Referati Mumtoz bolalar kitobxonligi va uning ko`rinishlari Reja
Download 64.94 Kb.
|
Mumtoz bolalar kitobxonligi va uning ko`rinishlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
Tez aytish
Insoniyat odobining va odamiylik asosining ulug` qasri ustunlaridan biri – so`zlash va nutqning qimmatbaho gavharini muloyimlik va odob parmasi bilan teshmoq hisoblanadi. Axloq arkining yuqorisida o`tiruvchilarning aytishicha, insoniyatning kamoloti va bilimining baland martabalaridan biri chiroyli gapirish va chiroyli so`zlash bo`lib, bu bog`ning guli ilk bahoristonning nasimi bilan ochiladi va saodatning yorqin javohir dasturxonini aql savdogarigina yoza oladi. Yoqimli va qimmatbaho so`zlari donolik va iqbol arbobining toji bo`lgan yunon hakimlarining aytishlaricha, til har bir aql sohibi fazilati xazinasining kalitidir va har kimsaning bilimi miqdori uning so`zlari orqali ma’lum bo`ladi. Inson yuragidagi fikrini, yutuq va quvonchini, dard va alamlarini o`zgalar bilan dardlashishi, baham ko`rishi lozim. Chiroyli, burro, dona-dona qilib gapirish ham bir mahorat, san’at hisoblanadi. Xalqda chaqaloq olamga kelishi va unga parvarish ishlari boshlanishi bilanoq ota-ona, buvi-bobolar birinchi navbatda uning ko`zi, tiliga ko`proq e’tibor beradilar. Ko`zlarining nurafshon, tilining burro bo`lishi uchun bor kuch, mahoratlarini ayamaydilar. Inson gapirmasa, soqov bo`lsa bu og`ir ish, mushkul savdo hisoblangan. Shunga ko`ra qadim-qadim zamonlarda bolaga alla-qo`shiq aytishda onalar bu haqdagi ezgu niyatlarini mana bunday misralarda ifoda etishgan: Uyingga bug`doy to`lsin, Tiling burro bo`lsin, Alla, bolam, alla-yo, Jonim bolam, alla-yo. Ko`rar ko`zim, alla-yo, So`zlar so`zim, alla-yo! Xalqda buni tez aytish deyiladi. Demak, xalq og`zaki ijodining eng ko`p tarqalgan va muhim janrlaridan biri tez aytish ekan. Tez aytish bolaning tilini ravon, burro qilishdan tashqari, aqliga – aql qo`shadi, ongini rivojlantiradi, xotirasini mustahkamlaydi, ota-onasiga, el-yurtiga, o`zini qurshab olgan olamga nisbatan mehr-muhabbatini oshiradi. Boshqacha ibora bilan aytganda, yangi avlod har gal o`zidan avvalgi avlodlar kashf etgan narsalarni hisobga oladi, o`zlashtiradi. Bu yo`l, shubhasiz, boshqalariga qaraganda oqilona, foydali, porloq kelajak yo`lidir. Tez aytishni qayta-qayta mashq qildirish, berilgan matnni osongina diliga, tiliga jo qilib olish har tomonlama foyda so`z o`yini bilan ijro etiladigan har bir tez aytish zamirida bir nechta vazifalar yotgan bo`ladi. Shulardan birinchisi qayta-qayta mashq qilish, tinimsiz takrorlash natijasida bolaning nutqi chiqadi, tili ravon bo`ladi. Odamzod ota-ona, buvi-bobolar yordami, ularning aytib beradigan alla-qo`shiq, maqol, masal, topishmoq, ertaklari bilan kamol topadi, o`sadi, ulg`ayadi. Odob, o`qish, kasb-hunarni egallash ham shu zaylda kamolot cho`qqisiga ko`tariladi. Inson qanchalik og`ir-bosiq bo`lsa, u hamisha ezgulik sari intilsa, kurashsa; kam gapirib ko`p o`qisa, o`rgansa, o`z sohasining etuk kishisi bo`lsa shu kishi baxtiyordir. Ana o`shanda xalq to`qigan mana bu tez aytish ham zoe ketmagan bo`ladi: Ko`p so`zning ozi yaxshi, Oz so`zning o`zi yaxshi. O`zbekistonning er osti va usti boyliklari juda ko`p. Biz bu bilan har qancha faxrlansak, g`ururlansak arziydi. Marmar toshimizning sifati, chidamliligi, ko`rkamligi jahonga mashhur. Shu mavzuga bag`ishlangan tez aytish bolalarda ona-Vatanimiz boyligiga faxr hislarini yanada jo`sh urdirib yuboradi: Yuzg`onning marmari jahonga mashhur, Bizning g`ozg`onchilar shuning uchun mag`rur. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish masalalari muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi https://www.sbtsue.uz/uz/news/view/324 Shavkat Mirziyoyev yangi tahrirdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunni https://daryo.uz/2020/09/24/shavkat-mirziyoyev-yangi-tahrirdagi-talim-togrisidagi-qonunni-imzoladi Download 64.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling