatnashadi va yechadi. Bu esa uning kelajakda o`ziga pishiq-puxta, aqlli, zakovatli inson bo`lib kamol topishi uchun mustahkam zamin bo`ladi. Download 64.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling